Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   134
0 ‘GDULMISH JAVABI ELIGKA
(0 ‘gdulmishning elikka javobi)
Yanut berdi O'gdulmish aydi elig 
Edi ters aytitti menga bu bilig
(O'gdulmish javob berdi, aytdi: «Elig 
Mendan juda qiyin so'zlarni so‘rardilar»).
4 — Adabiyot, 8-sinf


Bu beglik ishin barcha beglar bilar 
To‘r-u o‘ndi qilq yan ulardin kelir
(Beklikning ishini beklargina bilar,
Siyosat, nizom va qoidalar ulardan chiqar).
Bayat kimki bersa bu beglik ishi 
Bemr o‘g ko'ngul ko‘r ul ishka tushi
(Xudo kimgaki beklikni ato qilar,
Unga bu ish uchun idrok va ko'ngil berar).
Kimi beg to'mtmak tilasa bayat 
Bemr aslmu qilq yang uqush yug qanat
(Xudo kimni bek qilib yaratislmi istasa,
Oldin unga aql-u uquvdan qanot beradi).
Bu beglik ishi bo'ldi beglar ishi 
Bu beglar ishin bildi beglig kishi
(Beklar yumushi bu — mamlakat ishi,
Beklik neligin bilar bek kishi).
Elig aydi uqtun bu so‘z barcha chin 
Ko'ni so‘zlading so‘z yipar burdi kin
(Elig aytdi: «Uqdim, barcha so‘zlaring chin, 
Yaxshi so'zlading, go‘yo taralganday kun»).
Bu ish qilquchi yer qilur o‘z ishi 
Mun yerdan biligli ko‘mgli kishi
(Ish qiluvchi o‘z ishin qilar,
Uning kimligini bilimli bilar).
Men ish qilquchimen sen ish ko'rguchi 
Isliig ko‘rguchidin bilur qilquchi
(Men ish qilguvchiman, sen ish ko'rguvchi — 
Ko'rguvchidan ish o‘rganar qiluvchi).
Bayat berdi emdi sena o‘g ko'ngul 
Uqush qam bilig birla bo‘lding amul
(Xudo senga berdi aql-u ko'ngil,
Uquv ham bilim bilan bo‘lding omil).
Qamuq islmi uqtung ma bilding o‘zun 
Menga ma baqirsaq-sa qilqin so'zun


(Barcha islmi uqding-u bilding o‘zing, 
Menga sodiq bir ishing-u so‘zing).
Baqirsaqqa aytur kishi o‘z so‘zin 
Baqirsaq yuluqlar kishiga o‘zin
(Kishi o‘z so‘zini sadoqatliga aytadi, 
Sadoqatli odamga jonini fido etadi).
Baqirsaq uchun sen bitar men senga 
Baqirsaqligin ay bu so'zlar menga
(Sodiqliging uchun umid bog'layman senga, 
Bu so'zlar ma’nisin aytib ber menga).
Neki ter eshitgil baqirsaq kishi 
Baqirsaqliq qul ko‘r kisliilik bashi
(Nelar der, eshitgin, sodiq kislii,
Sadoqatda emr kisliilik boslii).
Baqirsaqni bilsa baqirqa urnn 
Menga mundaq aydi bilik qam uqush
(Sadoqatlini topsang, bag'ringga ol,
Bilim va aql menga shunday o'rgatdi).
Yanut berdi O'gdulmish aydi elig 
Esan inch tirilgin ey ustag alik
(Javob berib O'gdulmish aytdi: «Elig,
Eson va tinch yashagin, ey qo'li baland»).
Bu beglikka aslinu tub asil kerak 
Atim alp qatiq qurch yana to'ng yurak
(Bek kishining nasli asil bo‘lislii kerak, 
Bo'lsin mergan, qo‘rqmas va botir yurak).
Atasi beg ersa о‘qul tuqdi beg 
О‘qul tuqsa beg ham atalaritek
(Otasi bek bo‘lsa, o‘g‘il emr bek,
0 ‘g‘il ham bo‘ladi otalaridek).
Uqusliluq kerak ham biliglik kerak 
Aqiliq kerak ham siliglik kerak
(Uquvli ham bilimli bo‘lislii kerak, 
Saxovatli ham ulug‘sifat bo‘lishi kerak).


Beg ati bilig birla baqliq tutur 
Bilig lam(i) ketsa beg ati qalur
(Bek oti «bilik» bilan bog'liq emr, 
«Bilik»dan «lom» ketsa, bek qolur)1.
Nekn ter eshitgil bilig bilmish er 
Bash in da kechurmush uqush uqmish er
(Nelar der, eshitgin, bu bilimli er, 
Boshidan kechirgan hamda uqqan er).
Biliglig kerak beg uqushluq uduq 
Angar tegmasa bir mofaja yuduq
(Bek bo'lsin bilimli, uquvli, ziyrak, 
Unga tegmasin nogahoniy balo).
Qiling edgu erdan kerak ming tuman 
Ati edgu bo‘Isa tutunsa bo‘duq
(Er ming turli ezguliklar qilsin,
O'zin to‘g‘ri tutib, ezgu nom qozonsin).
Apa o'qlani barcha asli dedug 
Bilig birla bo'ldi ko‘r udrun kad oq
(Barcha asli ulug‘ odamlarning bolasi 
Bilim tufayligina yetuk bo‘ldi, qara).
Umq edgu bo'lsa er edgu bo‘lur 
Er edgu bo'lib o‘tm to‘rka yubarur
(Urug'i yaxshi bo‘lsa, er yaxslii bo'lar, 
Kislii yaxshi bo‘lsa, to‘rdan joy olar).
Iduq ul beglik ariqliq tilar 
Ariqliq bila elda saqliq tilar
(Bu beklik muqaddas, u poklik tilar, 
Poklik bilan birga sergaklik tilar).
Neki ter eshitgil 0 ‘tukan begi 
Sinab sozlanish so'zni yetm o‘gi
(Eshitgin, 0 ‘tukan begi nelar der,
U aql bilan sinalgan so'zlarni aytar).
Budunqa begi artuq o‘dmm kerak 
Ko‘ngil til ko'ni qilqiy ko‘dmn kerak
1 Bu yerda «bilik» so'zining arab yozuvidagi shakli ko'zda tutilgan.


(Xalqning begi yetuk, sara bo‘lishi kerak,
Ko'ngli va tili ezgu, xushfe’l bo‘lishi kerak).
Biliglik uqusliliq budunqa talu 
Aqi qam ko‘zi to‘q ne ko‘ngli to‘lu
(Bilimli, uquvli, xalqining baxti,
Saxiy ham ko‘zi va ko‘ngli to‘q bo‘lishi kerak).
Qamuq edukn bo‘Isa algi uzun 
Uvutluq silig qam qilinchi tuzun
(Turli yaxshiliklar qilishga qo‘li uzun bo‘lsa, 
Andishali, xushro‘y va to‘g‘ri ish qiluvchi bo‘lsa).
Bilig birla boshlar kislii baslii 
Uqush birla uqsa o‘ngamr ishi
(Bilim bilan boshlanar kisliilik boshi,
Aql bilan qilsa, o‘nglanar ishi).
Budunuq bilig birla bashti begi 
Bilig bo‘lmasa ishka yaqmas o‘gi
(Bek xalqni bilim bilan zabt etadi,
Bilim bo‘lmasa, ishga aqli yetmaydi).
Bu beglik iginga oti o‘g bilik 
Uqush birla emla ey qilqi silig
(Beklikka tekkan dard davosi aql va bilim,
Uni aql bilan emla, ey xalqi muloyim).
Biliglig uqusliliq bo‘gu elclii beg 
Ekugun ajunda bo‘lur o‘rni yeg
(Bilimli, uquvli, dono elchi bekning 
Ikki dunyoda ham o‘rni aziz bo‘ladi).
Ekigun ajunux buluqli kishi 
Edi qutluq ul bu tugel qut bashi
(Ikki dunyoga erishgan kislii 
Juda baxtlidir, bu tugal baxt boshi).
Mungar mengzatu aydi shair bu so‘z 
Ko‘m barsa ma’ni biligsizka ko‘z
(Bunga o‘xshatib shoir ushbu so‘zlarni aytibdi, 
Ko‘rsang, uning ma’nosi bilimsizga ko‘zdir).
0 ‘sa bersa dunya tirilsa qutun 
Taqi bir ajunda bu bo‘ldi to‘ra


( 0 ‘sa bersa, dunyo chiroyidan bahramand yashasa, 
U dunyoda ham to‘rdan joy oladi).
Qilinchi o‘nggay bo‘lsa qiliq 
Bu edgu qiliq birla edgu yo‘rliq
(Xudo kimga ezgu amal baxsh etsa,
Ezgu amal bilan birga ezgu yo'riq ham beradi).
Aning bo‘ldi dunya bu ne’mat bila 
Tilasa o'zung ye tilasa ula
(Dunyo unikidir ne’matlar ila,
Istasa, o‘zi yesin, istasa, ulashsin).
Qilinch yedgu erdan kerak ming tuman 
Aning tutsa el kend kutursa tuman
(Erdan ezgu xulq va ming tuman hunar lozim, 
Aning-la elni boshqarib, zulmatni ko‘taradi).
Bayat kimga bersa qilinch arquqi 
Ani emgatur bu zamona o‘qi
(Xudo kimga yomon xulq bersa,
Uni bu zamona o‘qi azobga solar).
Qayu begda bo‘Isa bu arquq qilinch 
Islii barcha tetm sevinchi saqinch
(Qaysi bek yomon qiliqli bo‘lsa,
Barcha ishi ters, sevinchlari qayg‘u bo‘ladi).
Saqinuq kerak beg ne qilqi ariq 
Ariqliq tilar tutchi urqi ariq
(Bekka sergaklik va xulqi poklik kerak,
Pok kishilar doim poklikka intiladi).
Qalqi bo‘lmasa beg saqinuq suzug 
Ariqsiz bo‘lur barcha qilqi uzug
(Agar bek ziyrak va sofdil bo'lmasa,
Barcha qilmishlari порок, nuqsonli bo‘ladi).
O'mglug amulluq bo‘lur begka ko'rk 
Bu beglig ishinga bu-ul baqu o‘rk
(Qaror va sabr bek uchun ziynatdir,
Bular beklik yumushlarini bog'lovchi rishtadir).
Bu o'glug kishilar o‘ngamr ishig 
Yiraq tutqu ishta bu o‘gsuz kishig


(Aqlli kishilar o‘nglar ishini,
Ishdan yiroq tut aqlsiz kishini).
Ko‘ngul bo'lmasa er ko‘zi asqi yo‘q 
0 ‘gi bo‘lmasa er o‘gi o‘sqi yo‘q
(Erda ko‘ngil bo‘lmasa, ochiq ko'zdan foyda yo‘q, 
Erda aql bo'lmasa, uning ishida unum yo‘q).
Neku ter eshitgil ey elchi bashi 
О‘mg kad ko‘ngullug sinamish kishi
(Eshitgin, nelar der elning boshi,
Ravshan, sof ko‘ngilli, sinalgan kishi).
Qayu yerda bo‘lsa uqush birla o‘q 
Ani er atagil necha o‘gsa o‘q
(Qaysi erda uquv va aql bo‘lsa,
Uni erkak degin, qancha maqtasang, maqta).
Evaklik biling-ul qamuqqa yavuz 
Qali bo‘Isa begka yuzi bo‘ldi bo‘z
(Yengiltaklik barcha narsaga yovdir, biling,
Bek yengiltak bo‘Isa, uning yuzi qora bo‘ladi).
Evak qurqu qilqi qilinchi bushi 
Bilingsizki belgu bo‘lur bu ishi
(Shoshqaloqlik, yengiltaklik, fe’li tezlik 
Nodon, bilimsiz kishilarga xos belgilardir).
Eva qilmish ishlar bicha yo‘q bo‘lur 
Eva yeysa ash suv bicha ig bo‘lur
(Shoshib qilingan islilar picha ko‘ngilsiz bo‘ladi, 
Osh-u suv shoshib yutulsa, kasallik keltiradi).
Ko‘zi to‘q kerak ham o‘vitlug‘ tuzun 
Ashiq ham yaziq bo‘Isa qilqin so‘zin
(Kishi ko‘zi to‘q, andishali, to‘g‘ri bo‘lishi,
Uning ishi ham, so‘zi ham ochiq bo‘lishi kerak).
To‘dimsiz bo‘lur-ul ko‘zi suq kishi 
Ko‘zi suqqa yetmaz bu dunya ishi
(Ko‘zi och kishi to‘ymas bo‘ladi,
Ko‘zi ochga dunyoning bor ne’mati yetmaydi).


Qamug‘ ach esa ichsa axir to'dur 
Ko‘zi ach kislii о‘Isa achliq qo‘dur
(Barcha och odamlar yesa-ichsa, oxiri to‘yadi, 
Ko‘zi och o‘lganda ochligin qo‘yadi).
Ko‘zi suq kishi nanga bo‘lmas bu bay 
Qamug‘ dunya bo‘lsa axir suq chig‘ay
(Ko‘zi och kislii mol-dunyo bilan bo‘lmas boy, 
Dunyoning boyligin olsa-da, oxir och cliiqqay).
Uqislilug‘ kerak bek kishida to‘lu 
Uqislilug‘ qilinchi izilmaz to ‘lu
(Kisliilar orasida bek bo‘lsin butun,
Butun kishilarning ishi zavolsizdir).
Kimningda ovut bo‘Isa qilqi silik 
Qamug‘ tengsiz ishga tegurmas ilig
(Kim andishali, yaxslii xulqli bo‘Isa,
Har xil qing‘ir ishga tegdirmas qo‘l).
Qamug‘ tengsiz isliin yiqig‘li o‘vut 
Qamug‘ yetgu ishka ulaqli o‘vut
(Barcha nomunosib ishlardan tiyuvchi uyatdir, 
Barcha xayrli ishlarga yo‘llovclii uyatdir).
Tili cliin kerak bo‘lsa ko‘ngil koni 
Budunqa asig‘ qilsa tug‘sa kuni
(Tili chin so‘zlasa, ko‘ngli to‘g‘ri bo‘lsa,
Xalqqa yaxshilik keltirsa, kuni tuqqani shu).
Qali bo‘Isa beglar xiyanat ko‘ngul 
Budung‘a asig‘ bo‘lmas andin to‘ngul
(Agar beklar xiyonat ko‘ngilli bo‘lsalar,
Xalqqa yaxslii bo‘lmas, umidni uzgin).
Ko‘ngul til ung‘ay bo‘lmasa ko‘r qiliq 
Ul eldin qachar qutqa qolmas yo‘riq
(Ko‘ngul, til va amal to ‘g‘ri bo‘lmasa, ko‘rgin, 
U eldan baxt qochadi, yo‘riq qolmaydi).
So‘zin qiyg‘uclii begka tutma umunch 
Tiriklik yava bo‘lg‘a qilg‘a o‘kunch


(So'zidan qaytuvchi bekka umid bog‘lama,
Tirikliging zoye ketadi, o‘kinch keltiradi).
Edi saq kerak beg yana kad udug‘
O'sal bo‘lsa beglar to'qinur yudug‘
(Bek nihoyatda hushyor va juda ziyrak bo‘lishi kerak, 
Beklar g‘ofil bo‘lsalar, mehnat va mashaqqat yuz tutadi).
Eki neng turur elka bag‘i beki 
Biri saqliq-ul bir to ‘m el ko‘ki
(Ikki narsa el uchun mahkam bog'ichdir,
Biri — hushyorlik, biri — siyosat, elning tayanchi).
Qayu beg saq ersa elen bekladi 
Yag'i bo'yni yanchti uza igladi
(Qaysi bek hushyor bo‘Isa, elin saqlaydi,
Yov bo‘ynin yanchadi, ustiga balolar yog‘diradi).
Qayu beg to‘m bersa elda ko‘ni 
Elin etti qudti yamtti kuni
(Qaysi bek elda to‘g‘ri siyosat yuritsa,
U elni yaslmatib qo‘yadi, yomg‘likka chiqaradi).
Bu beglik bag‘i ko‘r bu ikki bo‘lur 
Bu ikki tugal bo‘Isa teglik turar
(Beklikning bog‘ichi shu ikki narsadir, ko‘r,
Shular tugal bo‘lsa, u barqaror turar).
Aya elchi beglar elig qulsa saq 
Bu saqliq bilan sen tuzu elka baq
(Ey elga bosh beklar, el hushyor bo'lishini istasangiz, 
0 ‘zingiz elga hushyorlik bilan qarang).
Bu saqliq bila artti beglar eli 
0 ‘salliq ko‘m buzdi beglik uli
(Beklarning eli hushyorlik tufayli ortdi,
G ‘ofillik sabab beklik poydevori buzildi).
Eki neng bila elchi beglik buzar 
Kimr eshri yo‘lqa ko‘nidin azar
(El boshlig‘i ikki narsa bilan yurtni buzadi,
Egri yo‘lga kiradi, to‘g‘ri yo‘ldan ozadi).


Biri kuch birisi o‘salliq qilur 
Bu ekki bila beg elin artatur
(Biri — zo‘rlik, biri — g'ofillik,
Bek bu ikki narsa bilan elini buzadi).
Bu saqliq bila senchti beglar yag‘i 
O'salliq bila buzdi beglik bag‘i
(Beklar hushyorlik bilan yovni yanchdilar,
G ‘ofillik bilan beklik bog‘ini buzdilar).
O'sal bo‘lsa beglar ishin butrumaz 
O'sal beg butun bilgu beglik yamaz
(Beklar g'ofil bo‘lsa, ish bitirolmas,
G'ofil bek yaxshi bilsin, beklikni yuritolmas).
Saq ersa begi elka tegmas ilik 
Qali tegsa yetmr uqush o‘g‘ bilig
(Begi hushyor bo‘lgan elga yov qo‘li ko‘tarilmaydi, 
Agarda ko‘tarilsa, begi aql-u bilimini ishga soladi).
Bu kuchkay kishi kent va beglik yemas 
Bu kuchkay kuchini budun ko‘tmmas
(Zolim kishi el-u yurtni so‘ray olmaydi,
Chunki zolim zulmini xalq ko‘tarmaydi).
Neku ter esliitgil biliglik so'zun 
Yeyumaydi zalim elin kech uzun
(Ne deydi eshitgin bilimli so'zin:
Zolim hokimligi bo‘lmaydi uzun).
Kuyar o‘t turnr kuch yag‘usa kuyar 
To‘m su turur aqsa ne’mat unar
(Zulm yonib turgan o‘tdir, yaqinlashsang kuydiradi, 
Adolat suv kabidir, oqsa, ne’mat unadi).
El artar to ‘m birla etlur ajun 
El eksur bu kuch birla buzulur ajun
(Adolat bilan el ko'payib, olam yetiladi,
Zulm bilan el kamayib, olam buziladi).
Ko‘ngul tuzsa beglar yuritsa to‘m 
Bu beglik buzulmas turnr kech o‘m


(Beklar ko'nglini to‘g‘ri qilib siyosat yuritsa,
Bu beklik buzilmas, uzoq muddat barqaror yashar).
Qamug‘ida yaraqsiz ey elig quti 
Bu beglar uza qupsa yalg‘an ati
(Barchadan yaroqsizi, ey baxtiyor elig,
Beklarning yolg'onchi deb ot chiqarishidir).
So‘zi chin kerak beg ne qildi qutun 
Inansa angar xalq tirilsa qutun
(Bek so'zi chin, neki qilgan ishi to ‘g‘ri bo‘lsa,
Xalq unga ishonadi va baxtiyor yashaydi).
Bu yalg'an kisliilar vafasiz bo‘lur,
Vafasiz kislii xalqqa tengsiz qilur
(Yolg'onchi kisliilar vafosiz bo‘lar,
Vafosiz kishi xalqqa tengsizlik qilar).
Neku ter eshitgil vafali kishi 
Vafa ul kishiga kisliilik bashi
(Nelar der, eshitgil, vafoli kishi,
Vafodir insonga insonlik boshi).
Tili yalg‘an erning jafa qildi-ul 
Jafa kimda ersa o'shul yildi-ul
(Tili yolg‘on kishining qilmislii jafodir,
Jafo kimda bo'lsa, o‘sha yilqidir).
Su bashlar eran ko‘r yuraklig kerak 
Yuraksiz erat alsa andin yurak
(Lashkarni boshlovchi er yurakli bo‘lishi kerak, 
Toki yuraksiz lashkar undan olsin yurak).
Yuraklik yuraksizga bo‘Isa bashi 
Yurakli bo‘lur o‘tm tekma kishi
(Yuraklik yuraksizlarga bosh bo‘Isa,
So‘ng barcha kishi yurakli bo‘ladi).
Bu so‘zka tamuqi bu baytig‘ o‘qi 
Bu so‘zka anuq tut ko‘ngul o‘g taqi
(Bu so‘zning isboti uchun ushbu baytni o‘qi,
Yana bu so‘zga ko‘ngul va aql ko‘zi bilan boq).
Ko‘r arslan bo‘lu bersa itqa bashi 
Bu it barcha arslan bo‘lur o‘z tuslii


(Ko'rgin, agar itlarga bosh bo'lsa arslon,
Itlarning barchasi u kabi bo'ladi arslon).
Qali bo‘Isa arslanqa it bashchisi 
Bu arslan bo‘lur barcha it saqichi
(Agar arslonlarga boshchi bo‘lsa it,
Arslonlar bo‘ladi misoli bir it).
Aqiliq kerak begka qusqi ko‘ngul 
Bu qusqi ko‘ngul birla qilqi amul
(Bek uchun saxovat va kichik fe’llik kerak,
Kichik fe’llik bilan birga yuvoshlik kerak).
Aqa yiqlu terlur erat su bo‘lur 
Erat su bila er tilakin bo‘lur
(Har tomondan erlar yig‘ilib, lashkar bo‘ladi, 
Lashkar bilan kislii tilagini topadi).
Neku ter eshitgul o‘urib yegli er 
Umb al ey alp er yana erka ber
(Eshitkin, yig‘ib yoyuvchi kislii nima der,
Yig‘ib ol, ey botir er, yana odamlarga ber).
Aqi bo‘l bag‘ishla ichur ham yetur 
Qali eksuse ur yana al yetur
(Saxiy bo‘l, bag‘ishla, ichir ham yedir,
Agar kamaysa, yana yig‘, yana ol, yedir).
Azig‘liq ko‘r erka bu neng eksumas 
Tug‘ug‘li umng qushqa meng eskumas
(Rizqli er kishining mol-dunyosi kamaymaydi, 
Tug‘ilgan oqqushning doni kamaymaydi).
Qilich baldu o‘q va qavi kuch yurak 
Bar erkan kad er nenga qo‘rqmas kerak
(Qilich, oybolta, o‘q-yoy, kuch-quwat, yurak 
Bor ekan er kislii qo‘rqmasligi kerak).
Ajunchi bugu bek neluk ganch unir 
Erat qayda bo‘Isa anuq ganch unir.
(Jahongir, dono bek qanday qilib xazina yig‘adi, 
Lashkar qayda bo‘lsa, xazina o‘sha yerda bo‘ladi).


«Beklikka loyiq bek qanday bo‘lishini aytadi» qismi asarning 
31-bobi b o ‘lib kelgan. U nda jam iyatni boshqarish u chun 
hukmdorga, ya’ni bekka muhtojlik borligidan kelib chiqib, shoir 
beklikka loyiq shaxsda qanday insoniy fazilatlar shakllangan bo‘lishi 
lozimligi masalasini atroflicha badiiy-axloqiy tadqiq va tahlil qiladi. 
Bob, odatdagidek, savol-javob tarzida davom etadi. Elig, ya’ni 
Kuntug‘di vaziri bo‘lmish 0 ‘gdulmishdan beklikka loyiq shaxs 
qanday fazilatlarga ega bo‘lmog‘i kerakligi haqida so‘raydi: u qanday 
qilsa, yosh-u qari, bo-yu kambag‘al, bilimli-yu bilimsiz — barchaga 
barobar siyosat yurita oladi, el-yurt orasida nom chiqaradi, xalqi 
to ‘q yashaydi, jahonga ovozasi tarqaydi, davlati ziyoda bo‘ladi, 
bu olamdan o‘tgach, u dunyoligini ham topadi?..
Bundan ming yilcha burun o‘rtaga qo‘yilgan bu savollar hozir 
ham aham iyatini aslo y o ‘qotgani y o ‘q. C hunki jam iyatni 
boshqarish ehtiyoji mavjud ekan, rahbar m a’naviyati masalasi 
kun tartibidan tushmay kelaveradi.
Endi 0 ‘gdulmishning javoblari mag‘zini chaqib ko‘raylik.
0 ‘gdulmishning hayotdan kelib chiqqan xulosalari-yu qat’iy 
amaliy aqidalariga ko‘ra, beklik, awalo, asl odamning ishi. U 
mohir mergan, botir, baquvvat, aql-zakovatli, bilimli, saxovatli, 
oliyjanob, ko‘p hunar egasi, xuslixulq, to ‘g‘riso‘z, sabrli, ko‘zi 
to ‘q, andishali, bir so‘zli, ziyrak, hushyor, adolatli, o‘tkir zehnli, 
vafoli, dovyurak... va shu kabi ko‘plab xislatlarga ega bo‘lishi kerak. 

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish