LUTFIY
(1366 - 1 4 6 5 )
Lutfiy — o ‘zbek adabiyotining XV asr
ikkinchi yarmigacha bo‘lgan eng mashhur lirik
shoiri. Shuning uchun ham zamonasining alili
adabi va alili fuzalosi uni «malik ul-kalom»,
ya’ni «so‘z podshosi» deb e’zozlagan. Man-
balarda taxallusi oldidan «ulug‘ ustod» ma’no-
sidagi «Mavlono» sifatining qo‘shib tilga olinishi
ham shundan. Obro‘yi va shuhrati juda yuk-
sak darajaga yetgan edi. Alisher Navoiy uni
o‘zining ustozlaridan biri deb biladi. Buni
shoirlar haqidagi «Majolis un-nafois» tazkirasidagi shu ulug‘
shoir haqida aytilgan quyidagi iliq so‘zlar ham isbotlaydi:
«Mavlono
Lutfiy о ‘z zamonasining malik ul-kalomi erdi, forsiy va turkiyda
naziri yo ‘q erdi va turkcha devoni mashhurdur».
Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuv-
vat» degan avliyolar to ‘g‘risidagi tazkirasida esa Lutfiyning uzoq
um r ko‘rgani va qabri haqida qimmatli m a’lum ot beriladi:
« ...T o ‘qson to'qqiz yoshida olam din o ‘tdi. Qabri Dehikanordadur,
o ‘z maskani erdi».
Bundan shoir Hirotda tug‘ilib-o‘sgani, o‘zi yashagan Dehikanor
degan qishloqda dafn etilganini bilib olamiz. Aniq bo‘ladiki, u
milodiy 1366-yili tug‘ilib, 1465-yili vafot etgan. Lutfiy dunyodan
o‘tganda Alisher Navoiy 24 yoshda edi.
XV asming birinclii yarmida o‘zbek tilida yaratilgan «Gul va
Navro‘z» dostoni uzoq уШаг Lutfiyning asari sifatida xato taxmin etib
kelingan edi. Ammo keyingi tadqiqotlar bu doston o‘sha davrda yashab,
ijod etgan Haydar Xorazmiy qalamiga mansub ekanini ko‘rsatdi.
G ’AZALLAR
«ХОН INON, XOH INONMA» RADIFLI G‘AZAL
Sensen sevarim, xoh inon, xoh inonma,
Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma.
Hijron kechasi charxi falakka yetar, ey moh,
Ohi saharim, xoh inon, xoh inonma.
5 — Adabiyot, 8-sinf
Haqqoki, qilich kelsa boshimg'a, eshikingdin
Yo'qtur guzarim, xoh inon, xoh inonma.
Usruk ko‘zing ashkolina har gah nazar etsam,
Qolmas xabarim, xoh inon, xoh inonma.
Ya’qub bikin ko‘p yig'idin qolmadi sensiz
Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma.
Oy yuzung'a ko‘z solg‘ali o'zga kislii birla,
Yo‘qtur nazarim, xoh inon, xoh inonma.
Ishq o‘tida Lutfiy yuzi oltunni yoshurdi,
Ey siymbarim, xoh inon, xoh inonma.
G ‘azal tamoman turkona ruhda bitilgan. A n’anaviy yetti
baytdan iborat. Ishq mavzusi qalamga olingan. Biroq bu yerda
zimdan iloliiy ishq ko‘zda tutilganini unutmaslik kerak.
Qofiyasi
(«sevarim — jigarim — saharim — guzarim — xabarim —
basarim — nazarim — siymbarim»)
va radifi
(«xoh inon, xoh inonma») —
juda jarangdor. Asar qurilishida ulaming alohida о‘mi bor. Xu-
susan, radifning to ‘rt so‘zdan tashkil topgani, amalda sakkiz misrada
ulaming qaytarilishi ohang ustuvorligini kuchaytirgan. Radifning
o‘zida tazod bor:
«xoh inon»
bilan
«xoh inonma»
o‘rtasidagi o‘zaro
zidlik alohida badiiy joziba kasb etgan.
«Inonma» —
hozirgi tilimizda mavjud
«ishonma»
so‘zining
XV asrdagi shakli. Mamlakatimizning ayrim hududlarida (masa
lan, Buxoro viloyatida), shuningdek, Afg‘onistondagi o ‘zbek
shevalarining b a’zilarida hozir ham
«ishonma»
o ‘rniga
«inonma»
shakli ishlatiladi.
G ‘azalning tili — sodda, ravon. Murakkab, falsafiy-tasawufiy so‘z
va timsollar uchramaydi hisob. Bugungi o ‘quvchi uchun ham
tushunarli. Yengil kayfiyat, ayricha bir ishqiy zavq bilan o‘qiladi.
Hozirgacha hofizlarimiz bu g‘azalni qo‘shiq qilib kuylayotgani ham
shundan b o ‘lsa kerak. Bu g‘azal ham m umtoz yo‘lda, ham
zamonaviy estrada usulida ashula qilingan.
M atla’da, radifdan tashqari, to ‘rttagina so‘z ishtirok etgan. U
amalda yorga oshiqlikni anglatadi, xolos. Lekin bayt mazmunidan
uning to ‘g‘ridan-to‘g‘ri yorga murojaat ekani bilinib turibdi.
Ikkinchi baytda ustalik bilan osliiqning hijron (ayriliq) kechasida
sahargacha oh chekkani, bu charxi falakka yetgani aytiladi. Birinchi
misra oxiridagi «
moh»
so‘zi bilan ikkinclii misra bosliidagi «oh»
o‘zaro ohangdoslilik paydo qilganki, bu ham shoir mahoratidan
dalolat beradi.
Uchinchi bayt alohida izoh talab etadi. Buning uchun «guzar»
so‘zining ayni matndagi xos m a’nosini tushunib olish kerak. Agar
bu so‘zni
«o‘tish»
deb anglasak: «
Xoh ishon, xoh ishonma, Xudo
haqqi, boshimga qilich kelsa ham eshiging oldidan o ‘tmayman», —
degan g‘azaldagi umumiy mantiqqa zid m a’no-mazmun kelib
chiqadi. Shuning uchun bu so‘zni
«ketish»
m a’nosida tushunish
lozim. Shunda:
«Xoh ishon, xoh ishonma, Xudo haqqi, boshimga
qilich kelsa ham eshiging oldidan nari ketmayman»,
— degan to ‘g‘ri
m a’no anglashiladi.
Xuddi ikkinclii baytdagi kabi, to‘rtinchi bayt birinchi misrasida
«nazar»
so‘zi ham bekorga qo‘llanmagan: uning g‘azal qofiyasidagi
so‘zlarga (ular orasida
«nazarim»
ham uchraydi) hamohangligi bor.
Besliinclii baytda talmih san’ati islilatilgan. Dinimiz tarixidan
yaxslii bilamizki, Yusuf degan o‘g‘lidan ayrilgani uchun yig‘layverga-
nidan Ya’qub payg‘ambaming ko‘zlari oxiri ko‘r bo‘lib qoladi. Bu
mumtoz she’riyatimizda ko‘p bor tilga olinadigan, ishora qilinadigan
voqealardan bin liisoblanadi. Lirik qahramon yori ishqida yig‘layverib,
ko‘zdan qolganini aytish uchun shu talmihdan foydalanadi.
Oltinchi baytda shoir yomi
oy yuzli
deb ta’riflagani uchun ham
shunga mutanosib ravishda maqta’da uni
«siymbarim»
deydi. Oyning
oqligi bilan siym, ya’ni kumush oqligi o‘rtasida vobastalik bor. Bu
ikki qo‘shmisra o‘rtasidagi yana bir mutanosiblikni sezmaslik mumkin
emas. Oltinclii baytda yor yuzi tilga olingan edi. Maqta’da link
qahramon g‘azaldagi maqsad-muddaosidan kelib chiqib, o‘z yuzi
haqida ham unga eslatib qo‘yishni unutmaydi: Lutfiyning yuzi
azbaroyi hijron azobini chekaverganidan sarg‘ayib ketib, oltinni
yashiradigan darajaga yetdi, ya’ni shunchalik sarg‘aydiki, buning oldida
tilloning sariqligi hech narsa bo‘lmay qoldi!
Lutfiy g‘azallari bunday go‘zal badiiy topilmalarga boyligi bilan
ajralib turadi.
Adabiyotimizda masliliur g‘azallarga naziralar bitish, ya’ni uning
qofiya va radifidan foydalanib, o ‘xshatmalar yozish an’anasi
shakllangan. Lutfiyning bu g‘azali ta ’sirida Boborahim Mashrab
(1640—1711) bir g‘azal yaratgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |