Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   134
Savol va topshiriqlar
1. G ‘azal hajmi va mavzusi haqida ma’lumot bering.
2. Muhabbat darajasini bildirish uchun nega shoir aynan yor go‘zalligi 
belgilarini ta ’riflashni bosh masala qilib qo‘ygan?
3. Asar vazni, qofiyasi va radifini tahlil qilib bering.
4. G ‘azal baytlarini ketma-ketlikka amal qilgan holda sharhlang.
6. G ‘azalda so‘roqlarning ahamiyati, badiiylik darajasini ko‘tarishdagi 
hissasini tushuntirib bering.
7. M aqta’dan tashqari baytlardagi birinchi misralarda mavjud ichki 
ohangdoshlikni misollar asosida tushuntiring.
8. G ‘azalni yodlang.


«JONG‘A CHUN DERMEN: «NE ERDI 0 ‘LMAKIM
KAYFIYATI?..» G‘AZALI
Jong‘a chun dermen: «Ne erdi o‘lmakim kayfiyati?»
Derki: «Bois bo‘ldi jism ichra marazning shiddati».
Jismdin so‘rsamki: «Bu vaz’ingg'a ne erdi sabab?»
Der: «Anga bo‘ldi sabab o‘tluq bag‘irning hirqati».
Chun bag‘irdin so‘rdum, aytur: «Andin o‘t tushti manga, —
Kim ko'ngulga shu‘la soldi ishq barqi ofati».
Ko‘ngluma qilsam g‘azab, ayturki: «Ko‘zdindur gunoh,
Ko‘rmayin ul tushmadi bizga bu ishning tuhmati».
Ko'zga chun dermenki: «Ey tardomani yuzi qaro,
Sendin o‘lmish telba ko'nglumning balo-yu vahshati».
Yig‘lab aytur ko'zki: «Yo‘q erdi manga ham ixtiyor, —
Ki ko‘mndi nogahon ul sho'xi mahvash tal’ati».
Ey Navoiy, barcha o‘z uzrin dedi, o'lguncha kuy, —
Kim sanga ishq o‘ti-o‘q ermish azalning qismati.
«Favoyid ul-kibar»ning 597-g‘azaIi.
Bu g‘azalda she’riyatdagi savol-javob usulidan unumli foydalanilgan. 
Bunda birov savol beradi, ikkinclii taraf shu savolga javob qaytaradi. 
Shoiming «Farhod va Shirin» dostonida Xusrav bilan Farhodning 
aytishuvi ham aynan ana shu yo‘lda qog‘ozga tushirilgan.
To‘liq bir g‘azalni savol-javob tarzida bitish Navoiydan oldin 
yashab, ijod qilgan qalam sohiblari ijodida ham uchraydi. Ammo 
bu g‘azal ayni san’atni oliy darajada qo‘llashi va m antiqiy 
asoslanganligi bilan aloliida ajralib turadi.
G ‘azalning lirik qahramoni — osliiq. U ishq otashining zo‘ridan 
o‘lim yoqasiga kelgan. Shuning uchun u matladayoq to ‘g‘ridan- 
to ‘g‘ri jonidan: 
« 0 ‘lishimning sababi nima?» —
deb so‘raydi. Jon 
esa unga: 
«Bunga jismdagi kasallikning shiddati sabab bo ‘Idi», —
deya javob qaytaradi.
Ikkinclii baytda lirik qahramon jismga murojaat qilib, undan: 
«Bu vaziyatga tushib qolishingga nima sabab bo ‘Idi?» —
deb so‘raydi.


Jismning javobi esa quyidagicha: 
«Bunga o ‘tlik bag‘iming hirqati
sabab bo ‘ldi».
Uchinchi baytda savol endi bag‘irga beriladi, u esa: 
«Menga
ко ‘ngildan o ‘t tushdi, chunki k o ‘ngilga ishq chaqnog ‘ining o f ati
shu ’la soldi», —
deb javob aytadi.
To‘rtinchi baytda mantiqan lirik qahramon ko‘ngilga «g‘azab 
qiladi», shunda u gunohni ko‘zga yuklaydi: 
«Agar k o ‘z k o ‘rma-
ganida edi, biz bu ishning tuhmatiga qolmagan bo ‘lar edik».
Beshinchi baytda oshiq endi ko‘zning «yoqasidan oladi»: 
«Ey
etagi h o ‘l-u yuzi qora, ко ‘nglimning balo-yu vahshati sendan ekan-
ku».
Oltinchi baytda ko‘zning yig‘lab aytgan javobi berilgan: 
«Menda
ham ixtiyor y o ‘q edi, nogahon ul sho'xi Mahvash (Oysifat) tal ’ati
ko'rinib ketgan bo ‘Isa, men nima qilay?»
M aqta’ga kelib lirik qahramon shoirga murojaat qilib: 
«Ey
Navoiy, barcha о ‘z uzrini aytdi, sen о ‘Iganingcha kuy, chunki ishq
о ‘ti senga azalning qismati ekan», —
deydi.
G ‘azalning har bir baytida o‘ziga xos ohoriy badiiy ifoda va 
tasvirlarga duch kelamiz. Muallif hech kimning xayoliga kelmagan 
tarzda baytlami baytlarga mantiqan bog‘laydi. 
Jon
(birinchi bayt), 
jism
(ikkinchi bayt), 
bag‘ir
(uchinchi bayt), 
k o ‘ngil
(to‘rtinchi 
bayt), 
k o ‘z
(beshinchi va oltinchi baytlar) bilan bo‘lib o‘tgan 
savol-javoblarda kuclili izchillik va o‘zaro ketma-ketlik bor. 
Jon
aybni — 
jismga, jism — bag
Vrga, 
bag‘ir — k o ‘ngilga, ko'ngil —
ко
‘^ga yuklaydi. Oxiri, lirik qaliramon ishqda yonish uning azaliy 
qismati ekanini tan oladi.
G ‘azal ramali musammani maqsur (yoki mahfuz) vaznida bitilgan. 
Uning ohangi: 
«foUotun — foilotun — foilotun — foilun
(yoki 
foilon)»
bo‘ladi (taqte’si: - V - - / - V - - / - V - - / - V - ).
Bu Navoiyning o‘ta ohoriy g‘azallaridan biri.

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish