Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   134
«KELMADI» RADIFLI G‘AZAL
Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi,
Ko'zlarimg'a kecha tong otquncha uyqu kelmadi.
Lahza-lahza chiqdim-u, chektim yo'lida intizor,
Keldi jon og‘zimg‘a-vu, ul sho'xi badxo‘ kelmadi.
Orazidek oydin erkonda gar etti ehtiyot,
Ro'zgorimdek ham o‘lg‘onda qorong‘u kelmadi.
Ul parivash hajridinkim, yig‘ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi.
Ko'zlaringdin necha su(v) kelgay, deb o'lturmang meni, —
Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha su(v) kelmadi.
Tolibi sodiq topilmas, yo'qsa kim qo‘ydi qadam,
Yo'lg'akim, awalqadam ma’shuqe o‘tm kelmadi.


Ey Navoiy, boda birla xurram et ko'nglung uyin,
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi.
«Badoye’ ul-vasat»ning 608-g‘azaIi.
G ‘azal ishqiy mavzuda, o‘zbek tilidagi she’riyatda eng ko‘p 
ishlatilgan ramali musammani m ahzuf (yoki maqsur), ya’ni 
«foilotun—foilotun—foilotun—foilun
(yoki 
foilon)»
vaznida (taqte’si:
— V -----/ — V ------ / — V ------ / — V —) yozilgan. An’anaviy
yetti baytdan iborat.
Radifiga o‘zbekcha so‘z 
(«kelmadi»)
ishlatilgan va qofiyasidagi 
sakkiz 
(«gulro‘ — uyqu — badxo‘ — qorong ‘u — kulgu — su(v) —
o ‘tru — qayg‘u»)
so‘zdan oltitasi — o‘zbekcha, ikkitasi 
(«gulro‘»
va 
«badxo‘») —
tojikcha.
Badiiy jihatdan shunday qat’iy bir qoidaga amal qilinganki, 
har bir baytda kamida bir tazod (zidlantirish, qarama-qarshi 
m a’nolardagi so‘zlami qo‘llash) san’ati namunasiga duch kelamiz. 
Bu badiiy san’at g‘azalda asosiy ifoda va tasvir vositasiga aylangan.
M atla’da lirik qahramon kecha (buni 
«kechasi»
deb ham, 
«kecha»,
ya’ni bir kun oldin deb ham tushunish mum kin) yor 
(«sarvi gulro‘»)
kelaman deb, kelmadi, shuning uchun tong 
otgunga qadar ko‘zlarimga uyqu kelmadi, deydi. Shuning o‘zidayoq 
lirik qahramon holati m a’lum qilinadi.
Betoqat yor har zamon-har zamon chiqib, m a’shuq yo‘liga 
intizor bo‘ldi, hatto, jon uning og‘ziga keldi-yu, u yomonlik istovchi 
sho‘x go‘zal kelmadi (ikkinclii bayt).
Keyingi ketma-ket uch baytda yoming orazi (yuzi) oqligi bilan 
oshiq hayotining qorong‘iligi, hajrida devonavor yig‘lagani bilan 
uni ko‘rib, ustidan kuladigan borm i-yo‘qligi, ko‘zlaridan suv 
emas, qon kelganligi o‘rtasidagi ziddiyatlar qalamga olinadi.
Mumtoz she’riyatimizda «begona bayt» degan tushuncha mavjud. 
Bu maqta’dan oldingi baytni bildiradi. Uning begonaligi shundaki, 
0 ‘zbekiston Qahramoni, 0 ‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov 
so‘zlari bilan aytganda, 
«bu baytda shoir kimni maqtagisi kelsa,
m aqtaydi, kim ni yomon k o ‘rsa, undan alam ini oladi, g 'a za l
umumyo ‘nalishiga и qadar bog'lanmaydiganroq gapi b o ‘Isa ham,
shu yerda aytib qoladi».
G ‘azalning «begona» baytida lirik qahram on tolibi sodiq 
topilmasligidan sliikoyat qilisliga o‘tadi. Shunday bo‘lmasa edi, kimki


yo‘lga qadam qo‘ysa, undan oldinroqda yuradigan bir m a’shuq 
ro‘baro‘ kelmaydimi?!
Bu yerda nozik falsafiy-tasawufiy masala ko‘tarilgan. «Yo‘l» baytda 
tasawufni, Alloh ishqini bildiradi. Bu yo‘lda esa sadoqatli talabgor 
(osliiq) topilmayapti. Ayni gap bilan shoir pirga ishora qilgan. Chunki 
pir hamisha bu yo‘lni muriddan avvalroq bosib o‘tgan, ya’ni 
«awalqadam» bo‘ladi. Awalqadam osliiq esa Alloh vasliga yetib, 
m a’shuqqa aylanadi. Murid ana shu shayxning etagidan tutib, unga 
ergashmoqchi.
Navoiy g‘azallarining yozilgan yillari m a’lum emas. Taxmin 
qilish mumkinki, bu g‘azalni shoir ustozi va piri Abdurahmon 
Jomiy vafotlaridan, ya’ni 1492-yildan keyin bitgan.
M aqta’ ham juda tahliltalab. Chunki unda ikki karra «boda» 
so‘zi tilga olinadi. Shaklan, ya’ni yuzaki qaraganda, o‘quvchida 
mayparastlik targ‘ib etilayotgandek tasavvur tug‘ilishi mum kin. 
Holbuki, Navoiy buyuk islom shoiri edi. Islomda esa mast qiluvchi 
ichimliklar harom hisoblanib, man etilgan.
May, sharob, boda, chog‘ir...
0 ‘tmishda ajdodlarimiz iste’mol etgan kayf beruvclii ichimliklar 
shunday so‘zlar bilan nomlangan. Albatta, bu to ‘rt icliimlik nimadan 
hozirlangani, tayyorlanish usuli, tarkibidagi spirt miqdori jihatidan 
o‘zaro bir-biridan farq qilgan bo‘lishi kerak. Biroq shoirlarimiz bu 
so‘zlami o‘zaro ma’nodosh (sinonim) sifatida qo‘llayvergan.
Nega?
Gap shundaki, adabiyot, xususan, she’riyatda bu so‘zlar o‘z 
ma’nosida emas, aksaran ko‘chma ma’noda — badiiy timsol (obraz) 
sifatida ishlatilgan.
Xo‘sh, badiiy timsol nima?

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish