Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc


VII JUFT YUZ NERVI–n. facialis



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

 
VII JUFT YUZ NERVI–n. facialis. 
Tuzilishi, vazifasi, tekshirish usuli, zararlanishi. 
Yuz nervi parasimpatik va ta’m bilish tolalari bo‘lgan oraliq nerv bilan birga 
yo‘naladi. Shuning uchun yuz nervi aralash nervlar qatoriga kiradi.
54-rasm.
 Yuz nervi.
1. Katta tosh nervi 
2. Chuqur tosh nervi 
3. Qanotsimon kanal nervi 
4. Quloq tuguni
5. Qanot-tanglay tuguni 
6. Tizzasimon tugun
7. Yuz nervi 
8. Yuz nervining harakat tolasi
9. Oraliq nerv 
10. Yuz nervini harakat o‘zagi 
11. Yuqori so‘lak o‘zagi 
12. Ta’m bilish o‘zagi 
13. Jag‘ osti tuguni 
14. Nogo‘ra parda tori 
15. Uyqu-nog‘ora nervi 
16. Nog‘ora nervi 
17. Orqa quloq suprasi nervi 
Yuz nervining harakatlantiruvchi qismi 2 ta neyrondan iborat. Birinchi 
markaziy neyron markaz oldi pushtaning pastki qismidan boshlanib, uning 
aksonlari po‘stloq-o‘zak yo‘lini hosil qiladi. Bu po‘stloq-o‘zak yo‘li ichki 
kapsulaning tizzasidan, miya oyoqlarining asosidan o‘tib, qisman kesishma hosil 
qiladi va Varoliy ko‘prigining kamroq qismida joylashgan yuz nervining harakat 
o‘zagida tugaydi. Yuz nervining o‘zagi yuqori va pastki qismlaridan iborat. 
Kesishma hosil qilgan po‘stloq-o‘zak yo‘li qarama-qarshi tomondagi yuqori va 
pastki o‘zaklarda tugaydi, kesishma hosil qilmagan qismi esa o‘z tomonidagi 
yuqori o‘zakda tugaydi. Shunday qilib, yuz nervi o‘zagining yuqorigi qismi 2 
tomondagi bosh miyaning markaz oldi pushtasi bilan pastki qismi esa faqat 
qarama-qarshi markaz oldi pushta bilan bog‘lanadi. Yuz nervining II periferik 


 117
neyroni harakatlantiruvchi o‘zakning yuqori va pastki qismlaridan boshlanib, orqa 
tomonga yo‘naladi va uzoqlashtiruvchi nervning o‘zagini aylanib o‘tadi. Ana shu 
II neyronni aylanib o‘tgan qismini ichki tizza deyiladi. Keyin yuz nervi pastga 
tushib, ko‘prik-miyacha burchagidan tashqariga chiqadi va chakka suyagi 
piramidasining ichki eshituv yo‘li orqali yuz nervi kanaliga (canalis n.facialis) 
kiradi. Bu kanalning boshlanish joyida yuz nervi tashqi tizzani hosil qiladi. 
Kanalning ichida yuz nervidan nog‘ora pardani taranglovchi mushakka 
(m.stapedius) boradigan tola ajraladi. Yuz nervining asosiy qismi kanaldan o‘tib, 
foramen stylomastoideum orqali tashqariga chiqadi. So‘ngra quloq oldi bezi 
ichidan o‘tib, bir necha tarmoqlarga bo‘linib «katta g‘oz» panjasini hosil qiladi. 
«G‘oz panjasi» ning oxirgi tolalari yuqori va pastki qismlarga bo‘linadi va barcha 
mimika mushaklarini, shuningdek m.digastricus ning orqa qorinchasini 
m.stylohyoideus, m.stapedius, m.platisma innervatsiya qiladi. Yuqorigi o‘zakdan 
keluvchi tolalar yuqorigi, pastki o‘zakdan keluvchi tolalar esa pastki mimika 
mushaklarni innervatsiya qiladi. Shunday qilib yuqori mimika mushaklar 2 
tomonlama, pastki mimika mushaklar bir, ya’ni qarama-qarshi bosh miya 
yarimshari bilan bog‘langandir. 
Yuz nervining ta’m biluvchi tolalarining hujayralari yuz nervi kanalining 
tashqi tizza qismida yotuvchi ganglion geniculi da joylashadi. Bu hujayraning 
periferik tolalari 
uch shoxli nervning uchinchi 
shoxi – n.mandibularis bilan 
qo‘shilib, tilning oldingi 2/3 qismini innervatsiya qiladi. Ganglion geniculi ning 
aksonlari esa oraliq nervni (n.intermedius) hosil qiladi va ko‘prik-miyacha 
burchagidan uzunchoq miyaga kirib, yakka tutam o‘zagida (nucl.tractus solitarii) 
tugaydi. Yuz nervining sekretor tolalarining hujayralari yuz nervi o‘zagining orqa 
tomonida joylashgan nucl. salivatorius superior da yotadi. Uning aksonlari oraliq 
nerv tarkibida yuz nervining kanaliga kiradi. Yuz nervining foramen 
stylomastoideum dan chiqish oldida undan sekretor tolalari ajraladi. Bu tolalar 
nog‘ora tori (chorda tympani) tarkibida til nerviga qo‘shiladi va so‘lak bezlarini 
innervatsiya qiladi. Yuz nervining tashqi tizzasi tarkibida sekretor tolalarini tutgan 
katta tosh nervi (n.petrosus major) yuz nervi kanalidan chiqib, ko‘z yoshi bezini 
innervatsiya qiladi.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish