Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   134
Nazariy ma’lumot
IRSOLI MASAL
Gapda yoki she’rda xalq og‘zaki ijodida masliliur bo‘lib ketgan 
biror maqol, matal, ibora yoxud hikmatli so‘z keltirib, nutq 
ta ’sirchanligini osliirish usuliga i r s o l i m a s a l s a n ’ a t i
deyiladi.
Bu yerdagi 
irsol — keltirish, masal — misol, tamsil, maqol,
matal, ibora
m a’nolarini anglatadi. Eski o‘zbek tilida maqol, matal 
va ib o ra la r 
m a sa l
yoki 
zarb u l-m a s a l
deyilgan. H ozirgi 
tilshunosligimizda maqol, matal va iboralar 
frazeologizmlar
deb 
yuritiladi.
Irsoli masal san’ati o‘zbek yozma adabiyotining eng qadimgi 
namunalarida ham uchraydi. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u 
bilig», Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» asarlarida bu 
ifoda va tasvir vositasining yuksak namunalariga duch kelamiz.
Xususan, Mavlono Lutfiy she’riyatida irsoli masal juda ko‘p 
uchraydi. Shunga ko‘ra, irsoli masal qo‘llash — shoir ijodiyotining 
yetakchi uslubiy fazilatlaridan biri, deyish mum kin.
Irsoli masalda muallif o‘z fikr-mulohazasini tap-tayyor maqol, 
matal, ibora yo hikmatli so‘z orqali quwatlab oladi, shu tariqa 
o ‘quvchini ishontirishni kuchaytiradi, ifoda ta ’sirchanligini 
osliiradi.
Mumtoz adabiyotimiz vakillari asarlarida irsoli masal san’ati- 
ning eng yorqin namunalari mavjud. Qalam ahli, xususan, shoir- 
larimiz tilning shunday zo‘r imkoniyatidan mumkin qadar ustalik 
bilan foydalanishga harakat qilishgan.
Ayni jihatdan Mavlono Lutfiy ijodi o‘zigacha bo‘lgan davr 
shoirlari ichida alohida ajralib turadi. Bu qalam sohibi merosida 
shunday g‘azallar ham borki, ular boshdan-oxir badiiy-uslubiy 
tarafdan tamoman ana shu irsoli masal san’ati asosiga quriladi. 
«Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu...» g‘azali xuddi shunday asarlar 
sirasiga kiradi. Undagi mavjud besh baytning bari aynan ana shu 
san’at ishtirokida yaratilgan. Bu qo‘shmisralarning hammasida 
maqol ikkinclii satrda kelgan. Amalda u birinclii qatordagi fikming 
tasdig‘i yanglig‘ qog‘ozga tushgan. Shu tariqa shoir fikrini ikki 
karra mustahkamlagandek bo‘ladi.
G ‘azal matlaida to ‘g‘ridan-to‘g‘ri yorga murojaat qilinib: 
Har
lahza soch oyog‘ingga tushadi
, — deyiladi. Isboti tarzida: 
Chiroq
osti qorong'i
maqoli keltiriladi:


Ayoqingg 'a tushar har lahza gisu,
Masaldurkim: «Charog‘ tubi qorong'u».
Sochning qoraligi chiroq tubining qorong‘iligiga qiyoslangan.
Xuddi shu tariqa g‘azalning keyingi baytlarida birin-ketin: 
Oqqan ariqqa oqar su(v), Kishining ko'zidur, ore, tarozu, Qo'rqar,
qaydakim qon k o ‘rsa hindu, Tiloganni tilogu
maqollari dastlabki 
misradagi fikming tasdig‘i sifatida keltiriladi. Eng muhimi, shoir 
tilimizdan beshta bir-biriga qofiyadosh so‘z bilan tugaydigan maqol 
topib, ulami o‘zaro zanjir kabi bog‘lagan. Irsoli masal qo‘llash- 
ning bunday yuksak darajasi adabiyotimiz tarixida kam ucliray- 
digan badiiy-ifodaviy hodisa sifatida baholanishi kerak.
TAJNIS
Tajnis —
badiiy san’atlardan biri. Lug‘aviy jihatdan 
jinsdosh,
ya’ni 
shakldosh
degan m a’noni anglatadi. Bu 
nutqdci shakli bir xil,
ammo та ’nosi har xil so ‘zlaryoki so ‘zlar turkumini qo ‘Hash,
degani.
Ammo bu san’atni oddiygina qilib, 
omonimlar ishlatish ekan-
da,
deb hisoblam aslik kerak. C hunki om onim lar — tilda 
qat’iylashgan shakldosh so‘zlar. Tajnisni yuzaga keltirish uchun 
esa muallif bir necha so‘zlar ishtirokida ohoriy (original, ya’ni 
birmartalik) shakldoshliklar yaratishi mum kin. Masalan, 
ul Oy,
и loy, uloy (ulay)
so‘z birikmalari tilda o‘zaro omonim emas. 
Shoir she’rda bularni shunday qo‘llaydiki, natijada bir gal 
ul Oy
(.и Oy)
, boshqa safar 
и loy,
uchinchi ko‘rinishda esa 
uloy (ulay)
m a’nolarini anglatadi. Shundan ifoda go‘zalligi kelib chiqadi. 
0 ‘quvclii yo tinglovchi shuurida ajib bir badiiy zavq paydo bo‘ladi.
Demak, tajnisga 
omonim so ‘zlam i qo
‘Hash
deya oddiygina ta ’rif 
berish — xato.
M a ’lum ki, m um toz adabiyotshunosligim izda sa n ’atlar 
quyidagicha ikki guruhga bo‘linadi:
1. Lafziy (shakliy) san’atlar.
2. M a’naviy (ma’no bilan bog‘liq) san’atlar.
Tajnis esa ham lafziy, ham m a’naviy san’at hisoblanadi. Chunki 
bunda so‘zlaming shakli ham, ular anglatgan m a’no ham birday 
ahamiyatga ega.
Mumtoz adabiyotimizda tajnisning ko‘plab go‘zal namunalari 
yaratilgan. Lutfiy, Atoiy, Navoiy, Husayniy, Bobur, Maxmur va 
boshqa shoirlarimiz asarlarida xilma-xil ko‘rinishdagi tajnislar


uchraydi. Hozirgi shoirlarimiz ham o‘z ijodida tajnisning boy 
imkoniyatlaridan foydalanib kelyapti.
Turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tili tajnis yaratish uchun juda 
katta imkoniyatlarga ega. Hatto, tilimizdagi shu qulaylik adabiyoti- 
mizda tajnis ishlatish shart qilib qo‘yilgan alohida, maxsus bir 
janrning paydo bo‘lishiga olib kelgan.
Tuyuq — shunday janr. Unda qofiyaga olingan so‘z yoki so‘zlar 
turkumi o‘zaro shakldoshlik paydo qilishi shart.
Lutfiyning mana bu tuyug‘i qofiyasida tajnis b o ‘lib kelgan 
so‘zlami ko‘rib o‘taylik:
Ко ‘ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor,
Har necha dardimni desam, dog‘i bor.
Qilcha tanga bori ishqing yor edi,
Bir sori bo'idi firoqing, dog‘i bor.
Birinchi misradagi 
dog'i bor
so‘zlari 
k o ‘ngildagi dog
'ni ko‘zda 
tutadi. Ikkinchi misrada esa xuddi shu so‘zlar 
otashi bor
degan 
m a’noni anglatadi. To‘rtinchi misrada bu so‘zlar 
yana (tag‘in)
bor
m a’nosida kelgan.
Tajnis qofiyaga olinganda shuning o‘zi qofiya vazifasini o‘taydi. 
Ya’ni m a’nosi har xil boTgani uchun bu yerda tajnisli so‘zlaming 
takrorlanishi qofiya o‘rnida qabul qilinadi.
Shoir tajnisda aynan 
bor
so‘zi mavjudligidan foydalanib 
uchinchi, ya’ni qofiyasiz misrada ham ataylab 
bori
so‘zini 
qoTlaydi. Zimdan bu kalima bilan qofiyadagi so‘zlar o‘rtasida 
ham boshqa bir tajnis yuzaga keladi.
TUYUQ
Musulmon Sharqi mumtoz she’riyatining aksar lirik janrlari 
o‘xshash. Masalan, g‘azal, qit’a, ruboiy, fard, ta ’rix, musammat- 
ning turlari arabiy, forsiy va turkiy adabiyot uchun birday xos. 
Lekin so‘z san’ati milliy bo‘ladi. Uning milliyligi ba’zan, hatto, 
lirik janrlarda ham aks etadi.
Tuyuq —
shunday lirik janr. U arabiy va forsiy adabiyot da 
yo‘q. Bu janr namunalarini faqat turkiy she’riyatdagina uchratamiz.
Tuyuqlar aslan turkiy xalqlar og‘zaki adabiyoti ta ’sirida 
shakllangan, takomil topgan. Keyinchalik yozma adabiyotga o‘tib, 
muayyan qoidalarga bo‘ysungan, talablari qat’iylashgan.


Bir necha adabiy-badiiy talab tuyuq janrining asosiy qoidasiga 
aylangan:
1. Tuyuq, albatta, to ‘rt misradan iborat bo‘lishi kerak.
2. Tuyuq misralari, xuddi ruboiydagi kabi, 
a-a-a-a
yoki 
a-a-
b-a
tarzida qofiyalanishi zarur.
3. Tuyuq, albatta, ramali musaddasi mahzuf (yoki maqsur) 
vaznida, ya’ni 
«foilotun — foilotun — foilun
(yoki 
foilon)»
tarzida 
boTishi shart.
4. Tuyuqda qofiyaga olingan so‘zlar, albatta, tajnisli boTishi, 
ya’ni omonim so‘zlardan yoki shakldosh so‘zlar turkumidan taslikil 
topishi darkor.
Ilgari tuyuqlar janrning dastlabki uch talabiga javob bergan, 
xolos. Lekin keyinchalik janrning to ‘rtinchi sharti yuzaga kelgan. 
Shu tariqa tuyuqlami tajnissiz tasaw ur qilib boTmay qolgan.
Lutfiy, Navoiy, Bobur, Munis va boshqa shoirlar, asosan, 
tajnisli tuyuqlar namunalarini yaratishgan.

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish