Sayt – Internet tarmog‘ida ma’lumotni o‘zida saqlab turuvchi sahifa yoki sahifalar. Bu sahifalardagi ma’lumotlardan dunyo bo‘yicha istagan kishi xohlagan vaqtida foydalanishi, shuningdek, xohlagan kishi o‘z ma’lumotlarini kiritishi, ya’ni o‘z saytini yaratishi mumkin. Ma’lumotlarni kiritganda ba’zi cheklovlar berish imkoniyati ham mavjud. Masalan, sizning ma’lumotingizni faqatgina ayrim kishilargina ko‘ra olishi, shu jumladan Siz ham Internetdagi hamma axborotlardan ham foydalana olmasligingiz mumkin. Bunday ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat olish uchun ushbu ma’lumotlarning egasiga, Internet tarmog‘iga joylashtirgan kishiga murojaat qilishingizga to‘g‘ri keladi. Bunday harakatlar asosan moddiy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar uchun qo‘llaniladi. SHuningdek, ba’zi ma’naviy-siyosiy mazmundagi ma’lumotlar ham ma’lum xizmatlar tomonidan cheklab qo‘yilishi mumkin. Lekin bunda 100 foiz cheklovga erishishning iloji yo‘q. Saytni oddiy kitob bilan solishtirsa bo‘ladi. Ba’zi hollarda sayt juda kichik kitob, aniqrog‘i 1 sahifali «kitob» ko‘rinishida ham bo‘ladi. Sayt faqatgina bir sahifali yoki bir necha yuzlab sahifali bo‘lishi ham mumkin. Saytlarning bir sahifasidan ikkinchi sahifasiga o‘tish giperssыlka deb nomlanuvchi maxsus yozuvlar ustiga sichqonchaning ko‘rsatkichini keltirish va maxsus tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi.
Elektron kutubxona tuzilishi jihatidan oddiy kutubxonadan deyarli farq qilmaydi. Lekin undagi ma’lumotlar miqdori juda cheksiz bo‘lishi mumkin. Internet tarmog‘ida minglab elektron kutubxonalar mavjud. Ayni vaqtda bu kutubxonalarning ko‘pchiligi tarmoq orqali o‘zaro bog‘langan. Oddiy kutubxonalardagi singari bu erda ham ba’zi ma’lumotlar to‘liq bepul, ba’zilari uchun esa pul to‘lashga to‘g‘ri keladi. SH uningdek, Internet tarmog‘idan tashqarida ham, ya’ni masalan, o‘quv yurtlari uchun ham elektron kutubxonalar yaratish mumkin. Buning uchun kerakli ma’lumotlarni talab qilingan tartibda kompyuterga kiritish kifoya. Bu ma’lumotlarni lokal tarmoq orqali bosh kompyuterdan o‘zaro bog‘langan boshqa kompyuterlarga uzatish mumkin. Bu kutubxonani Internet saytiga joylashtirsa, u hamma uchun foydalanish imkoniyatini beradi.
Portal– ma’lum bir sohagagina tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni o‘zida saqlovchi saytlarni o‘zaro bog‘lovchi sayt. Internet tarmog‘idan juda ko‘p portallar o‘rin olgan. Masalan, “Referatlar”, “Matematika”, “Tibbiyot” portallari va h.k. Portallarning Internetdan farqi shundaki, ular Internet tarkibiga kirishi bilan birga, ba’zi holatlarda Internet tarmog‘iga ulanmasdan turib ham undagi ma’lumotlardan foydalanishimizga imkon yaratadi. Portalga ulangan kompyuterlar tarmog‘ini lokal va global tarmoq o‘rtasidagi qandaydir uchinchi tur tarmoqqa o‘xshatsa bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining portali. Bu tarmoqdan Internet bo‘lmagan vaqtda ham foydalanishimiz mumkin. Faqat shu tarmoqqa ulangan bo‘lishimiz kerak. Buning uchun alohida tarmoq (kabellar) tortilishi kerak. Bunday tarmoqlarga ulanish ham Internet tarmog‘i singari pullik
Internetdan ma’lumotlarni qidirish – Internet tarmog‘ida ma’lumotlar miqdori shu qadar ko‘pki, hatto tasavvur ham qilish qiyin. Bu ma’lumotlar orasidan o‘zingizga keragini topib olish esa ancha murakkab ish bo‘lib hisoblanadi. Ana shu ishni osonlashtirish maqsadida, maxsus ma’lumotlarni qidirish sistemalari yaratilgan. Bular orqali bir zumda o‘zingizni qiziqtirgan ma’lumotni topib olishingiz mumkin. Faqat boshlanishida sizga biroz tajriba etishmasligi mumkin. K eyinchalik bu ish haqiqatdan ham oddiy ekanligiga o‘zingiz ishonch hosil qilasiz.
Web 2.0 – veb-saytlardan foydalanish faqatgina mavjudlarini oddiygina aks ettirib qolmasdan, balki medialar mijozlariga o‘zlarining maqsadlari hamda ularning hamjamiyatlari uchun ham faol o‘z hissalarini qo‘shadigan medialardan, internetdan foydalanuvchi insonlar tomonidan yaratilgan internet dasturlari va texnologiyalari yangi toifasi. Web 2.0 juda ko‘p asboblari mavjud, ulardan eng ommaviylari quyidagilar: Bloglar Youtube Wikis Fasebook Myspase Bloglar – blog asboblari foydalanishda qulaylik yaratish uchun ishlab chiqilgan. Chunki blogning maqsadi – saytga doim yangi matnni yoki axborotni jo‘nata olish uchun xabar yaratish tez va oson bo‘lishi kerak. Rasm va multimediyalarni yuklash. Ko‘pgina bloglar fotosurat, video yoki audioni kiritish uchun matndan keyin keladi. Tashrif buyuruvchilarga ma’lumotni ko‘rsatish. Bloglashtirish platformasi o‘quvchilarga axborotlarni ko‘rib chiqish va ularga sharxlar berishni osonlashtiradi. Moderator. Hozircha tashrif buyuruvchilarga bloglarga xabar yuborish imkonini beruvchi odatiy holat hisoblanadi, turli platformalar keraksiz axborotlarni yo‘qotishi uchun turli darajali yordam berishni ta’minlaydi. O‘z bloglaridan statistik ma’lumotlarni olish. Hisobot beruvchi ko‘rsatkichlar sizning blogingizga qancha insonlar tashrif buyurganini va qaysi axborotlar ko‘proq qiziqarli ekanligini ko‘rishingizga yordam beradi. Youtube – bu video almashish uchun veb-sayt, bu erda tashrif buyuruvchilar videoni yuklash va jo‘natish, tomosha qilishlari mumkin. Fasebook – Shaxslarni maxsus guruhlarga birlashtiruvchi jamoatchilik tarmog‘i. Ijtimoiy tarmoqdan har bir inson foydalanishi mumkin va onlaynda juda ommaviy hisoblanadi. Bunga sabab ko‘pchilik institutlar, kollejlar yoki tashkilotlarda Internetda bir-birlari bilan uchrashishni, birinchi manbadan axborot olishni yoki tibbiyot sharoitlari haqida tajriba olishni, tanishishni, ish joyi haqidagi ma’lumotlarni olishni yoki hamkasblari bilan aloqa o‘rnatishni istagan million Internet foydalanuvchilari mavjud.
An’anaviy avgust kengashlarining sho‘ba va yalpi yig‘ilishlarini tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar
Maktabda ona tili fanini o‘qitishning ijtimoiy ahamiyati shundaki, bu fanni chuqur o‘zlashtirgan o‘quvchining nutqi rivojlanib, milliy madaniyati yuksaladi. Qalbida vatanparvarlik hissi jo‘sh uradi. Bu yo‘lda esa o‘quvchilarga faqat ilm o‘rgatish emas, balki ularning til malakasini oshirish ham dolzarb vazifadir.
Avgust anjumanlarida ona tilini o‘qitishda o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malaka bilan birga hayotiy kompetensiyalarni shakllantirishni nazarda tutgan DTS va o‘quv dasturlari loyihalarining tajriba-sinovi natijalari yuzasidan amaliyotchilarning fikr-mulohazalarini tinglash, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ommalashtirish masalalari keng muhokama qilinishi lozim. Bilimlar bellashuvi hamda fan olimpiadalari natijalarining tahlili, 5–9-sinf “Ona tili” darsliklari bilan ishlashdagi muammolar, darslik mazmuni yuzasidan fikr-mulohazalar umumlashtirilib, tavsiyalar ishlab chiqilishi, kelgusidagi rejalar belgilab olinishi maqsadga muvofiq.
Sho‘ba yig‘ilishlarida yangi o‘quv yili uchun qayta nashr qilinib, yildan yilga ta’limiy va tarbiyaviy mazmuni takomillashtirilib kelinayotgan 5-, 6-, 7-sinf (N.Mahmudov va boshqalar), 8-sinf (M.Qodirov va boshqalar), 9-sinf (N.Mahmudov va boshqalar) “Ona tili” darsliklari haqida fikr yuritishga alohida e’tibor qaratish kerak. Darslik bilan ishlashda o‘qituvchilarning o‘quv dasturi talablarini teran anglashi, dastur materiallari asosida darslarni rejalashtirish, mavzu uchun berilgan amaliy mashq va topshiriqlar bilan ishlashga o‘rgatish orqali o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, dars jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalaridan o‘rinli foydalanish zarurligiga ham ahamiyat berish talab etiladi.
Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini takomillashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchilardagi bilim va iqtidorni rivojlantirish uchun fan yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslikka yo‘naltirilgan o‘quv dasturlari optimallashtirilib, amaliyotga tatbiq qilingan edi. Ona tilini chuqur o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarda ham ta’lim samaradorligiga erishish maqsadida o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun o‘quv qo‘llanmalari ishlab chiqilmoqda. Jumladan, ixtisoslashtirilgan o‘quv dasturi asosida o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun 5–7-sinflar bo‘yicha “Nutq madaniyati” (A.Nurmonov va boshqalar) o‘quv qo‘llanmasi yaratildi va nashrga tayyorlanmoqda. Bu borada o‘qituvchilar qanday ishlarni amalga oshirishi kerakligi yuzasidan davra suhbatlari uyushtirish lozim.
Sho‘ba yig‘ilishlarida yakuniy va bosqichli attestatsiya, fan olimpiadalari, bilimlar bellashuvining natijalari o‘rtaga tashlanishi, yutuqlar omili, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan to‘g‘ri xulosa chiqarish va kelgusi rejalar belgilanishi lozim.
Avgust kengashlarining sho‘ba yig‘ilishlarini quyidagi namunaviy mavzular bo‘yicha rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish, o‘qitish usullarini qo‘llash yuzasidan o‘zaro bahs-munozaralar o‘tkazish hamda kelgusi rejalarni ishlab chiqish tavsiya etiladi:
I. Yozma ishlarda yo‘l qo‘yilgan xatolar ustida ishlashda pedagogik texnologiyalardan foydalanish (5–9-sinflarda o‘tkaziladigan diktant nazorat ishlari misolida).
Til ta’limida yozma nutq ustida ishlash og‘zaki nutqqa qaraganda ancha murakkab jarayon. Chunonchi, bu nutq turining murakkab tabiati — imlo qoidalariga amal qilish, tinish belgilarini o‘rinli qo‘llash, fikrning uslub talabiga muvofiq bayon qilinishidir. Yozma nutq o‘quvchidan grammatik va mazmun jihatidan to‘g‘ri jumla tuzishni, har bir so‘zni o‘z o‘rnida — to‘g‘ri qo‘llashni, fikrni ixcham, uslub jihatidan sodda va ravon ifodalashni talab etadi. Bu jihatlar o‘quvchidan yozma savodxonlikni talab qiladi.
5-sinf o‘quv dasturida har bir chorakda o‘quv soatidan kelib chiqib, 6 tadan nazorat ishi belgilangan. O‘quvchilarning imloviy va tinish belgilari bo‘yicha savodxonligi ustidan nazorat, asosan, diktant, bayon va insholar orqali amalga oshiriladi. O‘quvchilarning yozma ishlarini o‘qituvchi tekshiradi, imloviy, grammatik, tinish belgilariga doir va boshqa xil xatolarni tuzatadi, baholaydi. Diktantda uchraydigan xatolarning ba’zilari ayrim o‘quvchilargagina xos bo‘lib, bu orfografik-grammatik qoidalarni tushunmaslikdan yoki uni unutganidan kelib chiqadi. Ba’zi xatolar sinfdagi ko‘pchilik o‘quvchilarga xos bo‘ladi. Xatolar ustida ishlashda quyidagi usullardan foydalanilsa, bunday muammolar tezroq barham topadi:
1. O‘qituvchi diktantda yo‘l qo‘yilgan xatolarning turlarini aniqlaydi va uning yoniga qancha o‘quvchi qaysi so‘zlarni xato yozganini ustun shaklida belgilaydi. Hisobga olishning bu turida o‘qituvchi qaysi mavzu bo‘sh o‘zlashtirilgani, qaysi o‘quvchi ko‘p mavzuni bilmaydi yoki unutgan, qaysi o‘quvchining bilimi puxta va asosli ekanini aniqlab oladi. Xatolarni hisobga olishning bu usuli faqat imlo xatolarini emas, tinish belgilariga oid xatolarni tahlil etishda ham qo‘l keladi.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘qituvchilar diktantda yo‘l qo‘yilgan xatolarni o‘quvchilarning o‘zlariga o‘tilgan qoidalarni eslatish yo‘li bilan tuzattirish, bu borada ularni hamkorlikka chorlash usuliga murojaat etmaydilar. Xatolar ustida ishlash masalasida hamkorlikdagi ta’lim joriy etilganicha yo‘q. Yozma ishlardagi xatolarni tuzatishda pedagogik texnologiyaning metod va usullaridan foydalanish samarali hisoblanadi. Demak, o‘qituvchi har bir diktant tahlilini o‘tkazishda undan oldingi yozma ishda o‘quvchiga qanday topshiriq berganini ham hisobga olishi lozim.
O‘qituvchi diktant tahlili darslariga tayyorlanganda, quyidagilarga amal qilishi maqsadga muvofiq:
— o‘quvchining yozma ishini sifatli tekshirish;
— yo‘l qo‘yilgan xatolarni guruhlash, tinish va individual xatolar ustida ishlash tizimini tuzib chiqish;
— uyga beriladigan vazifani puxta o‘ylab, o‘quvchi yo‘l qo‘ygan xatosini bartaraf etishiga yordam berishini ta’minlash lozim.
Ta’kidlash joizki, yozma savodxonlikni rivojlantirishda punktuatsiya, ya’ni tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llashga oid bilimlar alohida ahamiyat kasb etadi. Savodli yozish va husnixat malakasi barcha kasb egalari, soha mutaxassislari uchun birdek zarur. Buning uchun o‘zbek tilidagi ishora-imlo qoidalarini mukammal bilish zarur. Bir guruh yetakchi olimlar tomonidan “O‘zbek tili punktuatsiyasining asosiy qoidalari” (T.: 2014, “Ma’naviyat” nashriyoti) kitobi chop etildi. Bundan o‘qituvchilar amaliyotda keng foydalanishlari mumkin.
II. Sho‘ba yig‘ilishlarida ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish bo‘yicha muhokama va munozaralar o‘tkazish.
Chunki ta’lim tizimidagi eng yaxshi tajribalarni ommalashtirish o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish ishlarini yaxshilashga, sifat-samaradorlikka erishishga olib keladi. Ommalashtirish uchun tavsiya etilayotgan ilg‘or tajriba quyidagi mezonlarga javob bermog‘i zarur:
1. Tajribaning amaliy ahamiyati va dolzarbligi: ommaviy ravishda qo‘llash imkoniyatining kengligi.
2. Ishning natijaviyligi: bir necha marta yuqori natijaga erishganligi, turli sharoitlarda sinab ko‘rilganligi.
3. Tajribaning yangiligi: amaliyotdagi metodikaga qo‘shgan yangi usullar, pedagogik jarayonda yangi qonuniyatlarni kashf etishga ta’siri, pedagogika va metodikadagi erishilgan natijalarga mosligi.
4. Isbotlanganligi: o‘quvchilar egallayotgan bilim, ko‘nikma va malakalarning sifat ko‘rsatkichlari natijaviyligi.
5. Barqarorligi: pedagogik amaliyotda zarurligi, faolligi, istiqbolliligi.
6. Optimalligi: minimal vaqt, sharoit va vositalarda yuqori natijaga erishganligi.
Sho‘ba yig‘ilishida aynan ona tili va adabiyot fani yo‘nalishida ilg‘or ish tajribalari tuman, viloyat, respublika miqyosida ommalashtirilgan o‘qituvchilar faoliyati, ularning erishgan yutuqlari haqida davra suhbatlari yoki taqdimotlar o‘tkazish ham o‘rinlidir.
III. O‘quv jarayonida ta’lim sifatini oshirishning muhim omillaridan biri — AKTni keng qo‘llash.
Har bir mavzuni AKTdan foydalanib o‘tish uchun, avvalo, elektron darslik, qo‘llanma, dars ishlanma, o‘quv film, ko‘rgazmali materiallar va boshqa anjomlar muhayyo bo‘lishi lozim. Dars jarayonida faqat o‘tilayotgan mavzuga oid materiallardan — elektron dars ishlanmasi, multimediali elektron ishlanmalar (o‘quv filmi) yoki videofilm, didaktik materiallardan foydalanish samaradorlikni ta’minlaydi. O‘quvchi darsni ma’ruza shaklida eshitishdan ko‘ra, ko‘proq ko‘z bilan ko‘rib, ba’zi jarayonlarni bevosita kompyuterda bajarsa, o‘zlashtirishi tezlashadi va osonlashadi. Jarayonda muammo usulidan foydalanish lozim. Muammoning yechimini topishda guruhlarga bo‘linib masalani hal etish, muloqot usuli, mantiqiy fikrlash kabi usullar ham dars samaradorligini ta’minlaydi.
Bu borada “Urg‘u va uning turlari (5-sinf), “Fe’lning munosabat shakllari” (6-sinf), “Modal so‘zlar” (7-sinf), “Sodda va qo‘shma gaplar”, “Ma’lumotnoma matni va ijodiy tavsifiy matn” (8-sinf), “Ko‘chirma gapli qo‘shma gap”, “Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi” (9-sinf) kabi mavzular yuzasidan Multimedia umumta’lim fanlarini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda videodarslar yaratilib, amaliyotga taqdim etilgan.
“Mahorat maktablari”da o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar, ilg‘or tajribalarning o‘rganilishi, maktab ishini yanada samarali, yuqori saviyada olib borishga, yangi usul va metodlarning o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Odatda, amaliyotchi-o‘qituvchilar har uch yilda malaka oshirsa, “Mahorat maktablari” tizimi orqali har oyda kasbiy malakasini oshirib bormoqdalar. Bu, o‘z navbatida, muallimlarni izlanish, o‘z ustida ishlash, yangiliklarni o‘zlashtirish, kasbiy faoliyatini yanada jonlantirishga undashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sho‘ba yig‘ilishlarida bu jihatga to‘xtalib, to‘plangan ilg‘or tajribalarni almashish lozim.
Umumta’lim maktablarining 4-, 8-, 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ta’lim sifati monitoringi amalga oshirildi. O‘quv yili oldidan o‘tkaziladigan taraddud kengashlarida monitoring va bilimlar bellashuvi natijalaridan kelib chiqib, aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan tavsiyalar ham berilishi maqsadga muvofiqdir.
Sho‘ba yig‘ilishlarida metodbirlashmaning asosiy ish faoliyati ham sarhisob qilinishi lozim. Faol metodbirlashma a’zolari, “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari ish tajribasini “Mahorat darslari” usulida hamkasblariga o‘rgatishi o‘qituvchilarning kasbiy malakasini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Yangi o‘quv yilida ta’lim mazmunini yaxshilash, sifat va samaradorligini oshirish yuzasidan quyidagi vazifalar belgilab olinadi:
1. Xalq ta’limi xodimlarining 2016-2017-o‘quv yili oldidan o‘tkaziladigan an’anaviy avgust kengashlari yalpi va sho‘ba yig‘ilishlaridan kutilayotgan asosiy maqsad — o‘qitish mazmunini takomillashtirish, ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha hukumatimiz hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan chiqarilgan qaror va buyruqlarning ijrosini ta’minlashga qaratilgan vazifalarni belgilab olish.
2. Ta’lim-tarbiya jarayonining sifat darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar (davomat, o‘qituvchining darsga tayyorgarligi, dars tahlili va boshqalar) asosida joylarda ta’lim-tarbiya jarayonini tahlil qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha rahbar va xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish.
3. O‘qitishning zamonaviy usullari va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirishga erishish, ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni olib kirish, bu sohadagi tajribalarni ommalashtirish.
4. Masofaviy metodik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha taqdim etilgan videoseminar, videodarslar va ta’lim portallariga qo‘yilgan materiallardan unumli foydalanish.
5. O‘qituvchilarning Xalq ta’limi vazirligi va Respublika ta’lim markazi saytlariga joylashtirilgan resurslardan samarali foydalanishlari, o‘z ustida mustaqil ishlashi, ijodiy izlanishi, o‘zaro tajriba almashishi, dars kuzatishi hamda tahlil qilishi uchun zarur sharoit yaratish choralarini belgilash.
6. Pedagoglarning malakasi va kasbiy mahoratini oshirish, umumta’lim fanlarining sifatli o‘qitilishini ta’minlash maqsadida “Mahorat maktablari” faoliyatini yanada takomillashtirish, oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish.
7. O‘quv muassasalarida mavjud bo‘lgan axborot-kommunikatsiya vositalaridan samarali foydalanish, barcha pedagog xodimlarning internet tarmog‘idan keng foydalangan holda o‘z bilim va malakalarini oshirishlari uchun sharoit yaratish.
8. Metodik kengash, metodbirlashma faoliyati samaradorligini va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha pedagoglarga amaliy yordam ko‘rsatish.
9. Ta’lim sifati monitoringi natijasida bilim va tajribasi kamligi aniqlangan o‘qituvchilar ro‘yxatini tuzish, ular uchun doimiy harakatdagi maxsus o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etish va ular faoliyatini o‘quv yili davomida tahlil qilib borish, o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlar ustida ishlash metodikasini o‘qituvchilarga o‘rgatishga doir mavzular kiritish va ularni o‘qitishni tashkil etish.
An’anaviy avgust kengashlarining sho‘ba yig‘ilishlari amaliyotchi va metodistlar uchun asosiy metodik yordam va yo‘llanma berish tadbiri ekanini hisobga olib, yig‘ilishlarni imkon darajasida noan’anaviy usullarda qiziqarli, o‘qituvchi va metodistlarni pedagogik jihatdan puxta qurollantiradigan tarzda o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
Mamlakatimiz ijtimoiy-ma’naviy hayotining barcha sohalarida bo‘lganidek, ta’lim tizimida ham keng qamrovli islohotlar yo‘lga qo‘yildiki, bunda ta’lim-tarbiya tizimiga, oliy ta’limning o‘quv-tarbiya jarayoniga axborot texnologiyalarini olib kirish orqali ta’lim sifatini uzluksiz ravishda takomillashtirib borish, samaradorligini ortirish talab etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2016-yil 13-maydagi “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilari oldiga “zamonaviy ta’lim texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirgan, davr talablariga javob beradigan yuksak malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash, umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyoti fanini o‘qitishning yangi va samarali metodlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish” borasida ulkan vazifalarni qo‘ydi. “O‘zbek tili va adabiyoti ta’limida zamonaviy axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha tuzilgan mazkur dastur o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ulardan foydalanish metodikasi haqida ma’lumot beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |