Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

PSEVDOBULBAR FALAJ 
Psevdobulbar falaj IX, X, XII nervlarning po‘stloq-o‘zak (tractus cortico-
nuclearis) yo‘lini ikki tomonlama zararlanganda paydo bo‘ladi. Bu falajning 
belgilari xuddi bulbar falajnikiga o‘xshashi bilan bir qatorda, undan til 
mushaklarida atrofiya bo‘lmasligi, elektr qo‘zg‘aluvchanlikni o‘zgarmasligi, 
hamda psevdobulbar falajda oral avtomatik reflekslarning bo‘lishi hamda beixtiyor 
kulish va yig‘lash paydo bo‘lishi bilan farqlanadi.


 128
III BOB 
BOSH MIYA PO‘STLOG‘I: TUZILISHI, VAZIFASI, TEKSHIRISH
USULI, PATOLOGIYASI, ZARARLANISH SINDROMLARI 
Bosh miyaning anatomiyasi va funksiyasi, oliy po‘stloq faoliyati.
Bosh miya, bosh miya yarim sharlari va miya so‘g‘onidan iborat. Bosh miya 
yarim sharlari tarkibiga bosh miya po‘stlog‘i va uning ostida yotgan oq modda 
kiradi. Miya so‘g‘oni esa ko‘ruv bo‘rtig‘idan pastda joylashgan hosilalardan iborat. 
Po‘stloq osti o‘zaklari bodomsimon tana, ixota, yasmiqsimon o‘zak va dumli 
o‘zaklardan iborat. Bosh miya yarim sharlari ichida dumli o‘zak bilan ko‘ruv 
bo‘rtig‘i o‘rtasida zich oq modda qatlami – ichki kapsula bo‘lib, gorizontal 
kesmada u tashqariga ochiq o‘tmas burchak hosil qilib joylashadi.
Chap va o‘ng yarim shar tuzilishi jihatida o‘zaro farq qiladi. Har bir yarim 
sharda peshona, tepa, chakka va ensa bo‘laklari bo‘lib, ularni o‘zaro chuqur egatlar 
ajratib turadi. Markaziy (Roland) egati peshona bo‘lagini tepa bo‘lagidan ajratsa, 
lateral (Silviy) egati chakka bo‘lagini peshona va tepa bo‘laklaridan ajratadi.
Miya yarim sharlarining ichki yuzasida joylashgan tepa-ensa egati tepa 
bo‘lakni ensa bo‘lagidan ajratadi. Yarim sharlar yuzasidagi ko‘p sonli egatlar, 
uning yuzasini pushtalarga ajratadi. Egatlar va pushtalar bosh miya yarim sharlari 
yuzasini kattalashtiradi. Bosh miya yarim sharlarda tashqi-dorsolateral, ichki-
medial va bazal yuzalar tafovut qilinadi. Bosh miya po‘stlog‘i 13 mld. nerv 
hujayrasi va 130 mld. neyrogliya hujayralaridan iborat. Bosh miya po‘stlog‘i 
hujayralari miyaning boshqa qismlari hujayralaridan farq qiladi. Bosh miya 
po‘stlog‘i 6 qavatdan iborat. Bu qavatlar o‘zaro tarkibiga kiruvchi hujayralarning 
shakli bilan farq qiladi.
Bosh miya po‘stlog‘i 6 qavatdan tuzilgan:
1.
Molekulyar qavat
2.
Tashqi donador qavat 
3.
Kichik va o‘rta piramida hujayrali qavat 
4.
Ichki donador qavat 
5.
Katta piramida hujayrali qavati 
6.
Polimorf hujayrali qavat 
Bosh miya po‘stlog‘i o‘zini morfologik holatiga va faoliyatiga ega. Bosh 
miya po‘stlog‘ining faoliyatida umumiy va mahalliy vazifalar kuzatiladi. Mahalliy 
markazlarga eshitish, ko‘rish, sezish, hidlov va boshqa analizatorlar kiradi. 
Umumiy vazifasiga po‘stloqni oliy faoliyati deyiladi, unga fikrlash, ruhiy holatni 
boshqarish, eslab qolish, ichki rejalashtirish vazifalari kiradi.
Nerv tarkibiy qismlarining ixtisoslashishi va ularning shakllanishi 
organizmning o‘sish taraqqiyotida vujudga keladi. Yosh bolalarda miya 
po‘stlog‘idagi ishlash qobiliyatiga ega bo‘lgan sohalar bir-birini yopib qo‘yadi va 
ularning chegarasi aralashib ketgan bo‘ladi. Faqatgina organizmning o‘sishi va 
uning amaliy taraqqiyoti jarayonida asta-sekin ishlash qobiliyatidagi sohalar bir-
birlari bilan jipslashadilar. Shu sababli miya po‘stlog‘ining biror bir aniq joyi 
zararlansa, bemorlarda doimiy belgilar (simptomlar) kompleksi paydo bo‘ladi.


 129
Yosh bolalarda ishlash qobiliyatidagi sohalarning farqlanishi oxiriga 
yetmaganligi sababli bosh miya po‘stlog‘ining zararlanishi aniq klinik belgilarni 
bermasligi mumkin.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish