Savol va topshiriqlar
1. G ‘azal hajmi va mavzusi, ulardagi an ’anaviylik va o‘ziga xoslik
haqida so‘zlab bering.
2. Lirik qahramon ishqqa mubtalo bo‘lganini nimaga to ‘nkayapti va
bunga sabab nima?
3. Asar vazni, qofiyasi va radifini tahlil qilib bering.
4. G ‘azal baytlarini ketma-ketlikka amal qilgan holda sharhlang.
5. Bu g‘azalning keyingi shuhrati haqida nimalar deya olasiz?
6. G ‘azalni yodlang.
«AYOQINGG‘A TUSHAR HAR LAHZA G ISU...» G‘AZALI
Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu,
Masaldurkim:1 «Charog‘ tubi qorong‘u».
Tuturmen ko‘zki, ko'rsam orazingni, —
Ki derlar: «Oqqan ariqqa oqar su(v)».
Yuzungni tuttum ortuq o-yu kundin,
«Kishining ko'zidur, ore, tarozu».
Ko‘zing qonimdin iymanmas, ajabtur, —
Ki: «Qo‘rqar, qaydakim qon ko‘rsa, hindu».
1 Masai —
maqol.
Tilar vaslingni Lutfiy, qil ijobat, —
Ki ayturlar: «Tiloganni — tilogu».
Lutfiy — yozma adabiyot vakili. Biroq so‘z san’ati tarixidan
yaxslii bilamizki, dastlab og‘zaki adabiyot yuzaga kelgan. Yozma
adabiyot ana shu folklor zaminida paydo bo‘lgan. Shuning uchun
o‘zbek mumtoz she’riyati taraqqiyotini xalq og‘zaki ijodi ta ’siridan
ayri tasavvur qilish aslo mumkin emas.
0 ‘qiganingiz g‘azal buning yorqin bir isboti yanglig‘ jaranglaydi.
Uni muallif tamoman o‘zbek xalq maqollari asosiga qurgan. Har
bir baytda shoir bittadan maqol qo‘llaydi. Maqollar go‘yo baytlar
birinchi misrasida aytilgan fikrga bir isbotdek keltiriladi. Shuning
uchun barcha baytlaming ikkinclii satri maqol bilan tugaydi.
Shundan ham bilib oldingizki, shoir beshta bir-biriga qofiyadosh
so‘z bilan tugaydigan maqol topgan. Demak, g‘azal besh baytdan
iborat ekan.
G ‘azal hazaji m usaddasi m ahzuf (yoki m aqsur), y a’ni
«
mafoiylun—mcifoiylun—faulun
(yoki
mafoiyl)»
vaznida (taqte’si:
V --------/ V -------- / V ------) yozilgan.
M atla’ nihoyatda go‘zal, Lutfiyga xos lutf bilan qog‘ozga
tushgan: har laliza socliing oyog‘ing ostiga tushadi, shuning uchun,
maqolda aytilganidek,
«Chirog‘ tubi qorong‘u».
Bu yerda yoming
yuzi aytilmasdan turib oppoq nur taratib yonib turgan cliiroqqa
qiyoslanyapti. Baytda keltirilgan maqol — juda mashhur. Biroq
hozirgi zamonda shamcliiroq deyarli islilatilmagani uchun bu maqol
kam qo‘llanadi. Holbuki, sham yoqilganda kuzating, rostdan ham
uning tubiga nur tuslimaydi, shuning uchun u yer qorong‘i bo‘ladi.
Ikkinclii baytda lirik qahram on yorning yuzini (orazini)
ko‘rishga ko‘z tutayotganini aytadi, axir, maqol bor-ku:
«Oqqan
ariqqa oqar su(v)».
Bu maqol hozir ham ko‘p ishlatiladi. Faqat
endi u
«Oqqan daryo oqadi»
shaklini olgan.
Uchinchi baytda ham yuz tasviri izchil davom etadi. Shoir
uni Oy bilan Quyoshdan ham ortiq deb ta ’riflaydi, chunki
«Kishi-
ning ко ‘zi tarozi»
degan maqol bor-ku.
Shu tariqa to ‘rtinchi baytda tasvir yuzdan ko‘zga o‘tib oladi.
Lirik qahramonning yor ko‘zi osliiq qonidan iymanmayotgani,
ya’ni qo‘rqmayotganiga ajablanayotgani bejiz emas, axir:
«Hindi
qayda qon k o ‘rsa, qo'rqadi»
degan maqol bor edi-ku! Bu yerda
«ко
‘zing hindi»
deyilayotgani yo‘q, lekin ko‘z tasviri bilan maqolda
«hindi»
so‘zi kelishi zimdan shuni yuzaga chiqazgan.
Lutfiyning dardi — yor vasliga yetish, sababi u
«Tiloganni
tilogu» (« Tilagan kishi tilagiga у etadi»)
degan maqolga umid
bog‘layapti.
Ko‘rinib turganidek, asarda boshdan-oxir irsoli masal san’ati-
dan mahorat bilan foydalanilgan. Buning badiiy-tab’iy (badiiy-
estetik) jozibasi bor. Bir qofiya tizimiga tushadigan shuncha ma-
qolni topib, ularni ustalik bilan qo‘llashi shoirning yuksak maho-
ratidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |