11-mavzu. Aruz vazni qoidalari
Reja:
Aruz vaznida ritmik birliklar.
Xijolar va ularning aruzdagi o‘rni.
Juzvlar va ularning xususiyatlari.
Tayanch tushunchalar: Aruz vazni, ritmik birlik, hijo, juzv, sabab, vatad va fosila.
Aruz vaznida ritmik birliklar
She’r tuzilishida asosiy ritmik birlik sifatida bayt qabul qilingan ekan, u o‘z navbatida, hijo, rukn va misradan tashkil topgan. Demak, mumtoz she’rning asosiy ritmik birliklari sifatida hijo, rukn va bayt qabul qilingan. Misra esa vaznda ritmik birlik sifatida ishtirok etmaydi.
Aruz vaznining asosiy xususiyati hijolarning cho‘ziq va qisqaligiga asoslanganligidir. Arablarda harflar ikkiga bo‘linadi:
1. Mutaharrik - "harakatli" ma’nosida bo‘lib, uning oxiriga bir unli ko‘shiladi, biroq yozuvda ko‘rsatilmaydi.
2. Sokin - "ohista" ma’nosida bo‘lib, bo‘g‘inni yopuvchi undosh sanaladi.
Demak, eng kichik ritmik birlik sifatida harfni olish mumkin, biroq uning xususiyati qiqsqa unli o‘rniga harakat qabul qilishi yoki qilmasligi bilan o‘lchanadi.
Xijolar va ularning aruzdagi o‘rni.
Hijolar aruz vaznida bo‘g‘inga teng kelmaydi. Undosh bilan tugagan yopik bo‘g‘inlar hamda cho‘ziq talaffuz qilinuvchi unlidan iborat bo‘lgan yoxud u bilan tugallanuvchi ochiq bo‘g‘inlar cho‘ziq hijo hisoblanadi. Cho‘ziq hijo (–) belgisi bilan ko‘rsatiladi. Qisqa talaffuz qilinuvchi unlidan iborat bo‘lgan yoki u bilan tugallanuvchi bo‘g‘inlar qisqa hijolar hisoblanib, ular (v) belgisi bilan ko‘rsatiladi.
Tarkibida cho‘ziq unlisi bo‘lgan, shuningdek, ko‘sh undosh bilan tugallanuvchi bo‘g‘inlar 1,5 cho‘ziq bo‘g‘in (o‘ta cho‘ziq hijo) hisoblanadi. Bunday bo‘g‘inlar misra o‘rtasida kelsa va undoshdan oldin tursa (- v ) belgisi bilan, misra oxirida kelsa, (~) belgisi bilan ifodalanadi.
Qisqa yoki cho‘ziq hijolar ma’lum tartibda birikib kelib juzvlarni yuzaga keltiradi.
Aruzda mutaharrik va sokin harflarning turli tartibda birikuvidan hosil bo‘ladigan bo‘laklar juzvlar (arabcha: bo‘lak) deb ataladi.
Juzvlar sabab, vatad va fosila deb nomlanadi. Agar ularning lug‘aviy ma’nosini aniqlamokchi bo‘lsak, sabab – arkon, vatad – qoziq, fosila – palos ma’nolarini beradi. Har bir juzv o‘z navbatida ikki turli bo‘ladi.
Sababi xafif – bitta cho‘ziq hijo - (kun)
Sababi saqiyl – ikkita qisqa hijo ; v v (ya-na)
Vatadi majmu’ – qisqa va cho‘ziq hijo; v - (va-tan)
Vatadi mafruq – cho‘ziq va qisqa hijo; - v (xan-da)
Fosilai sug‘ro – ikkita qisqa va bitta cho‘ziq hijo; v v - ( a-la-min)
Fosilai kubro – uchta qisqa va bitta cho‘ziq hijo; v v v - (qa-ra-ma-dim)
Juzvlarni yodda saqlash usulini Navoiy “Mezonul-avzon” risolasida juzv turlarini tartibini beradi:
Ul ko‘zi qaro dardi g‘amidin chidamadim
v - v v - v v v v - v v v -
sababi sababi vatadi vatadi fosilai fosilai
xafif saqiyl majmu’ mafruq sug‘ro kubro
Mumtoz adabiyotshunoslikda vaznni aniqlashda
harf - juzv - rukn - bayt
Hozirgi aruzshunoslar
hijo - rukn - bayt
usulini qo‘llashmoqda.
Juzvlarning muayyan tartibda birikuvidan ruknlar yuzaga keladi. Aruz tizimining asosini tashkil etuvchi sakkizta asl rukn (asllar) quyidagilardir:
1. fauvlun 2. Foilun
v - - - v -
3. Mafoiylun 4. Foilotun
v - - - - v - -
5. Mustaf’ilun 6. Mutafoilun
- - v - v v - v -
7. Mafoilatun 8. Maf’uvlotu
v - v v - - - - v
Asliy ruknlarning har biri zihoflar – o‘zgarishlarga uchrab, o‘zidan tarmoq ruknlarni hosil qiladi. SHundan kelib chiqib, ruknlar solim (sog‘lom) va muzohaf (o‘zgargan) bo‘ladi.
Ruknlar baytda quyidagicha nomlanadi:
Sadr – birinchi misraning bosh rukni.
Aruz – misraning oxirgi rukni.
Ibtido – ikkinchi misraning bosh rukni.
Hashv – o‘rtadagi rukn yoki ruknlar.
Birinchi misra’: v - - - v - - - v - - - v - - -
sadr hash aruz
Ikkinchi misra’: v - - - v - - - v - - - v - - -
ibtido zarb
Mavzudan maqsad, ritmik birliklarni harf – hijo – juv – rukn – bayt tartibida o‘zlashtirishdir. Bunda birliklar kichikdan kattaga qarab beolgilanyapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |