7-sinf I chorak
1.Otdan sifat yasovchi qo’shimchalar berilgan qatorni aniqlang.
A)-man, -siz, -dor B)-kor, -xona C) –chi, -paz, -kor D) –li, -siz, -dor
2.Toshkentning Beshyog’och ko’chasida joylashgan markaz?
A)Bolalar saroyi B)City Makon C) Yoshlar ijod uyi D)Istirohat bog’i
3.Yasama so’z berilgan qatorni aniqlang.
A)bolalar, ko’chaga B)kunduz, jahl C)mahalladosh, hunarmand D)o’quvchi, gul
4.Har ikkala qismimustaqil qo’llana oladigan juft so’zlar berilgan qator?
A)bo’sh-bayov, mol-hol B)orzu-havas, erta-kech C)kalta-kulta, qand-qurs D)apil-tapil, alg’ov-dalg’ov
5. Yasama sifat qatnashgan gapni toping.
A)Ushbu she’r juda ma’noli ekan . B)Yaxshi insonlar bilan yo’ldosh bo’ldim.
C)Buvim qishloqqa ketdi. D)Daraxtlar sariq rangga kirdi.
6. So’z yasovchi qo’shimchalar berilgan qator?
A)-chi, -li, -lar B)-lar, -ga, -da C)-dan, -ning, -qa D)-dosh, -paz, -soz
7.Sifat+ot ko’rinishidagi qo’shma so’z berilgan qator?
A)aqlli, ko’zoynak B)Oqtepa, shirinso’z C)bemaslahat, beaql D)oromgoh, gulzor
8.Mirzo Ulug’bek qayerdan kelgan donishmanddan saboq olgan?
A)Hindiston B)Eron C)Rum D)Afrosiyob
9. Quddus Muhammadiy fikricha “eng ulug’ustoz” kim?
A)Alifbo B) Gazeta C) Kitob D)O’qituvchi
10.Narsaning biror maqsad ish uchun mo’ljallanganligini bildiruvchi qo’shma ot berilgan qator?
A)ko’zoynak, tokqaychi B)ruchka, daftar C)gullar, tabriknoma D)xushxabar, o’quvchi
11.“Toshkentim” she’rining muallifi kim?
A)Yunus Tolipov B) Kavsar Turdiyeva C)Olqor Damin D)Ilyos Yunusov
12. Abdulla Avloniyning qaysi kitobidan bolalar ilk bor harf tanishgan?
A)Birinchi muallim B)Ikkinchi muallim C)Alifbo D)O’qish kitobi
13. Qo’shma ot berilgan qatorni aniqlang.
A)bog’, giyoh B)dori, hamsuhbat C)ommabop, tuyaqush D)kulrang, maktab
14. Sochilib tursin mudom, Balqsin hayot gullari! Qaysi she’rdan parcha?
A)Ona tilim B)Til – millatning borlig’i C)Yaxshilikni o’rgating D)Birinchi muallimim
15. Ijobiy insoniy fazilatlar berilgan qator?
A)maqtanchoq, saxiy B)halol,yolg’onchi C)baxil, hasadgo’y D) g’amxo’r, kamtar
16. Sifat yasovchi qo’shimcha + ot ko’rinishidagi so’zlar berilgan qator?
A)mazali, bemaza B) suvsiz, to’g’riso’z C)berahm, sergap D)aqlli, hosildor
17.Sodda tub so’zlar berilgan qator?
A)bog’bon, o’quvchi B)anhor, ko’chalar C)gilamdo’z, ishchi D)aqlli, paxtakor
18. Yasama so’zlar berilgan qatorni aniqlang.
A)hosildor, bog’bon B)kuy, ko’cha C)gullar, oyna D)baxt, oila
19. “Shekspirni, Bayronni, Shillerni, Gyugoni, Gyoteni, Danteni asl nusxasida o’qiy olish katta fazilat-ku!”. Ushbu satrlar muallifi kim?
20. “Til bilgan – el biladi” rivoyatida qaysi buyuk shaxs nomi tilga olinadi?
21.O’zbek tiliga davlat tili maqomi qachon berilgan?
22. “Til – millatning borlig’i” she’rining muallifi kim?
23. “Dastyor qiz” she’rining muallifi? 24. Maqolni davom ettiring. Tilga ixtiyorsiz –
25. “Yaxshi xulq – yaxshi husn” matni muallifi kim?
Do'stlaringiz bilan baham: |