Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   134
ahli fano.
Ikkinclii toifa — 
riyo-vu zuhd ahli.
В i r i n ch i b a y t , ya’ni matla’da shoir gapning po‘stkallasini 
aytib qo‘ya qolgan: 
kim ki fano tariqida barqarorlik hosil etgan
b o ‘Isa, endi mantiqan uning oldida riyo-vu zuhd inkor bo ‘lishi
kerak.


Xo‘sh, 
fano ahli
kim-u, 
riyo-vu zuhd ahli
kim?
Fano ahli —
tasavvuf vakillari degani. Tasawuf esa — islom 
bag‘rida paydo bo‘lib, insonni oliy maqomga, ya’ni Allohga yetar 
darajada komillikka yetaklovchi nazariy-falsafiy, g‘oyaviy-mafku- 
raviy, ilmiy-amaliy ta ’limot.
Riyo-vu zuhd ahli
deganda shoir ko‘zbo‘yamachilik bilan o‘zini 
tasavvuf ahlidan deb hisoblab yurganlami, aslida, tasavvufning 
dastlabki bosqichlaridan b o ‘lmish zohidlik darajasidan nariga 
o‘tmagan, Allohga ishqning ta ’mini totmagan, uni dildan his 
qilolmaydigan, soxta, yolg‘onchi kishilarni ko‘zda tutadi.
Demak, Navoiy zamonida ham din va tasavvuf niqobi ostida 
o‘zini sun’iy ravishda «farishta» ko‘rsatib yurganlar, buning ketidan 
manfaat ko‘zlaganlar bo‘lgan ekan.
I к к i n ch i b a y tning m a’no-mazmuni — birmuncha 
murakkab. Amalda u birinchi baytdagi fikming tasdig‘i bo‘lib 
kelgan. Ya’ni o‘sha zamonlarda «o‘zlik» deb atalgan, hozirgi 
tushunchalardagi «menlik» yoki «xudbinlik»dan qutulib ulgur- 
magan, boshqacha aytganda, nafsini to la jilovlab ololmagan kimsa 
qanday qilib do‘st (bu yerda ramzan Tangri taolo) mushohadasiga 
sobit bo‘la oladi?!
Mantiqan anglashilyaptiki, 
riyo-vu zuhd ahli
vakillari — xuddi 
shunday kimsalar.
Bu ikki toifa o‘rtasidagi farq — ulaming darajasi bilan bog‘liq. 
Bu darajani esa belgilaydigan bir mezon bor. Bu — ishq. 
Tasavvuf
ahli
Alloh ishqiga mubtalolik darajasiga yetgan. 
Riyo-vu zuhd ahli
esa ishqdan bexabar.
U ch i n ch i b a y tda aytilishicha, 
ay nan ishqsiz bo ‘Igani
uchun ham zuhd ahli balog‘a tp o g ‘onasiga ko'tarila olmagan (ular
hali nobolig), garchi el bilmasdan ulam i «shayxlar» deb yurgan
bo ‘Isa ham, hatto, bu borada ular hali yosh bolalar-ku.
Demak, o‘sha zamonlarda ham oddiy odamlar haqiqiy shayx 
bilan soxta shayxni to ‘liq ajratib ololmagan ekan. Riyokorlar uchun 
shunday omi, o‘qimagan, sodda odamlar ko‘proq qo‘l keladi. 
Chunki bunday toifa kimsalarga o‘zini «shayxman» deb ko‘rsatish, 
ya’ni ulami aldash oson-da.
T o ‘ r t i n c h i b a y tda buning sababi ham keltirilgandek 
bo‘ladi: 
riyo-vu zuhd ahli yolg‘on voqeani aytsa ham odamlar uni
chin deb xayol qiladi, bu xuddi aqldan ozgan kimsalar bir-bir
o ‘zlarining odam ekanini eslab qolganiga о ‘xshaydi.


В e sh i n ch i 
b a y tda ham lirik qahramon aytayotgan 
fikriga hayotiy misol izlaydi: 
garchi bir kesak ham asli tuproq
hisoblansa-da, agar и порок bo ‘Isa, unga etak tekkizmagan avlo.
Islom shariatida 
«Suv bo ‘Imasa, tayammum»,
degan qoida bor. 
Bu suv bo‘lmagan mahalda tuproq bilan tayammum qilinsa, suv 
bilan tahorat olishning o‘miga o‘tadi, degani. Bu yerda shoir riyo- 
kor zohidlami порок kesakka o‘xshatib, 
garchi tuproq pok hisob-
lansa-da, agar и порок kesak bo ‘Isa, undan ehtiyot bo ‘lasan-da,
unga qanday qilib etak tekkizasan
, deydi.
Y e t t i n c h i b a y tda shoir ustalik bilan gapni shu poklik va 
yuvinish sari buradi: 
modomiki, botiningda chirk, ya ’ni kir mavjud
ekan, uni ко ‘z yoshidek bir tomchi bilan bo ‘Isa ham, art, botining
aro shux, ya ’ni nopoklik bo ‘Isa, uni tavba suvi bilan yuv!
Bu bilan shoir ana shu riyokor zohidlami ham zimdan tavba 
qilishga, bu soxta yo‘ldan qaytishga da’vat etyapti.
S a k k i z i n c h i b a y t — maqta’, ya’ni g‘azalning oxiri — 
xulosasi. Yana o‘sha g‘azal boshidagi ikki diniy toifa qiyosga olinadi: 
lirik qahramon Navoiyga murojaat qilib, 
ahli fano, ya ’ni asl tasavvuf
vakillari, haqiqiy shayxlarni ista, riyo ahlini, y a ’ni k o ‘zb o ‘ya-
machilami q o ‘y
, deydi. 
Chunki shakar beradigan qamish, y a ’ni
nayshakar turganda, kirn luxni, ya ’ni qishda qovun osiladigan
q o ‘g ‘ani birovga tuhfa qiladi?!
Ko‘rinib turibdiki, shoir g‘azalning boshidan-oxirigacha h a- 
q i q i у sh a у x bilan s o x t a sh a у xni bir-biriga zid qo‘yib, 
o‘quvchini — ommani soxta, riyokor, tamagir shayxlar ketidan 
ko‘r-ko‘rona ergashib ketavermaslikka chaqiradi, ularni aldanib 
qolish xavfidan ogoh etadi.
Bu she’r bugun uchun ham kerak.
Alisher Navoiyning o‘sha o‘tmish zamonlarda so‘z san’atidan 
chinakamiga axborot xumjiga qarshi kurash vositasi yanglig‘ 
foydalanganiga qoyil qolmay ilojingiz yo‘q.

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish