Shaxs va jamiyat o’qitish metodikasi fanidan test savollari XI variant



Download 45 Kb.
Sana11.02.2022
Hajmi45 Kb.
#444300
Bog'liq
XI variant


Shaxs va jamiyat o’qitish metodikasi fanidan test savollari XI variant
1. Olimlarning hozirgi hisob-kitoblarga ko'ra, Yerning yoshi.....
A. 3,5 mlrd B. 20 mlrd S. 4,5 mlrd. D. 8 mlrd
2. Atoqli olim V. I.Vernadskiyning quyidagilardan uning fikrlarini toping?
A. Katta bir bosmaxonaning portlab ketganini ko'z oldingizga keltiring. Undagi barcha harflar bir kilometr balandga uchib ketgan. Shu ma'noda hayotning tasodifan vujudga kelish ehtimoli ana shu harflarning yerga tushib 46 tomdan iborat Britaniya ensiklopediyasi matnlarini hosil qilishi ehtimoli bilan baravardir
B. «... iyulning o'rtasida men og'zi keng bo'lgan to'rtta idish oldim, ularning biriga ilonni, ikkinchisiga — baliq parchasini, uchinchisiga — Arno daryosidan tutilgan ilonbaliqni, to'rtinchisiga — buzoq go'shtini soldim va ularni yaxshilab bekitib, og'zini muhrlab qo'ydim. So'ngra yuqoridagi to'rtta narsani xuddi shunday boshqa to'rt idishga joylashtirdim, ammo ularning og'zini ochiq qoldirdim ... Tezda ochiq idishlardagi go'sht va baliq qurtlab ketdi; bu idishlarga pashshalarning erkin kirib-chiqib turgani ko'rinib turardi. Ammo oradan ko'p kunlar o'tgan bo'lsa-da, mustahkam bekitilgan idishlarda qurtlar paydo bo'lganini ko'rmadim»
S. bakteriyalarning juda yashovchanligi, yaxshi sterilizatsiya qilinmasa, notirik materiallarning osonlikcha bakteriyalar bilan zararlanishini ko'rsatib berdi. Bu eksperimentlar boshqa bir muammoni keltirib chiqardi. Har qanday tirik organizm boshqa tirik organizmdan vujudga kelar ekan, u holda birinchi tirik organizm qanday paydo bo'lgan?
D. Biz uchun hayotning faqat Yerga oid alohida hodisa emas, balki kosmik hodisa ekanligi aniq bo'lib bormoqda. Kosmik modda doimo va turli shakllarda Yerga tushib turadi va Yer (moddasi) kosmik fazoga chiqib ketadi. Planetamizga hayotni o'zining alohidaligini qattiq yoki suyuq shaklda ham saqlab tura oladigan, demakki hamma joyga kirib ketaveradigan — yerning tortish kuchidan ham chiqib keta oladigan — materiyaning eng nozik zarrachalari bergandir ehtimol. Hayot esa latent (yashirin) holatida — sporalarda, urug'larda ... noma'lum muddat, ehtimol, geologik asrlar mobaynida saqlanib turishi mumkin
3. Platon amal qilayotgan turli davlat idora qilish shakllarini ko'rsatib o'tadi. Platonning fikricha, davlatning yomon shakllari, salbiy modellari deb qaysi shakllarni ko’rsatadi?
A. aristokratiya, timokratiya, despotik B.timokratiya, tiraniya va oligarxiya
S. oligarxiya, demokratiya, diktatura D. tiraniya, respublika, aristokratiya
4. Dunyoga kelgan paytda inson jamiyatda mavjud bo'lgan muayyan aloqadorliklar va munosabatlar tizimiga tushadi va unga singib ketadi. Bu jarayon deb ataladi?
A. Ijtimoiylashuv B. Differensiyalashuv S. Integratsiyalashuv D. Sivilizatsiyalashuv
5. Buddizm ta'limoti markazida to'rt haqiqat g'oyasi yotadi. Bu haqiqatlardan uchunchisini toping? A. haqiqat azob-uqubatlardan qutulishga olib keluvchi yo'l
B. hayot azob-uqubat chekishdir S. azob-uqubatning kelib chiqishi, azob-uqubatning ildizi D. azob-uqubatning sabablari mavjud.
6. Konfutsiyning fikricha Oliyjanob kishi burch haqida o'ylaydi, past kishi esa ………
A. mansabni B. g’amginlikni S. foydani D. fitna qilishni
7. Mark Tulliy Sitseronning fikricha ......
A. jamiyat, ijtimoiy muassasalar (huquq, qonunlar) kishilar o'rtasida tuzilgan o'zaro kelishuv natijasidir.
B. Davlatning maqsadi, uning fikricha, fuqarolar uchun xavfsizlikni va mulkdan erkin foydalanishni ta'minlashdan iborat. «O'z xalqiga oliy hokimiyatdan foydalanish imkoniyatini bera olgan jamiyatgina erkinlikning haqiqiy qo'rg'onidir»
S. barcha faylasuflar o'zlari qanday yashayotganlari haqida emas, balki qanday yashash kerakligi haqida gapiradilar. Fazilatlar haqida gapiraman, ammo o'zimniki haqida emas. Gunohlarga qarshi kurashaman, bunda esa o'zimning shaxsiy gunohlarimga ham qarshi chiqaman, qachonki ularni yengib o'tsam, qanday yashash kerak bo'lsa, shunday yashayman.
D. «inson hukmiga bo'ysunadigan yagona narsa — uning fikrlaridir», «O'z qalbingga qara! U yaxshilik manbayidir, unga e'tibor bera olsak, u buloq suvi kabi to'xtovsiz oqadi».
8. Munis Xorazmiy Shoir xalqqa adolat ko'rsatadigan xalqparvar hukmdorni orzu qiladi. Shohlarni insofga chaqirib u qaysi g'azalida podshohga qarata xitob qilib: «Ey shoh, zulm qilma, tag'in mazlumlaring ashki davlating binosini yiqmasin» deydi.
A. Suv B. Ushshoqi podshoh S. Qasidai nasihat D. Xalqparvar hukmdor
9. Kim xuddi Navoiy kabi odamlarni axloq-odobiga qarab ularni yaxshi va yomonga bo'ladi. Yaxshi odam deganda, u butun insoniy fazilatlarni o'zida to'plagan dono, aqlli, bilimdon, o'zgalarga yordam beruvchi, fe'l-atvori ijobiy kishilarni ko'z oldiga keltiradi. Yomon odam esa uning nazarida, xalqning ofatidir, u xalqni ham, og'a-inining ham qadriga yetmaydi.
A. Ahmad Donish B. Furqat S. Uvaysiy D. Berdaq
10. Kantning fikricha.......
A. Odamlar o'zlarining shaxsiy ideallariga yetishish maqsadida o'zlari o'ylaganlaridan ham ko'ra ko'proq narsalarga erishadilar. Buni tushunib yetmay turib ular tarix g'ildiragini ilgari surib, tarix qonuniyatlarini amalga oshiradilar.
B. Inson tabiat saltanati va «gumanizm» («insoniylik») saltanati, ya'ni o'z kuchi, aql va axloqini mukammallashtirish va ulardan foydalana olish sohasi orasida turadi. «Insoniylik»ning mazmuni boshqalarning azoblariga hamdard bo'la olish qobiliyati bo'lib, uning eng yuqori darajasi insonda mujassamlashgan.
S. yagona suveren hisoblanmish «xalq» deganda yakobinchilar yoki marksistlar kabi jamiyatning muayyan ijtimoiy qatlamini (kambag'allar, «uchinchi tabaqalar», mehnatkashlar kabi jamiyatning past qismini) emas, ijtimoiy shartnomada qatnashuvchi barchani (ya'ni, aholining, millatning katta yoshdagi barcha erkaklarini) ko'zda tutadi.
D. shartnomaga asoslangan munosabatlarni bajarishda har ikki tomon shartnoma, kelishuv, va'da kabilarga asoslangan insoniyat jamiyatini yakson qilmaslik uchun o'z egoizmigagina emas, balki o'zlarining cheklanganliklariga ham asoslanadilar.
11. Russoning fikricha, siyosiy organizmga (davlatga) uning a'zolari ustidan cheklanmagan hukmronlikni beradi. Umumiy iroda tomonidan yo'naltiriluvchi ushbu hokimiyatni Russo........ nomi bilan ataydi. A. absolyut B.suveren S.respublika D. unitar
12. ....... bu — o'zlarining umumiyligini anglagan va umumiy madaniy-psixologik xususiyatlarga ega bo'lgan hamda muayyan hududda tarixiy tarkib topgan kushilar yig'indisidan iborat. A. etnos B. millat S. davlat D. Qabila
13. Millatning asosiy belgisi, uning mazmunini belgilovchi narsa........ hisoblanadi. Milliy masalani tadqiq etuvchi faylasuflar inson o'z millati bilan eng avvalo, ....... orqali bog'langan, degan fikrni qat'iy ta'kidlaydilar. Jumlani to’ldiring?
A. til, ruhiyat B. ma'naviyat, urf-odat
S. ma'naviy madaniyat, madaniyat D. an'ana, qadriyatlar
14. ........- bu millat manfaati bilan yashash, o'zining kimligini tanish. Milliy tuyg'usi, hissiyoti bo'lmagan insonda milliy iftixor bo'lmaydi. «Milliy tuyg'u - degan edi Prezidentimiz I. Karimov, — inson uchun tabiiydir, chunki u ota-onalaridan meros qilib olingan va bola o'z ota- onasiga, butun dunyoga aytgan birinchi so'zida ifodalangan.
A. Milliy iftixor B. Milliy his S. Milliy xarakter D. Milliy g'urur
15. ..........o'z ichiga quyidagi elementlarni oladi:
-muayyan jamiyat uchun tipik bo'lgan va mustahkamlanib qol­gan siyosiy xatti-harakat namunalari va qadriyatlar;
-mazkur jamiyatning siyosiy tizimi, siyosiy institutsiyalar va jarayonlarning xususiyatlarini belgilab beruvchi bilimlar, xatti- harakat normalari va namunalari, qadriyat va an'analari;
A. Siyosiy normalar B. Siyosiy rejim S. Siyosiy tizim D. Siyosiy madaniyat
16. Ushbu jumlalar qaysi asardan olingan: «Elchi ham podshohlar xizmatida bo'lgan, so'zlashda jasur, jahon ko'rgan, donishmand, o'tkir xotirali, andishali va chiroyli bo'lsin. Agarda elchi yoshi ulug' va olim bo'lsa yaxshidir, yuborilgan nadim shu yo'sinda bo'lsa, ishonch uyg'otadi.»
A. Amir Temurning «Temur tuzuklari» B. Nizomulmulkning «Siyosatnoma»
S. Makiavelli «Hukmdor» D. Alisher Navoiy «Arbain»
17. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 1996 yildagi sammiti qayerda bo’lib o’tgan?
A. Budapesht B. Madrid S. Lissabon D.1999-yil Istambul
18. Konstitutsiyamizning nechanchi moddasida “O’zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to’la huquqli subyektidir” deyilgan?
A. 18-modda B. 26-modda S. 17-modda D. 31-modda
19. 1625-yilda «Urush va tinchlik huquqi haqida» degan asarida mashhur golland huquqshunosi Gugo Grotsiy……..
A. o'zaro urushayotgan tomonlar san'at asarlarini hurmat qilishi kerakligi g'oyasi bilan chiqadi
B. har qanday, shu jumladan, oldini olish mumkin bo'lmay qolgan urushlar yuz berganda ham ular huquq va insonparvarlik tamoyillariga ko'ra olib borilishi kerakligini, g'alabani ta'minlash uchun zarur bo'lganidan ortiq shafqatsizliklarni oqlab bo'lmasligini ta'kidlagan.
S. shunday deb yozadi: «Istilo qilib bo'lgach, g'oliblar endi (odamlarni) o'ldirishni davom ettirmasligi kerak, chunki endi unga о 'zini himoya qilish va о 'z-o 'zini saqlashga oid о 'z tabiiy huquqini amalga oshirishga hojatyo 'q».
D. Kanonik huquq bo'yicha aybsiz kishilar va asirlarning o'ldirilishini tanqid qiladi.
20. Komil Xorazmiy «Juhalo» (Johillar) g'azalida…..
A. amaldorlarning poraxo'rlikka berilib adolatni butunlay unutganligini, yomonlikka rivoj berib, ko'p mol-dunyo to'plaganligini, olimlarning obro'sini to'kib, johil va nodonlarni himoya qilganligini yozadi
B. har qanday davlat boshlig'i hokimiyatni mustahkamlash uchun ijobiy fazilatlarga ega bo'lishi, podshohi himmatli, shijoatli, adolatli, g'ayratli, saxovatli, sof niyatli, madaniyatli, hamiyatli, kambag'alparvar bo'lishiga chorlaydi.
S. hukmdor muhim davlat ishlarini o'z atrofidagi davlat arboblari bilan maslahatlashib hal qilishi, maslahatchilar ham donishmand va adolatli kishilar bo'lishi, hukmdor ularning maslahatlariga quloq solishi va ular bilan hisoblashishga chaqiradi.
D. insonni hurmat qilish, ayniqsa, qariyalar, zaif va nogironlar, kambag'al va beva-bechoralarning izzat-nafsiga tegmaslik, ularga iloji boricha yordam ko'rsatishga chaqiradi
Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish