Say d u lla m irzayev



Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/296
Sana12.07.2022
Hajmi9,12 Mb.
#782854
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   296
Bog'liq
xx asr o\'zbek adabiyoti. mirzayev s

Sen ey, sen
— 
о ‘ynoqi dilbar,
Zafardan izla yoringni,
To 'lib qayna, toshib о 'yna,
Tirikman, kuyla boringnU
Itoat et!
Agar sendan
Vatan rozi emas bo ‘Isa,
Yoril, chaqmoqqa aylan sen,
Yoril! Mayli, tamom o'lsam!..
Usmon Nosir she’riyati yoqimli va ta’sirli qilib ifodalangan 
chuqur mazmunli poetik fikrlarga, falsafiy umumlashmalarga boy. 
«Yo‘lchi» she’rida shoir inson va hayot haqida mushohada yuritib, 
maqsad sari intilish sururini yorqin poetik uslubda ifoda etadi:
Chu, qora toychog 'im! Chu, qora yo ‘rg ‘am!
Murodga qasd qilib yugurgan yetur.
Bo ‘rokni sevmasa, dil nechun tepur?
Tiriklik ne kerak: bemehnat, beg‘am?!
Chu, qora yo ‘rg ‘am!
I
Usmon Nosir [She’riyati — shakl jihatidan g ‘oyat go ‘zal. 
Shoir asarlarining tili xalqqa yaqin va tu sh un arli b o ‘lib, 
mavhumlikdan, noaniq ramziylikdan, shaklbozlik va quruq 
yaltiroqlikdan butunlay xoli. Usmon Nosir she’riyati haqida 
fikr yuritganda, shoirning peyzaj lirikasining m ohir ustasi 
ek an in i a lo h id a qayd etishim iz lozim . S h o ir ta b ia t 
go‘zalliklarini, uning tovlanishlarini sinchkovlik bilan kuzatadi 
hamda ularni jonli, yoqimli va obrazli qilib tasvirlaydi:
20


Bog'larga namozgar
Salqini tushdi,
Gullar nam bargini
Qayirdi asta.
Oftob ham suv ichar
Tog 'lardan past da,
Loladek qip-qizil
О ‘t-shafaq о ‘chdi.
U sm on N osir she’riyatining yana bir ajoyib xususiyati 
shundaki, shoir asarlari chuqur ichki hissiyot tasviriga, nozik 
tuyg‘ular tug‘yoniga boy. Bu she’riyatni o ‘qiganda kitobxon 
uning biror yerida qoqilmaydi. Chunki misralar g‘oyat ravon 
va tabiiy, u la r xuddi s o ‘lim q o ‘shiq singari o ‘zi quyilib 
kelaveradi. Zotan, Usmon Nosir she’rlari tug‘ma iste’dod va 
katta zavqli mehnatning mevasi b o ‘lib, ular shoirning ijodiy 
ishga z o ‘r m a s’uliyat bilan q arag a n id an d a lo la t beradi. 
Shoirning yaxshi she’rni asl farzandga, yurak suvi va ko‘z nuriga 
tenglashtirishida ham chuqur m a’no va hikmat bor:
Sen yuragimning chashma suvi sen,
Sen ко ‘zlarimning gavhar nurlari.
Sening bahoingni kim so ‘rasa, de:
«Bahom
— 
umring bahosiga teng!»
(«She ’rim» )
B unday jo n li, h aq q o n iy va g o ‘zal ta sv irla rn i U sm on 
N osirning «Quyosh bilan suhbat», «Safar satrlari» (1932), 
ay n iq sa, « Y urak» (1935), «M ehrim » (1936) sh e ’riy 
to ‘p lam laridan k o 'p lab keltirish m um kin. Shunday qilib, 
Usmon Nosir ijodi misolida ko‘rganimizdek, 30-yillarda o ‘zbek 
she’riyati tez o ‘sdi va jiddiy yutuqlarga erishdi. Milliy she’riyat:
Ketdim, yo ‘lakay qoldi faqat yerda uzun iz,
Yetdim, dalalar bag ‘riga ко 'klam yelidek tez.
Tog ‘lola og ‘iz, ко ‘zlari yulduz, о ‘zi gul qiz!
Hoy-hoy, shu go ‘zal yergami chor lab edingiz Siz?
(Elbek)
21


singari nafis, yorqin, so'lim va go‘zal misralar bilan tobora 
ko‘proq bezana bordi.
0 ‘zbek she’riyatida 30-yillarda ballada va doston janrlarida 
ham m a’lum m uvaffaqiyatlar q o ‘lga kiritildi. D arhaqiqat, 
G ‘afu r G ‘ulom ning «Ikki vasiqa», « Т о ‘у», U yg‘unning 
«Gulasal» balladalari 30-yillarning mahsuli bo‘lib, ularda lirik 
kechinmalar bilan epik ko‘lamdorlik uzviy ravishda qo‘shilib 
ketgan. Bu asarlarda kishilarim izning his-tuyg‘ulari, ichki 
kechinmalari, hayotga b o ig a n muhabbatu sadoqatlari liro-epik 
usulda yorqin ifodalangan.
30-yillarda o'zbek she’riyatida zamon taqozosiga ko‘ra yangi 
turdagi realistik dostonchilik vujudga keldi. M a’lumki, o ‘zbek 
mum toz adabiyotida doston jan ri rivojlangan edi. 0 ‘tmish 
ad ab iy o tim izd a 
d o sto n c h ilik n in g
« M u h a b b atn o m a»
(Xorazmiy), «Gul va Navro‘z» (Haydar Xorazmiy), «Farhod 
va Shirin», «Layli va M ajnun», «S ab ’ai Sayyor», «Saddi 
Iskandariy», «Lison ut-tayr» (Navoiy), «Yusuf va Zulayho» 
(Durbek), «Shayboniynoma» (Muhammad Solih) kabi ajoyib 
namunalari mavjud. Ana shu hayotiy a n ’analar zaminida, jahon 
p o em ach ilig i ta jrib a la rid a n ijodiy o z iq lan g an h o ld a 
adabiyotimizda yangi turdagi dostonchilik yaratildi.
D arh aq iq a t, yangi dostonchilik (poem achilik) o ‘tm ish 
dostonchiligidan o ‘zining mavzu doirasi, asosiy tasvir obyekti, 
shuningdek, tasvir uslubi bilan farq qiladi. Yangi poemachilik 
sujetining ixchamligi bilan mum toz dostonchilikdan ajralib 
tu rg an id ek, oddiy m ehnat kishisining kundalik hayotini, 
maqsadini, orzu-umidlarini aks ettirishi jihatidan ham yangicha 
x a ra k te rg a ega. Y angi p o em alarn in g asosiy q ah ram o n i 
mehnatkash xalq vakillaridir. Yangi poemachilikning g‘oyaviy 
m azmunini xalqimizning yangi jam iyat qurish yo ‘lida olib 
borgan kurashlari, bunyodkorlik mehnatlari va ezgu niyatlari 
ta sh k il etad i. 30 -yillarning m ah su li b o ‘lgan « К о ‘кап» 
(G ‘. G ‘ulom), «Zaynab va Omon» (H. Olimjon), «Jontemir» 
(U yg‘un), « 0 ‘ch», «D ilbar — davr qizi», «Temirchi J o ‘ra» 
(Oybek), «Nomus» (Mirtemir), «Dongdor paxtakor», «Qobil», 
«M ehribonlar» (H. P o ia t) kabi dostonlarda bu xususiyatlar 
tu rli 
s h a k lla rd a g av d alan ad i. 
30 -y illard ag i o ‘zbek
22


poemachiligining mavzu doirasi keng va rang-barangdir. Eng 
muhimi shundaki, bu davr dostonlarining aksariyati yangi 
voqelik tasviriga, zamonaviy mavzularga bag‘ishlangan.
30-yillarda o'zbek epik she’riyati she’riy ertakchilik tarzida 
ham rivojlandi. E rta k -d o sto n ch ilik tara q q iy o tig a H am id 
Olimjon («Oygul bilan Baxtiyor», «Semurg1»), Sulton J o ‘ra 
(«Q aldirg‘och», «H avorang gilam»), Z afar D iyor («Yangi 
ertak», «Nega xo‘roz qichqiradi tonggacha») kabi shoirlar katta 
hissa q o ‘shdilar. Bu ertak -d o sto n lard a ja n r im koniyatlari 
doirasida muhim hayotiy masalalar aks ettirildi.
Tasvir mahorati oshganligi, dunyo poetik tajribasidagi ilg‘or 
usullarn in g o ‘zlashtirilg anlig id an k o ‘z yum m agan h olda 
ta ’kidlash kerakki, XX asrning 30-yillari o ‘zbek she’riyatida 
zamonasozlik, madhiyabozlik, davr voqeligini asossiz ravishda 
haddan oshirib m aqtab tasvirlash, shaxsga sig‘inish kabi 
nuqsonlarga ham yo ‘l q o ‘yildi. Shoirlar jam oasi yaratgan 
she’riy xatlarda, shuningdek, «Bashar quyoshiga», «Soso», 
«B axtlar vodiysi», «N im a bizga A m erika» (H. O lim jon), 
«K om m unizm ning gul b o g ‘larig a» (U y g ‘un) k abi ayrim
asa rla rd a bu nuqso n yaqq ol k o ‘zga tash lan ad i. B undan 
tashqari, 30-yillar she’riyatida ba’zan soxta novatorlikka berilish 
singari qusurlar ham uchraydi. E. Abbos, Ergash, U. Ismoiliy, 
Sh. Sulaymonning b a’zi she’rlarida bu qusur ochiq k o ‘rinadi. 
Umuman olganda, 30-yillarda o ‘zbek she’riyati ko‘p jihatdan 
rivojlanib, dunyo darajasiga k o ‘tarildi.
NASR
Y angi voqelik zam inida XX asr boshlaridayoq o 'zb ek
adabiyotida yangicha nasr shakllana boshladi. Bu yangicha 
n asrn in g vuju d g a kelishi va riv o jlan ish in in g o ‘ziga xos 
tomonlari bor. M a’lumki, oldingi davrlarda o'zbek adabiyotida 
hozirgi m a ’nodagi realistik nasr to ‘la shakllanm agan edi. 
Hozirgi m a’nodagi romanlar va qissalar yaratilmagan edi. Lekin 
bu, umuman olganda, o'zbek adabiyotida o'tm ishda nasr va 
u ning o 'z ig a xos a n ’a n a la ri b o 'lm a g a n , degan m a ’noni 
bildirmaydi, albatta.
23


Uzoq va boy tarixga, juda qadimiy an ’analarga ega o ‘zbek 
adabiyotida nasr sohasida ham muayyan tajribalar b o ‘lgan. 
N asriddin R abg‘uziyning «Qisas ul-anbiyo»sidagi (XIII-X IV
asrlar) badiiy lav h alar, A lisher N avoiy ijodidagi nasriy 
parchalar (XV asr), Zahiriddin Boburning «Boburnoma»sidagi 
(X VI asr) s a rg u z a s h tla r, g e o g rafik s h a ro it va ta b ia t 
m anzaralari tasvirlari, X ojaning «Gulzor»idagi (XVII asr) 
hikoyatlar, Gulxaniyning «Zarbulmasal» asaridagi allegorik 
e rta k la r, A b u lg 'o zi B ah o dirxonning tarix iy asarlarid ag i 
(XVIII-X IX asrlar) badiiy lavhalar o ‘zbek adabiyotida o ‘ziga 
xos n asr a n ’a n alari qadim gi d av rla rd an beri davom etib 
kelayotganligini k o ‘rsatad i. Bu fikrni xalq o g ‘zaki ijodi 
namunalari, xususan, «Alpomish», «G o‘ro ‘g‘li», «Hasanxon», 
«Ravshan», «Dallixon», «Qunduz va Yulduz», «Balogardon», 
« K u n tu g ‘mish», «Orzigul» singari a n ’anaviy do sto nlarda 
berilgan nasriy p arch a lar ham to ‘liq isbotlaydi. T o ‘g ‘ri, 
o ‘tm ish d a yu zag a k elg an n asriy a sa rla rn in g ak sa riy a ti 
rom antik uslubda yozilgan b o iib , ular k o ‘pgina xususiyatlari 
bilan hozirgi realistik nasrdan ajralib turadi. Hozirgi yoki 
O v ro ‘po tushunchasidagi o ‘zbek nasri XX asr boshlarida 
paydo b o id i va rivojlandi.
Hozirgi о ‘zbek nasrining shakllanishi va rivojlanishida, bir 
tomondan, xalq og‘zaki ijodiyoti va mumtoz adabiyotimizdagi 
n a sr n a m u n a la rin in g , ik k in ch i to m o n d a n esa ja h o n
adabiyotidagi realistik nasrning ta ’siri katta b o id i. Natijada 
2 0 -y illard ay o q ad ab iy o tim izd a n a srn in g q ariy b ham m a 
janrlarida xilma-xil asarlar paydo bo idi.
20-yillarda nasrning kichik va hozirjavob shakli — hikoya 
janrida k o ‘pgina asarlar yozildi. A. Qodiriy o ‘z hikoyalarida 
(«Kalvak Maxzumning xotira daftaridan», «T oshpoiat tajang 
nim a deydi» va hk.) eskilik sarq itlarini fosh etdi. G ‘afur 
G ‘ulomning «Yigit», «Soat», «Elatiyada bir ov», «Jo‘ra bo‘za», 
«Eshon obod» kabi hikoyalarida yangicha turmush tarzi, yangi 
urf-odatlar targ‘ib qilindi. A. Qodiriy va G ‘. G ‘ulom hikoyalari 
badiiy pishiqligi, kulgining kuchliligi, xarakterning aniqligi, 
folklor ohanglaridan, jonli xalq tili boyliklaridan unumli 
foydalanilganligi bilan ajralib turadi.
24


Bu yillarda Shokir Sulaymon (« 0 ‘ch», «Qotil», «Hukm», 
«G u lasal» , « T o ‘ti», «Q iz», « L o lazo rd a sh u m g ‘iya»),
H. Olimjon («Zaharli yurak», «Tong shabadasi»), G 'ayratiy 
(«Tilanchi xotin», «Hashar»), Zarif Bashar («Hormang», «Ipak 
k o ‘ylak») kabi yozuvchilar ham zamonaviy mavzularda xilma- 
xil hikoyalar yaratib, yangilikning eskilik ustidan qozongan 
g‘alabasini tasvirlab berdilar. Bu davr hikoyachiligida yangi 
inson (ijobiy qahram on) obrazini yaratishga intilish mavjud 
b o ‘lgan. H am id O lim jon «T ong sh ab ad asi» h ik o y asid a 
jam o atch ilik yordam ida zolim er B o‘ronboy changalidan 
qutulib, faol jam oatchi b o ‘lib yetishgan Qunduzoy obrazini 
yaratgan.
20-yillar o'zbek adabiyotida zamonaviy realistik nasrning 
shakllanishi va hayotdan mustahkam o ‘rin olishida Abdulla 
Qodiriydek ulkan san’atkorning ijodi g‘oyat katta ahamiyatga 
ega b o ‘Idi. Abdulla Qodiriy bu davrda kichik nasrning xilma- 
xil namunalarini yozish bilan cheklanmadi. U « 0 ‘tgan kunlar», 
«Mehrobdan chayon» kabi yirik asarlar yaratib, o‘zbek realistik 
romanchiligiga asos soldi. Xuddi shu yillarda S. Ayniy «Buxoro 
jallodlari», «Odina», M o‘minjon M uham m adjon «Turmush 
urinishlari» asarlarini yozib, qissachiligimizni boshlab berdi.
B iroq 20-yillar o ‘zbek n a srid a y u tu q la r b ilan birg a, 
naturalistik tafsilotlarga o ‘chlik, quruq bayonchilikka berilish, 
tasvirni badiiy jih atdan asoslay olmaslik singari nuqsonlar 
mavjud edi. Bundan q a t’i nazar, umuman olganda, 20-yillar 
n asri yangi adabiy o tim izn in g kelgusi ta ra q q iy o ti uchun 
mustahkam zamin tayyorladi.
30-yillarda o ‘zbek nasri hayot talabiga m onand ravishda 
rivojlana bordi. S. Ayniy, Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Oybek, 
G ‘afur G ‘ulom , A bdulla Q ahhor, Oydin, H usayn Shams, 
Parda Tursun singari yozuvchilarning samarali ijodiy mehnati 
tufayli 
0
‘zbek nasrining barcha janrlarida qator realistik asarlar 
yaratildi.
B adiiy o ch erk t o ‘la q o n li ja n r s ifa tid a sh ak llan d i. 
A. Q odiriyning « G ‘irvonli M allaboy aka», G ‘.G ‘ulom ning 
«Zarbdorning tug‘ilishi», «Oq Jo ‘raning bolalari», «Semurg‘ 
qanotida», O ydinning «Е1 quvonchi», «Е1 o g ‘zida ertak»,
25


P. T u rsunning «M ajlisda», « D ad ajo n rais», «Y aylovda», 
«Traktorchi», H. Shamsning «Dovon oshganda», «Mehnat — 
baxt garovi» ocherklarida oddiy m ehnatkash kishilarning 
mehnatda erishgan yutuqlari, ruhiyati, fe’l-atvori tasvirlangan. 
Bu ocherklarda hayotdagi va kishilarimiz ong-tushunchasidagi 
yangiliklarni k o ‘rsatishga, v atan p arv arlik , xalqparvarlik, 
mehnatsevarlik g'oyalarini ta rg ‘ib qilishga alohida e’tibor 
b erilg an . U m um an, bu d av r ocherk ch ilig i zam on bilan 
hamnafas bo‘lib, mamlakatda yuz berayotgan o ‘zgarishlarni, 
y a n g ilik la rn i zud lik b ilan ta r g 'ib qilish va ad a b iy o tg a
zamondoshlar obrazini olib kirishda muayyan yutuqlarni qo‘lga 
kiritdi. Biroq b a ’zi ocherklar fakt va raqam larga k o ‘mib 
yuborilgan, ularda badiiy bo‘yoq yetishmaydi yolci, aksincha, 
ayrim ocherklarda sarguzashtli voqealar tasviriga mahliyo 
bo‘lib qahramonlarning xarakterini ochishga yetarli ahamiyat 
berilmaydi (P. Tursun, H. Shams, N. Safarov va Oydinning 
b a ’zi ocherklari bunga misol bo‘ladi).
3 0 -y illard a o ‘zbek n o sirla ri, x u susan , A. Q o diriy, 
G ‘. G ‘ulom, A. Qahhor, Oydin kabi yozuvchilar epik turning 
kichik va hozirjavob janri — hikoyachilikda ham barakali ijod 
qildilar.
M a iu m k i, h ik o y a ch ilik h a r q a n d ay ad a b iy o tn in g
hozirjavob janrlaridan biridir. Bu janr o ‘zbek adabiyotida yangi 
voqelik zaminida, jahon realistik hikoyachiligining samarali 
ta ’sirida shakllandi va davr talabiga ko ‘ra o ‘sa boshladi. Shunisi 
quvonchliki, 0 ‘zbekiston xalqlari hayotidagi hech bir muhim 
va k atta voqea-hodisa hikoyachilikning diq q at-e’tiboridan 
chetda qolmadi. Bu hoi o ‘zbek hikoyachiligi mavzu doirasining 
k engligini, tu rm u sh g a y aq in lig in i, u n ing d av r ta la b ig a
hozirjavobligini ko'rsatadi.
30-yillar hikoyachiligida hozirgi zamon mavzulari, xususan, 
eskilikni fosh qiluvchi va yangilikni tashviq etuvchi asarlar asosiy 
o ‘rinni egalladi. A. Qodiriyning hajviyalari, G ‘. G ‘ulomning 
«Kulgi hikoyalar», A. Q ahhorning «Hikoyalar», Oydinning 
«Chaqaloqqa chakmoncha», G ‘ayratiyning «Qora yuraklar»,
H. Shamsning «Qalbaki hujjat» kabi to ‘plamlariga kiritilgan 
asarlar bu davr hikoyachiligi namunalari sanaladi.
26


O 'zb ek hikoyachiligi A. Q ah h o r, G ‘. G 'u lo m , O ydin, 
S. Abdulla asarlari misolida o'tm ishni yoritishda ham jiddiy 
yutuqlarni qo'lga kiritdi. «O'g'ri», «Anor», «Bemor», «Hiylai 
sh ar’iy», «Hazil emish», «Yamoqchi ko'chdi», «Gulsanam» 
kabi mashhur hikoyalar huddi shu davrning mahsulidir.
20-yillarda endigina shakllana boshlagan o'zbek realistik 
qissachiligi 30-yillarga kelib, adabiyotda o'zining mustahkam 
o'rniga ega bo'ldi. Bu davrda qissa janrining mavzu doirasi 
kengayib, g'oyaviy-badiiy saviyasi ancha o'sdi. 30-yillarda 
zamonaviy mavzularda «Obid ketmon» (A. Qodiriy) «Yodgor», 
«Tirilgan m urda» (G ‘. G 'u lo m ), « O 'tb o sar» (A. Q ahhor), 
«Oqim hukmi» (G'ayratiy), «Qor yog'di, izlar bosildi» (Sharif 
Rizo), «Hushyor yoshlar» (Majid Fayziy), «Partizanlar» (Talas) 
kabi qissalar yaratildi. Bu qissalarda kishilar m a’naviyatida 
paydo bo'lgan ruhiy siljishlar ifodalangan. Xususan, Mulla 
Obid, Berli tatar, O 'tb o sar, J o 'ra va Saodat kabi obrazlar 
m isolida yangicha fik rlay d igan in so n larn in g sh akllanish 
jarayoni, ularning o'y-xayollari ko'rsatilgan.
30-yillar qissachiligida o'tm ish mavzulariga qiziqish davom 
etdi. A yniqsa, «Shum bola» (G ‘. G 'u lo m ), «S ud x o'rn in g
o'limi» (S. Ayniy) qissalarida o'tm ish mavzusi ustalik bilan 
yoritildi. Badiiy jihatdan baquvvat bo'lgan bunday qissalar 
kitobxonlar qalbiga juda tez yo'l topdi.
V oqelikni keng k o 'la m d a va k a tta epik s h a k ld a aks 
ettiruvchi roman janrida ham ancha yutuqlar qo'lga kiritildi. 
Bu d av rda «K echa va kunduz» (C h o 'lp o n ), «D oxunda», 
« Q u llar» (S. A yniy), « Q u tlu g ' qon» (O ybek), «S arob» 
(A. Qahhor), «Huquq», «Dushman» (H. Shams) kabi xilma- 
xil romanlar paydo bo'ldi.
Bu d a v rd a g i o 'z b e k ro m an c h ilig id a b o sh q a x a lq la r 
adabiyotida bo'lgani kabi, tarixiy mavzu ancha keng ishlandi. 
X ususan, «K echa va kunduz», «Q ullar», «Q u tlu g ' qon» 
romanlarida xalqimiz tarixining turli bosqichlari jozibador va 
haqqoniy qilib tasvirlandi. Jonli va to'laqonli obrazlar yaratildi.
30-yillarda o'zbek romanchiligida zamonaviy mavzular ham 
y o ritila b o sh lan d i. « S arob» (A. Q a h h o r), « H uq uq », 
«Dushman» (H. Shams) rom anlarida davr voqeligi qalamga
27


olindi. «Sarob» o ‘zbek ad ab iy o tid a zam onaviy m avzuni 
tasvirlashga b a g ‘ishlangan to ‘n g ‘ich rom andir. U nd a 20- 
yillardagi hayot, xususan, mafkuraviy-siyosiy kurash turli 
tabiatli kishilar taqdiri misolida yoritilgan.
30-yillar o ‘zbek nasrida badiiy jihatdan bo‘sh asarlar ham 
yuzaga keldi. Shunga qaram ay, 30-yillar hikoya, qissa va 
romanlari o ‘zbek nasri taraqqiyotida o ‘ziga xos bir bosqich 
b o ‘ldi.

Download 9,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish