Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   134
Savol va topshiriqlar
1. Yozma adabiyotning xalq og‘zaki ijodi bilan vobastaligi haqida 
nimalarni bilasiz?
2. G ‘azal mavzusi, vazni, qofiyasini tahlil qiling.
3. M atla’dagi tasvir go‘zalligi va so‘z nazokati haqida gapirib bering.
4. Baytlar m azm uni va ulardagi xalq m aqollarini birm a-bir 
sharhlang.
5. G ‘azaldagi o‘zbekxalq maqollarini daftaringizga yozib oling, ulaming 
hozirgi tilimizda mavjud yoki mavjud emasligini, o‘zgargan bo‘lsa, hozirgi 
shaklini aniqlang.
«HAQ UL KUNKIM, JAMOLING BOR ETIBDUR...» 
G‘AZALI
Haq ul kunkim, jamoling bor etibdur,
Jahon husnin borin sizga beribdur.
Pari-yu odami mundoq xo‘b ermas,
Farishta go‘yiyo ko'ktin enibdur.
Quyosh Oydek yuzungning xijlatidin,
Qochib, to'rtinchi ko‘k uzra chiqibdur.
Yuzung nogah ko‘rib Oydek sog‘indim,
Magar hush-u xirad mendin ketibdur.
Xirad ketmay netar mendek gadodin,
Qoshimg'a ul shahi xo‘bon kelibdur.
Qilur da’voyi nur ul sham’i majlis,
Magar parvona shomimdin olibdur.
Necha bu Lutfi(y) qulg‘a javr etarsen,
Vafo qilkim, jafo haddin oshibdur!


G ‘azal an’anaviy yetti baytdan iborat. Vazni — hazaji musaddasi 
malizuf (yoki maqsur), ya’ni 
«mafoiylun—mafoiylun— faulun
(yoki
mcifoiyl)»,
taqte’si: V ------- / V ------- / V ----- . Ajralib turgan o‘ziga
xosligi shuki, uning qofiyasi turkona, ya’ni barchasi o‘zbekcha so‘zlardan 
tashkil topgan 
(«etibdur — beribdur — enibdur — chiqibdur — ketibdur —
ketibdur — olibdur — oshibdur»).
Garclii bular o‘zaro o‘ta ohangdor 
fe’llar hisoblanmasa ham, bunga she’riyatda sof milliy so‘zlami qofiyaga 
olishga urinish sifatida qaralislii lozim.
Bu yerda yor (ramzan Alloh) go‘zallikning komillik belgisi sifatida 
tasvirlanadi. Lekin, an’anaga ko‘ra, g‘azalda yor timsoli — boshqa, 
Haq (Xudo) timsoli — boshqa. Bu yerda manzar, ya’ni g‘azal 
qaratilgan, unda tasvirlanayotgan shaxs — dunyodagi eng go‘zal 
yor. Chunki matla’da ta ’riflanishicha, Alloh 
(«Haq»)
yorga jamol 
ulashgan kuni jahonning bori husnini unga bergan.
Ikkinchi baytda keltirilishicha, yor shunchalar chiroyliki, pari 
yoki odam bunday bo‘lishi mumkin emas, go‘yo ko‘kdan farishta 
tushgan 
(«enibdur»).
Bu qo‘shmisra gap ilohiy ishq haqida 
borayotganiga ochiq ishora qiladi.
Keyingi baytlardagi asosiy tasvir manbayi — yuz. Quyosh 
Oydek yuzini ko‘rib, xijolat chekkanidan to ‘rtinchi osmonga cliiqib 
ketgan (uchinchi bayt). Bu yuz chiroyini ko‘rib, lirik qahramon 
ham aql-u hushini yo‘qotgan (to‘rtinchi bayt). Aqlini yo‘qotmay 
nima qilsin, axir, uning yoniga yaxshilar shohi (yor) kelgan-da 
(beshinchi bayt).
Oltinchi baytda kutilmaganda tasvir shamga qarab buriladi — 
uning atrofida kapalaklar majlis qurib yotibdi, chunki bu parvonalar 
oshiqning shomidan olingan.
M aqta’da lirik qahramon yorga murojaat qilib, jafo haddan 
oshganini, endi Lutfiy quliga bir vafo qilishini so‘raydi.

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish