121
muvozanatini saqlashda ishtirok etadi. Shunday qilib, biz vestibulyar apparatning
periferiya bilan aloqalarini ko‘rib chiqdik. Vestibulyar nervning pastki o‘zagida
joylashgan II neyron hujayralarining aksonlari qarama-qarshi
tomondagi thalamus
opticus da tugaydi. Undan boshlangan III neyron hujayra aksonlari miya
po‘stlog‘iga tomon yo‘nalib, tepa bo‘lagini pastki va chakka bo‘lagining
yuqorisida tugaydi.
BOLALAR VA KATTALARDA TEKSHIRISH USULLARI
Eshituv nervi – n.cochlearis ni tekshirish:
Eshituv o‘tkirligini bemorga shivirlab gapirib tekshiriladi. Normal holatda
shivirlab aytilgan so‘zlarni tekshiriluvchi 5-6 m masofadan aniq eshita oladi.
Tekshirish o‘ng va chap quloqda alohida-alohida o‘tkaziladi. Bir quloq
tekshirilayotganda, ikkinchi quloq mahkam berkitilgan bo‘lishi va bemor
tekshiruvchi tomonga qulog‘ini tutib, o‘zi esa qarab turmasligi kerak.
Kamerton yordamida Veber, Rinne va Shvabax tajribalari o‘tkaziladi. Veber
tajribasi yordamida quloqning suyaklar orqali tovush
qabul qilish qobiliyati
aniqlanadi. Buning uchun tebrantirilgan kamerton oyoqchasini bosh suyagining
tepa qismiga qo‘yiladi. Normal holatda har ikki tomondagi suyaklarning tovush
o‘tkazish qobiliyati bir xil bo‘lganligi sababli, kamerton tovushi har ikki tomonda
ham baravar eshitiladi. Bunga Veber tajribasining lateralizatsiya qilinmasligi
deyiladi. Agarda eshituv nervi bir tomonda zararlangan bo‘lsa, Veber tajribasida
kamerton tovushi sog‘lom quloqda aniqroq eshitiladi, ya’ni ikkinchi quloqqa
lateralizatsiya qilinadi.
Rinne tajribasi tovushning havo va suyaklar orqali o‘tishini
solishtirib
tekshirishga asosolangandir. Buning uchun tebratilgan kamertonni processus
mastoideus ga qo‘yiladi. Tovushning suyak orqali eshitilishi tugagandan keyin, shu
kamertonni quloqqa yaqinlashtiradi. Normal holatda tekshiriluvchi tovushni suyak
orqali eshitmay qolgandan keyin havo orqali eshitaveradi. Bu Rinnening ijobiy
tajribasi deyiladi. Agar o‘rta quloq zararlangan bo‘lsa, bemor tovushni havo orqali
eshita olmaydi. Buni esa Rinnening salbiy tajribasi deyiladi.
Shvabax tajribasi yordamida tovushning suyak orqali o‘tish darajasi
aniqlanadi. Buning uchun tebratilgan kamertonni avval bemorning processus
mastoideus ga qo‘yiladi. Kamertonning vibratsiyasi
eshitmay qolishi bilanoq
tekshiruvchi vrach kamertonni o‘zining processus mastoideus ga qo‘yadi. Agar
vrach kamerton vibratsiyasini bemordan keyin ham eshitaversa, bu ham
tekshiriluvchidan suyak orqali tovush o‘tkazish qisqarganligini ko‘rsatadi. Bunday
holda suyak orqali tovush o‘tkazishning necha sekundga qisqarganini aniqlash
kerak. Tovush o‘tkazishning qisqarishiga ko‘pincha nervus cochlearis ning
zararlanishi sabab bo‘ladi.
VIII juft nervning chaqaloq va yosh bolalarda tekshirish vaqtida har xil
shiqillaydigan o‘yinchoqlarni tovushiga bergan reaksiyasiga qarab xulosa qilinadi.
Bolalar tovush kelgan tomonga qarab boshini buradilar. Eshituv nervi zararlansa,
122
quloq og‘irroq bo‘lishi yoki kar bo‘lib qolishi mumkin. Yaxshi eshitmaslikka
gipoakuziya, kar bo‘lib qolishga anakuziya yoki surditlas deyiladi.
Patologik jarayon ta’sirida
eshituv markazi zararlansa, quloqda har xil
tovushlar, g‘uvillash, chiyillash va boshqa shu kabi subyektiv sezgilar paydo
bo‘ladi.
Vestibulyar nervini tekshirish uchun avval bemor shikoyatlari so‘raladi.
(Bosh aylanishi, ko‘ngil aynashi va qusish hollari). So‘ng Romberg holatida va
Barani kreslosida va kalorimetrik sinovlar orqali tekshirib ko‘riladi.
Vestibulyar nervning zararlanishi bemorda bosh aylanishi, ko‘ngil aynash,
qusish, nistagm va ataksiya singari holatlarning vujudga kelishi bilan
harakterlanadi. Ichki quloq labirint qismining zararlanishi ham yuqoridagi kabi
hurujlarni keltirib chiqaradi. Bunday paytda labirint
huruji yoki Mener sindromi
yuz beradi, kasallik alomatlari og‘irroq o‘tadi va har xil vegetativ o‘zgarishlar
bilan kechadi.
Nistagm – ko‘z olmalarining ritmik ravishda qimirlab turishidir. Ko‘pincha,
yon tomonlarga qaraganda gorizontal nistagm paydo bo‘ladi. Agar nistagm
yuqoriga qaraganda paydo bo‘lsa, vertikal nistagm deyiladi. Patologik jarayon
natijasida vestibulyar nerv ta’sirlansa, shu kasallangan tomonga qaraganda nistagm
sodir bo‘ladi. Basharti vestibulyar nervning faoliyati pasaygan bo‘lsa, qarama-
qarshi tomonga qaraganda nistagm paydo bo‘ladi.
Vestibulyar ataksiya.
Vestibulyar nerv muvozanatni saqlab turishda ishtirok etadi. U ta’sirlansa
yoki faoliyati pasaysa kishining muvozanat saqlashi qiyinlashadi, natijada ataksiya
paydo bo‘ladi. Bemor zararlangan vestibulyar apparat tomonga gandiraklab yuradi
va ijobiy Romberg belgisi kelib chiqadi.
IX juft – til-yutqin nervi (n.glossopharyngeus)
X juft adashgan nerv
(n.vagus) XI juft qo‘shimcha nerv (n.accessorius), til osti (n.hypoglossus),
tuzilishi, vazifasi, tekshirish usullari, zararlanishi.
Til-yutqin va adashgan nervlari aralash nervlar qatoriga kiradi, chunki bu
nervlar tarkibida harakatlantiruvchi, sezuvchi va sekretor tolalar bo‘ladi.
Bu ikkala nervlarning tuzilishi, vazifasi, tekshirish
usuli va zararlanish
belgilari o‘xshash bo‘lganligi uchun, ularni birgalikda ko‘rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: