Tuzuvchilar;Tursunboyev Anvarjon Yusufjonov Nurmuhammad Ortiqboyeva Odina Abdurahmonov Abbos B Xitoy haqida umumiy ma’lumot - Oxirgi 25 yil ichidagi Xitoy iqtisodiyotining o`sishi ( yiliga o`rtacha 9%) uning jahon maydonidagi nufuzli o`yinchilardan biriga aylanishiga olib keldi. Hozirda Xitoy –dunyodagi ulkan bozorga ega bo`lgan yirik rivojlanayotgan mamlakat bo`lib, BMT Xavfsizlik Kengashining beshta doimiy a`zosidan biridir.
Ta’lim tizimi Xitoy aholisi bo’yicha dunyoda birinchi o’rinda turadi, shuning uchun u yerdagi ta’lim oluvchi fuqarolarning soni ham boshqa davlatlarnikidan ancha yuqori. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 2012-yilda Xitoyda 230 milliondan ortiq fuqaro turli darajada ta’lim olgan. Xitoyda majburiy ta’lim - 1986-yilda kiritilgan davlat ta’lim programmasiga muvofiq, barcha fuqarolar minimum 9 yoshdan maktabda o’qishi majburiy. Majburiy ta’lim tizimi tufayli Xitoyda aholi savodxonligi darajasi oxirgi o’n yillikda yanada yuqori ko’rsatkichlarga erishdi: erkaklar o’rtasida – 96%, ayollar o’rtasida – 88%, 2012-yilda umumiy ko’rsatkich – 93,3%ni tashkil etdi.
Xitoyda ta’lim tizimi
Maktabgacha ta’lim
3-6 yosh
Majburiy ta’lim
6-18 yosh
Oliy ta’lim
18 yoshdan
Katta yoshdagilar uchun ta’lim
Boshlang’ich ta’lim 6-12 yosh
O’rta ta’lim 12-18 yosh
Professional boshlang’ich ta’lim
12-15 yosh
Professional o’rta ta’lim
15-18 yosh
Maktabgacha ta’lim - Xitoyda maktabgacha ta’lim muassasalari bolalar bog’chalari hisoblanadi. Ular esa o’z navbatida ikkiga bo’linadi:
- Davlat bog’chalari
- Xususiy bog’chalar
- Hozirgi kunda bolalar bog’chalarining umumiy soni mamlakatda 150 mingni tashkil etadi.
Xitoyda majburiy ta’lim ikkiga bo’linadi: - Xitoyda majburiy ta’lim ikkiga bo’linadi:
- boshlang’ich ta’lim
- o’rta ta’lim.
- O’rta ta’lim esa o’z navbatida o’rta maktab va o’rta professional-texnik maktablarga bo’linadi. Boshlang’ich ta’limda bolalar 6 yoshdan qabul qilinadi va to’liq kun mobaynida o’qishadi. Boshlang’ich maktabni tugatgan o’quvchilar imtihonsiz o’rta maktabga qabul qilinadi.
- O’rta maktablar ikki xil ko’rinishda bo’ladi:
- birinchi bosqich; ikkinchi bosqich
- O’rta maktabning birinchi bosqichidagi ta’lim Xitoyda majburiy hisoblanadi. Lekin Xitoyda o’rta maktabning 2- bosqichi va oliy ta’lim xohishiy hisoblanadi. O’rta maktabda nisbatan rivojlangan maktablar professional texnik rivojlangan maktablardir. Bunday maktablarda asosiy e’tibor ma’lum kasb-hunarning amaliy va nazariy jihatlariga qaratiladi.
Xitoyda oliy ta’lim - Oliy ta’lim muassalarida o’qish sentabrdan boshlanib,9,5 oy davom etadi va ikki semestrdan iborat. Ta’til yanvardan fevralgacha va iyuldan avgustgacha davom etadi. O’qish haftaga 5kun, ertalabdan tushlikkacha davom etadi.
Xitoyda oliy ta’lim - Xitoy oliy o’quv yurtlariga yotoqxona bilan bog’liq muammolar umuman yo’q.
- Shunga qaramasdan, har bir davlatda bo’lganidek, Xitoyda ham ta’lim sohasida ma’lum muammolar mavjud. Ta’lim sohasida mashhur mutaxassis Chju Yunsin ta’kidlaydiki: “ Bizga ko’p narsa yetishmaydi: moliyalashtirish yetishmaydi, tajribali kadrlar yetishmaydi, eng asosiysi insonparvarlik yetishmaydi. Hozirgi paytda mamlakatda “jen vey ben” dasturi tashkil etilmoqda, uning asosida asosiy qadriyat sifatida inson manfaatlari yotadi. Ammo bu dasturni to’liq qo’llashga hali ancha vaqt kerak bo’ladi”.
Xitoy Xalq Respublikasida ta’limning ma’muriy tizimi - Xitoy Xalq Respublikasida ta’limning ma’muriy tizimi 4 bosqichni o’z ichiga oladi:
- Markaziy
- Provinsiya(avtonom rayon, markaziy tobe shaharlar)
- Shahar(rayon)
- Uyezd
Ta’lim tizimi Xitoy milliy an’analaridan biri o’qituvchiga bo’lgan hurmat hisoblanadi 1985-yilda Xitoyda o’qituvchilar bayrami – 10 sentyabr deb e’lon qilingan. Xitoy Xalq Respublikasi ta’lim tizimini moliyalashtirishga ham alohida e’tibor qaratadi. Jumladan, 2008-yilda Xitoyda ta’lim tizimiga ajratilgan mablag’ 949040 million yuanni tashkil etdi, davlatning moliyaviy chiqimi 428718 million yuanni tashkil etdi, bu esa yalpi ichki mahsulotning 2,79%iga teng. Xitoy Xalq Respublikasi hukumati kelajakda ta’limni moliyalashtirishda moliyaviy xarajatlarni yalpi ichki mahsulotning 4%iga tenglashtirmoqchi. - Xitoy Xalq Respublikasi ta’lim tizimini moliyalashtirishga ham alohida e’tibor qaratadi. Jumladan, 2008-yilda Xitoyda ta’lim tizimiga ajratilgan mablag’ 949040 million yuanni tashkil etdi, davlatning moliyaviy chiqimi 428718 million yuanni tashkil etdi, bu esa yalpi ichki mahsulotning 2,79%iga teng. Xitoy Xalq Respublikasi hukumati kelajakda ta’limni moliyalashtirishda moliyaviy xarajatlarni yalpi ichki mahsulotning 4%iga tenglashtirmoqchi.
Ta’lim tizimini moliyalashtirish
Xulosa Xulosa qilib aytganda, Xitoy bugungi kunda ta’lim tizimi darajasi dunyodagi eng rivojlangan davlatlar qatoriga kiradi va mavjud muammolarga qaramasdan, yildan yilga rivojlanib bormoqda.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |