Naychasimon prujinali asboblar
. Sezgir element sifatida naychasimon
manometrik prujina
ishlatilgan deformatsion asboblar laboratoriya va ishlab chiqarish praktikasida keng tarqalgan.
Ayniqsa, bir o‘ramli naychasimon prujinali asbob — manometr, vakuummetr, manovakuummetr
va difmanometrlar juda ko‘p qo‘llaniladi. Naychasimon prujinali asboblarning
ishlash prinsipi
o‘lchanayotgan bosimni bir o‘ramli yoki ko‘p o‘ramli naychasimon prujinaning elastik
deformatsiya kuchi bilan muvozanatlashuviga asoslangan.
Aylana yoyi bo‘yicha bukilgan elliptik yoki yassi oval kesimli naychasimon bir o‘ramli prujina
naycha ichidagi ortiqcha bosim yoki siyraklanishning o‘zgarishi natijasida o‘zining bukilishini
o‘zgartiradi (4.9-rasm,
a
).
O‘lchanayotgan ichki va tashqi atmosfera bosimlari farqi ta’sirida naychali prujina
deformatsiyalanadi: naycha kesimining kichik o‘qi
kattalashadi, katta o‘qi kichiklashadi, bunda
prujina bo‘shashadi va uning erkin uchi 1—3 mm ga siljiydi. 5 MPa gacha bo‘lgan bosim uchun
naychali prujinalarni jezdan,
bronzadan, undan ham yuqori bosimlar uchun — legirlangan po‘lat
va nikelь qotishmalaridan tayyorlanadi.
Ko‘rsatuvchi, o‘ziyozar, signal beruvchi manometrlarning va naychasimon prujinali bosim
o‘zgartgichlarining ko‘pi to‘g‘ri o‘zgartgich qurilmalardan iborat.
U
4.10-расм
. Пружинали манометрнинг кинематик схемаси.
larda bosim ketma-ket sezgir elementning va u bilan bog‘langan mexanik ko‘rsatuvchi, qayd
kiluvchi, kontaktli qurilmaning, pnevmatik va elektr o‘zgartgich elementining siljishiga
o‘zgartiriladi.
4.10- rasmda bir o‘ramli prujinali manomerlarning kinematik sxemasi keltirilgan.
Bosim
o‘zgarishi natijasida prujina 3 uchining siljishi tortqi
5
orqali o‘q
6
da aylanayotgan sektor 1 ga
uzatiladi. Sektorning burchakli siljishi tishli ilashma yordamida tribka
2
ning
aylanishiga olib
keladi. Tribkaning o‘qiga ko‘rsatuvchi strelka
4
biriktirilgan.
Naychasimon prujinali manometrlar ko‘rsatishlarni hisoblash, yozish,
signal berish va
ko‘rsatishlarni masofaga uzatish uchun mo‘ljallangan.
Hozir DAS pnevmatik va elektr datchiklarning unifikatsiyalangan sistemasiga kiritilgan prujinali
asboblarning katta nomenklaturasi chiqmoqda. Bu asboblar standart,
pnevmatik, elektr
signallardan ishlaydigan ikkilamchi asboblar va maxsus kurilmalar komplektida qo‘llaniladi.
Sanoatimiz 0,1 dan 1000 MPa (1 . . . 10000 kgk/sm
2
) gacha bo‘lgan bosimlarni o‘lchaydigan
asboblar ishlab chiqaradi. Texnik manometr, vakuummetr va manovakuummetrlar 1; 1,6; 2,5 va
4 aniqlik klassiga ega. Namuna asboblarning aniqlik klassi 0,16; 0,25 va 0,4.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati
1.
YUsupbekov N.R. va boshqalar. Texnologik jarayonlarni
nazorat qilish va
avtomatlashtirish. –Toshkent: O‘qituvchi. 2011.
2.
Farzane N.G. i dr. Texnologicheskie izmereniya i priborы. –M.: Vыsshaya shkola. 1989.
3.
YUsupbekov N.R. va boshqalar. Texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalari. –
Toshkent: O‘qituvchi. 1997.
4.
YUsupbekov N.R., Muxitdinov D.P., Avazov YU.SH. Avtomatika va nazorat o‘lchov
asboblarining tuzilishi va vazifasi. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. –T.: Iqtisod-
moliya, 2010.