Shunday qilib, shaxsga sig‘inish mamlakat va xalq hayotiga
katta ziyon yetkazdi. Jum ladan, adabiyot va san’at rivojiga
jiddiy halaqit berdi. Biroq bu mash’um davr, umuman olganda,
taraqqiyotni, ayniqsa, so'z san’ati rivojini to ‘xtatib qo‘ymadi
va to ‘xtatib q o ‘yolmas ham edi. Bu haqda akadem ik Izzat
Sulton quyidagi haq gapni yozgan edi: «XX
asr murakkab asr
b o ‘ldi: ikki ja h o n urushi, O k ta b r to ‘n ta rish i va bosh qa
mamlakatlardagi inqiloblar... Bunday tarixiy davrlar sersaboq
bo‘ladi. Meningcha, XX asr tajribasidan
kelib chiqadigan ikki
muhim saboq bor:
Birinchi saboq — har qanday sharoitda, davrlar fojialarga
qanchalik to ‘la b o ‘lmasin, baribir, taraqqiyot to ‘xtamaydi,
davom etaberadi.
Ikkinchi xulosa shuki, insoniyat taraqqiyotining asosiy shakli
tadrijiy rivojlanish bo‘lib qoladi»10.
T o‘g‘ri, bu davrda adabiy hayotda ham turli voqealar, har
xil o ‘zgarishlar yuz berdi. 0 ‘zbekiston Yozuvchilarining birinchi
(1934), ikkinchi (1939) syezdlari bo‘lib o ‘tdi.
Birinchi syezdda
Rahm at Majidiy «Adabiy harakatni qayta qurish yakunlari va
respublika yozuvchilarining vazifalari» haqida m a’ruza qildi.
Shuningdek, Nazir Safarov tashkiliy masalalar xususida, Ziyo
Said dramaturgiya haqida, Anqaboy
esa yosh yozuvchilarning
ijodi to ‘g‘risida qo‘shimcha m a’ruza qildilar. Syezdda Akmal
Ikromov nutq so‘zlab, o‘zbek adabiyotining asosiy vazifalarini
k o ‘rsatib berdi.
0 ‘zbekiston Yozuvchilarining ikkinchi syezdida Eminjon
A bbosning « 0 ‘zbek adabiyotining vazifalari to ‘g‘risida»gi
m a’ruzasi, Vohid Zohidovning qo‘shimcha m a’ruzasi tinglandi.
Bu anjumanda Olim Sharafiddinov «Alisher Navoiy va adabiy
meros haqida», G ‘afur G ‘ulom « 0 ‘zbek xalq og‘zaki ijodi
haqida» m a’ruza qildilar. Ikkinchi syezd qizg‘in
munozaralar
va keskin tortishuvlar asosida o ‘tdi. Shunday qilib, 20-30-
y illard a h a y o t va a d a b iy o td a tu rli xil v o q eala r, o ‘sish-
o ‘zgarishlar yuz berdi. Biroq bu o ‘sish-o‘zgarishlar osonlikcha
b o ‘lmadi, adabiyot bir tekisda rivojlanmadi. Chunki, 1917-
10
Izza t Sulton.
A sr saboqlari. — «O 'zA S», 2001-yil, 1-yanvar.
16
yildan keyingi davrda adabiyot kommunistik rejim zug‘umi
ostida harakat qilishga majbur bo‘ldi.
SH E ’R IY A T
Yangi о‘zbek adabiyoti tarixining bu bosqichida she’riyat
yetakchi o ‘rinni egallab keldi. Bu hoi she’riyatning
mumtoz
adabiyotda yetakchi b o ‘lganligi a n ’anasining yangi o ‘zbek
adabiyotida ham davom etishi natijasida sodir b o ‘ldi. Shu
vajdan ham XX asr o‘zbek adabiyotining ilk sahifalari she’riy
asarlar, q o ‘shiq va termalar bilan ochilgani tasodifiy emas. 20-
yillarda Zavqiy, Avaz 0 ‘tar, Miskin, Xislat, Kamiy, Hamza
Hakimzoda, C ho‘lpon, Fitrat, Abdulla Avloniy, Anvar Otin,
Tavallo,
Nozim axonim, X urshid, M .So‘fizoda, A. Majidiy,
B ayoniy, F a q iriy , N oqis K a tta q o ‘rg ‘oniy k ab i sh o irla r
she’riy atd a faollik k o ‘rsatg an lar.
U lar davrning dolzarb
mavzularida she’rlar yozib, erk va ozodlik, vatanparvarlik,
m a’rifatparvarlik, m aktab-m aorif,
axloq-odob haqida ezgu
fik rlarn i o lg ‘a su rg an lar. Shu ta riq a , m um toz ad ab iy o t
a n ’analaridan foydalangan holda yangi o ‘zbek she’riyatini
boshlab berganlar. Hamza Hakimzoda «Turkiston» she’rida:
deya jah o latg a qarshi ilm -m a’rifatni ta rg ‘ib etgan b o ‘lsa,
Abdulla Avloniy maktab-maorifni ulug‘lab, ilmni har narsadan
ustun q o ‘yadi:
Hamza, S. Ayniy, C ho‘lpon, Fitrat, A. Avloniy kabi shoirlar
Do'stlaringiz bilan baham: