G'arbiy frontda o'zgarish yo'q



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/85
Sana18.07.2022
Hajmi2,97 Mb.
#824147
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   85
Bog'liq
2 5294508418885747305

117
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Ularning sapchib turib yugurishlari va sal o‘tmay 
guppa ag‘darilishlarini ko‘rib, joning halquming-
ga keladi. Qani endi, bu tentakligi uchun yoqasi
-
dan tutib, quloq chakkasiga tortib yuborsang yoki 
shartta ko‘tarib, jang maydonidan nariroqqa olib 
borib qo‘ysang. Kiyimlarini aytmaysizmi! Kulrang 
askarcha kamzul ham, shim ham, etik ham katta 
– cho‘pday ozg‘in gavdada kamzul hilpillab yotib-
di, shim qopga o‘хshaydi, etik har qadam bosganda 
popillaydi – omborda bularbop kiyim topilmagan. 
Halok bo‘lgan har bitta keksa askarga besh-
o‘nta yosh askarning murdasi to‘g‘ri keladi.
Ko‘plari kimyoviy hujum paytida u dunyoga 
ravona bo‘lishadi. O‘zlarini nima kutayotgani-
ni anglashga ham ulgurishmaydi. Blindajlardan 
biri yuz va lablari qorayib ketgan murdalarga 
to‘la. Bir o‘radagi yoshlar gazniqoblarini bar vaqt 
yechishadi; ular gaz havodan ko‘ra yerda uzoq 
turishini bilishmagan; tepada niqobsiz yurgan 
odamlarni ko‘rib, ular ham o‘zlarinikini apil-tapil 
yechib tashlashgan va obdon gaz yutib, o‘pkala-
rini ishdan chiqazishgan. Hozir ularning ahvoli 
og‘ir, endi qiynalib, qon qusib, uzoq jon berishadi.
* * *
Kutilmaganda Хimmelshtosga yuzma-yuz kel
-
sam-a! Ikkalamiz bitta xandaqqa tushib qolibmiz. 
Nafasimizni ichimizga yutib, yonma-yon yotibmiz, 
hamma hujumga tashlanish daqiqalarini kutyapti.
Qattiq hayajondaman, mana nihoyat, xan
-
daqdan otilib chiqdik ham, iye, Хimmelshtos qani? 
Darhol izimga qaytib, xandaqqa sakrayman, voy 
хumpar-ey, bir burchakda biqinib o‘tiribdi. Yuzi 
sal tirnalgan, o‘zini yaralanganga solyapti. Dag‘-
dag‘ titraydi – u ham bu erda yangi-da. G‘azabim 
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


118
Erix Mariya Remark
qaynab ketadi, yosh-yosh yigitlar hujumga otil-
sa-yu, bu ablah pana joyda pusib o‘tirsa!
– Chiq! – deyman ovozim bo‘g‘ilib.
Qimir etmaydi, mo‘ylovi lip-lip uchib turibdi.
– Chiq!
U oyog‘ini uzatib, xandaq devoriga suyanib 
oladi, nuqul kuchukka o‘хshab g‘inshiydi.
Tirsagidan ushlab, oyoqqa turg‘azmoqchi bo‘la-
man. U battar chinqirishga tushadi. Asabim bar
-
dosh berolmaydi. Halqumidan olib, silkita boshlay-
man, kallasi u yoqdan-bu yoqqa borib kelyapti.
– Turasanmi-yo‘qmi, yaramas? Voy itvach
-
cha-yey, joning shirinlik qildimi?!
Ko‘zlari go‘laygan, qani miq etsa! Boshini 
devorga uraman.
– Tur, hayvon! – shunday deb, qovurg‘asining 
ostiga tizza uraman. – Tur, cho‘chqa!
Aхiyri, tepaga sudrab chiqaman.
Shu payt yonimizdan hujumga tashlanganlar-
ning yangi safi chopib o‘tadi. Ularning orasida 
leytenant ham bor. Bizni ko‘rib qichqiradi: 
– Olg‘a, olg‘a, orqada qolmanglar!
Shuncha so‘kkanlarim ham bir bo‘ladi-yu, 
shu bir og‘iz buyruq ham bir bo‘ladi! Boshliqning 
ovozini eshitishi bilan Хimmelshtosning ko‘zlari 
charaqlab ochilib ketadi, keyin u yoq bu yoqqa 
alanglab, haligilarning ketidan yuguradi.
Men ham ularga ergashaman, Хimmelshtos yel
-
day uchib boryapti. U yana biz bilgan fidoyi harbiy-
ga aylangan edi. Ana, leytenantni ham quvib o‘tdi, 
hozir hammadan oldinda yugurib ketyapti.
* * *
Shiddatli otishma. Dushman yo‘lini to‘suvchi 
o‘t. O‘q yomg‘iri. Mina. Gaz. Tanklar. Pulemyot-
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


119
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
lar. Qo‘l granatalari. Bu so‘zlar og‘izning bir chek
-
kasidan chiqib ketadi, ammo shularning das-
tidan insoniyat ozmuncha aziyat chekdimi!
Yuzimiz qoraqo‘tir bo‘lib ketgan, miyamiz 
alg‘ov-dalg‘ov, o‘lguday toliqqanmiz; hujum bosh-
langanda ko‘pchilikni uyg‘otib, safga qo‘shish 
uchun mushtni ishga solishga to‘g‘ri keladi; 
ko‘zlarimiz qizargan, qo‘llarimiz tirnalgan, tiz-
zamiz qon, tirsaklarimiz dabdala.
Oradan qancha fursat o‘tdi? Haftami, oymi, 
yilmi? Kunlar o‘tdi, хolos. Vaqtning betizginligini 
jon berayotganlarning qonsiz yuzidan anglab tu-
ramiz; yuguramiz, granata uloqtiramiz, o‘q uza-
miz, o‘ldiramiz, yerga yotamiz; sillamiz quri gan, 
fikrimiz хiralashgan, bizga faqat bittagina o‘y 
dalda berib turadi: atrofimizda hali bizdan ko‘ra 
ham zaif va g‘o‘r bolalar bor, ular bizni avliyo deb 
bilishadi, chunki ko‘p hollarda o‘limga chap be-
rishning uddasidan chiqamiz.
Frontda osoyishtalik hukm surgan paytlarda 
ularga yo‘l-yo‘rig‘ ko‘rsatamiz: «Qaragin-a, ho‘ 
anovi narsani ko‘ryapsanmi? U mana, biz tomon
-
ga uchib kelyapti! Bemalol yotaver, boshqa joyga 
tushadi. Agar u mana bunaqa qiyalikda kelayot-
gan bo‘lsa, qochib qol! Ulgurasan».
Biz ovozi deyarli eshitilmaydigan makkor may-
da o‘qlarning vizillashini darrov ilg‘ashni o‘rga-
tamiz; yosh askarlar to‘plar gumbur-gumburi 
orasidan bunday tovushni beхato ajrata bilish
-
lari kerak. Bu o‘qlar yirik snaryadlardan ko‘ra 
хavfliroq ekanini tushuntiramiz. Aeroplanlardan 
qanday yashirinishni, dushman okopga bostirib 
kirganda o‘zini o‘lganga solishni, granata yerga 
tushmasidan bir daqiqa oldin portlashi uchun 
nima qilish zarurligini ko‘rsatamiz. Ularga snar-
yad portlamasdan turib, yashin tezligida o‘raga 
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi



Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish