138
Ruhiy o‘zgarishlar miya po‘stlog‘ini har qaysi bo‘lagi shikastlansa, ayniqsa
bu katta hajmda bo‘lsa yuz beradi. Peshona bo‘lagi zararlanganda esa ko‘proq
uchraydi va o‘ziga xos kechadi: apatiya, eslashni va diqqatni kamayishi, o‘z holati,
ya’ni kasaliga to‘g‘ri baho bera olmaslik kabi holatlar yuzaga keladi.
Agarda dominant yarim sharni o‘rta peshona pushtasi zararlansa, motor
afaziyasi, ya’ni bemorni gapirish qobiliyati-nutqi yo‘qoladi, ammo gapirilgan
fikrlarni to‘g‘ri tushunadi. Motor afaziyasi ko‘pincha agrafiya ya’ni
yoza olmaslik
bilan kechadi. Bu bilan motor afaziyasi anartriyadan farqlanadi, bunda bemor
gapira olmasada, yoza oladi. To‘liq bo‘lmagan motor afaziyasida, yoki kasallikni
tuzalish davrida bemor gapiradi, lekin so‘z boyligi kam bo‘ladi, sekin qiyinchilik
va hato bilan so‘zlaydi. Ba’zan yengil holatda esa qiynalib, so‘zlashda «qoqiladi»,
bu esa dizartriya
yoki soqovlikni eslatadi, shuning uchun ularni farq qila bilish
kerak.
Agar dominant yarim sharni ikkinchi peshona pushtasini orqa qismini o‘zi
zararlansa, bunda faqat yozish qiyinlashadi, gapirish uni tushunish, yozilgan
narsani o‘qish saqlanib koladi. Motor afaziya va agrafiya apraksiyani bir turi
hisoblanadi.
3. Tepa bo‘lagini zararlanishi asosan sezgini buzilishiga asternognoziya va
autotopognoziya, ya’ni o‘z tanasini to‘g‘ri farq qila olmaslik yoki qo‘shimcha qo‘l
yoki oyoqni sezish, ya’ni psevdomeliyaga olib keladi.
Autotopognoziya ko‘pincha anozognoziya bilan, ya’ni o‘z
defektini tushinib
yeta olmaslik bilan birgalikda yuz beradi. Anozognoziya tepa bo‘limi zararlanishi
natijasida vujudga keladi. Bu holatlar esa ko‘pincha chuqur sezgini buzilishi, falaj
va ruhiy o‘zgarishlar bilan kechadi.
Chap tepa bo‘lagi ayniqsa burchak ustki pushtasi zararlanganda yana
apraksiya yuz beradi. Bemor murakkab maqsadga muvofiq bo‘lgan harakatlarni
bajara olmaydi. Bunda falaj kuzatilmaydi. Kuchli apraksiyada odam o‘rgangan
harakatlarni va predmetlarni ishlatishni unutadi. Bemor o‘zi kiyina olmaydi. Uni
o‘zini tutishi o‘zgarishi natijasida, xuddi aqli past odamga o‘xshab qoladi. Chap
burchak pushtasini zararlanishi aleksiyaga, ya’ni o‘qish qobiliyatini yo‘qolishiga
va ko‘pincha yozishni ham o‘zgarishiga olib keladi. U yozganda ko‘p xato qiladi,
so‘zlarni noto‘g‘ri yozadi. Aleksiya esa ko‘rish agnoziyasining turi hisoblanadi.
4. O‘ng chakka bo‘lagini shikastlanishi esa ko‘zga ko‘rinarli
belgilarga olib
kelmaydi va bu yer «soqov» soha deyiladi. Chap chakka bo‘lagini zararlanishi esa
sensor afaziyasiga, ya’ni gapirilgan gapni tushina bilmaslikka olib keladi. Bemorni
gapi ham tushunarsiz, xuddi boshqa tildagi nutqqa o‘xshab ketadi.
Chakka bo‘lagi ikki tomondan, yoki bir tomondan chuqur shikastlansa,
bemorda kvadrant gemianopsiya, ya’ni ko‘ruv maydonini ¼ qismini ko‘ra olmaslik
vujudga keladi. Bunda ko‘ruv shu’lasi shikastlanadi. Agar chakka bo‘lagi
qo‘zg‘atilsa, qo‘zg‘atilgan
yerga qarab eshitish, hid bilish va ta’m bilish
gallyusinasiyasi yuz beradi. Agar bu markazlar bir tomonlama zararlansa kasallik
belgilari kuzatilmaydi, chunki bu analizatorlar har ikki tomon po‘stlog‘i bilan
bog‘liqdirlar.
139
Pastki tepa va chakka pushtasini orqa qismi shikastlansa, amnestik afaziya,
ya’ni predmetlarni nomini eslash va aytish qobiliyatini yo‘qotadi, ammo shu
predmetni nima uchun kerakligi haqida batafsil ma’lumot bera oladi.
5. Ensa bo‘lagi shikastlanishi esa ko‘ruv analizatorini buzilishiga olib keladi.
Agar pona yoki tilsimon pushtalar alohida shikastlansa kvadrant gemianopsiya,
yon bo‘lagi diffuz zararlansa gomonim gemianopsiya yuz beradi. Ensa bo‘lagini
kichik qismi shikastlansa bu har ikki ko‘zni bir tomonda skatomaga olib keladi.
Ensa bo‘lagini dastlabki zararlanish belgisiga rang ajratishni bilishi kiradi. Shuning
uchun ko‘ruv maydoni faqat oq rangda emas, balki ko‘k va yashil rangda ham
tekshirish lozim.
Chap ensa bo‘lagining tashqi yuzasi diffuz zararlangan bemorda ko‘rish
agnoziyasi yuz beradi. Bunda bemor ko‘r emas, u ko‘radi, lekin ko‘rgan
narsasini
analiz va sintez qila olmaydi, shuning uchun ko‘rgan narsasini farqiga bormaydi.
Ko‘rish agnoziyasini bir turiga metamorfopsiya kiradi, bunda bemor narsalarni
shakllarini anglay olmaydi, noto‘g‘ri tasavvur qiladi. Bu o‘zgarish ensa va chakka
bo‘linmalari orasidagi aloqani buzilishi natijasida ro‘y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: