4 – Ma’ruza
Issiqlik elektr stansiyalarda (IES) elektr eneregiyani ishlab
chiqarish
Reja:
1.Elektr energiyani tur xil issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqarishning texnologik sxemalari.
2.IES larining ishlash prinsipi va FIK.
3.Renkin siklining ishlash prinsipi.
4.Dizel elektr stansiyalarida elektr energiyani ishlab chiqarish.
Energiyaning saqlanish qonuni jismlarda issiqlik almashinuvini o‘rganishda termodinamikaning birinchi qonuni nomini olgan. Uning ma’nosi bilan issiqlikni mexanik energiyaga aylantiruvchi sistema misolida tanishamiz. Faraz qilaylik, sistema harorati uning barcha nuqtalarida bir xil. Bu sistemaga issiqlik berilganda harorati ortadi. Agar sistemaga ta’sir faqat unga issiqlik berishdan iborat bo‘lsa, uning energiyasi ga ortadi. Sistema o‘z energiyasining kamayishi va haroratining pasayishi hisobiga ish bajarishi mumkin. Agar sistemaga issiqlik berish va u tomonidan ish bajarilishi bir vaqtda yuz bersa, u holda sistema energiyasi ga o‘zgaradi. Agar sistemaning energiyasi o‘zgarmasa, u holda bo‘ladi.
Bu tenglama miqdoriy jihatdan termodinamikaning birinchi qonunini ifodalaydi, ya’ni energiyani o‘zgartirmasdan turib ish bajarish uchun sistemaga issiqlik berish lozimligini ko‘rsatadi. Shu sababli issiqlik olmasdan turib ish bajaruvchi motorni, ya’ni birinchi tur doimiy motorni yaratish mumkin emas.
Zamonaviy issiqlik elektr stansiyalarida (IES) issiqlikni ishga aylantirish ishchi massa sifatida suvdan foydalanuvchi sikllarda amalga oshiriladi.
Suv bug‘i yordamida issiqlikni ishga aylantiruvchi sikl XIX asr o‘rtalarida Shotlandiyalik muhandis U.Renkin tomonidan kashf etilgan.
Renkin sikli bo‘yicha ishlovchi IESning prinsipial texnologik sxemasi (2.1-rasm) bug‘ generatori 1, turbina 2, elektr generatori 3, kondensator 4 va nasos 5 dan tashkil topgan. Bug‘ generatorida yoqilg‘i yoqilib, paydo bo‘luvchi issiqlik yordamida suv qizdiriladi va bug‘ga aylantiriladi. Bu jarayonga Renkin sikli diagrammasidagi (2.2-rasm) o‘zgarmas bosimda hajm ortuvchi AV oraliq mos keladi. Bug‘ generatorida paydo bo‘luvchi bug‘ turbinaga yo‘naltiriladi. Bu yerda bug‘ kengayib, uning ichki energiyasi mexanik energiyaga aylanadi, ya’ni turbinada foydali ish bajariladi. Turbinada bug‘ning ideal Renkin sikliga muvofiq kengayish jarayoni VC adiabata bo‘yicha yuz beradi. Turbinadan chiqqan bug‘ kondensatorda kondensatsiyalanadi va sovituvchi suv bilan chiqarib yuboriladi. Bug‘ning kondensatsiyalanishiga CD oraliq mos keladi. Kondensat ta’minlovchi nasos yordamida bug‘ generatoriga uzatiladi. Bu jarayonga DA oraliq mos kelib, u suv bosimining hajm o‘zgarmagan holda ortishi bilan bir vaqtda amalga oshadi (nasos ta’sirida). Chunki, siqilganda suvning hajmi o‘zgarmaydi.
Ideal Renkin siklining foydali ish koeffitsienti (FIK), har qanday issiqlik mashinasidagi kabi, ish bajarish uchun sarf bo‘lgan issiqlikning isitkichda olingan butun issiqlik miqdoriga nisbati bilan belgilanadi:
; (2.1)
bu yerda - bug‘ generatorida ishchi massaga uzatilgan issiqlik miqdori; - kondensatordagi sovituvchi suv orqali chiqarib yuborilgan issiqlik miqdori.
O’zbekiston Respublikasining elektr energetikasi xalq xo’jaligining asosiy sohasi hisoblanib, sanoat korxonalari, shaharlar, transport, qishloq xo’jaligi iste‘molchilarini elektr energiyasi bilan ta‘minlab kelmoqda va xalq xo’jaligining rivojlanishiga katta hissa qo’shmoqda. Asr boshlarida Toshkent shahrida ikkita elektr stansiya: bittasi quwati 1450 kVt li tramvayni ta‘minlash uchun, ikkinchisi esa quwati 125 kVt li shaharni yoritish uchun qurildi. 1913- yilda O’zbekiston hududida 6 ta kichik dizel elektr stansiyalari umumiy quvvati 3 mVt va 3,3 mln kVt.soat energiyasi ishlab chiqarilgan edi. Turkiston o‗lkasini elektrlashtirish rejasining tuzilishi katta ahamiyatga ega bo’ldi. 1923- yili Bo’zsuv kanalida gidroelektr stansiyasi (GES) qurila boshlandi. 1926- yili O’zbekiston energetikasining birinchisi, o’sha vaqtda O’rta Osiyoda eng katta bo’lgan 2 ming kVt quwatli Bo’zsuv GES ining birinchi navbati ishga tushdi. Bir vaqtning o’zida 30 transformator punktli 6 kV li kabel tarmog’i qurildi va Toshkent shahrida dizel-tramvay elektr stansiyasi bilan bog’landi. Bu birlashish O’zbekiston energetikasining rivojlanishiga asos bo’ldi. 1920- yilda respublikada issiqlik energetikasi dizel va mayda bug’ turbinali elektr stansiyalari qurildi. Toshkent, Samarqand, Andijon, Qo’qon dizel elektr stansiyalari kengaytirildi. Buxoroda 5000 o.k li, Samarqandda, Nukusda, Urgench va Namanganda 1600 o.k li katta dizel elektr stansiyalari qurildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |