O’tkir hoshimovning "ikki eshik orasi" asarining badiiy xususiyatlari



Download 18,06 Kb.
Sana29.05.2022
Hajmi18,06 Kb.
#616117
Bog'liq
Ismailova (2)


O’TKIR HOSHIMOVNING “IKKI ESHIK ORASI” ASARINING BADIIY XUSUSIYATLARI.
Ismailova U.Sh., I-Pediatriya fakultetu, 208-guruh
Ilmiy rahbar: dotsent Kurambayeva G.K
ToshPTI, O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi
Dolzarbligi: Badiiy adabiyot mutoalasi kitobxon dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asari o’quvchini fikr mulohaza qilishga chorlovchi, o’zbek mentalitetiga xos xususiyatlarni ochib beruvchi, insoniy qarashlar, mehr-oqibat mujassam olijanob o’zbek xalqining turmush tarsi ko’z oldimizga jonlanishiga sabab bo’lgan asarlardan biri hisoblanadi. Adib asarda qonli urushni tilga olgan, undagi obrazlar oddiy odamlarning fazilatlari - mardligi, matonati, vatanparvarligi haqida so’zlaydi. Asarda qahramonlar tilidan yozuvchi davr qiyinchiliklarini, urushning qonli kunlarini yoritib bergan. Asar so’ngida Muzaffar va Munavvarning ayanchli va achinarli taqdiri qalamga olinadi.
Maqsadi: O’tkir Hoshimov bu asarida Ikkinchi jahon urushi yillaridagi qiyinchiliklarni aks ettiradi. Kitobxon asarni o’qiganida qahramonlar bilan birga hayajonlanadi, yig’laydi, xuddiki shu zamonga tushib qolgandek, ular bilan birgalikda zamonning beshafqatligidan qiynaladi. Asarda Qora amma oltita farzandini yerga qo’yib, yillab kutgan farzandi Kimsanni yer-u ko’kka ishonmay katta qiladi. Yurtda urush boshlangach, o’z farzandini urushga kuzatadi. Kimsan urushda halok bo’ladi. Garchi qora xat kelsa ham ona o’glining o’limiga ishonmaydi. O’g’lining bir kuni eshikdan kirib kelishiga ishonib hatto aza ham ochmaydi. Bu ona qalbining naqadar bebaholigini ko’rsatardi.Kecha-yu Kunduz:”Qayoqdasan bolam?Qaysi yurtlarda yuribsan?Joning sog’mi? Mayli, oyoq-qo’lsiz bo’lsang ham, birov zambilda ko’tarib kelsayam jon derdim! Otang yo’lingga ko’z tikib o’tdi. Endi aqalli meni o’z qo’ling bilan tuproqqa qo’ysangchi!”-deb o’g’lini yo’qlaydi. Qora amma mehribon,sodda ,bardoshli,va jafokash ayol.Uning obrazida urush yillaridagi onalarning siymosi keltirilgan. Ukasi Shomurodning oilasi tashvishlari ham qora amma bo’ynida edi. Xotini Ra’no Umar zakunchining hiyla-yu nayranglariga uchadi. Garchi farzandi Muzaffar bo’lsa ham eri va oilasiga hiyonat qiladi.Qora amma uni “Juvonmarg bo’lgur bolaning uvoli tutsin seni imonsiz!Ering birovdan kam joyi yo’q edi-ku! Cho’loq bo’lsa ham yil qon kechib keldi. Aqalli bolang Muzaffarni o’ylasang bo’lmasmidi imonfurush!”-deb qon yig’laydi. Onasi tashlab ketganidan keyin,hattoki sutdan ham chiqmagan Muzaffarga sut ona topishadi. Yillar o’tib Muzaffar ilk muhabbati Munavvarni uchratadi. Bu ikki yoshning sevgisi kundan-kunga jo’sh urib, hattoki to’ydan oldin katta xato qilib qo’yishadi. Munavvar va Muzaffar to’yiga ikki yoshning oilasi ham qarshi bo’ladi. Lekin sababini bilshmaydi. Munavvar bir kun onasiga:”Oyi men uni yaxshi ko’raman! Bildingizmi? Yaxshi ko’raman. Men usiz turolmayman. Usiz o’lib qolaman! Tushinsangizchi!”-deb yig’laydi. Shunda onasi:’’Turolmaysanmi? O’lib qolasanmi? Ur! Ur! O’ldira qol! O’z akangni er qilganingdan ko’ra o’ldira qol onangni! Mana shu ko’kragimni ikkalang emgansan juvonmarg!” –deya yig’laydi. Vaholanki, O’sha sut ona ayni Bashorat xola,ya’ni Munavvarning onasi edi! Bunday sharmandalikka chidolmagan Munavvar uyqu dorisi ichadi. “Menday-ku yuragi paroklarga fenobarbitalning to’rttasi ham yetadi.Fenobarbital kuchli preparat. Mana oltita, sakkizta. Mana bo’ldi. O’ntasi yetadimi? Yetadimi emish. Ortib ham qoladi.Ko’ramiz. Endi joyimga yetib olsam. Ko’zlarimni yumsam. Ko’p emas chorak soat.Hozir oshqozonda eriydi, keyin qonga o’tadi, miyani karaxt qiladi, Keyin….” Va shu tarzda Munavvar bu shafqatsiz dunyodan ko’z yumadi.
Xulosa: Adib birinchi navbatda tinchlikka rahna solgan urushni qoralaydi. Kitobxon asarni o’qiganida avvalambor tinchlikning, ota-ona va yaqinlarning qadrini chuqur anglab yetadi. Ikki eshik orasi…Tug’ilish va o’lish. Shu ikki eshik orasi bizning hayotimiz. Adib aynan shuni nazarda tutgan. Asardagi Qora amma timsolida sof va mehribon ona butun dunyo onalarning farzandga bo’lgan mehr-muhabbatini ko’rsatadi. Bu esa kitobxonni o’z onalariga bo’lgan hurmatini va mehrini ko’rsatishga chorlaydi.
Download 18,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish