Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc


BOSH MIYA YARIM SHAR PO‘STLOG‘IDA ASSOSIATIV SOHALARNING



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

BOSH MIYA YARIM SHAR PO‘STLOG‘IDA ASSOSIATIV SOHALARNING 
JOYLANISHI 
Bosh miya po‘stlog‘idagi proyeksion sohalarning oralarida assotsiativ 
sohalar ham bor. Ularga ko‘ruv bo‘rtig‘i o‘zaklaridan va miya po‘stlog‘idagi 
proyeksion sohalardan impulslar keladi.
1. Yuqori tepa bo‘lakchasi (5, 7 sohalar) nozik va murakkab sezgilarni: bir 
joyga xos sezgi, og‘irlik, ikki o‘lchamli fazoviy va murakkab kinestetik sezgilarni 
qabul qilishni ta’minlaydi.
2. Tepa bo‘lagining ichki (medial) (interparietal ariqcha) sohasi po‘stlog‘i 
tanani tasvirini (sxema tela) analizini ta’minlaydi. Mazkur soha zararlansa, kishi 
o‘zining tanasidagi qismlarini bilish qobiliyatini yo‘qotadi (autotopognoziya), 
ortiqcha qo‘l va oyoq borligini his qiladi (psevdomeliya), o‘zidagi bo‘lgan 
nuqsonlarni, ya’ni falajni tan olmaslik (anozagnoziya) harakat va ruhiy buzilishlar 
bilan birgalikda kechadi.
3. Markaz orqa pushta va unga yaqin bo‘lgan tepa bo‘lagi po‘stlog‘i (1, 2, 3, 
5, qisman 7 sohalar) tananing qarama-qarshi tomonidagi maqsadga muvofiq 
harakatlarning (praksiya) qobiliyatini ta’minlaydi (lablarning va tilning kinestetik 
praksisi). Eng oldingi adabiyot manbalarining yozishicha, praksiya markazi chap 
tepa bo‘lakchaning qirg‘oq pushtasida joylashgandir. Bu sohalar zararlanganda 
xushtak chalish, o‘pish, puflash va boshqa harakatlarning (kinestetik apraksiya) 
buzilishi kelib chiqadi.
4. Chap tomondagi harakat markazining oldingi sohalari (6, 8, 44 sohalar) 
maqsadga muvofiq harakatni (motor praksiya) ta’minlaydi.
5. Chap tepa bo‘lakchasining pastki sohasida biror narsani paypaslab bilish 
sezgisining (stereognoziya) analizatorlari joylashgandir. Bu soha zararlansa, 
narsalarni (buyumlarni) paypaslab bilish qobiliyati buziladi (astereognoziya).


 131
6. Chap pastki tepa bo‘lakchasidagi burchak pushtasida (39 soha) optik 
ko‘ruv – o‘qish markazi (leksiya) joylashgan. Bu sohaning zararlanishi ko‘rish 
qobiliyati izdan chiqarmagan holda, o‘qish qobiliyati, ya’ni yozma so‘zlarni 
tushunish qobiliyati yo‘qoladi (aleksiya).
7. Chap tepa, ensa va chakka bo‘laklarining birikkan joyda (37, 39 sohalar) 
sanash (kalkuliya) markazi joylashgan. Bu sohalar zararlansa, kishi sanash 
qobiliyatini yo‘qotadi (akalkuliya). Har bir analizatorning po‘stloq qismi 3 ta: 
birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi sohalarga bo‘linadi.
Birlamchi soha – bu po‘stloqni pastki qavati, ular periferik retseptorlar bilan 
bevosita bog‘lovchi qismi. 
Ikkilamchi sohalar – birlamchi soha ustida joylashadi (bu 2 va 3 lamchi 
po‘stloq qavati) va po‘stloq o‘zagi analizatorlar atrofida joylashadi va po‘stloq osti 
hosilalari, to‘r formatsiya o‘zidan bo‘lak bilan assotsiativ aloqalar hosil qiladi. 
Birinchi signal tizimi bu analizatorlarni faoliyati bo‘lib farqlanadi. Tashqi va 
ichki muhitdan keluvchi signallarni integrasiyasini amalga oshiradi. Misol uchun: 
birlamchi darajaga jismlarni ayrim detallariga e’tibor berib ko‘rish, yoki 
harakatlarini nozik bajarish (ya’ni gnozisni va praksisni birlamchi bosqichi).
Ikkinchi signal tizimi ancha murakkab bo‘lib, u turli analizatorlarning 
faoliyatini birlashtiradi. Shuning uchun tashqi olamni ma’noli qabul qilishni 
ta’minlaydi. Bu esa nutq bilan bevosita bog‘liq: nutqni tushunish (nutqni gnozisi) 
va uni qo‘llay bilish (nutq praksis).
Integratsiyani oliy darajasi (po‘stloq faoliyatining uchinchi bosqichi) 
odamda ulg‘ayish va ijtimoiy hayot va tashqi olam bilan o‘zaro munosabat 
natijasida shakllanadi. Po‘stloq faoliyatini uchinchi bosqichi murakkab 
jarayonlarni nazorat qiladi va ularni yanada faoliyatini yaxshilash uchun 
yo‘naltiradi. Bu signallarni farqlash va nazorati natijasida amalga oshiriladi. 
Birinchi darajalilar ikkinchi darajalilardan ajratiladi.
Bosh miya murakkab faoliyati xotira bilan bog‘liq. Bunda axborotni 
saqlashgina emas, balki kerakli axborotlarni ko‘ra bilish ham kiradi. Tepa-chakka-
ensa sohasida har xil analizator yo‘llar tugaydi. Oliy miya faoliyati shakllanishi 
uchun muhim ahamiyatga ega. (Murakkab gnostiko-praksik xarakatlar). Peshona 
bo‘lagiga alohida e’tibor beriladi, chunki u maqsadga intilgan harakatni, 
rejalashtirishda faol ishtirok etadi. Ya’ni u po‘stloq faoliyatining uchinchi 
darajasiga kiradi. Bosh miya yarim sharlari faoliyat jihatdan assimetrik 
hisoblanadi, chap yarim shar logik abstrak farqlash: bo‘laklash va analizni amalga 
oshirish bazasi bo‘lib hisoblanadi. O‘ng yarim shar obrazli fikrlash va hissiyotni 
qabul qilish, novebral materiallarni qayta ishlash bazasi bo‘lib hisoblanadi. Shuni 
ta’kidlash kerakki bosh miya yarim shari po‘stlog‘i, po‘stloq osti markazlari, 
so‘g‘on va to‘r formatsiya bilan yaqin aloqada bo‘lsagina mu’tadil ishlaydi, 
bularning faolligi po‘stloq faolligi bilan bog‘liq. Oliy po‘stloq faoliyatiga gnozis, 
praksis, nutq, xotira, tafakkur, es-hush kiradi. Nevrolog uchun oliy nerv ish 
faoliyatini o‘rganish katta ahamiyatga ega. 
Nutq va uni buzilishi. Nutq – bu bosh miya faoliyati bo‘lib, muloqotni 
ta’minlaydi va u faqat inson uchun xosdir. U qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va 


 132
ma’lumotlarni til orqali yuborish jarayoni hisoblanadi. Til – bu takomillashgan 
kodlar tizimi bo‘lib, obyektlarni va ularni o‘zaro aloqasini tushuntiradi. Nutqni 
ikkita asosiy ko‘rinishi bor. Impressiv va ekspressiv.
Impressiv nutq – bunga og‘zaki va yozma nutqni (o‘qish) tushuntirish kiradi. 
Birlamchi bosqichda birlamchi nutq muloqatini qabul qilish, keyin yozma va 
ovozni tahlil qilish kiradi.
Ekspressiv nutq – bu jarayon mustaqil yozish va faol og‘zaki nutq 
ko‘rinishida ifodalanadi. Ovozlarni qabul qilish va ajrata olish jarayoni. Eshituv 
analizatorlarini chap yarim sharidagi ikkilamchi po‘stloq maydonlari bilan amalga 
oshiriladi. Bu yerda eshitilgan ovozlarni (nutqning diagnostik tarkibi) sintezi va 
analizi sodir bo‘ladi (balandlik, davomiylik, tembr, melodiyalik) o‘ng yarim sharda 
tahlil qilinadi. Ko‘ruv analizatorini markazida ko‘rilgan nutqiy signallar qabul 
qilinadi va tanib olinadi. Chap yarim sharning prefrontal sohalarining uchlamchi 
maydonlarida motivatsiya va nutq jarayonlari sodir bo‘ladi. Mustaqil yozish 
eshitish, ko‘ruv analizatori ishtirokida yuz beradi va bunda motor, premotor va 
sezgi sohalarining proyeksion yo‘llari ham ishtirok etadi.
Klinik amaliyotida nutq buzilishlarni quyidagi shakllari ajratiladi: afaziya, 
dizartriya, alaliya, mutizm, duduqlanish.
Afaziya – bu shakllangan nutqni po‘stloq markazi zararlanganda bo‘ladi.
Bunda atrofdagilar bilan muloqatda bo‘lganda nutqdan foydalana olmaydi, lekin 
artikulyasiya va eshitish saqlanadi. Afaziyalarni 2 turi ajratiladi: impressiv (sensor, 
retseptiv) va ekspressiv (motor). Sensor (impressiv) afaziya o‘zini va atrofdigilarni 
nutqini tushuna olmaydi ya’ni eshituv gnozisi buziladi. Nutqni chet tilda 
so‘zlashgandek tushunadi. Nutqni tushunmagani uchun ikkilamchi o‘rinda 
ekspressiv nutq. Bemor ko‘p va tez gapirgani uchun “logoreya” deb nomlanadi. 
Bemorni nutqi atrofdagilar uchun tushunarsiz, ko‘p gapirganidan (so‘z salati) deb 
nomlanadi.
Sensor afaziya o‘naqaylarda chap yuqori chakka pushtasini orqa qismi ya’ni 
Vernike maydoni jarohatlanganda sodir bo‘ladi.
Chakka va tepa bo‘laklarining orqa va pastki bo‘laklari jarohatlanishi 
amnestik afaziyalarga olib keladi. Bemor buyumni nomini aytmaydi, lekin 
ishlatilishini aytadi. Biroq aytsa nomini tez eslaydi. Bu bemorlar nutqidagi 
nuqsonini berkitish uchun nutqida asosan kesimlarni ishlatadi.
Chap tepa-chakka sohaning buzilishi semantik afaziyaga olib keladi. Bunda 
maqollarni, iboralarni tushuna olmaydi (“oltin qo‘llar”, “otamni akasi, akamni 
otasi”). 
Motor (ekspressiv) afaziya ekspressiv nutq komponentlarini buzilishi 
kuzatiladi. Bemorlar bir, ikkita so‘zlarni gapiradi, savollarga 1 ta so‘z bilan javob 
beradi (“so‘z emboli”). Motor afaziya peshona bo‘lagi pastki pushtasini orqa qismi 
buzilishida (Brok maydoni) sodir bo‘ladi. Qisman buzilsa bemor nutqi sekinlashadi 
va tushunarsiz bo‘ladi.
Aleksiya (o‘qish va o‘qiganini tushuna olmasligi). Agrafiya (yozishni 
buzilishi) sensor va motor afaziya sindromlariga kiradi. O‘rta peshona pushtasini 
orqa qismi shikastlanishida alohida agrafiya kelib chiqadi. Aleksiya burchak 


 133
pushtasini shikastlanishida kelib chiqadi. Total afaziya – peshona, chakka va tepa 
bo‘laklari shikastlansa kelib chiqadi. Nutq buzilishiga dizartriya ham kiradi. 
Qaysiki nutq apparati innervatsiyasini buzilishi bilan namoyon bo‘ladi. Dizartriya – 
bu artikulyasiyani buzilishi, striopallidar tizim, miyacha, nutq harakati apparati, 
markaziy va periferik falajda yuz beradi.
Alaliya – bu nutq rivojlanishini orqada qolishi. Odatda bola 1,5-2 yoshda 
gapira boshlaydi. Alaliyada yana ruhiy buzilish bo‘lishi mumkin.
Mutizm – nutq apparatini saqlangan holda nutq muloqatini yo‘qligi, bu 
psixik kasalliklarda (shizofreniya) bo‘lishi mumkin.
Duduqlanishda nutqni rovonligiga va ekspressiv, nutqning tayanchi muloqot 
paytida buziladi. Ontogenez jarayonida dastlab begona nutq tushunish rivojlanadi, 
keyin motor nutq, keyin yozuvni tushunish (o‘qish) va yozish (grafiya) rivojlanadi. 
Impressiv nutqni tekshirish, nutq faoliyatini tekshirish ichiga kiradi. Bolalardan 
predmetlarni nomini aytish iltimos qilinadi (Masalan: eshik, deraza), so‘zlar 
orasidagi bog‘liqlikni va aloqani, nutq almashinuvini tushunishini tekshirish (ovchi 
ayiq otdi, ayiq ovchini otdi). Ekspressiv nutqni tekshirish: 1. spontan nutqni 
tekshirish, 2. tez aytish va murakkab so‘zlarni qaytarish, 3. avtomatik nutqni 
tekshirish, 4. Predmetlarni nomini aytish.
Gnozis va uni buzilishi. Gnozis – (tushunish, bilish) sezgi ta’sirotlari orqali 
tanib bilish. Masalan, odam ko‘rganini nafaqat biladi ko‘rganini taniydi. Agnoziya – 
tushunishni buzilishi bu holat ma’lum bir analizatorni ikkilamchi maydonlarini 
jarohatlanishi natijasida yuzaga keladi. Odam ikkinchi signal tizimi va sezgilar 
orqali jismlarni tanib oladi. Sezgi a’zolari qancha bo‘lsa, agnoziya turlari ham 
shuncha.
Ko‘ruv agnoziyasi ensa bo‘lagi po‘stlog‘i (18, 19, 39) jarohatlansa yuz 
beradi. Bemor jismning ayrim xususiyatlarini ko‘radi biroq jismni o‘zini 
tanimaydi. Dominant yarim sharning ensa sohasini ikkilamchi sohalari jaroxatlansa 
xarflarga agnoziya bo‘ladi. Ensa-tepa qismlarining ikkilamchi sohalar jarohatlansa 
insonlarni tanishi qiyinlashadi.
Eshituv agnoziyasi. Jismlarni va holatlarni ularga xos ovozlari bo‘yicha 
tanish buziladi (avtomobil ovozi, yomg‘ir shovqini, soat ovozi). Geshli pushtasi 
jarohatlansa yuz beradi.
Hidlov va ta’m bilish agnoziyasi – ta’mlarni va hidlarni bila olmaydi, bu 
holat chakka bo‘lakni medio-bazal sohalari jarohatlansa yuz beradi.
Sensitiv agnoziya. Bu jismlarni ushlab ko‘rganda bila olmaydi. Sensitiv 
agnoziya turlariga: astereognoz, anozognoziya va autotopognoziya kabi turlari 
kiradi.
Astereognoz – jismlarni ushlab bilmaydi, lekin chuqur va yuzaki sezgi 
saqlangan. Dominant yarim sharining tepa qismi jarohatlansa astereognoz yuz 
beradi. Jismni paypaslaganda jism xususiyatlarini sezadi, biroq olingan axborotni 
analiz va sintez qila olmaydi va jismni bilmaydi.
Autotopagnoziya – o‘z tanasini qismlarini tanimaydi. Anozognoziya – o‘zini 
kasalini tan olmaydi. Bu holat nodominant yarim sharning tepa bo‘lagini 
jarohatlanishi natijasida yuz beradi.


 134
Praksis va uni buzilishi. Praksis – ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan 
harakatlarni bajara olish qobiliyati.
Apraksiya – hayot mobaynida o‘rganilgan harakatlarni bajara olmay qolish. 
Bunda paralich belgilari yo‘q va koordinatsiya o‘zgarmagan. Nevrologiyada 
apraksiyani bir necha turlari ajratiladi. 
Ideator apraksiya – ish rejasini bajara olmay qoladi, harakatlarni bajarilish 
ketma-ketligi buzilishi kuzatiladi. Bemor gugurtni yoqa olmaydi va xokazo. 
Ideator apraksiya dominant yarim sharning tepa bo‘lagini chakka pushtasi 
jarohatlansa sodir bo‘ladi.
Konstruktiv apraksiyada harakat yo‘nalishi buziladi. Bemor 
konstruksiyalarni yasay olmaydi, masalan: gugurt cho‘plaridan to‘rt burchak yasay 
olmaydi. Tepa bo‘lagining dominant yarim sharining burchak pushtasi jarohatlansa 
sodir bo‘ladi.
Motor apraksiya – rejasi bo‘lgani bilan maqsadga yo‘naltirilgan harakatlarni 
bajara olmaydi. Buyurilgan harakatlar va sopontan harakatlar buziladi. Motor 
apraksiya ko‘pincha bir tomonlama bo‘ladi. Masalan, qadoqsimon tana 
jarohatlansa apraksiya faqat chap qo‘lda bo‘ladi. Peshona qismi jarohatlansa 
murakkab harakatlarni bajarish buzilib, peshona apraksiyasi sodir bo‘ladi, bunda 
harakatlarni qaytalab bajaradi – exo praksiya.
Afaziya va apraksiyalar nafaqat po‘stloq markazlari jarohatlansa balki, 
chuqur po‘stloq osti markazlari va ular orasidagi aloqalar buzilishi natijasida ham 
yuz beradi.
Xotira va uni buzilishi. Xotira – bosh miya faoliyatini asosiylaridan biri. 
Xotira buzilishida praksis, gnozis, nutq shikastlanadi. Xotirasiz o‘qish mumkin 
emas. Xotira mexanizmi xozirgi vaqtgacha to‘liq aniqlanmagan. Har qanday 
analizator tizimida xotira mexanizmi ishtirok etadi, chunki taktil, eshitish va 
ko‘rish xotirasi haqida gapirish mumkin. Psixologiyada eslash va eslab qolish 
farqlanadi. Xotira mexanik va ma’nosiga qarab eslashga bo‘linadi. Xotira 
faoliyatiga maqsadga yo‘naltirilgan, qiziqish darajasi, diqqat, emotsiya ta’siri 
kiradi.
Bolalarda mexanik xotira ustun turadi, ayniqsa emotsional yorqin bo‘lgan 
xotiralarni eslab qolish juda kuchli. Vaqt o‘tishi bilan ma’noli xotira rivojlana 
boshlaydi. Bolalarda mexanik va ma’noli xotiralar farqi ko‘rinishdayoq namoyon 
bo‘ladi, oligofreniya bilan og‘ruvchi bolalarda, mexanik xotira fonida yaxshi, 
ma’noli xotira kamaygani sezilarli. Xotira buzilishi turli xil bo‘ladi. Ular 
o‘tkazilgan infeksiya oqibatida va umumiy astenizatsiya, charchashda, bosh miya 
har xil kasalliklarida kuzatilishi mumkin. Xotirani to‘liq yo‘qolishi – amneziya, 
quyidagi ko‘rinishlarga bo‘linadi.
Fiksatsion amneziya – kundalik hayotdagi voqealarga xotira kamayadi. 
Shunday ko‘rinishdagi buzilishlar gazlar bilan zaharlanishda, bosh miya qon tomir 
aterosklerozida, Korsakov sindromida, alkogolizmda bo‘lishi mumkin.
Progressivlangan amneziya – xotira pasayishi ma’lum ketma-ketlikda 
bo‘lishi bilan aniqlanadi: xususiy informatsiyadan umumiy informatsiyagacha. 


 135
Oldin olingan informatsiyadan kech olingan ma’lumotgacha. Bu amneziya 
neyrosifilisda, Altsgeler kasalligida, neyro OITSda kuzatiladi.
Retrograd amneziya – bosh miya travmasi natijasida kelib chiqib, undan 
oldingi voqealarni yo‘qotadi. Xotirani o‘ziga xos bo‘lishi “xech qachon 
ko‘rinmagan” yoki “oldin ham ko‘rgan” sezgisi hosil bo‘ladi. Ko‘proq bu holat 
chakka sohasi patologiyasi bilan bog‘langan va qon tomir kasalliklari, chandiq- 
bitishmalar, o‘smalar bilan chaqirilishi mumkin. Ba’zi holatda juda yaxshi xotira–
mexanik kuzatiladi, bu gidrosefaliya va aqli pastlikda kuzatilishi mumkin. Bu esa 
intelekt va mexanik xotira bir-biri bilan bog‘liq emasligini isbotlaydi.
Xotirani tekshirish uchun psixologik usullari qo‘llaniladi: 10 so‘z (mexanik 
xotira) va piktogrammalar (ma’noli xotira).
Fikrlash va es-xush buzilishlari. Fikrlash – bu tashqi olamni va ular 
orasidagi aloqalarni bajarilishini oliy shaklidir. Fikrlash buzilishini ikki turi
tug‘ma (oligofreniya) va ortirilgan (demensiya) ajratiladi. Aql zaiflikni 3 xil 
darajasi farqlanadi, engil daraja – debillik, o‘rta – imbetsillik, og‘ir – idiotiya.
Es-xush bu insonga real hayotda va atrof muhitda moslashishning oliy 
shakli. Klinikada bemorni es-xushini, vaqtni, joyni, atrofdagi odamlarni va o‘z 
shaxsini farqlashi bilan fikrlash qobiliyati, es-hushi tekshiriladi.
Es-xushni buzilishi bu karaxtlik. Karaxtlik – javob reaksiyasini 
yetishmovchiligi. Oddiy so‘zlarga javob bermaydi, lekin qattiq gapirib so‘ralsa, u 
bir xil sekin javob qaytaradi. Bemor injiq va g‘amgin. Sopor – bunda bemorlar 
so‘zlarga reaksiya qilmaydi, biroq shartsiz reflekslar saqlangan (korneal, pay va 
qorachiqni yorug‘likka reaksiyasi).
Koma – es-xushni chuqur buzilishi bo‘lib, bunda reflekslar ham so‘nadi. 
Yurak va nafas faoliyati buzilib, va patologik reflekslar paydo bo‘ladi. Bu holat 
retikulyar formatsiya, miya so‘g‘oni jarohatida, insultda, meningoensefalitda, miya 
o‘smasi natijasida ro‘y beradi.
Es-xushni xiralashuvi quyidagi holatlarni o‘z ichiga oladi. Delirioz holatlar –
o‘z shaxsiga orientasiya buziladi. Bu holatda ko‘ruv, taktil, eshituv 
galyusinasiyalari kuzatiladi. Bu holat alkogol intoksikasiyasida, bosh miya 
travmasida va neyro infeksiyalarida kuzatiladi.
Amentiv sindrom – es-xush xiralashuvi atrof muhitga va o‘z shaxsiga 
orientasiyasi buziladi. Bu ancha og‘ir holat bo‘lib neyroinnfeksiyalarda va so‘g‘on 
jarohatlanganda sodir bo‘ladi.
Oneyroid sindrom fantastik alaxsirash bunda bemorlar harakatsiz yotadilar.
Es-xushni xiralashuvida o‘tkir ko‘ruv maydoni qisqaradi. Bu holat bosh 
miya jarohatida, epilepsiyada va patologik mastlikda kuzatiladi. Bu holat 
ambulator avtomatizmda va galyusinator-paranoid ko‘rinishlarda bo‘ladi. 
Xiralashuv holati bir necha minutdan bir necha kungacha davom etadi va to‘satdan 
tugashi mumkin.
O‘zidan-o‘zi tutashuv holati bemor butunlay harakatsiz bo‘lib qolib, faqat 
ko‘z olmasi harakatda bo‘ladi.
Akinetik mutizm sindromi po‘stloq osti markazlari jarohatlanganda sodir 
bo‘ladi.


 136
Es-xush buzilishi to‘r formatsiyaning disfunksiyasida kuzatiladi.
Bosh miya ayrim bo‘laklarining jarohatlanish sindromlari.
Peshona bo‘lagi:
“Po‘stloq” turi bo‘yicha markaziy parez va paralichlar;
Qarama-qarshi tomonga ko‘ruv falaji; 
Peshona apraksiyasi; 
Peshona ataksiyasi (astaziya-abaziya); 
Peshona parkinsonizmi (harakatga intilishning susayishi); 
Ushlab oluvchi reflekslar; 
Qarama-qarshilik belgisi – Koxanovskiy belgisi – yuqori qovoqni 
ko‘taraman deganda ko‘z aylanma mushagining tortilishi kuzatiladi, yoki ushlab 
tursa meningeal belgilarni immitasiya qilish mumkin; 
Oral avtomatizm reflekslari. “Buldog” belgisi;
Mimika mushaklarning emotsional falaji; 
Motor afaziya yoki agrafiya (chap yarim shar zararlansa);
Peshona psixikasi – befarqlik, eyforiya, xunuk xazillarga moyillik;
Medio-bazal bo‘limlari jarohatlansa anosmiya va ko‘ruvni buzilishi, 
vegetativ-visseral o‘zgarishlar; 
Ta’sirlanish belgilari: Djekson tutqanoqlari, adversiv tutqanoqlar (6, 8 
maydon) generalizatsiyalashgan tutqanoq, peshona avtomatizmi holatlari;
Tepa bo‘lagi:
Sezgi buzilishining po‘stloq turi; 
Astereognoziya (yuqori tepa bo‘lakchasi); 
Tana sxemasining o‘zgarishi (autotopognoziya, anozognoziya, 
psevdomiyeliya-o‘ng); 
Pastki kvadrant gemianopsiya; 
Konstuktiv apraksiya-chapda
Aleksiya va akalkliya – chap
Orqa markaziy epilepsiya xurujlari; 
Chakka bo‘lagi:
Chakka ataksiyasi (astaziya-abaziya); 
Yuqori kvadrant gemianopsiya; 
Vestibulyar (tizimli) bosh aylanishi; 
Sensor amnestik, semantik afaziya (chap yarim shar); 
Eshituv, xidlov, ta’m bilish agnoziyasi (ikki tomonlama jaroxatlansa); 
Xotira buzilishi
Amuziya (o‘ng tomonlama zararlansa); 
Chakka bo‘lagining ta’sirlanishi: eshituv, ta’m, hidlov galyusinasiyalari 
(chakka epilepsiyasidagi aurada); 
Visserda buzilishlar (kardialgiya, epiastrax og‘riqlar) mediobazal bo‘limlar 
ta’sirlansa kuzatiladi.
Paroksizmal buzilishlar “ko‘rilgan” yoki “xech qachon ko‘rilmagan”–o‘ng 
chakka qismi.
Ensa bo‘lagi:


 137
Gomonim gemianopsiya 
Ko‘ruv agnoziyasi 
Fotopsiya 
Ko‘ruv gallyusinasiyasi 
Kvadrat gomonim anopsiya 
Metamorfopsiya. 

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish