Savol va topshiriqlar
1. G ‘azal hajmi va mavzusi haqida m a’lumot bering.
2. Asar qofiyasi va radffini tahlil qilib bering.
«Ne bo ‘lursan»
radifining
boshqarish xususiyatini qanday sharhlaysiz?
3. Ikkinchi va uchinchi baytlarda tasvir manzari (obyekti) qay tarzda
o ‘zgardi? Buni qanday izohlaysiz?
4. Muallifning talmih san’atidan foydalanish mahoratini misollar tahlili
orqali ko‘rsatib bering.
5. Maqta’ning g‘azaldagi ayricha o‘mi nimalarda ko‘rinadi?
6.
«Chin»
so‘zining ikki m a’nosidan shoir qay tarzda foydalanganini
izohlab bering.
7.
«Chig‘atoy»
so‘zining bu g‘azalda nega kerakbo‘lganini tushuntiring.
8. Tanosib san’atini baytlardan keltirilgan misollar orqali ko‘rsatib bering.
9. G ‘azalni yodlang.
TUYUQLAR
Ko'ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor,
Har necha dardimni desam, dog‘i bor.
Qilcha tanga bori ishqing yor edi,
Bir sori bo'ldi firoqing, dog‘i bor.
Tuyuqni tushunib, undan zavq olish uchun, awalo, misralar
zamiridagi ma’nolami obdan anglab olish lozim. Chunki qofiyalarda
kelgan bir shakldagi so‘zlar yoxud so‘zlar turkumi anglatgan
m a’nolar bir-biridan farq qilgani sababli tajnis yuzaga kelgan.
Agar o‘quvchi aynan bir xil shakldagi so‘zlar yoxud so‘zlar tur-
kumidagi m a’nolami ajratib ola bilmasa, asar o‘z vazifasini o‘ta-
magan, muallifning maqsadi amalga oshmay qolgan bo‘lib chiqadi.
Shu jihatdan ushbu tuyuqning qofiyalarida quyidagi m a’nolar
yashirin:
—
dog‘i bor — dog‘i bor,
— dog‘i bor — otashi bor,
— dog‘i bor — yana (tag‘in) bor.
Natijada tuyuqdan mana bunday talqin kelib chiqadi:
Ко ‘nglimga har tarafdan boqsam, d o g ‘i bor, har qancha
dardimni aytsam, otashi bor. Qildekkina tanamga bori ishqing yor
edi, firoqing (sendan ayriliq) bir taraf bo ‘Idi, yana bor.
Uchinchi misrada ham
«bori»
so‘zi bekorga ishlatilmagan.
* * *
Men sening ilkingdin, ey dil, bandamen,
Vah, qachon yetkaymen ul dilbanda men.
Bevafolarg'a meni qilding asir,
Sen menga sultonsen, ey dil, banda men.
Ushbu tuyuqda, odatdagidek, tajnisli so‘zlar qofiyabo‘lib kelgan
va ular quyidagi m a’nolarni anglatadi:
—
dil, bandam en — yu ra k, (m en) bandam an (bog'lanib
qolganman);
— dilbanda men — dilbandga men;
— dil, banda men — yurak, banda men(man).
Misralar talqin etilsa, quyidagicha m a’no kelib chiqadi:
Men sening dastingdan, ey dil, bandaman (bog‘lanib qolganman),
vah, men qachon и dilbandga yetgayman ? M eni bevafolarga asir
qilding, sen menga sultonsan, ey dil, banda (fuqaro) — men.
Charxi kajraftor elidin yozamen,
Chiqmadim hijron qishidin yoza men.
Bir meni yorliq bila yod etmas ul,
Har necha ul shahg'a qulluq yozamen.
Bu tuyuqda quyidagi tajnislarga duch kelamiz:
—
yozamen — yozg'iraman (shikoyat qilaman);
— yoza men — yozga men;
— yozamen — yozaman (bitaman).
Satrlar ketma-ketligi asosida talqin etilganda quyidagicha fikrlar
ilgari surilgani m a’lum bo‘ladi:
C harxi kajraftor (egri aylanuvchi charx, zam on) elidan
noroziman, ( Chunki) hijron (ayriliq) qishidan yozga chiqa olmadim.
Har qancha и shohga qulluq (iltifotli maktub) yozganim bilan
(to‘rtinchi misra),
meni bir yorliq (maktub) bilan и yod etmaydi
(uchinchi misra).
* * *
Qomatimni necha qoshing yo qila,
Necha hajr o‘ti jonimda yoqila.
G'amza birla to'kti qonim ul sanam,
To hinotek qon elina yoqila.
0 ‘qiganingiz tuyuqda quyidagi so‘zlar tajnisli qofiyani tashkil
etgan:
—
yo qila — yoy (kamon) qiladi (bukadi, egiltiradi);
— yoqila — yoqiladi;
— yoqila — surtiladi.
Qofiyaga olingan bu so‘zlar har gal boshqa-boshqa m a’noni
anglatib kelgan. Natijada tuyuq kishida ajoyib badiiy-tab’iy (estetik)
zavq uyg‘otadi.
Tuyuq misralarida aks etgan m a’noni bugungi o‘zbek tilida
ifodalasak, quyidagicha matn paydo bo‘ladi:
Qomatingni necha qoshing yoy qiladi (bukadi, egiltiradi),
Jonimda necha hajr o ‘ti yoqiladi. G ‘amza ( k o ‘z qoqish) bilan и
sanam qonimni to ‘kdi, endi xinodek qon qo ‘liga surtiladi.
Bu yerda shoir qon bilan liino (xina) rangi o‘rtasidagi o‘xshash-
likdan ustalik bilan foydalangan.
Ey ko'ngul, yorsiz sanga ne bor, bor,
Qaydakim ul zulfi anbarbor, bor.
Chek jafo-u javr-u nozin borini,
Bir kun o‘lg‘aykim, degaylar: «Bor-bor!»
Lutfiy tuyuqlarida, asosan, turkiy o‘zakli so‘zlar tajnisga olinadi.
Ammo ba’zan u forsiy so‘zlardagi shakllar bilan turkiy so‘zlardagi
shakllar o‘rtasidagi aynanlikdan ham unumli foydalanadi. K o‘rib
o‘tilayotgan tuyuqda ham shunday yo‘l tutilgan. Uning tajnislari
quyidagicha:
—
bor, bor — bor, bor (majud, mavjud);
— (anbar)bor, bor — (anbar)bor, bor(gin);
— «Bor, bor» — «Bor-bor» («J o ‘n a -jo ‘na»).
Tuyuq misralaridagi m a’nolar talqini quyidagicha:
Ey ko'ngil, yorsiz senga ne bor, bor? Qay da anbarbor (anbar
hidli) b o ‘Isa, (yoniga) bor. Barcha jafo-yu javr-u nozini chek, bir
kuni shunday b o ‘ladiki: «Bor-bor» («J o ‘n a -jo ‘na»), deydilar.
K o‘rib o‘tilgan birinchi tuyuqdagi kabi, bu yerda ham shoir
tajnisda aynan
bor
so‘zi mavjudligini hisobga olib, uchinchi, ya’ni
qofiyasiz misrada ham
borini
so‘zini qo‘llash orqali asarda bu
kalima bilan qofiyadagi so‘zlar o‘rtasida yangi bir tajnis yuzaga
kelishiga erishadi.
* * *
Qoshlaring xush lojuvard-u toq emr,
Xush ichinda benazir-u toq emr.
Torta olmasman firoqing, netayin,
Qilcha tanga bori ishqing toq emr.
Bu tuyuqning ham tajnisli qofiyalari ikki so‘z asosiga qurilgan:
—
toq erur — toqdir (yolg‘izdir);
— toq erur — yakka-yu-yagonadir;
— toq erur — (toqatim) toqdir.
Misralar mazmunini chiqarsak, hozirgi tilimizda quyidagicha
jumlalar hosil bo‘ladi:
Qoshlaring — yaxshi lojuvard-u (yaltirab turibdi-yu) yolg‘iz-
yo lg ‘iz, yaxshilar ichida benazir-u ya kka -yu у agon a. Firoqing
(dardini) torta olmasman, nima qilay, qildek tanga bari ishqing
toqatni toq qiladigan darajada (yuk) b o ‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |