VII juft bosh miya nervining funksional va klinik anatomiyasi: o’zaklari, yuz nervi topografiyasi, tarmoqlar
Javob: VII juft bosh miya nervi (yuz nervi) - n. facialis.Bu nervning harakat o‘zagi - nucleus motorius n. facialis Voroliy ko‘prigining rombsimon chuqurchani tashkil etadigan yuzasida joylashadi. VTI juft nerv tarkibida oraliq nerv - n. intermedius bo‘ladi va shu sababli, yana ikki o‘zak tafovut etiladi: ustki so‘lak ajratuvchi o‘zak - nucleus salivatorius superior hamda sezuvchi - nucleus tractus solitarii. VII juft nerv bosh miyadan Voroliy ko‘prigi va uzunchoq miya chegarasi orqali chiqib, ichki eshituv teshigidan yuz nervi kanaliga davom etadi. Kanal ichida VII juft nerv tarkibidagi oraliq nerv - n. intermedius tolalari, nerv tugunida bo‘linadi. Bu tugun kanalning burilish sohasiga to‘g‘ri kelganligi uchun tizza tuguni - gangl. geniculi deyiladi. VII juft nervning harakat tolalari kanal bo‘ylab o‘z yo‘nalishini davom ettiradi va kallaning tashqi yuzasiga bigizsimon va so‘rg‘ichsimon o‘simtalar orasidagi teshik - foramen stylomastoideum orqali chiqadi. Yuz nervi quloq oldi so‘lak bezi ichidan o‘tib, tolalarga bo‘linadi.
Kanal ichidagi n. intermedius tarmoqlari:
1. Katta toshsimon nerv - n. petrosus major oraliq nerv tarmog‘i bo‘lib, tizza tugunidan ajraladi. Chakka suyagi toshsimon qismining oldingi yuzasidagi tirqish - hiatus canalis n. petrosi majoris orqali kalla ichi yuzasida paydo bo‘lib, shu nom bilan ataladigan egat orqali yirtiq teshik - foramen lacerum sohasida kallaning tashqi yuzasiga yo‘naladi. Bu sohada simpatik nerv tolalari - n. petrosus profundus bilan qo‘shilib, qanotsimon kanal - canalis pterygoideus bo‘ylab, qanot-tanglay chuqurchasi sohasidagi tugunni (gangl. pterygopolotinum) hosil etishda qatnashadi (bu tugundan chiquvchi tolalar haqidagi ma’lumot uch shoxli nerv bilan birga berilgan.)
2. Nog‘ora tori nervi - chorda tympani oraliq nerv tarmog‘i bo‘lib, tizza tugunidan ajraladi. Kanal ichidan o‘rta quloq bo‘shlig‘iga canaliculus chordae tympani orqali o‘tadi. Bu nerv o‘rta quloq bo’shlig‘idan toshsimon - nog‘ora tirqishi - fissura petrotympanica orqali tashqariga chiqadi. Til nervi bilan qo‘shilib, uning ta’m bilish so‘rg‘ichlarini innervatsiya etadi. 3. R. communicans cum plexus tympanica - nog‘ora bo‘shlig‘idagi chigal bilan qo‘shiluvchi tarmoq; 4. R. communicans cum nervo vago - adashgan nerv bilan qo‘shiluvchi tarmoq.
N. facialis - yuz nervi tarmoqlari:
1. Uzangi nervi - n. stapedius kanal ichidan nog‘ora bo‘shlig‘iga o‘tib, uzangi mushagi - m. stapedius ni innervatsiya etadi