Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   134
Savol va topshiriqlar
1. Yusuf Xos Hojibning hayoti va ijodi haqida mavjud m a’lumotlami 
aytib bering.
2. «Qutadg‘u bilig»ning yozilish tarixi, sabablari, unga asos bo‘lgan 
haqiqiy omillar haqida so‘zlang.
3. D ostonning nusxalari, ularning topilish tarixi va qayerda 
saqlanayotgani haqida so‘zlab bering.
4. Asaming vazni, nomlari, bundagi an’anaviylik, o‘z zamonasidagi 
shuhrati to ‘g‘risida nimalar bilasiz?
5. Dostondagi asosiy qahramonlar, ularning ramziy m a’nolari, ularga 
yuklatilgan badiiy vazifalarni izohlang.
6. «Qutadg‘u bilig»ning mavzu yo‘nalishiga ko‘ra tipi, ichki tuzilishini 
tahlil eting.
7. Beklik shart va talablari bayon qilingan bobning asardagi o ‘rni, 
hozirgi paytdagi ahamiyatini izohlang.
8. Bu bobda qanday m a’naviy fazilatlar ulug‘lanib, qanday illatlar 
qoralanganini misollar asosida tushuntirib bering.
9. Bobdagi hikmatli so‘z kabi jaranglaydigan baytlarni ko‘chirib olib, 
yodlang.


Nazariy m a’lumot
DIDAKTIK ADABIYOT HAQIDA
TUSHUNCHA
«Didaktika» —
yunoncha «didakticos», ya’ni «ibratli» degan 
so‘zdan olingan. Demak, «didaktik adabiyot» deganda nasihat
o‘git, ibrat ruhidagi asarlar tushuniladi. Bu Sharqda ham, G ‘arb- 
da ham b o ‘lgan. Sharq so‘z san’atida pand-nasihat ruhi ustun- 
roq, u shunisi bilan G ‘arb adabiyotidan farq qiladi. X asrdayoq 
buyuk Abu Ali ibn Sino Sharq ko‘proq nasihat yo‘li bilan, G ‘arb 
esa hayotni real ko‘rsatish orqali kishini tarbiyalashga moyilligini 
maxsus qayd etib o ‘tgan edi.
Og‘zaki va yozma adabiyoti, axloqiy-diniy merosi pand-liikmatga 
o‘ta boyligi uchun ham Sharqnijahonda donislimand deb bilishadi. 
Bizda she’riyatning bu darajada ravnaq topib, xalq orasida katta 
mavqe egallashiga sabab b o ‘lgan omillardan biri ham — shu. 
0 ‘zbekiston Qahramoni, 0 ‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov: 
«Sharqqa she ’riycitni о ‘rgatib bo ‘Imaydi», —
deganida ham aynan 
shu jihatlarni ko‘zda tutgan.
Shunga qaramay, Sharq, jumladan, o‘zbek mumtoz adabi- 
yotini tam om an pand-nasihat ruhida deb tushunish — xato. 
Sharqda maxsus didaktik adabiyot yuzaga kelgan. Uni, adabiy 
shakliga ko‘ra, quyidagicha tasnif qilish mumkin:
1. 
Nasriy didaktik asarlar.
Masalan, milodiy IV asrda Hindistonda sanskrit tilida masliliur 
«Pantachantra», ya’ni keyinchalik «Kalila va Dimna» nomi bilan 
masliliur bo‘lib ketgan buyuk didaktik asar dunyoga keladi. Uning 
butun Sharq, qolaversa, jahon adabiyotiga katta ta’siri bor. 0 ‘tgan 
davrlar mobaynida bir necha tillarga tarjima qilingan. Arab ertaklari 
asosida shakllangan «Ming bir kecha»da ham moliiyatan didaktik 
ruh ustun turadi. Keyinchalik Kaykovusning «Qobusnoma»si yozildi.
XVI asr o‘zbek adibi Xojaning (Podshoxoja binni Abdulvah- 
hobxojaning) «Gulzor» hamda «Miftoh ul-adl» («Adolat kaliti») 
asarlari ham sof nasriy yo‘lda bitilgan.


2. 
Nasriy-she’riy didaktik asarlar.
Sa’diy Sheroziyning bag‘oyat mashliur «Guliston» asari aynan 
shu guruhga mansub. U ham nasriy, ham she’riy, ya’ni aralash 
yo‘lda bitilgan.
Alisher Navoiy ham «Mahbub ul-qulub» asarini nasriy-she’riy 
shaklni omixta qilib yozdi.
Garclii majoziy timsollar, hayvonlar, asosan, qushlar misolida 
bitilgan bo‘Isa ham Gulxaniyning «Zarbulmasal»i ham didaktik 
adabiyotning ana shunday nasriy-she’riy, ya’ni aralash turiga kiradi.
3. 
She ’riy didaktik asarlar.
Sharqda faqat nazmiy usulda yaratilgan maxsus didaktik she’riyat 
ham shakllangan. Aytaylik, o‘zbek mumtoz she’riyatida Yusuf Xos 
Hojibning «Qutadg‘u bilig», Haydar Xorazmiyning Nizomiy 
Ganjaviy «Maxzan ul-asror»i asosida bitgan «Gulshan ul-asror», 
Alisher Navoiyning «Xamsa»ga birinchi asar sifatida kiritilgan 
«Hayrat ul-abror» dostonlari aynan o‘zbek didaktik she’riyatining 
yorqin namunalari hisoblanadi.
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» dostonida m a’naviy 
fazilatlarning hayotiy hikoya-tasvirlar, mantiqiy tahlil-xulosalar 
orqali berilishi, birinchidan, m uallif nuqtayi nazarini tiniq- 
lashtiradi, uning aynan qanday g‘oyani ilgari surayotganini aniq 
bilib turasiz, ikkinchidan, bu ta’sirchanlikni oshiradi, uchinchidan, 
ko‘tarilgan masala-muammolar bugun uchun ham o‘z ahamiyati, 
ya’ni dolzarbligini yo‘qotmagan.
Zamonaviy o‘zbek adabiyotida ham didaktik ruhdagi asarlar 
yaratilib turadi. Masalan, 0 ‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo 
qalamiga mansub «Javohirlar sandig‘i» aynan shunday asarlar 
sirasiga kiradi. U nasriy yo‘l bilan bitilgan.
Savol va topshiriqlar
1. Didaktik adabiyot nima, u qanday o‘ziga xosliklarga ega?
2. Didaktiklik xususiyatiga ko‘ra, Sharqva G ‘arb adabiyotlari o‘rtasidagi 
o ‘xshashlik va farqli tomonlar nimalarda ko‘rinadi?
3. Sharq, jumladan, o‘zbek mumtoz adabiyotida didaktik asarlaming 
qanday turlari bor?
4. 0 ‘zbek didaktik adabiyotida qaysi asarlar mashhur?
5. Didaktik asarlarning qanday afzalliklari mavjud?
6. «Qutadg‘u bilig» didaktikasining bugun uchun ahamiyatini aytib bering.
7. Zamonaviy o ‘zbek adabiyotidagi qaysi didaktik asarlarni bilasiz?



Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish