madaniylashtirish
xam
amalga oshiriladi. Agar ijtimoiylashuv - bu ijtimoiy tajribani o’zlashtirish
bo’lsa, madaniylashtirish - bu individning umuminsoniy madaniyat va turli
davrlardagi inson. faoliyatining moddiy va ma’naviy qadriyatlari jamlangan
tarixiy tarkib topgan faoliyat usullarini o’zlashtfrishclan iborat.
164
Shaxs taraqqiyoti muammosining u yoki bu nazariya nuqtai nazaridan
ko’rib chiqishdan tashqari, shaxsni turli yondoshuvlar nuqtai nazaridan
mtegratsiyalashtirilgan holda, yaxlitligicha ko’rib chiqish g’oyasi ham mavjud.
Shu asosda, shaxs barcha qirralarining kelishilgan holda, tizimli shakllanishi va
o’zaro bog’liq bo’lgan o ’zgarishlarini e’tiboriga qabul qiluvchi bir qancha
kontseptsiyalar shakllandi. Ushbu taraqqiyot kontseptsiyalari integratsiya
kontseptsiyalariga kiradi.
Shunday kontseptsiyalardan biri amerikalik ruhshunos olim E. Erikson
tomonidan ishlab chiqilgan nazariya hisoblanadi, u taraqqiyotga nisbatan o’z
qarashlarida
epigenetik tamoyil
: inson o’z shaxsiy taraqqiyotida tug’ilishidan
boshlab, to so’nggi kunlarigacha majburiy ravishda bosib o’tadigan
bosqichlaming irsiy belgilanganligiga rioya qiladi. E.Erikson har bir odamda
muqarrar ravishda ro’y beradigan sakkiz xildagi hayotiy ruhiy inqirozlami
ajratib, ta’riflab berdi:
1. Ishonch inqirozi - ishonchsizlik (hayotining birinchi yili davomida).
2. Gumonsirash va uyatchanlikka qarshi o’laroq, o’zini idora qilish (2-3
yoshlar atrofida).
3. Aybdorlik hissiga qarshi o ’laroq, tashabbuskorlikning paydo bo’lishi
(taxminan uchdan olti yoshgacha).
4. Mukammal emasiik kompleksiga qarshi o’laroq, mehnatsevarlik (7 dan
12 yoshgacha).
5. Individual g’o’rlik va konformizmga qarshi o’laroq, shaxsiy yo’nalishga
ega bo’lish (12 dan 18 yoshgacha).
6.
Shaxsiy ruhiy yakkalanishga qarshi o’laroq, samimiylik va
muloqotchanlik (20 yoshlar atrofida).
7. «O’ziga g’arq bo’lish»ga qarshi o’laroq, yangi avlod tarbiyasi haqida
qayg’urish (30-60 yoshlar orasida).
8. Umidsizlanishga qarshi o’laroq, bosib o’tilgan hayot yo’lidan
mamnunlik (60 yoshdan katta) (7.2 jadval).
7.2 Jadval
Shaxsning rivojlanish bosqichlari (E. Erikson bo’yicha)
Rivojlanish
bosqichlari
Normal rivojlanish
Anormal rivojlanish
1. Erta go’daklik
(tug’ilishdan
1
yoshgacha ).
Odamlarga
ishonch,
samimiy
muhabbat,
bog’lanish,
ota-ona
va
bolaning
o’zaro
tan
olinishi,
bolalaming
muloqotda
va
boshqa
Onaning
bolaga
yomon
munosabati,
e’tiborsizlik,
mensimaslik,
mehribonlikdan
mahrum
etish,
- bolani
ko’krakdan juda erta yoki
keskin ajratish, uni emotsional
165
muhim
hayotiy
ehtiyojlarining
qondirilishi.
yakkalab
qo’yish
natijasi
sifatida
odamlarga nisbatan
ishonchsizlik.
2.
Kechki
go’daklik (ldan
3 yoshgacha).
Mustaqillik,
o’ziga
ishonch.
Bola
o’ziga
alohida, mustaqil, lekin
hanuz ota-onasiga tobe
sifatida qaraydi.
O’ziga ishonmaslik va yuqori
uyatchanlik hissi. Bola o’zining
moslashmaganligini his etadi,
o’zining qobiliyatlarini shubha
osdga qo’yadi. Oddiy harakat
ko’nikmalarining
rivojlanishida,
masalan,
yurishda
yetishmovchiliklar,
yo’qotishlarni
boshidan
kechiradi.
Nutqi
bo’sh,
atrofdagilardan
kamchiligini
yashirish istagi juda kuchli.
3. Erta bolalik
(3-5
yoshlar
atrofida).
Qiziquvchanlik va faollik.
Atrof olamni qiziqish bilan
o’rganish
va
jonli
tasavvur, kattalarga taqlid
qilish, jinsiy rolli hulq-
atvorga kirishish.
Odamlarga nisbatan sustlik va
befarqlik.
Lanjlik,
tashabbusning
mavjud
emasligi,
boshqa
bolalarga
nisbatan hasadgo’ylik, shashti
pastlik
i
to’g ’ri
javobdan
qochish, jinsiy rolli hulq-atvor
belgilarining mavjud emasligi.
4. O’rta bolalik
(5dan
11
yoshgacha).
Mehnatsevarlik.
Aniq
ifodalangan
burchni
anglash
va
yutuqlarga
erishishga intilish hissi.
Bilish va kommunikativ
malaka
va
ko’nikmalaming
rivojlanishi. O’z oldiga
aniq vazifalar qo’yish va
ulami hal etish. Asbobli va
jismli
harakatlami
faol
o’zlashtirish,
vazifaga
yo’nalganlik.
O’zini to’laqonli his etmaslik.
Yaxshi rivojlanmagan mehnat
ko’nikmalari.
Murakkab
vazifalardan, boshqa odamlar
bilan
musobaqalashish
vaziyatlaridan
o’zini
olib
qochish.
Bir
umr
o’rta
miyonalikka
mahkumlik.
«Dovul oldidan sukunat» hissi,
jinsiy yetilish davri. Maishiy
qulaylik,
qaramlik.
Turli
masalalami
hal
etishda
qo’llaniladigan
harakatlar
puxtaliligi hissi.
5. Jinsiy yetilish,
o’smirlik
va
Hayotda o’z o’mini topish.
Istiqbolli
rejalarning
Rollaming
chalkashligi.
Vaqtinchalik
istiqbollarning
o’spirinlik davri
(lldan
20
yoshgacha).
rivojlanishi. Qanday va
kim bo’lish kabi savollar
bo’yicha
qaror
qabul
qilish. O’zlikni faol izlash
va
turli
rollar
bilan
tajribalar o’tkazish. Ta’lim
olish. SHaxslararo hulq-
atvor
shakllarida
aniq
jinsiy
qutblanish.
Dunyoqarashning vujudga
kelishi.
Tengdoshlar
guruhida yo’lboshchilikni
o’ziga olish va zarur
bo’lganda
ularga
bo’ysunish.
adashtirilishi va qo’zg’atilishi:
kelgusi va hozirgi zamon,
shuningdek,
o’tgan
zamon
haqidagi
fikrlarning yuzaga
kelishi.
Ruhiyatni
o’zini
bilishda jamlash, tashqi olam
va
odamlar
bilan
munosabatlarga zarar keltirgan
holda o’zini anglashga bo’lgan
kuchli ifodalangan intilish. Jins
bo’yicha
rollaming
belgilanishi.
Mehnat
faolligining so’nishi.
Jinsga
tegishli
rolli
hulq-atvor
shakllarining,
yo’lboshchilikdagi
rollarning
aralashib ketishi. Ahloqiy va
dunyoqarashga
tegishli
mayllardagi chalkashlik.
6. Erta yetuklik
(20
dan
45
yoshgacha).
Odamlar bilan yaqinlik.
Odamlar bilan muloqotga
intilish, o’zini insonlarga
bag’ishlash
istagi
va
layoqati.
Farzandlami
dunyoga
keltirish
va
tarbiyalash, muhabbat va
faoliyat. SHaxsiy hayotdan
qoniqish.
Odamlardan
yakkalanish.
Odamlardan,
ayniqsa,
yaqinlaridan,
samimiy
munosabatlardan o’zini olib
qochish.
Xarakterdagi
qiyinchiliklar,
betayin
munosabatlar va tutiriqsiz hulq-
atvor.
Tan
olinmanganlik,
yakkalanish, dunyoda mavjud
bo’lgan va faoliyatdagi tahdid
soluvchi kuchlaming ta’sirida
yuzaga keluvchi ruhiyatdagi
nuqsonlaming,
ruhiy
parokandalikning
birlamchi
belgilari.
7. O’rta yetuklik
(40-45 dan 60
yoshgacha)
Ijodkorlik. O’zining ustida
va
boshqalar
bilan
mahsuldor
va
ijodkor
ishlami olib borish. Yetuk
to’laqonli va rang-barang
Turg’unlik.
Manmanlik
va
egotsentrizm. Besamar faoliyat.
Erta nogironlik. O’zini har
tomonlama kechirish va o’zi
haqida qayg’urish.
167
hayot.
Oilaviy
munosabatlardan qoniqish
va
farzandlari
bilan
g’ururlanish hissi. Yangi
avlodga ta’Iim va tarbiya
berish.
8.
So’nggi
yetuklik
(60
yoshdan katta).
To’laqonli hayot. O’tmish
haqida
o’ylar,
tinch
mulohaza yuritish, baho
berish.
Bosib
o’tilgan
hayot yo’lini boricha qabul
qilish.
Hayotning
to’laqonliligi
va
imkoniyatlarini his etish.
Muqarrarlik bilan murosa
qilish layoqati. O’limning
dahshatli
emasligini
tushunish.
Umidsizlik. Hayotning besamar
o’tganligi, vaqtning ozligi va
suvdek oqib ketishi hissi.
Mavjudlikning mohiyatsizligini
anglash, o’ziga va boshqalarga
nisbatan
ishonchning
yo’qolishi. Hayotni qaytadan
boshlash istagi, ko’prog’iga
erishishga intilish. Dunyoda
mavjud bo’lgan tartibsizlik,
anglanmaganlik
hissi.
Yaqinlashayotgan
o’limdan
qo’rqinch hissi.
Erikson kontseptsiyasida shaxsning vujudga kelishi har bir bosqichda sodir
bo’ladigan inson ichki olami va atrofdagi odamlar bilan munosabatlarining sifat
o’zgarishlari almashinuvi tarzida tushuniladi. Buning natijasida u shaxs sifatida
rivojlanishning, aynan, hozirgi bosqichiga tegishli bo’lgan va butun umri
davomida saqlanib qoladigan yangi xususiyatlarga ega bo’ladi. Bunda yangi
shaxsiy qirralar, Erikson fikricha, faqat avvalgi rivojlanish asosida yuzaga
keladi.
Inson shaxs sifatida shakllanishi va rivojlanishida ijobiy sifatlar bilan birga
kamchiliklarga ham ega bo’ladi. Turli xildagi ijobiy va salbiy yangi hosilalarni
birgalikda yagona nazariyada izchil tarzda umuman tasavvur qilib bo’lmaydi.
SHuning uchun Erikson o’z kontseptsiyasida shaxs rivojlanishining faqat ikki
keskin: normal va anormal yo’nalishlami
aks ettirdi. Hayotda ular sof
ko’rinishda deyarli uchramaydi, lekin aniq chegaralangan qutblar yordamida
inson shaxsiyati taraqqiyotining barcha oraliq turlarini tasavvur qilish mumkin.
SHaxs taraqqiyoti muammosini o’rganishda mualliflar inson rivojlanishini
belgilab beruvchi sabablami aniqlashga harakat qiladilar. Tadqiqotchilaming
ko’pchiligi shaxs taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi sifatida turli
ko’rinishdagi ehtiyojlar majmuasini tan oladilar. Bunday ehtiyojlar orasida o’z-
o’zini o’stirishga bo’lgan ehtiyoj asosiy o’rinni egallaydi. O’z-o’zini o’stirishga
168
bo’lgan intilish qandaydir erishib bo’lmaydigan yetuklikka intilishni
bildirmaydi. SHaxsning aniq maqsad yoki ijtimoiy darajaga erishishga bo’lgan
intilishi o’ta muhimdir.
SHaxs taraqqiyotining umumiy muanunolari qatorida o’rganiladigan
masalalardan yana bid shaxsiy xossalarning barqarorlik darajasi haqidagi masala
hisoblanadi. Ko’pchilik shaxs nazariyalarining asosida shaxs ijtimoiy-psixologik
noyob hodisa sifatida o’zining asosiy ifodalanishida hayotiy barqaror tuzilma
bo’lib hisoblanishi haqidagi faraziy tushuncha yotadi. Aynan shaxs
xususiyatlarining barqaroriik darajasi harakatlarining ketma-ketligini va
ma’lum hulq-atvorni belgilaydi, uning harakatlariga qonuniylik xususiyatini
beradi. Lekin qator tadqiqotlar natijasida inson hulq-atvori anchayin
o’zgaruvchanligi aniqlandi. SHuning uchun qonuniy ravishda inson shaxsi va
hulq-atvorining barqarorligi haqiqatdan ham nimada va qanchalik ifodalanishi
haqidagi savol tug’iladi.
Tadqiqotlaming natijalariga ko’ra, tug’ma anatomik va fiziologik
xususiyatlar, asab tizimi xossalari bilan bog’liq bo’lgan shaxsning dinamik
xususiyatlari yuqori darajadagi barqarorlikka ega bo’ladi. Ularga temperament,
emotsional reaktivlik, ekstraversiya - introversiya va boshqa ba’zi bir sifatlar
kiradi. SHuningdek, aniqlanishicha, shaxsning ham barqaror, ham o’zgaruvchan
real hulq-atvori doimiy ijtimoiy vaziyatlarga bog’liqdir.
«Umumiy psixologiya» (2002 y.) darsligining muallifi A.G. Maklakovning
fikriga ko’ra, inson barcha odamlarga xos bo’lganligidan o’ta barqaror hosilani
tashkil etuvchi shaxsning qator xususiyatlariga egadir. Bular
integrativ
xususiyatlardir, ularga shaxsning
Do'stlaringiz bilan baham: |