Mavzu: Mos keluvchi bozorni va korxona yerini tanlash



Download 22,48 Kb.
Sana18.02.2022
Hajmi22,48 Kb.
#456475
Bog'liq
7- mavzu
2 5317018664606631570, 2 5317018664606631570, 2 5434051678699520448, 2 5434051678699520448, 7, Referat mavzu Amir Temurning harbiy yurishlari ., O'zasbo, 9-topshiriq javoblari(1)(1), Ijodiy (kreativ) ped-texnologiya(1), Ijodiy (kreativ) ped-texnologiya(1), Ijodiy (kreativ) ped-texnologiya(1), Ijodiy (kreativ) ped-texnologiya(1), Ijodiy (kreativ) ped-texnologiya(1), 19-amaliyot mashgulot 566c9725b1c6846bc805e1fd4cc4f67d, Asadullayev Jasurbek 1-5a-17

7-Mavzu: Mos keluvchi bozorni va korxona yerini tanlash
Reja.

  1. Mos keluvchi bozorni tanlash.

  2. Korxona yerini tanlash.

Tayanch so`z va iboralar Mos keluvchi bozor, korxona joylashishi yeri, xaridor tavsifi, korxona joylashuv yerini tanlashga ta`sir etuvchi asosiy omillar, iqtisodiyotning holat, demografik holat.
1. Mos keluvchi bozorni tanlash.
Tadbirkorlarning o`z ishini boshlashidan oldin eng muhim hal qilinishi lozim bo`lgan ishlaridan biri — bu bozorni tanlashdir. Avvalo, ishlab chiqariladigan mahsulot va xizmatlar bozorini oldindan bilish va iste`molchilar to`g`risida ma`lumotlaiga ega bo`lish talab etiladi. Har qanday sharoitda ham mahsulot yoki xizmatlami ishlab chiqarishdan oldin ularning xaridorini aniq bilish muhimdir.
Tadbirkor har doim xatar bilan ish ko`radi va har qanday kutilmagan vaziyatga tayyor turadi, shunday bo`lsa-da, baribir aniq ishlab chiqilgan biznes-rejalar asosida ishlash talab etiladi. Masalan, tadbirkor tomonidan arzon deb tasawur qilingan, ammo ma`naviy jihatdan eskiigan maishiy texnika jihozlarini Toshkent shahrida sotishni ma`qul deb bo`lmaydi yoki Yaponiya avtomobilsozlik kompaniyalari tomonidan taqdim etilayotgan gibrid- avtomashinalami Osiyo bozorlariga taklif etish hoziigi kunda omadsizlikka yuz tutishi mumkin. Shuningdek, bozorni tanlashda xaridorlarning dunyoqarashi va didi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, Toshkent shahrining «Oloy» bozorida sotilayotgan mahsulotlar bilan «Qo`yliq» bozorida sotilayotgan mahsulotlar va u yerdagi xaridorlar o`rtasida farq ancha sezilarlidir.
Demak, tadbirkorlar nuqtayi nazaridan bozor, bu — tovar va xizmatlarini sotish imkoniyatiga ega bo`lgan hudud. Tanlangan bozoming samaradorligi esa tovar-xizmatlarning sifati va xaridorlarning moliyaviy imkoniyatlariga hamda to`g`ri tanlangan mahsulotlarga bog`liqdir. Agar bozor talab va taklif o`zaro duch keladigan hodisa sifatida qaralsa, tadbirkor uchun talab va taklif o`rtasida muvozanatni saqlab turish va imkoniyat darajasida ustunlikni saqlab turish choralari ko`rilishi lozim. Biznes nuqtayi naza­ridan bozor, bu — hamma geografik hududdan tashqarida bo`lgan holda tovar yoki xizmatga muhtojlar va tovami sotib ohshni xohlaydiganlar. Har bir korxona insonlaiga qaysidir turdagi tovami yoki xizmatni sotishga asoslangan. Salohiyath xaridomi tadbirkor nuqtayi nazaridan quyidagicha tasawur qilish mumkin:

  1. Qandaydir tovar yoki xizmatga ehtiyoji bor yoki sotib olishni xohlaganlar.

  2. Qandaydir tovar yoki xizmatni sotib olishga qurbi yetganlar.

  3. Qandaydir tovar yoki xizmatni sotib olishni xohlaganlar.

Tadbirkor bozoiga chiqishi bilan, balki undan oldinroq
raqobatchilari haqida ham qayg`urmog`i maqsadga muvofiqdir. Agar raqobatchhar siz bilan birga bir bozorga xizmat ko`rsa- tayotgan boiishsa, unda boshqa korxonalar ish ohb borish imko- niyatiga ega bo`lishi mumkinhgini o`rganib chiqish lozim. Yana tovar yoki xizmat raqobatchining tovar yoki xizmatidan qanchalik farq qihsh kerakhgini aniqlash darkor.
Tadbirkor bozor sharoitida salohiyath xaridorlar haqida nimalami bihshi kerak? Ushbu savolga tadbirkorlikni o`z zimmasiga olgan har bir tadbirkor javob bera ohshi lozim. Xaridorlaming turh jihatlarini inobatga olgan holda o`rganish lozim, jumladan, bozordagi xaridorlaming mazmuniy guruhlariga qarab bo`lish yoki quyidagi tavsiflaiga muvofiq ajratish mumkin:
• jinsi;

  • oilaviy ahvoli;

  • kasbi;

  • daromadi;

  • turar joyi;

  • keltirilgan tavsiflaming o`zgarish jarayoni.

Xaridorlaming xohishini bihsh orqah bozomi segmentatsiya qihsh yo`li bhan tadbirkoming qaysi tovar yoki xizmatlarga ehtiyoji borhgini aniqlash oson kechadi. Xaridorlaming qayerda xarid qihshlarini bihsh esa tadbirkor u yoki bu bozor segmentiga asoslangan holda xaridorlaming aniq shu damda qayerda xarid qilayotganini va boshqa korxonaning tovar xizmatlarini xarid qihshga qaysi omillar sabab bo`layotganini aniqlashi kerak. Tadbirkor xaridorlar qachon o`z xaridlarini qihshadi (har kuni, har hafta, har oyda, har yilda yoki fasharda) savoliga javobni bihshi — korxonaga qaysi narsalar korxonaning ish vaqtida kerakhgi, reklama kompaniyalarini o`tkazish, qancha miqdordagi tovar u yoki bu yilda kerak bo`lishini aniqlashda yordam beradi.
Xaridorlami shunchalik o`rganish lozim bo`lsa, tadbirkor uchun, avvalo, ushbu ma`lumotlami qayerdan va qanday usulda topish muhim. Hozir ma`lumot ohshning juda ko`plab yo`llari mavjud, jumladan, savdo uyushmalari (nashrlar), savdo palatalari, hukumat muassasalari (tuman savdo boshqarmalari amaldorlari), gazeta va jumallar, yakka tadqiqotlar. Shuningdek, hoziigi kunda eng optimal hisoblangan Internet imkoniyatlaridan samarah foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu tadbirkor uchun ham qulay, ham eng arzon vositalardan biri sanaladi.
0`z tovarlari va xizmatlari uchun marketing dasturlarini tushu- nish va ishlab chiqish mahorati kichik korxona egalari uchun katta ehtiyojlardan biridir. Kichik korxonaning muvaffaqiyati o`z tovarlari va xizmatlaridan mamnun bo`lgan xaridorlar miqdorining ko`payishi layoqatiga asoslanadi. Hoziigi marketing dasturlari «bozor konsepsiyasi» va korxona egasini xaridorlar ehtiyojini aniqlashga, uni qondirishga va holatni kuzatib borishga, piiovard natijada foyda ohshga o`z kuch-g`ayratini jamlashga majbur qiladigan korxona faohyat ko`isatishining qoidalari atrofiga quriladi. Marketing konsepsiyasi biznes uchun xaridoming muhimhgi to`g`risidagi qoidaga asoslanadi va quyidagilami tasdiqlaydi:

  1. korxonaning barcha siyosati va faohyati xaridoming ehtiyojlarini qondirishga yo`naltirilgan bo`lishi kerak, shuningdek;

  2. foyda keltiradigan sotish hajmiga erishish sotish hajmini maksimal darajaga ko`tarishga nisbatan korxonaning maqbul siyosati hisoblanadi.

Bozomi tanlash shunchalik muhim ahamiyatga ega bo`lsa, tadbirkor bozomi tatbiq qilishni ham bilishi lozim. Xo`sh, tadbirkor uchun bozomi tatbiq qihsh nimani anglatadi? Bu savolga juda ko`plab tadbirkor va iqtisodchi olimlar o`z fikrlarini bildirishgan. Jumladan, bozor funksiyalarini bajarishda bozor haqida ma`lumot bo`hshi kerak.
Bozor tadqiqotlari sotish hajmi va rentabellik darajasiga ta`sir ko`rsatuvchi tamoyihami aniqlab berishi kerak. Muammo­lami va ochiladigan imkoniyatlami, ular paydo bo`ladigan birinchi bosqichda, identifikatsiyalash maqsadida ahoh tarkibidagi, huquqiy maydondagi o`zgarishlar, mahalliy iqtisodiy vaziyat kuzatib bori- lishi kerak. Raqiblaming faoliyatini ham ko`zdan qocliirmaslik zarur; raqiblar bozordagi sizning ulushingizga daxl qilishi yoki uni tark etishi mumkin. Masalan, raqiblar strategiyasini bilish o`ta foydahdir (ya`ni ular siz va boshqalar bilan qanday raqobat qiladi).
Bozor konsepsiyasini qo`llagan holda kichik korxona quyidagilarga majburdir:

  1. o`z xaridorlarining talablarini aniqlash (bozor tadqiqoti);

  2. o`zining raqobatdagi afzalhklarini tahlil qihsh (marketing strategiyasi);

  1. o`zi ishtirok etishi uchun aniq bozorlami aniqlash (maqsadh marketing);

  2. bu ehtiyojlami qanday qihb qondirish mumkinligini aniqlash (aralash marketing yoki marketing tarkibi).

Tadbirkor bozorni tadqiq qilish bilan biiga, bozor strategiyasini ham hamohang tarzda o`zi kashf etib boradi. Marketing strate­giyasi xaridorlar guruhlarini (maqsadh bozorlami) aniqlashni o`z ichiga oladi, ulaiga kichik koixona yirikroq raqiblariga nisbatan yaxshiroq xizmat ko`rsatishi, o`z mahsuloti assortimentini, unga narxlami, taqsimlash yo`llarini, mazkur aniq bozor bo`linma- siga tovarlar va xizmatlami yetkazib berish (aralash marketing bilan boshqarish) bo`yicha kuch-g`ayratlami moslashtirish mum­kin. Tadbirkor xaridoigir mahsulot va xizmatlami aniqlab, uni ishlab chiqarishni maqsad qilsa, uni ishlab chiqarish uchun aniq joyni tanlay bilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Korxonaning joylashish o`rnini tanlash — kichik korxonaning muvaffaqiyatga erishishi yoki inqirozga uchrashi nuqtayi nazaridan bir necha hayotiy muhim omillardan biridir. Ko`p hollarda tadbirkor korxona tuzish uchun bo`sh deb belgilangan yaqin joydan narisiga qaramaydi. Muvaffaqiyat imkoniyatini oshirish uchun joylashish o`mini tanlash muammosini puxta o`iganish va o`ylash muhimdir. Ta`kidlash zarurki, yaxshi joylashish o`mini tanlash o`rtacha ishlovchi korxonaning hayotini ta`minlashi mumkin, yomon joylashish esa, hatto, yaxshi boshqarilayotgan korxonaga ham inqiroz hukmini chiqarishi mumkin.
Joylashish o`mini tahhl qihsh korxonaning butun faohyati davomida uzluksiz jarayon bo`hshi kerak. Demografik vaziyatning o`zgarishi, xaridorlaming xarid moyillklari o`zgarishi, kishilar va yuklami tashishning yangi usuhari paydo bo`hshi, ahoh punktlari o`sishining yangi yo`nahshlari kabi omihar mavjud joylashish o`mining yaroqliligiga noxush ta`sir ko`rsatishi mumkin. Korxonaning joylashish o`mini tanlashda ikki asosiy omil mavjud:

  1. Aniq jamoa (ahoh punkti)ni tanlash haqida qaror qabul qihsh.

  2. Tanlangan jamoa doirasida joyni tanlash haqida qaror qabul qihsh.

Korxonaning joylashish o`mini to`g`ri tanlash boshqalaiga qaraganda, ayrim korxonalar uchun o`ta muhimdir. Chakana savdo va xizmat ko`rsatish korxonalari uchun to`g`ri joylashish o`ta muhim omildir. Tayyor kiyimlar do`konlarining, kimyoviy tozalash xizmatlari va avtoyoqilg`i shoxobchalarining yashovchan- ligi ko`p jihatdan ular yonidan o`tuvchi mijozlar va xaridorlar oqimiga bog`liq bo`ladi. Bu xildagi korxonalar yuqori foyda ohshlari uchun xaridorlar bilan bir qatorda, o`z tovarlari xizmatlariga ega bo`hshlari kerak.
2017 yil 17 yanvar “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki ob’ektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” PF-4933-son Farmonining 7-bandida umumbelgilangan soliqlar to’lovchi davlat mulki ob’yektlarining sotib oluvchilari - tashkilotlar oldi-sotdi shartnomasi imzolangan paytdan boshlab 12 oy muddatga yangi sotib olinayotgan davlat mulki ob’yektlari bo’yicha mol-mulk solig’i va yer solig’i to’lashdan ozod qilinib, bo’shagan mablag’lar xususiylashtirilgan ob’yektlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda ularni rivojlantirishga maqsadli tarzda yo’naltirilishi belgilangan
Chakana savdo va xizmat ko`rsatish sohasidagi boshqa xil korxonalar, shuningdek, ulgurji savdo korxonalari uchun joylashish o`mi xaridorlar va mijozlami jalb qihsh nuqtayi nazaridan muhim emas. Mebel, maishiy texnika sotuvchi chakana savdo do`konlari xaridorlarni o`ziga shunday ham tortaveradi; buxgalteriya hisoboti va sohqqa tortish sohalarida maslahat beruvchi kompaniyalar, shuningdek, ulgurji savdo korxonalari «oyoq yetmagan so`qmoqlardan» tashqarida bo`hshlari va bunda yuqori foyda topishlari mumkin. Xaridorlaming o`zlari bu korxonalar taklif qilayotgan tovarlar yoki xizmatlami izlab, bir qancha vaqtini o`tkazishadi.
Ishlab chiqarish korxonalari, qurilish firmalari va ayrim xizmat ko`rsatish korxonalari o`zlarining qulay joylashish o`mi tufayh xaridorlarni jalb qihshdan umuman manfaatdor emas. Bu xildagi kompaniyalar o`z mijozlarini shaxsiy savdo-sotiqlar vositasida yoxud reklama orqah topishadi. Bunday korxonalaming joy- lashgan o`mini tanlash tegishh joyda turishning narxi, atrof- muhitga ta`siri yoki xomashyo yetkazib berishga qarab amalga oshiriladi. Iqtisodiyotning holati, demografik vaziyat, shuningdek, raqobat bunda hisobga olinishi kerak bo`lgan muhim omillardir. Bu omihami hisobga ohsh istiqbolh shahar yoki posyolkani tanlashga imkon beradi.
Demak, korxona joyini tanlashda, avvalo, eng qulay joyni tanlash lozim ekan. Mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish va sotish uchun qulayliklar sifatida ko`plab omillami keltirish mumkin. Masalan, bozoiga yaqin bo`hsh. Bozoiga yaqin bo`hsh xarajatlami kamaytirish va mahsulot sotilishini tezlashtirish imkonini beradi. Bu har tomonlama mijozlaiga qulaylik yaratadi. Masalan, chekka, shahardan uzoq hududlarda kiyim-kechak ishlab chiqarish bilan shug`ullanish tadbirkoiga ko`proq qiyinchilik tug`dirishi mumkin. Chunki shahar infratuzilmasidan ohs va asosiy xaridorlardan yiroqda joylashish xarajatlaming oshishiga hamda samaradorhk pasayishiga sabab bo`ladi. Ammo tadbirkor faqatgina o`zini arzon ishchi kuchi bilan yupatish imkoniyatiga ega bo`ladi, garchi, ishchilar saviyasi unchalik yuqori bo`lmasa ham.
Rejalashtirilayotgan o`z korxonasini tuzishda, jamoani tanlashda uning iqtisodiy holati e`tiborga olinishi kerak bo`lgan muhim mulohazadir. Demak, tadbirkor, «nega odamlar bu yerda yashashadi va ularning turmush andazasi qanday, nega boshqa korxonalar o`zlari uchun bu hududni tanlashgan, mazkur joydagi sanoat tuzilmasini o`rganish zarurmi, ishchilaming asosiy qismi qaysi sohada band, ishlab chiqarish rivojlanishi qay darajada?» kabi savohaiga javob topishi lozim.
Jamoa ahohsining ish haqi tovarlar va xizmatlaiga talabni belgilaganligi sababh tadbirkorlar o`z korxonasini tuzishni rejalashtirayotgan hudud ahohsining daromadlari haqidagi ma`lumotlarni yig`ishi kerak. Aniq savollar qatoriga quyidagilar kiradi: geografik va demografik jihatdan ixtisoslashuv, mutlaq ifodada o`rtacha daromadning kattaligi qanday? Bu joyda daromad darajasi qanday (past, o`rta yoki yuqori)? Bandlik sohasida bu joyda qanday tamoyillar amal qiladi? Yaxshi avtomobil va temiryo`llaming mavjudhgi muhim iqtisodiy omillar qatoriga kiradi.
Demografik vaziyat tadbirkorlar o`zining xaridorlari (mijozlari) bo`ladigan kishilar doirasini aniqlashi kerak. Bunda tadbirkor ishlab chiqaradigan mahsulot va xaridorlaming yoshi, jinsi, kasbi, dunyoqarashi kabi omillami inobatga olishi lozim. Masalan, agar tadbirkor DVD disklari emas, balki ko`proq musiqiy kompakt-disklar sotuvchi do`kon ochishga e`tibor qaratsa, o`smir- lar va kattaroq yoshdagi yoshlar qayerda zichroq yashashini bilishi kerak, chunki aynan ular musiqa bilan ko`proq qiziqishadi. Demografik vaziyatga tegishh yana boshqa savohar: bu hududda hayot qay darajada barqaror? Aholining muntazam migratsiyasi kuzatiladimi? (Ketish, kehsh, har ikki tomonga harakat.) Ahoh soni o`smoqdami yoki kamaymoqdami? Agar hudud jadal o`sayotgan bo`lsa, bunda yosh oilalar sonining ko`payishini kutish mumkin. Bu omillaming barchasi korxonaning joylashish o`mini tanlashda hisobga ohnishi kerak.
Raqobatdoshlikda tadbirkor o`z raqiblarini bihshi lozim. Ulaming kuchh va kuchsiz tomonlari haqidagi ma`lumotlami to`plab, tadbirkor atrofida qancha raqib borligini va ular qayerda joylashganligini bilishi kerak. Tadbirkor, qolaversa, keyingi ikki yil ichida o`zinikiga o`xshagan qancha korxona ochilganhgi va yopilganligini aniqlashi zarur. Boshqacha, ammo unikining o`mini bosishi mumkin bo`lgan tovarlar ishlab chiqaruvchi va xizmatlar ko`rsatuvchi bilvosita raqiblar xususidagi masalani ham o`rganishi lozim.
Yirik savdo markazlariga yaqin joylashish xizmat ko`rsatuvchi korxonalar uchun eng maqbuldir. Biroq radioteleustaxonalar, kimyoviy tozalash muassasalari, amahyotchi shifokor-dantistlar (tish doktori), poyabzal ustaxonalari yoki tijorat bolalar bog`chalari uchun yuqori ijara haqi ohnadigan joylarda joylashish zamrati yo`q. Mijozlaming o`zlari ulami izlab topishga va yaxshi xizmatdan bahramand boiish uchun ohsroqqa borishga tayyordirlar, chunki bu korxonalar ma`lum darajada ochilgan yo`hardan chetda bo`lishi mumkin. Ammo, hatto xizmat ko`rsatuvchi firmalar o`rtasida ham qanday joy yaxshihgi haqida turh fikrlar mavjud. Masalan, tezkor kimyoviy kiyim tozalashning oziq-ovqat do`koni va dorixona bilan yonma-yon joylashuvi maqbul yondashuv bo`la oladi. Biroq shifokor-dantist uchun bu joy maqbul bo`lmasligi mumkin, unga uning oldidan o`tuvchilaming katta oqimi va tezkor kimyoviy kiyim tozalash korxonasi singari savdo markazi- ning kirish-chiqish joyi bilan qulay qo`shnichihk (bu uning muvaffaqiyatini ta`minlagan) zarur emas.
Ishlab chiqarish korxonalarining joylashuvi uchun qulay joylar chakana va ulgurji savdo, xizmat ko`rsatuvchi firmalar uchun maqbul kelgan joydan farqlanadi. Agar siz ishlab chiqarish korxona­sini ochish imkoniyatini ko`rib chiqmoqchi bo`lsangiz, transport infratuzilmasi va xomashyo yetkazib berish manbalari o`rtasidagi masofani o`iganing. Xaridorlaming yaqinligi, tegishh quwatlaming mavjudligi va zonalashtirish haqidagi hujjatlaming amal qilishi — bular boshqa muhim omillardir. Korxonaning joylashish o`mini tanlashda umumiy va aniq omillami o`iganish jarayonida yaxshisi joriy holatlaiga emas, balki kelajak istiqbolga yo`nalish olish kerak.
.
NAZORAT SAVOLLARI

  1. Mos keluvchi bozorni qanday aniqlash mumkin?

  2. Korxonaning joylashish yerini tanlashda nimalarga e`tibor qaratish lozim?

  3. Bozor konsepsiyasini qo`llagan holda kichik korxona nimalarga majburdir?

  4. Korxonaning joylashish o`rnini tanlashdagi ikki asosiy omil qaysilar?

  5. Tadbirkor bozor sharoitida salohiyath xaridorlar haqida nimalami bihshi kerak?

Download 22,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa