Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

53-rasm.
 Uch shoxli nerv.
1. Uch shoxli nerv
2. Ko‘z nervi 
3. Burun kiprik nervi 
4. Ko‘z yosh bezi nervi 
5. Peshona nervi 
6. Kiprik tuguni 
7. Yuqori jag‘ nervi 
8. Yuqorigi alveolyar shoxchasi 
9. Lunj nervi 
10. Dahan nervi 
11. Til nervi 
12. Pastki jag‘osti tuguni 
13. Pastki alveolyar nerv
14. Quloq tuguni 
3.
Pastki jag‘ nervi (n. mandibularis) 
yuqorida ko‘rsatilgan ko‘z va yuqori jag‘ nervlaridan farqli ravishda aralash 
nervdir. Uning tarkibida sezuvchi va harakatlantiruvchi va ta’m biluvchi nerv 
tolalari bor. Bu nerv kalla suyagidan oval teshik (foramen ovalae) orqali chiqib
pastki jag‘ kanaliga kiradi (canalis mandibularis), uning oxirgi shoxi engak nervi 
(n. mentalis) nomi bilan, engak teshigidan (foramen mentale) chiqadi. Pastki jag‘ 
nervining sezuvchi tolalari tashqi eshituv yo‘li terisini, nog‘ora pardani, quloq 
suprasining oldidagi terini, pastki jag‘ni, engak, og‘iz burchagi terisini, pastki 
labni, og‘iz bo‘shlig‘ini va milk shilliq pardalarida retseptorlarini hosil qiladi. 
Pastki jag‘ nervining qattiq parda shoxchasi bosh miya qattiq pardasini 
innervatsiya qiladi.
4. Pastki jag‘ nervining tilning sezuvchi nervi shoxi tarkibidagi sezuvchi 
tolalar tilning oldingi 2/3 qismi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasidan og‘riq va 
harorat sezgisini qabul qiladi. Uning tarkibiga yuz nervi shoxi nog‘ora toridan 
qo‘shilgan parasimpatik tolalar til osti va jag‘ osti bezlarini innervatsiya qiladi.
Gasser tuguni hujayralari aksonlari qo‘shilib, uch shoxli nervning ildizini 
(corni n. trigemeni) hosil qiladi va Varoliy ko‘prigining oldingi – yon yuzasini 
o‘rta qismidan kiradi. So‘ng pastga va yuqoriga yo‘naluvchi tolalarga bo‘linadi. 


 114
Pastki yo‘naluvchi tolalari uzunchoq miya orqali orqa miyaning IV-bo‘yin 
segmentigacha yetib boradi va sezuvchi o‘zakda (nucleus sensorius) tugaydi. Bu 
o‘zakda og‘riq va haroratni sezuvchi tolalari tugaydi. Yuqoriga ko‘tariluvchi 
tolalar Varoliy ko‘prigida joylashgan, sezuvchi o‘zakda – (nucl. terminalis) 
tugaydi. Bu o‘zakda asosan chuqur va taktil sezgi tolalari tugaydi.
Uch shoxli nervning bu ikkala sezuvchi o‘zagida II neyronning hujayralari 
joylashgan bo‘lib, ularning aksonlari qarama-qarshi tomondan keluvchi aksonlar 
bilan kesishma hosil qilgach, yuqoriga ko‘tariladi va ichki qovuzloqqa (lemniscus 
medialis) qo‘shiladi. U miya oyoqchasidan o‘tib, ko‘ruv bo‘rtig‘ini tashqi o‘zagida 
(nucleus lateralis) tugaydi. Ko‘ruv bo‘rtig‘ining bu o‘zagida III neyron hujayralari 
joylashgan bo‘lib, ularning aksonlari ichki kapsula orqa oyoqchasini orqa 
tomonidan o‘tib, markaz orqa pushtaning pastki qismida tugallanadi.
Uch shoxli nervning harakatlantiruvchi qismini I neyroni markaz oldi 
pushtaning pastki 1/3 qismidan boshlanib, ichki kapsulaning tizzasidan va miya 
oyoqchasidan o‘tadi. Bu neyron qisman kesishma hosil qiladi va harakatlantiruvchi 
o‘zakda (nucleus motorius) tugaydi. Bu o‘zakda harakatlantiruvchi qismning II 
neyroni hujayralari joylashgan bo‘lib, ularning aksonlari uch shoxli nervning 
harakatlantiruvchi ildizini (ramus motorius) hosil qilib, ko‘prikning o‘rta qismidan 
chiqadi. So‘ngra uch shoxli nervning III-shoxi – pastki jag‘ nervi bilan birgalikda 
kalladan chiqib, chaynov mushaklarini: chakka mushagi (m.temporalis), chaynov 
mushagi (m.masseter), lateral va medial qanotsimon mushaklar (m.pterugoidei 
lateralis et medialis), shuningdek tanglay chodirini taranglovchi, nog‘ora pardani 
taranglovchi, jag‘-til osti va ikki qorinli mushakni oldingi qorinchasini innervatsiya 
qiladi.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish