V IIIMAVZU. DIQQAT
REJA:
8.1. Diqqatning mohiyati.
8.2. Diqqatning fiziologik asoslari va psixologik nazariyalari.
8.3. Diqqatning vazifalari va turlari.
8.4. Diqqatning xossalari.
8.5. Diqqatning rivojlanishi.
Mavzu o’quv m aqsadi:
Ta’limiy: talabalar tomonidan diqqatning moxiyati, diqqatning fiziologik
asoslari va psixologik nazariyalari, diqqatning
vazifalari va turlari, diqqatning
xossalari haqidagi bilimlami o’zlashtirilishini tashkii etish.
Tarbiyaviy: bo’lajak pedagoglar tomonidan diqqatning moxiyati, diqqatning
fiziologik asoslari va psixologik nazariyalari, diqqatning vazifalari va turlari,
diqqatning
xossalari
haqidagi bilim, ko’nikma va malakalari asosida
dunyoqarashini kengaytirish.
Rivojlantiruvchi: mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o’quv maqsadlari asosida
talaba shaxsini rivojlantirish.
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Diqqat
-
psixik faoliyatning biror-bir ma’lum narsaga yo’nalganligi va
jamlanganligi.
Attention is a state of awareness in which the senses are focused exclusively and
selectively on aspects of the environment.
Yo’nalganlik -
psixik faoliyatning tanlovchanlik tabiati, ob’ektni ixtiyoriy va
beixtiyoriy tanlash.
Directedness is a sense of unified purpose that gives a person enduring motiva
tion, continuity and orientation to the future.
Ixtiyorsiz diqqat -
to’satdan ta’sir qilgan biror sabab tufayli bizning
hohishimizdan tashqari hosil bo’ladigan diqqat.
Involuntary attention undeliberately applied or focused attention.
Ixtiyoriy diqqat -
oldindan belgilangan qat’iy bir maqsad asosida va ongli
ravishda diqqatimizni ma’lum bir narsa va hodisalarga qaratishimiz.
Voluntary attention is the act of deliberate and decisive attention.
Diqqat psixologik noyob hodisa bo’lib,
8.1. Diqqatning mohiyati
hozirgacha ruhshunoslar u haqda yagona fikrga
ega emaslar. Ba’zi bir mualliflarning fikriga
ko’ra, diqqat istalgan psixik jarayonda u yoki bu
darajada ishtirok etganligi
sababli, mustaqil hodisa sifatida o ’rganilishi mumkin etnas. Boshqalar esa
diqqatning psixik jarayon sifatida mustaqilligini yoqlaydilar.
Bundan tashqari, diqqatning psixik hodisalaming qaysi sinfiga tegishliligi
haqida ham turli ftkrlar mavjud. Ba’zilaming ta’kidlashiga ko’ra, diqqat - bu
psixik bilish jarayoni. Boshqalar diqqat har bir
faoliyatning zarur sharti
ekanligiga, diqqatning o’zi esa ma’lum iroda kuchlarining ifodalanishini talab
etishiga asoslangan holda, diqqatni iroda va insonning faoliyati bilan
bog’laydilar.
Diqqat hodisasini tushuntirishning murakkabligi, uning «toza» ko’rinishda
uchramasligidan iborat. Diqqat o’zining
bilish mazmuniga ega emas, u faqat
boshqa bilish jarayonlari faoliyatiga xizmat ko’rsatadi. SHuning uchun diqqatni
bilish jarayonlarining o’sish xususiyatlarini xarakterlovchi holat, psixofiziologik
jarayon sifatida o’rganish zarur. Diqqat o’zi nima?
Diqqat
- bu psixik faoliyatning biror-bir ma’lum narsaga yo’nalganligi va
jamlanganligi. Bu hayvonlar, shuningdek, inson diqqatlarining umumiy ta’rifi.
Insonga
nisbatan
Do'stlaringiz bilan baham: