118
Normada hamma imo-ishora tekshirishlar yuzning ikkala tomonida
simmetrik holda bajariladi.
Yosh bolalar va chaqaloqlarda yuz nervini ovqatlanishi vaqtida,
kulganida
yoki yig‘laganida e’tibor bilan qarab tekshiriladi.
ZARARLANISH BELGILARI
Yuz nervining zararlanish sohasiga qarab markaziy va periferik falajlarni
tafovut etiladi. Yuz nervining I neyroni qaysi sohada shikastlanmasin qarama-
qarshi tomondagi pastki mimika mushaklari markaziy falajga uchraydi.
Yuz nervining II neyroni
qaysi sohada shikastlanmasin, shikastlangan
tomondagi yuqori va pastki mimika mushaklari periferik falajga uchraydi. Yuz
nervining periferik falajida quyidagi belgilar bo‘ladi: yuz assimetrik holatda,
kasallangan tomonda yuz ajinlari tekislanadi, ko‘z yorig‘i kattalashadi,
lablar
sog‘lom tomonga tortib ketadi, falajlangan tomonda og‘iz burchagi pastga
qiyshayadi. Mimik tekshiruv o‘tkazilganda peshona terisida ajin paydo bo‘lmaydi,
qosh tepaga ko‘tarilmaydi, qosh chimirilmaydi, ko‘z yumilmaydi (lagoftal’m-
quyon ko‘z), ko‘z yoshlanadi, og‘iz
burchagi osilib qoladi, lunjga havo to‘ldirish,
hushtak chalish mumkin bo‘lmaydi, ovqat chaynash qiyinlashadi. Shu bilan bir
qatorda Bella, Negro, «kiprik», «tennis raketasi» belgilari ko‘riladi. Falajlangan
mimika mushaklarida atrofiya kuzatiladi va elektr qo‘zg‘aluvchanlik buziladi.
Yuz nervining falajlanganligi yoki parezi aniqlangandan keyin,
patologik
jarayon shu nervning qaysi sohada ekanligini bilishi kerak:
1). Agar yuz nervining o‘zagi shikastlansa Miyyar Gubler sinromi mavjud
bo‘ladi. Bunda shikastlangan o‘zak tomonida mimika mushaklarini periferik falaji,
qarama-qarshi tomonda esa gemisindrom yuz beradi. Falajlangan yuz
mushaklarida fibrillyar tortish ko‘riladi. Ko‘p holda
yuz nervining falajlangan
tomonida uzoqlashtiruvchi nerv yoki uni o‘zagi zararlangan bo‘lishi mumkin.
Bunda yuqorigidagi belgilarga, ichkariga qaragan g‘ilaylik, diplopiya belgilari
qo‘shiladi. (Fovilni alterlanuvchi falaji).
2). Agar yuz nervi ko‘prik-miyacha burchagida shikastlangan bo‘lsa, yuz
mushaklarini periferik falajiga eshituv va dahliz nervlarining zararlanish belgilari
qo‘shiladi.
Quloq yaxshi eshitmaydi, yoki kar bo‘lish, bosh aylanishi (vestibulyar
ataksiya) mumkin.
3). Agar yuz nervi fallopiy kanalini yuqori qismida shikastlansa, mimika
mushaklar falaji bilan bir qatorda ko‘z yoshini kamayishi yoki to‘xtashi,
giperakuziya (qattiq eshitish), ta’mni pasayishi, og‘izni qurishi ko‘riladi.
4). Agar yuz nervi kanalda n.petrosus superfacialis major chiqqandan keyin
shikastlansa, belgilar yuqorida qayd qilingandek bo‘ladi, faqat ko‘z yoshlanadi.
5). Agar yuz nervi kanalda chorda tympani
ajralmasdan turib zararlansa,
mimika mushaklari falaji, ko‘z yoshlanishi, ta’m bilishni susayishi kuzatiladi.
6). Agar yuz nervi fallopiyev kanalidan chiqish joyida zararlansa,
faqat
mimika mushaklari falajlanib, ko‘z yoshlanadi. Yuqoridagi boshqa belgilar
bo‘lmaydi.