B IR IN C H I Q ISM
X X ASR 0 ‘ZBEK ADABIYOTI
TARAQQIYOTINING ASOSIY BOSQICHLARI
BIRINCHI BOB
1900-1930-YILL ARD AGI O Z B E K ADABIYOTI
DA VRNING QISQA СНА ТА VSIFI
Bu davr o'zbek xalqi tarixining muhim bir qismini tashkil
etadi. Bu davr tarixga T urkistonda jadidchilikning paydo
b o ‘lishi, chorizmning ag‘darilishi, muxtoriyatning tiklanishi va
sho‘rolar jamiyatini qurish uchun kurash yillari sifatida kiradi.
M a’lumki, XX asrning birinchi choragida Rossiya imperiyasida
uch marta (1905- yilda, 1917-yil fevral va oktabr oylarida) sotsial
to ‘ntarish sodir bo‘ldi. Bu bejiz emas, albatta. Bu davrda zulm
va istibdodga qarshi ijtimoiy norozilik keskin o ‘sganligi uchun
ustma-ust to ‘ntarishlar yuz berdi.
Xalqimiz m ustam laka davridagi milliy zulm va ijtimoiy
adolatsizliklardan qanchalik aziyat chekm asin, qanchalik
qiynalmasin, hech qachon tushkunlikka tushmadi. Kelajakka
komil ishonch bilan qarab, milliy zulmga, mustamlakachilikka
qarshi erk va ozodlik uchun turli shakllarda izchil kurash olib
bordi. 1898-yilda Dukchi Eshon rahbarligida Andijonda bo‘lib
o ‘tgan q o ‘zg ‘olon, 1916-yilda Jizzaxda boshlanib, butun
yurtimiz bo‘ylab keng tarqalgan mardikor olishga qarshi xalq
ko‘tarilishi, 20-yillarda avj olgan «bosmachilik» harakati buning
yorqin isbotidir. Chunki bularning barchasi mustamlakachilar
zulmiga, ularning adolatsiz siyosatiga qarshi qaratilgan milliy
ozodlik harakati edi. M atbuotda e’lon qilingan bir maqolada
qayd etilishicha, «130-yillik mustamlaka yillarida Turkiston
9
o ‘lkasida istibdodga qarshi 4500 m arta katta-kichik isyonlar,
g ‘alayonlar, norozilik namoyishlari bo‘lib o ‘tgan»6.
Xalq orasidan yetishib chiqqan M ahm udxo‘ja Behbudiy,
Hamza, M unavvar Qori, Abdulla Avloniy, Fitrat, Siddiqiy-Ajziy,
Abdulqodir Shakuriy, Hoji Muin Shukrulla singari o ‘z davrining
ilg‘or ziyolilari va ijodkorlari mamlakat va xalq ahvoliga achinib,
o ‘zlaricha bunga chora izlay boshladilar. Ular xalq va mamlakat
og ‘ir, m ashaq qatli h ayot iskanjasid a qiynalib kun
o ‘tkazayotganining asosiy sababi ilmsizlikdir, degan xulosaga
keladilar. Binobarin, mehnatkash ommani ilmli, ma’rifatli qilish
yo‘llarini axtaradilar. Natijada, XX asr boshlariga kelib milliy
uyg‘onishga chorlovchi jadidchilik harakati yuzaga keldi va
tobora rivojlana bordi. Bu harakatning asosiy maqsadi — xalq
om m asini m a ’rifa tli qilish o rq ali m am lak a t rivojiga,
mehnatkashlar hayotini yaxshilashga ko‘maklashishdan iborat
edi. Jadidchilik harakatining maqsadi harakatning rahbarlaridan
biri bo‘Igan M. Behbudiy tomonidan quyidagicha ifodalangan
edi: «Xalq o ‘z foydasini anglasa, milliy maktab va madrasalar
ochsa, O vro‘pa dorilfununlariga bolalarini yuborsa, alardan
advokat, m uharrir va hunarmand, savdogar va muhandislar
chiqsa, bularning har biri o ‘z vazifalarida turib, ishlarini tartib
ila tuzsalar, xalqimizning foydasini ko‘zlasalar naqadar oliy va
naqadar go‘zal bo‘lur edi».
J a d id la r chorizm ning m u sta m la k ach ilik siyosatini
ma’qullamaganlar. Bu siyosatga isloh kiritish, milliy o ‘lkalardagi
bo shqaruv id o ralarig a m ustaqillik berish g ‘oyasini o lg ‘a
surganlar. Jad id lar O k tab r (1917-yil) to ‘ntarishiga salbiy
m u n o sab at bildirib, unga m uxolifat sifatid a T u rk isto n
muxtoriyatini yuzaga keltirganlar (1917). Jadidlar mamlakat va
xalq h ay o tin i yaxshilashda, ta ra q q iy o tn i t a ’m inlashda
istiqlolning o ‘rni, m a ’rifatning aham iyati buyuk ekanini
tushunganlar. Binobarin, bu yo‘lda sa’y-harakatlar qilib, qator
muhim siyosiy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirganlar. Demak,
sho‘rolar davrida asossiz holda qora bo‘yoqlarda ko‘rsatilgan
va qoralangan jadidchilik o ‘z davrining ilg‘or ijtimoiy-ma’rifiy
6
«O 'zA S», 2000-yil, 12 m ay.
10
harakati edi. Bu harakat qatnashchilari vatanparvar, millatsevar,
ma’rifatparvar, taraqqiyparvar ziyolilardan iborat edi.
Ja d id la r T u rk isto n xalq larin in g bilim sizlik va ja h o la t
iskanjasida qashshoq hayot kechirayotganlarining ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy-ma’rifiy sabablarini aniqlashga intilganlar. Va
m am lakatdagi qoloqlik va qashshoqlikning asosiy sababi
ilmsizlik va erksizlikdir, degan xulosaga kelganlar. Shunga
k o ‘ra, mehnatkash ommani m a’rifat egallashga, ilm olishga,
hurriyatga chaqirganlar. Jadidlar eng qaltis paytlarda ham
jabrdiyda xalqni himoya qilishdan qaytmadilar. Mustaqillik
uchun turli shakllarda izchil kurash olib bordilar. «Birinchi
navbatda qora xalqni oqartirmoq va ko‘zin ochrnoq chorasiga
kirishdilar» (A. Avloniy).
Jadidlar « 0 ‘lkani uyg'otish» va «Xalqning ko‘zini ochish»da,
aniqrog‘i, milliy uyg‘onish davri g‘oyalarini hayotgajoriy etishda
m a tb u o t, m a k ta b -m a o rif ham da ad a b iy o t va s a n ’at
imkoniyatlaridan unumli foydalandilar. Turli xil to ‘siqlarga
qaram ay , «T araqqiy», «X urshid», «V aqt», «Оупа»,
«Samarqand», «Sho‘ro», «Shuhrat», «Turon», «Buxoroi sharif»,
«Sadoi Farg‘ona», «Sadoi Turkiston» kabi gazetalarni tashkil
etib,
o ‘sha davrning m uhim g ‘o yalarin i, xususan,
m a ’rifa tp a rv a rlik ,
m illa tp arv arlik ,
v a tan p arv arlik ,
taraqqiyparvarlik, erk va mustaqillik g‘oyalarini targ‘ib qildilar.
Bu jihatdan, ayniqsa, M. Behbudiy, Fitrat, M unavvar Qori,
A. Avloniy, Hamza kabi jadidlarning publitsistik maqolalari
ko‘pchilikning diqqat-e’tiborini o ‘ziga jalb etdi. Masalan, Fitrat
o ‘zining publitsistik maqolalarida mustamlakachilik siyosatini
keskin fosh etib, istiqlol g‘oyalarini dadillik bilan targ‘ib qildi.
U «Muxtoriyat» maqolasida: «Ellik yildan beri ezildik, tahqir
etildik, qo‘limiz bog‘landi, tilimiz kesildi, og‘zimiz qonlandi,
yerimiz bosildi, molimiz talandi, sharafimiz yemirildi, nomusimiz
g ‘asb qilindi, huquqim izga tajovuzlar b o ‘ldi, insonligimiz
oyoqlar ostiga olindi, to ‘zimli turdik, sabr qildik», — deb yozgan
(Hurriyat» gazetasi, 1917-yil, 5-dekabr) edi.
Jadid m atbu otida b o ‘lganidek, ja d id ad ab iy o tida ham
m a’rifat, m aktab-m aorif va hurriyat mavzulari davr sadosi
sifatida yangradi. Binobarin, mehnatkash ommani jaholatga
11
qarshi ilm li-bilim li b o ‘lishga, m a ’rifatg a chaqirish ja d id
yozuvchilari ijodining leytmotivini tashkil etdi. Bu xususiyat
M ah m u d x o ‘ja B ehbudiy (1875-1919), M unavvar Q ori
Abdurashidxonov (1878-1931), Abdulla Avloniy (1878-1934),
Abdurauf Fitrat (1886-1938), Hamza Hakimzoda (1889-1929),
Abdulla Qodiriy (1894-1938), Abdulhamid Cho‘lpon (1897—
1938), Said Ahmad Ajziy (1864-1927), Sidqiy Xondayliqiy (1884—
1934), Vasliy Samarqandiy (1869-1925), To‘lagan X o‘jamiyorov
Tavallo (1882-1939), Muhammad Sharif So‘fizoda (1869-1937)
kabi shoir va yozuvchilar ijodida yaqqol ko‘rinadi. Masalan,
Hamzaning dastlabki asarlarida jaholatga qarshi ilm-ma’rifatni
ulug‘lash va uni targ‘ib-tashviq etish asosiy o‘rinda turadi. Zotan,
bu a sa rla rd a n m a ’lum b o ‘ladiki, H am za she’riy ati ja d id
adabiyotining yorqin namunasidir. Shoirning «Milliy ashulalar
uchun milliy she’rlar» majmuasiga kirgan «Oq gul», «Qizil gul»,
«Pushti gul», «Sariq gul», «Yashil gul», «Safsar gul», «Atirgul»
deb nomlangan she’riy to ‘plamlari shundan dalolat beradi.
Jadid yozuvchilari o ‘zlarining m a’rifatchilik, millatparvarlik
g‘oyalarini olg‘a surishda milliy adabiyotda teran tomirlarga
ega bo‘lgan she’riyatdan tashqari, nasr, dramaturgiya va badiiy
publitsistika singari janrlardan ham foydalandilar. M a’lumki,
1910-yilga qadar o ‘zbek adabiyotida hozirgi m a’nodagi drama
jan rid a yaratilgan asar yo‘q edi. U XX asrninglO-yillarida
vujudga kela boshladi. Bunda jadid yozuvchilarining xizmati
katta b o ‘ldi. Ularning sa’y-harakatlari tufayli adabiyotimizda
1910-yildan to 1917-yil fevral oyigacha b o ‘lgan vaqt ichida
«Padarkush» (M. Behbudiy), «Zaharli hayot», «Ilm hidoyati»
(Hamza), «Baxtsiz kuyov» (A. Qodiriy), «Qozi ila mulla»,
«Ko'knori», «Juvonbozlik qurboni», «Eski m aktab — yangi
m ak ta b » , «M azlum a xo tin » (H o ji M uin S h u k ru llo ),
«M ahramlar» (A.Samadov), «Advokatlik osonmi», «Pinak»
(Abdulla Avloniy), «Juvonmarg», « 0 ‘gay ona», «Boyvachcha»,
«Saodat bitdi», «Xush kelding, xush ketding» (Abdulla Badriy),
«То‘у» (N usratilla Q udratilla) kabi qirqtacha sahna asari
yuzaga kelgan. Turli badiiy saviyada yozilgan bu pyesalarning
deyarli ham m asida m a ’rifa t va ilm sevarlik, ax lo q -od ob
masalalari aks ettirilgan.
12
B ehbudiy, A vloniy, H am za, T av allo , A yniy kabi
ijodkorlarning m a’rifatchilik va m illatparvarlik g‘oyalarini
Fitrat, Cho‘lpon singari novator yozuvchilar erk va mustaqillik
motivlari bilan to ‘ldirgan holda davom ettirdilar. Shunga ko‘ra,
C ho‘Ipon va Fitrat ijodida о ‘sha davrdagi ijtimoiy tuzumdan
qoniqm aslik, jah olat va m ustam lakachilikka qarshi kurash
motivlari yetakchilik qildi. Shuni ham qayd qilish kerakki, 1905—
1917-yillarda mamlakatimizda Zavqiy, Avaz 0 ‘tar, Haziniy,
M iskin, Y u su f Saryom iy sing ari ja d id c h ilik h a ra k a tig a
qatnashm agan b o ‘lsa-da, tanlagan yo‘liga k o ‘ra jadidlarga
yaqin turgan yozuvchilar ham bor edi. Bunday ijodkorlarning
aksariyati milliy uyg‘onish g‘oyalaridan chetda turib bo'lsa-
da, m a’rifatchilik motivlarini aks ettirganlar. Zavqiy va Avaz
0 ‘tar hayotdagi xilma-xil nohaqlik va adolatsizliklarni fosh
etib, porloq kelajakka ishonch bildirgan, yangilik va taraqqiyot
yo‘lini m a’qullagan. Avaz 0 ‘tar o ‘g‘li (1884-1919) tilni «foydali
kondir» deb atagan va yoshlarni chet tilini o ‘rganishga, til
vositasida dunyo ilmlaridan bahram and b o ‘lishga chaqirgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |