Say d u lla m irzayev



Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/296
Sana12.07.2022
Hajmi9,12 Mb.
#782854
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   296
Bog'liq
xx asr o\'zbek adabiyoti. mirzayev s

DRAMA TURGIYA
0 ‘zbek adabiyotida dramaturgiya janrining paydo bo‘lishi, 
yuqorida qayd etilganidek, jadidchilik harakati bilan bog‘liq. 
M a’lumki, o ‘zbek adabiyoti ko‘p asrlik boy tarixga ega bo‘lsa- 
da, mumtoz adabiyotimizda hozirgi m a’nodagi dramaturgiya 
yo‘q edi. Milliy dramaturgiya XX asrning 10-yillarida paydo 
b o ‘ldi va 20-yillardayoq muhim yutuqlarni q o ‘lga kiritdi. 
Hamza Hakimzoda «Boy ila xizmatchi», «Maysaraning ishi», 
«Paranji sirlaridan bir lavha yoki yallachilar ishi» singari sahna 
asarlarini yaratib, o ‘zbek dramaturgiyasining bunyodkorlaridan 
biriga aylandi.
20-yillar dram aturgiyasi xazinasiga F itra t ham salmoqli 
ulush qo,‘shgan. Fitratning «Chin sevish», «Hind ixtilolchilari», 
«Abulfayzxon», «Shaytonning tangriga isyoni», «Arslon» kabi 
dramatik asarlari shu davrning mahsuli bo‘lib, ularda xalq va 
mamlakat hayotiga taalluqli bo‘lgan rang-barang mavzular aks 
ettirilgan. Bu pyesalarda F itratn in g iste ’dodli dram atu rg
bo‘lganligi yaqqol seziladi.
20-yillarda Komil Yashin, Ziyo Said, X urshid, G ‘ulom 
Zafariy kabi yoshlar ham dramaturgiya sohasida ijod qildilar. 
K. Yashin avval «Kar quloq», «Teng tengi bilan», «Lolaxon» 
singari kichik sahna asarlari yozib, bu janrda m alaka hosil 
qilgach, yirik dramalar yaratishga kirishdi. G ‘ulom Zafariy esa 
«Yetim va yetima», «Tilak», «Bahor», «Binafsha», «Halima» 
kabi pyesalarida ijtimoiy hayotdagi turli voqealarni kishilar 
taqdiri misolida aks ettirdi. Bu asarlarda eski urf-odatlar fosh 
etilib, o ‘sha davrning muhim g‘oyalari ifodalandi.
28


G'ulom Zafariy asarlari orasida «Halima» musiqali dramasi 
badiiy pishiqligi bilan ajralib turadi. Pyesada badavlat oila 
farzandi H alim a bilan k am b ag 'al kosib yigit N e ’m atning 
ehtirosli sevgisi, ijtimoiy tengsizlik va eski urf-odatlarning 
to ‘sqinligi tufayli bu ikki yoshning o'z murodlariga yeta olmay, 
taqdirlari fojiali bo'lganligi ta ’sirli ko'rsatilgan. «Halima» 20- 
yillarning mashhur pyesalaridan biri bo'lib, u musiqali drama 
janrining o'zbek adabiyotidagi dastlabki yaxshi namunalaridan 
hisoblanadi.
Ziyo Said va M o'minjon Muhammadjon o'g'lining «Qonli 
kun» dram asida o'lkam izda 1916-yilda b o'lib o 'tg an milliy 
o zo d lik h a ra k a ti v o q ealari k o 'rs a tilg a n . L ekin a sard a 
qo'zg'olonning ijtimoiy ildizlari chuqur ochilmagan.
Bu davrda mumtoz adabiyot va xalq og'zaki ijodida mavjud 
b o 'lg an sujetlar asosida ham pyesalar yaratilgan. X urshid 
Alisher Navoiy dostoni asosida «Farhod va Shirin», Fuzuliy 
asari asosida «Layli va Majnun» musiqali dramalarini yozdi. 
C h o 'lp o n esa folklor sujeti asosida «Yorqinoy» dram asini 
yaratdi.
2 0 -y illard a 
sh e ’riy a td a
va 
n a s rd a
b o 'lg a n id e k , 
dramaturgiyada ham mafkuraviy kurash avj oldirildi. Ana shu 
k eskin k u ra sh ja ra y o n id a yangi o 'z b e k d ram a tu rg iy a si 
sh ak lla n ib , d a stla b k i y u tu q la rn i q o 'lg a k iritd i. Bu 
m u v a ffa q iy a tla r m avzu d o irasin in g kengligi, ifo d an in g
ta ’sirchanligidagina emas, balki shakl va janr rang-barangligida 
ham namoyon bo'ldi. Darhaqiqat, 20-yillar dramaturgiyasida 
dram a, musiqali dram a, komediya, fojia (tragediya) janriga 
mansub sahna asarlari yaratildi.
20-yillarda dramaturgiya sohasida, asosan, Hamza, Fitrat, 
C h o 'lp o n , G 'u lo m Zafariy, X urshid, A. Avloniy faol ijod 
qilgan b o 'lsa la r, 30-yillarda u larning a n ’an alarini Komil 
Yashin, Sobir Abdulla, Ziyo Said, Zinnat Fatxullin, Nazir 
Safarov, Umarjon Ismoiliy, Ismoil Akram va boshqalar davom 
ettirdilar.
30-yillardagi o'zbek dramaturgiyasi taraqqiyotida K. Yashin 
yetakchi rol o'ynadi. Bu yillarda K. Yashin turli mavzularda 
«G ulsara», «Nomus va m uhabbat», «N urxon», «Hamza»
29


singari g'oyaviy-badiiy pishiq asarlar yaratdi. «Gulsara» va 
«Nurxon» pyesalarida xotin-qizlar ozodligi mavzusi yoritilgan. 
«Nomus va m uhabbat», «Ham za» d ram a larid a esa yangi 
ja m iy a t va yangi inson m uam m osi k o ‘ta rilg an , zamor^a 
qahramoni obrazlari yaratilgan. 
1
30-yillardagi 
0
‘zbek dramaturgiyasi rivojida Ziyo Said va 
N. S afaro v n in g «T arix tilg a k ird i» , Z. F a tx u llin n in g
«G ‘unchalar», «Sotqinlar», N . Safarovning «U yg‘onish»,
I. Akramning «Adolat», U. Ismoiliyning «Rustam», «Paxta 
shum g'iyalari» kabi pyesalari ham muhim o ‘rin tutdi. Bu 
asarla rn in g ak sariy a ti («Tarix tilga kirdi», «S o tq in lar» , 
«G ‘unchalar», «Paxta shumg‘iyalari») zamonaviy mavzularga 
bag‘ishlangan.
Masalan, «Tarix tilga kirdi» pyesasida bir-biriga qarama- 
qarshi b o 'lg an ikki sinfiy lager o ‘rtasidagi keskin kurash 
tasvirlangan. Drama konflikti Temur, Ivan, Rafiq, Qo‘rqmas, 
Ahmadshin kabi obrazlar bilan Badriy, G 'afforboy, Oripov, 
Anvar kabi timsollarning o ‘zaro to ‘qnashuvlariga qurilgan. Asar 
sujeti qiziqarli va ta ’sirli chiqqan. D ram ada personajlarning 
o ‘z-o‘zini fosh etishi usulidan o ‘rinli foydalanilgan. Badriy 
afandining o ‘z o ‘limi oldidan so‘zlagan monologi bu jihatdan 
m uvaffaqiyatli chiqqan. Biroq dram a sxem atizm dan holi 
bo ‘lmaganidek, b a ’zi epizodlarda badiiylik me’yor darajasida 
emas.
Z in n at F atx u llin n in g « G ‘u n ch alar» dram asid a davlat 
idoralarining yetim bolalarni tarbiyalash sohasidagi faoliyati 
aks ettirilgan. Bu musiqali dramada asosiy mavzu bilan uzviy 
b o g ‘liq h o ld a ta ra q q iy o tg a g ‘ov b o 'lg a n sh ax slarg a 
(M irzasharof A hrorxo‘jayev, Jiyanboy va Risolat obrazlari) 
qarshi kurash, xotin-qizlar ozodligi mavzulari ham tasvirlangan. 
«G‘unchalar» quvnoq yumor bilan sug‘orilgan, ancha ta ’sirli 
va qiziqarli yozilgan.
Xalqimizning o ‘tmish hayoti haqida yozilgan «Uyg'onish», 
«Rustam», «Adolat» kabi dramalarda mehnatkash ommaning 
zulm va adolatsizlikka qarshi olib borgan kurashi ko'rsatilgan. 
Ularda mehnatkashlar ongining o'sishi haqqoniy aks ettirilgan. 
«Uyg'onish» dramasida Nazir Safarov o'lkam izda 1916-yilda
30


b o 'lib o ‘tg an m illiy o zo d lik h a ra k a tin i ta sv irla r ekan
m ehn atk ash xalq ijtim oiy ongining u yg‘onishi va o ‘sishi 
mavzusini ochib berishga k atta e’tibor bergan va mavzusini 
o ‘sha davr talablariga mos ravishda sinfiy kurash pozitsiyasidan 
turib yoritgan.
Umarjon Ismoiliyning «Rustam» pyesasiga ham 1916-yilgi 
milliy ozodlik harakati bilan bog‘liq b o ‘Igan keskin voqealar 
asos qilib olingan. U nda o ‘zbek yigitlarini m ardikorlikka 
olishdagi adolatsizliklar, m ardik o rlarn in g fro n t orqasida 
kechirgan mashaqqatli hayoti, sinfiy, milliy tengsizlik va uning 
ayanchli oqibatlari obrazli ravishda yaqqol ko‘rsatilgan. Chor 
am aldorlari va mahalliy xo‘jayinlarning o ‘z qora niyatlarini 
am alg a o sh irish y o ‘lida h a r q an d ay p a s tk a sh lik d a n
qay tm asliklari ochib tash lan g an (pyesadagi fohishaxona 
manzarasini eslang).
Dramaning bosh qahramoni — kosib yigit Rustam. Asarda 
bu yigit ongining o ‘sa borishi, uning ijtimoiy va milliy zulmga 
qarshi kurashdagi jonbozligi haqqoniy aks ettirilgan. Dramaturg 
Rustam ning isyonkorlik faoliyati misolida xalqning ozodlik 
yo‘lida olib borgan kurash tarixini jonlantirib, ijtimoiy va milliy 
tengsizlik asosiga qurilgan tuzumni qattiq qoralaydi. Dramada 
Rustamning pul haqidagi mashhur monologi o ‘sha jamiyatni 
fosh etuvchi o ‘tkir aybnoma sifatida aks-sado beradi:

Download 9,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish