Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   134
Savol va topshiriqlar
1. Matla’ badiiy go‘zalligini ta’minlagan asosiy omil, mantiqiy asos nima?
2. Baytdan baytga qaysi so‘zlar o‘tyapti va buning g‘azal umumiy 
qurilmasidagi o‘m i va mavqeyi nimadan iborat?
3. G ‘azal baytlarini ketma-ketlikka amal qilgan holda sharhlang.
4. G ‘azaldagi tahlilga tortilgan so‘z-timsollami daftaringizga yozib olib, 
ular talqinlarini o ‘zaro qiyoslab chiqing.
5. G ‘azalni yodlang.
«FANO TARIQIDA HAR KIMKI HOSIL ETTI RUSUX...»
G‘AZALI
Fano tariqida har kimki hosil etti msux,
Riyov-u zuhd aning ollida emr mansux.
Ne nav’ o‘zlugi mansux bo‘lmag‘ay qoshida,
Birovki, do‘st shuhudig‘a hosil etti msux.
Chu ishqsiz edi zuhd ahli keldi nobolig‘,
Emrlar atfol, el garchi der alarni shuyux.
Demakta voqea yolg‘on-u, chin taxayyul etib,
Kislii ekanlarin andoqki, yod qilsa masux.
Jahoni xokiy emr bir kesak, vale порок,
Etak yeturmamak avlo mulawas o'lsa kulux.
Arit sirislik bila botiningda bor esa chirk,
Yu(v) tavba suyi bila bo‘Isa botining aro shux.
Navoiy, alili fano ista, qo‘y riyo ahlin, —
Ki nayshakar borida tulifa qilmadi kislii lux.
«Navodir ush-shabob»ning 107-g‘azali.
0 ‘zbekistonimiz islomning yuksak darajada taraqqiy etishiga 
ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomalar yurti sifatida ham olamda
7 — Adabiyot, 8-sinf 
___ 97


masliliur. Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom 
taslikiloti — AYSESKO tomonidan 2007-yilda Toslikent shalirining 
«Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qilinislii ham bejiz emas.
Islom bag‘rida paydo bo‘lib, insoniylikni eng yuqori pog‘onaga 
ko‘tarish falsafasiga aylangan tasavvufning ravnaqi ham ko‘p 
jihatdan Vatanimizda yetisliib cliiqqan ulug‘ avliyo zotlarga bog‘liq 
b o ‘ldi. Xojagon-naqshbandiya, yassaviya, kubraviya tariqatlari 
aynan shu yerda paydo bo‘lib, musulmon dunyosining keng may- 
donlariga yoyildi. Qodiriya tariqati esa bizda to XX asr boshlariga 
qadar izcliil davom etdi.
Bu tariqatlar orasida naqshbandiyaning milliy m a’naviyatimiz 
rivojida ayricha o‘m i va mavqei bor. Asarlari va faoliyati milliy 
merosimizning juda katta qismini tashkil etadigan Abdulxoliq 
G ‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Amir Temur, Xoja Ubay- 
dulloh Aliror Valiy, Husayn Boyqaro, Alisher Navoiy, Zahiriddin 
Bobur, Boborahim Mashrab va boshqa ulug‘ zotlar ham bevosita 
naqshbandiya tariqati vakillari edi.
Mustaqillik yillarida tasavvuf, jumladan, naqshbandiyaga 
munosabat tubdan o‘zgardi — o‘z tarixiy-milliy izmiga tusliib 
oldi. Xususan, Bahouddin Naqshband (1993), Abdulxoliq G ‘ijdu- 
voniy (2003), Xoja Ubaydulloh Aliror Valiy (2004) tavalludlari 
to ‘ylari o‘tkazilishi, ular merosining nashr etilislii, maqbaralari 
obod qilinislii alohida ahamiyatga ega.
Hozir g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan juda murakkab zamonda 
yashayapmiz. Insonlar ongi va qalbini egallash uchun kurash 
kuchaygandan-kuchayib boryapti.
Yot kuchlar avval islom niqobi ostida terroristik-ekstremistik 
g‘oyalar va ta ’limotlarni olib kirishga intildi. Keyin nasroniylik 
dini qobig‘ida turli missionerlik harakatlari amalga osliirildi. Zimdan 
buddaviylik dini niqobi ostidagi g‘oyalar targ‘iboti ham yo‘lga 
qo‘yilganiga guvohmiz.
Eng xavflisi, davlat siyosatining tasavvufga bunday ijobiy 
m unosabatini suiiste’mol qilib, ana shu muqaddas ta ’limot 
panohida o ‘zlarining yovuz m aqsadlarini amalga oshirishga 
urinishlar ham u yer-bu yerda uch ko‘rsata boshladi.
Shuning uchun xalqimizga tasavvufning asl moliiyatini ochib 
berish orqali uni, kerak b o ‘Isa, yot ta ’sir va torta-tortlardan 
himoyalash zarur. Aks holda, oddiy odamlarda insonni komillikka 
undovchi g‘oyalar tarafdori b o ‘lgan tasavvuf, ayniqsa, uning 
so‘nggi, rivojlangan, soTiylami ijtimoiy-siyosiy faollikka, yaratuv-


chilikka, dilni Allohga berib, qo‘lni ish bilan band etishga da’vat 
etuvchi naqshbandiya tariqati tarixi, nazariyasi, uning vakil lari 
hayoti va faoliyati haqida ham noto‘g‘ri tasawurlar paydo bo‘lib 
qolishi mumkin. Holbuki, naqshbandiyaning jamiki ijobiy jihat- 
larini bugungi hayotimiz g‘oyalariga aylantirishimiz, ulug‘ bobo- 
larimizdan juda ko‘p narsa o ‘rganishimiz, bu ta ’limot haqida 
bugunning gapini aytishimizga katta ehtiyoj bor.
Shu sababli naqshbandiya tariqatining buyuk vakillari, hatto 
birgina Alisher Navoiy hayoti va ijodining bevosita tasaw uf bilan 
bog‘liqm uliim yo‘nalislilari, nozik jihatlaridan boxabar bo‘lishimiz 
har taraflama zarur.
Sho‘ro siyosati g‘alati edi. Misol uchun tarvuz — dumaloq. 
Lekin shuni dumaloq emac, kub degisi kelib qolsa, pichoqni olib, 
shart-shart kesardi-yu, o‘rtasidan bir kub yasab qo‘ya qolardi-da: 
«Mana, kub-ku!» — deb turaverar edi. Endi qayga borsangiz, 
boring, tushingizni suvga aytib, dardingizni qorga yozing!..
Alisher Navoiy ijodining nazariy-falsafiy, ya’ni diniy-tasawufiy 
mohiyatini tushunish va tushuntirishda ham xuddi shunday yo‘l 
tutildi hisob.
Masalan, bu buyuk qalam soliibi she’riyatida uchraydigan 
«zohid» va «shayx» timsollari (obrazlari) bir ko‘z bilan ko‘rilib, 
aksar tadqiqotlarda salbiy m a’noda tushunildi va tushuntirildi. 
Holbuki, masala birmuncha nozik, uni bunday bir tomonlama va 
yuzaki munosabat-u qarashlar bilan hal etib, aniqlashtirib bo‘lmas 
edi. Shuning uchun, yana ham aniqroq qilib aytiladigan bo‘lsa, 
ana shunday nozik did va farosat bilan munosabatda bo‘lish talab 
etiladigan, aynan shu muammoga aniqlik kiritishga tayyor manba 
yoki asos bo‘ladigan asarlarining icliiga ko‘p ham kirilmadi — ular 
nazardan chetda qolib ketaverdi.
«Shayx» radifli g‘azal ham aynan shunday asarlardan biri bo‘lib 
keldi.
Bu g‘azalda ikki toifa din ahli tilga olingan, aniqrog‘i, bir- 
biriga qarama-qarslii qo‘yilgan. Agar kimki shu noziklikni sezmasa, 
his etmasa, g‘azal mohiyatini mutlaqo tushunmaydi.
Birinchi toifa — 

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish