Rim raqamlari bilan bosh miyadan chiqadigan nervlar ko'rsatilgan
Bosh miyasining ko'rinishi
Bosh miyasining sxematik tuzilishi
To'g'ayli baliqlarning oldingi miya yarimsharlari va miyachasi ancha yirik tuzilishga ega. Shu xususiyati bilan jag'og'izlilar va suyakli baliqlardan usun turadilar
To'g'ayli baliqlarning oldingi miya yarimsharlari va miyachasi ancha yirik tuzilishga ega. Shu xususiyati bilan jag'og'izlilar va suyakli baliqlardan usun turadilar
Markaziy nerv sistemasi va sezgi organlarining sxematik ko'rinishi
Oldingi miya yarimsharlari birmuncha katta bolib, o‘ng va chap pallalarga aniq ajralmagan. Yarimsharlarning oldida joylashgan hidlov bolaklari juda katta va yaxshi rivojlangan. Oldingi miya varimsharlari keyingi uchi bilan oraliq miyaga, oraliq miyaning qopqog'iga esa uzun dastali miya usti bezi — epifiz birikadi. Oldingi miya yarimsharlarining usti nerv to'qimasi moddasi bilan qoplangan. Oraliq miyaning yaxshi rivojlangan ko‘rish bo'rtmalari boiadi. Uning orqa tomoda epifiz, qorinomonida gipofiz joylashgan. Ko'rish nervlari kesishma (xiazma) hosil qiladi. Oraliq miya birlamchi ko‘rish markazi boiib xizmat qiladi va harakatni koordinatsiya qilishda ham ishtirok etadi.
0‘rta miya ko'ruv bo'laklari deb ataladigan bir juft bo‘rtma bilan qoplangan. 0‘rta miya yaxshi rivojlangan, lekin oldingi miya yarimsharlariga nisbatan ancha kichik. Shuningdek, suyakli baliqlarning o‘rta miyasiga nisbatan ham kichikroq. Bosh miyaning to‘rtinchi bolimi — miyacha juda yaxshi taraqqiy etgan bolib, oldingi tomondan o‘rta miya, keyingi qismi bilan uzunchoq miyaning ustiga joylashgan boiadi. Miyacha, asosan harakatni uyg‘iniashtiradigan markaz hisoblanadi. Uzunchoq miya bosh miyaning oxirgi boiimi hisoblanadi. Uzunchoq miya to‘g‘ridan to‘g‘ri orqa miya bilan qo‘shilib ketadi. Uzunchoq miya va orqa miya vegetativ nerv sistemasining reflektor faoliyatini boshqarish markazidir.
Hid bilish organlari bir juft. Oxiri yopiq hidlov xaltachalari bilan tugaydi. Burun teshiklari o'g'iz teshining oldiga ochiladi. Akulalar hidni 400 - 500 metrdan sezadi. Oldingi miya yarimsharlari bilan tutashgan hidlov bo'laklari hid bilishning markazi hisoblanasi.
Oq akula tishlari
Eshitish organlari
Eshitish organi faqat ichki quloqdan ya'ni parda labirintdan iborat. Ichki quloq yumaloq va oval xaltachalardan iborat. Bu xaltachalar ichida 3 ta yarimdoira kanalchalar joylashgan.
Yuqori chastotali tovushlarni ichki quloqlari orqali sezsa,past chastotalarni yon chiziqlari orqali sezadi.Ayniqsa yon chiziqlari bilan sezish kuchli rivojlangan bo’lib ,300metr uzoqlikdagi baliq harakatini ham sezadi.
Ko'rish organi
To'gayli baliqlarning ko'zlari yirik, shox pardasi zich yassilangan. Gavhari yumaloq sharsimon shaklga ega.
Ko'z qovoqlari yo'q. Ko'z atrofida teri uncha baland bo'lmagan parda hosil qiladi. Bu aslida harakatsiz halqasimon qovoq hisoblanadi.
Akulalar ham boshqa baliqlar singari uzoqdan ko'rmaydi, 10 - 15 metrdan ko'radi. Rangni ajrata olmaydi.
Tam bilish hujayralari og'iz bo'shlig'ida, halqumida hamda butun tana yuzasida joylashgan.
Yon chiziqlar
Baliqlar hayotida yon chiziq katta ahamiyatga ega.
Ko'pchiligida teriga botib kanal hosil qiladi va tashqi muhit bilan ko'p sonli teshiklar bilan tutashadi. Kanallarning uchlarida sezuvchi retseptorlar bor.
Boshida yon chiziq organi tarmoqlanib ketgan.
Yon chiziq organi suv oqimi va undagi jismlarning yaqinlashayotganini aniqlashda yordam beradi.