GAP VA UNING BELGILARI
Reja:
1. Gap va uning belgilari
2. Gap haqida umumiy ma’lumot
3. Gapning turlari
Sintaksisda o’rganiladigan asosiy sintaktik birlik gap hisoblanadi. Gap -
kishilar nutqining kichik birligi bo'lib, u grammatik jihatdan tashkil qilingan,
mazmun va intonatsiya jihatdan nisbiy tugallikka ega bo'lgan so’zlar bog'lamasi
yoki yakka so'zdir. Aloqa birligi bo'lmish gap fikmi ifodalash va shakllantirish
birligi hamdir. Shunga ko'ra gap kommunikativ (aloqa qilish) va kognitiv (fikr
ifodalash) vazifalarni bajaradigan nutq birligi sanaladi. Gapning mazkur
xususiyatlari uni so'zdan va so'z birikmasidan farqlaydi.
Gapning quyidagi asosiy belgilari mavjud:
Gapning ko'pgina turlari mantiqiy hukm bilan chambarchas bog'liq. Hukmda
esa biror narsa haqida nimadir tasdiqlanadi yoki inkor etiladi va aynan ana shunda
predikativlik o'z ifodasini topadi. Demak, gapning muhim belgilaridan biri
predikativlikdir. Predikativlik gap mazmunining obyektiv borliqqa bo'lgan
munosabatini ifodalaydi. Predikativlik ifodalovchi grammatik vositalar mavjud
bo'lib, ular mayl, zamon, shaxs-son kategoriyalaridir.
Predikativlik odatda so'zlaming predikativ aloqaga kirishuvi bilan, ya'ni ega-
kesim aloqasi bilan ifodalanadi. Masalan: Bolalar keldi. Bolalar xursand.
Ayrim hollarda predikativlik bir bosh bo'lak bilan ham ifodalanishi mumkin.
Masalan: Tinchlik uchun kurashaylik.
Gapda bayon qilinayotgan fikrga so'zlovchining munosabati ham ifodalanadi.
Bunday munosabat modallik deb yuritiladi. Anglashiladiki, gapning asosiy
belgilaridan biri modallik hisoblanadi. Modallik (tasdiq, inkor, gumon, shubha
kabilar) mayl kategoriyasi, modal so'zlar, yuklamalar kabi vositalar orqali
ifolanadi.
Gap intonatsiya (ohang) jihatdan tugallikka ega bo'ladi. Intonatsiya ham
predikativlik, modallik belgilari singari gapni so'z birikmasidan chegaralashga
xizmat qiladi. Intonatsiya, birinchidan, so'zlar bog'lanmasi yoki yakka so'z gapni
shakllantirganini ko'rsatsa, ikkinchidan, gapning tugallanganligini ifodalab, uni
boshqa gapdan ajratib turadi. Intonatsiyaning xabar, so'roq, buyruq va boshqa
turlari farqlanadi.
Gap mazmun jihatdan ham nisbiy tugal bo'ladi. Uning tugal fikmi ifodalashi
ma’lum sharoit bilan bog'liqdir.
Shunday qilib, predikativlik (gap mazmunining borliqqa munosabati).
modallik
(so'zlovchining
aytilayotgan
fikrga
munosabati),
intonatsiya
shakllanganlik va mazmunan nisbiy tugallik gapning asosiy xususiyatlari, belgilari
sanaladi.
O'zbek tilida gaplar turli nuqtayi nazardan tasnif qilinadi:
1.Ifoda maqsadiga ko‘ra.
2.Emotsionalikka ko'ra.
3.Tuzilishiga ko'ra.
Ifoda maqsadiga ko'ra va bu maqsad bilan bog'liq bo'lgan intonatsiyaga ko'ra
gaplar darak, so'roq, buyruq gaplarga ajratiladi.
Emotsionalikka ko'ra gaplar ikki turga bo'linadi: emotsional gaplar yoki
undov gaplar va emotsional bo'lmagan gaplar. Darak, so'roq, buyruq gaplar darak,
so'roq, buyruq ohangi bilan aytilsa, emotsional bo'lmagan gaplar deb yuritiladi.
Yuqorida sanab o'tilgan gaplar kuchli his-hayajonga ega bo'lishi bilan emotsional
gapga aylanadi. Emotsional gaplar undov gaplar deb ataladi.
Tuzilishiga ko'ra gaplar sodda va qo'shma bo'ladi. Gaplarning bunday
bo'linishi ulaming tarkibidagi predikativlik birliklaming soniga, miqdoriga
asoslanadi.
Gaplar ifoda maqsadiga ko'ra quyidagi turlarga ajratiladi:
1)darak gap; 2) so'roq gap; 3) buyruq gap.
Borliq hodisalarini tasdiq yoki inkor yo'li bilan xabar qiluvchi gap darak gap
deyiladi. Darak gap nutqda gapning boshqa turlariga qaraganda ko'p qo'llanadi.
Darak gap mazmunan va tuzilishi jihatdan rang-barang bo'ladi. Darak gap
darak intonatsiyasi bilan aytiladi. Bunda gapning birinchi qismida ohang
ko'tariladi, ikkinchi qismida esa pasayadi. Masalan: Yoz kechasining yoqimli
salqini. Ko'kda, daraxtlar ustida g'ij-g'ij yulduzlar yonadi. Chirildoqlarning mayin
musiqasi hamma yoqni to'ldirgan, go'yo kechaning о ‘zi kuylaydi. (O.).
Darak gapning kesimi ko'pincha aniqlik (xabar) maylidagi fe'l bilan yoki
fe'ldan boshqa so'z turkumlari bilan ifodalanadi.
Darak gap oxiriga nuqta qo'yiladi.
So'zlovchiga noma'lum bo'lgan voqea-hodisa, harakat-holat haqida ma'lumot
berish ko'zda tutiladigan gap so'roq gар deyiladi.
So'roq gaplar ko'proq dialogik nutqda qo'llanadi. Bunday gaplar alohida
intonatsiya bilan aytiladi.
So'roq gaplarni quyidagi vositalar shakllantiradi:
So'roq yuklamalari (-mi, -chi, -a, -ya). Masalan: Chindan qo'rqqaningmi bu,
Robiya? (P.O.). Ammo Naziraning o'rniga o'zimni qo'yib kо’rsam-chi?
(O'.Usmonov).
So'roq olmoshlari (kim, nima, qanday, qaysi, qachon, qayerda, nega va
boshqalar). Masalan: Akmalxon, nega bizga qatnamay qo’ydingiz? (F.Musajonov).
Nega o'rtoqlaringizga qaramaysizlar? Bu qanaqa tartibsizlik? (O.Usmonov).
So'roq intonatsiyasi. Bunda savol mazmuni bilan bog'liq bo'lgan so'zda
intonatsiya (ohang) ko'tariladi. Masalan: Soyliqqa borasiz? - deb so’radi. (O'.
Usmonov). Juda kamnamolar Akmalxon? (F.Musajonov).
So'roq gaplar so'roqning xususiyatiga ko'ra uch turga bo'linadi: sof so'roq
gaplar, ritorik so'roq gaplar, so'roq buyruq gaplar.
Sof so'roq gaplar tinglovchidan so'roqqa javobni talab qiladi. Masalan:
Kechagi maqola nima bo'ldi. Rahim aka? (F.Musajonov). Qishloq xojalik bo'limi
shumi? (F.Musajonov)
Ritorik so'roq gaplarda so'roq ichida uning javobi ham anglashilib turadi.
Masalan: Dunyoda sizga ishongan, sizni jonidan aziz ko'radigan kishining yuziga
oyoq bosishdan og'ir jinoyat bormni? (A.Muhiddin).
So'roq-buyruq gaplar so'roq orqali buyruq vazifasini o'z ichiga oladi.
Masalan: Aka, nega indamaysiz? (P.Qodirov). Uka, Murtazobekning o'zi
qayerdaligini aytib berolmaysizmi? (O '. Usmonov).
So'zlovchining biror narsaga buyurish-xohishini bildiradigan gap buyruq gap
deyiladi. Buyruq gapda quyidagilar ifodalanadi:
Buyruq, do'q-po'pisa. Masalan: Taqsir, ... bitta surat chizib bering.
(P.Qodirov). Bolalar tezroq olib chiqilsin!.. (P.Qodirov). Professor Jamolov senga
ham ota, ham ustozlik qiladi, o'g'lim... Gapidan chiqma. (J.Abdullaxonov ). Sen
darsingga o'tir, qizim, - buyruq qildi Yulduzga.
Iltimos, yalinish, istak. Masalan: Oshiqmang, bo'ladi, faqat iltimos qilamanki.
bo'tam, buni hozircha zinhor-bazinhor sir tuting. Zero, nifoq solguvchilar paydo
bo’lib, biror ishkallikni o’ylab topmasinlar. Institutimiz rahnamolari bu maqsadga
uncha ro'yixushlik bermayotganlarini unutmang. (J.Abdullaxonov).
Maslahat. Masalan: Fanda kashf qilishdan buyuk narsa yo'q, toylog'im.- deb
qoldi professor. - siz ham faoliyatingizni kashf qilishdan boshlang
(J.Abdullaxonov). Keling. institutda olgan nazariy bilimingizni amaliyot bilan
bog'lash imkoniga ega bo'ling avval. (J.Abdullaxonov).
Buyruq gapning ko’pgina ma’nolari intonatsiya orqali anglashiladi.
Buyruq gapni shakllantirishda quyidagi vositalar xizmat qiladi: I) buyruq
intonatsiyasi. 2) ko'pincha buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalangan kesimi.
3) gapga buyruq ohangni qo’shadigan maxsus so'zlar (keling, kel, yaxshisi, iloji
bo’lsa va boshqalar).
Buyruq gap kesimning ifodalanish usuliga ko'ra farqlanadi:
Buyruq gapning kesimi ko'p hollarda buvruq-istak maylidagi fe'l bilan
ifodalanadi. Masalan: Och odamning ustidan kulmang.
Buyruq gapning kesimi sifatida shart maylidagi fe’l keladi. Masalan: Iloji
bo'lsa, uzoq kutdirib qo'ymasangiz... (J.Abdullaxonov). Unday bo’lsa, marhamat
qilib uni ishlarimiz bilan ham oshno qilsangiz (J.Abdullaxonov).
Ba’zan buyruq gapning kesimi aniqlik (ijro, xabar) mayli shaklidagi fe’l bilan
ifodalanishi mumkin. Masalan: Professor haliginday takror qo’l siltadi: - Raddiyani
uning о 'ziga yozdirasiz, bo 'tam. (J.Abdullaxonov).
Buyruq gapning kesimi vazifasida fe'ldan boshqa so'zlar ham kelishi mumkin.
Masalan: Uztoz Ali! Oldinga! (P.O.).
Gaplar emotsionallikka ko'ra ikki xil bo'ladi:
1) emotsional bo'lmagan gaplar. 2) emotsional yoki undov gaplar.
Xabar-darak, so'roq, buyurish intonatsiyasiga ega bo'lgan gaplar emotsional
bo'lmagan gaplardir. Yuqorida ko'rib o'tilgan gaplaming barchasi, ya'ni darak gap,
so'roq gap va buyruq gaplar emotsional bo'lmagan gaplarni tashkil qiladi.
Emotsional gaplar yoki undov gaplar kuchli his-hayajon bilan ifoda qilingan
gaplardir. Bunday gaplar maxsus his-hayajon intonatsivasi, ohangi bilan talaffuz
etiladi.
Darak, so'roq, buyruq gaplar his-hayajon bilan aytilsa, undov gapga aylanadi.
Shunga ko'ra undov gaplarning darak undov gap, so'roq undov gap, buyruq undov
gap turlari yuzaga keladi.
Darak undov gap: Ishonganimdan senikiga olib keldim-da, о 'rtoq! (O'.H.)
So'roq undov gap: Bu gaplardan so'ng menga ko'ngillarini ocharmidilar?!(P.Q.).
Buyruq undov gap: Yo'qolgan pichoqning sopi oltin bo'lavermasin!- dedi
Davlatbekov. (P.Q.).
Undov gap quyidagi grammatik vositalar yordamida shakllanadi:
-turli his-tuyg'ularni: shodlik, quvonch, taajjub, afsuslanish, hayratlanish,
g'azab va shu kabilarni bildiruvchi intonatsiya yordamida. Masalan: Odamlar
bilan... yashash, ishlash, do'stlashish, yordamlashish va yordam olish naqadar
yaxshi! (CH.Aytmatov). Aya, ayajon, shu ham gapmi! (A.Q.) Ayam bilan xollam
yo'lga nima pishirsak ekan deb maslahat qilib o'tirishibdi! (A.O.). Yillar. yillar
o'tdi! (A.Q.). Kecha g’ishtdan tekkan edi, endi paxtadan tegibdi-da! (A.Q.);
-undov so‘zlar yordamida, masalan: E gaplar o'tdi-ketdi-da! (P.Q.). Obbo,
noshudlar-ey!- dedi Ortiq qo'ziga achinib. (P.Q.). Ha, barakalla!- dedi keksa ishchi.
(A.O.).
-yuklamalar yordamida. Masalan: Nahot, Mavloningiz jiyanining to'yiga
kelmasa! (A.Q). ... birpas tinch qo'ymaydi-ya!- deb bolalarini koyidi. (P.O.).
Boyaqishlar selda qoldi-yov!- deb Suyunboy aka qoyatoshning kamaridan chiqdi.
(P.O.).
Do'stlaringiz bilan baham: |