Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   134
Savol va topshiriqlar
1. G ‘azal mavzusi, manzari, vaznini tahlil qiling.
2. Asar qofiyasidagi o‘ziga xoslik aynan nimada namoyon bo‘lgan?
3. Yor timsoli tasvirida nima birlamchi vazifani o‘tagan?
4. Ilohiy ishqqa ishora aynan qaysi baytda yaqqol ko‘zga tashlanadi?
5. Yuz timsoli bilan bog‘liq baytlar mazmuni va badiiy xususiyatlarini 
sharhlab bering.
6. Sham timsoli shoirga nima uchun kerak bo‘ldi?


«NE BO‘LURSAN» RADIFLI G‘AZAL
Ey odami(y)lar joni, parig‘a ne bo‘lursan?
Bu jism ila gulbargi tarig‘a ne bo‘lursan?
Sendin manga nazzora tegar ul daxi goh-goh,
Sen charxi falakning qamarig'a ne bo‘lursan?
Raftor ila bir yo'li muningdek dog‘i o'xshash,
Ey sarvi sihi, kabki dariyg‘a ne bo'lursan?
Yusuf kibi sliirindumr asm harakoting,
Sen Misr nabot-u shakarig'a ne bo‘lursan?
Sendek saname ko'rman Lutfiy cliig‘atoyda,
Chin so‘yla, Xito xo'blarig'a ne bo‘lursan?
Bu Lutfiyning ixcham (besh baytli) g‘azallaridan hisoblanadi.
U sof turkiy 
«ne {«nima»
ning qisqargan shakli) 
b o ‘lursan»
radifi asosiga qurilgan. She’r qofiyasi yo radifming so‘roq bilan 
tugashi hamisha ta ’sirchanlikni — hayajonni, qalamga olinayotgan 
masala yo voqea-hodisaga liissiy (shaxsiy) munosabatni kuchay- 
tiradi. Ushbu g‘azalda ham ana shunday o‘ziga xoslikni ko‘ramiz.
«Ne bo ‘lursan»
radifi amalda g‘azalni boshqarib turibdi. Tabiiyki, 
bu matla’dayoq m a’lum bo‘ladi. So‘z yorga 
«ey odamiylar joni»
deb murojaat qilishdan boslilangandayoq bu yerda iloliiy ishq haqida 
so‘z borayotgani ayonlashadi. Lirik qaliramon ma’shuqdan: 
«Pariga,
yangi gulbargga kirn b o ‘lasan?» —
deb so‘raydi.
Ikkinchi baytda oshiqqa ba’zan-ba’zan nur yetib turganidan 
kelib chiqib, uning falakdagi Oyga kim bo‘lishi so‘raladi. Bu uning 
chiroyi — oppoqligi bilan bog‘liq tasvir.
Keyingi baytda tasvir yorning qomatiga 
{«sarvi sihi» —
xushqomat tik sarv daraxti) qaratiladi, oshiq uning chiroyli 
yurishidan tog‘ kakligiga 
(«kabki dariyg'a»)
kim b o ‘lishini 
aniqlashga tushadi.
T o‘rtinchi baytda talmih qo‘llanadi. Yusuf payg‘ambar (u 
mumtoz adabiyotimizda chiroylilik ramzi hisoblangan) hayotining 
bir qismi Misrda o‘tganidan kelib chiqib, lirik qahramon yor 
harakatini shirin deb ta ’riflaydi-da, yoriga: 
«Misrning nabot-u
shakariga kim bo ‘lasan ?» —
degan savol beradi.


M aqta’ kutilmagan xulosaviy xususiyatga ega. Lutfiyning 
chig‘atoy eli orasida bunday xushro‘y sanamni ko‘miaganini aytib, 
m a’shuqqa: 
«Chin s o ‘z}a, Xito g o ‘zaUariga kim b o ‘1asan?» —
deb 
murojaat qiladi.
Oxirgi baytning ko‘p badiiy fazilati bor.
Birinchidan, 
«chin»
so‘zi bir yerda, lekin birdaniga ikki ma’noni 
(ham rav/, ham 
Xitoy
m a’nosini) beradigan qilib ishlatilgan. Bunday 
badiiy san’atga 
«iyhom»
deyiladi. Iyhomning bir sharti shuki, shu 
ikki yoki undan ortiq ma’noning bin aniq yuzaga chiqib turadi-yu, 
asl maqsad ana o‘sha yasliirinibroq yotgan ma’no bo‘ladi. Bu yerda 
«chin so ‘zla»
deyilgani uchun yuzaga cliiqib turgan ma’no — 
«rost
so ‘z.Ici».
Lekin nega 
«Chin»
so‘zi 
«Xito»
kalimasi bilan baqamti 
qo‘llanyapti? Gap shundaki, agar misrani:
Chin, so‘yla, Xito xo'blarig'a ne bo‘lursan? —
deb yozsak va o‘qisak, savol: 
«Chin, Xito go ‘zaUariga kim bo ‘lasan?» —
degan ma’noni anglatadi.
Ikkinchidan, mumtoz adabiyotimizda 
«Chin g o ‘zaIi»
degan 
timsol mavjud. Shoir chig‘atoy tilida she’rlar ijod qilib, katta shuhrat 
qozongan. Yorini ham chig‘atoy elidan deb tasaw ur qilib, qalam 
suryapti. Lekin m a’shuq shunchalar go‘zalki, ehtimol, uning 
qonida Chin-u Xito ahlining xuni bordir?..
G ‘azalda tanosib (o‘zaro mutanosiblik) san’atiga qat’iy amal 
qilingan. Buni deyarli barcha baytlar tahlilida ko‘rish mum kin.
Ushbu asar, shubhasiz, Lutfiyning eng go‘zal badiiy yarat- 
malaridan bin hisoblanadi.

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish