Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

ZARARLANISH BELGILARI
Uch shoxli nervni shikastlanishida shu nervning nevriti, nevralgiyasi yoki 
nevralgo-nevriti uchrashi mumkin. Uch shoxli nervning zararlanishida og‘riq, 
temperatura va taktil anesteziyasi, gipesteziyasi yoki giperesteziyasi paydo bo‘lishi 
mumkin. Agar n.ophtalmicus zararlansa, yuqoridagi belgilar bilan bir qatorda 
konyuktival va korneal reflekslar susayadi yoki yo‘qoladi. Basharti n.mandibularis 
shikastlansa og‘riq bo‘lishi, sezgilarni pasayishi yoki yo‘qolishi bilan bir qatorda 
tilning oldingi 2/3 qismida ta’m bilish susayadi (gipoegeyziya) yoki yo‘qoladi 
(ageyziya). Shuningdek chaynov mushaklari falajlanadi. Chaynov mushaklarining 
atrofiyaga uchrash, chaynov vazifasini buzilishi, pastki jag‘ning o‘ng yoki chap 
tomonga og‘ishi (deviatsiya) chaynov mushaklarini quvvatini susayishi, ya’ni 
mushaklarning falaji bilan kechadi.
Gasser tuguni yoki uch shoxli nervning ildizi Varoliy ko‘prigi oldida 
zararlangan taqdirda uchchala shox sohasida og‘riq, temperatura, taktil sezgilar 
yo‘qoladi yoki susayadi. Bundan tashqari chaynov mushaklari falajlanadi. Agar 
Gasser tuguni neyrovirus ta’sirida shikastlansa, bemorning burun va lab atrofida 
toshmalar toshadi (herpes zoster labialis et nasalis). 
Patologik jarayon uch shoxli nervning sezuvchi o‘zagini zararlantirgan 
bo‘lsa, yuzning shu tomondagi yarmida og‘riq va harorat sezgilari yo‘qolib, taktil 
sezgi biroz pasayadi (dissotsiyalashgan sezgi o‘zgarishi). Uch shoxli nerv 
o‘zagining tamoman zararlanishi kam uchraydi. Ko‘pincha u qisman zararlanadi. 
Agar sezgi o‘zagining pastki 1/3 qismi shikastlansa, yuzning tashqi qismida yarim 
halqa shaklida segmentar shakldagi dissotsiyalashgan sezgi o‘zgarishi yuz beradi. 
Uch shoxli nervning sezgi o‘zagini markazi shikastlansa yuzning o‘rta qismida 
yarim oy shaklida dissotsiyalashgan sezgi o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Sezgi 
o‘zagining tepa 1/3 qismi zararlansa yuzning ichki qismida, og‘iz va burun atrofida 
dissotsiyalashgan sezgi o‘zgarishi yuz beradi. Bu sezgi sohalarini Zelder sohalari 
deyiladi.


 116
Uch shoxli nervning harakatlantiruvchi o‘zagi yoki uning tolalarining 
zararlanishi natijasida chaynov mushaklari zararlanadi. Agar uch shoxli nervning 
harakatlantiruvchi qismini I neyroni zararlansa chaynov mushaklarining 
shikastlanish belgilari ko‘rilmaydi, chunki yuqorida aytilgandek I neyronlar 
harakatlantiruvchi o‘zak yuqorisida qisman kesishma hosil qiladi. 
Ba’zi bir kasalliklarda (meningit, qoqshol) natijasida uch shoxli nervning 
harakatlantiruvchi qismi ta’sirlansa, chaynov mushaklarini tonik qisqarishi (trizm) 
ro‘y beradi.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish