Boshqaruv organlari Boshqarish organlari vazifasidan qat'i nazar, ularning boshqaruv qismlarini kabinada joylashuvi quyidagi tamoyillarga asosan amalga oshirilishi kerak: harakatni tejash, ya'ni harakatlar soni va masofasi imkoni boricha kamroq bo'lishi; harakatning oddiyligi; hapakatning tugashi keyingi harakatni boshlashga qulay bo'lishi; oyoq va qo'llar orasida harakatlarning optimal taqsimlanishi; boshqarish organlarining joylashuvi oyoq va qo'llar harakatlanishi doirasida bo'lishi kerak. Ikkinchi darajali boshqarish organlarining o'rnatilishi yo'l qo'yiladigan uzoqlikda bo'lishi kerak. Boshqaruv organlari tizilmasi avtomobilning harakat yo'nalishini o'zgartirish, sekinlashtirish, to'xtatish uchun xizmat qiladi va ikki qismga bo'linadi. Rul boshqarmasi. Rul boshqarmasining gidro kuchaytirgichi haydovchiga rul chambaragini engil burilishiga yordam beradi. Rul gidro kuchaytirgichi avtomobil dvigateli ishlayotgan vaqtdaishlaydi. Tormoz boshqarmasi. Tormoz boshqarmasi avtomobilning harakatlanish tezligini kamaytirish, avtomobilni to'xtatish va qo'zg'almas holatda saqlab turishga xizmat qiladi. Tormoz tizimi tormoz mexanizmlari va uzatmadan iborat bo'lib, vazifasiga ko'ra: ishchi va to'xtab turish tormoz tizimiga bo'linadi. Avtotransport vositalarining boshqaruv organlari ikki qismga bo'linadi, ya'ni, asosiy boshqarish organlari va ikkinchi darajali boshqarish organlariga. a) Asosiy boshqarish organlariga quyidagilar kiradi: - rul chambaragi; - tashqi yorituvchi chiroqlarni va burilish chiroqlarini yoqib-o'chirgich richagi; - ilashish mexanizmi, tormoz boshqarmasi va yonilig'i ta'minlash tizimining tepkilari; - uzatmalar qutisining pog'onalarini almashtirish richagi. b) Ikkinchi darajali boshqaruv organlariga quyidagilar kiradi: - multimediyani boshqarish bloki; - avtomobilning salonini shamollatishni va haroratini nazorat qilishni boshqarish bloki. Haydovchini axborot bilan ta'minlaydigan vositalar. Avtomobilning boshqaruv panelidagi axborot bilan ta'minlaydigan vositalar, ya'ni nazorat – o'lchov asboblari avtomobil dvigatelining u yoki bu agregatlarining benuqson ishlayotganligini nazorat qilib turadi. Deyarli hamma asboblar haydovchining ko'zi oldida – asboblar panelida joylashgan. Jumladan, taxometr dvigatel tirsakli valining aylanishlar sonini, spidometr harakatlanish tezligini, odometr bosib o'tilgan yo'lning masofasini ko'rsatadi. Yoritish va signalizatsiya tizimining jihozlari avtomobilni kunning qorong'i vaqtida harakatlanishi uchun zarur bo'ladi. Ular avtomobil gabaritlarini belgilab beradi, boshqa haydovchilarni uning burilishi yoki to'xtashi haqida ogohlantiradi, yo'lning va avtomobil yoki avtobus salonining yoritilishini ta'minlaydi. Zamonaviy avtomobilning old qismidagi blok – fara jihozlari harakatlanishdagi o'zgarishlar to'g'risida, ya'ni burilish ko'rsatkichi, avtomobil gabaritlarini belgilab beruvchi kichkina chiroqcha, uzoqni va yaqinni yorituvchi fara chirog'idan iborat. Avtomobil orqa qismiga ham chiroqlar bloklari o'rnatilgan bo'lib ular harakatning boshqa ishtirokchilarga signal berishga mo'ljallangan. Unga burilish ko'rsatkich chiroqlari, orqaga yurish chirog'i, tormoz chirog'i vaqtida to'xtash ishora chirog'i hamda gabarit yoritish chiroqlari kiradi. Yoritish asboblari va chiroqli signalizatsiyani boshqarish haydovchi tomondan qo'lda yoki u, yoki bu tizimda joylashgan ulagich yordamida avtomat ravishda amalga oshiriladi. Masalan, haydovchi tormoz pedalini bosgan zahoti qizil chiroqlar mustaqil ravishda yonadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |