tafakkurida voqelikni aks ettirish va qayta tiklash jarayoni bo’lib, uning natijasi
olam haqida yangi bilimlarga ega bo’lishdan iborat.
Hozirgi zamon falsafasiga ko’ra, bilish ikki asosiy -
hissiy
va
maqsadga
muvofiqlik
(mantiqiy) darajalaridan o’tadi. Hissiy bilish - tuban daraja -
sezgilar, idrok va tasawurlar ko’rinishida amalga oshiriladi.
Sezgilar - bilish jarayonining boshlang’ich katakchasi.
Hissiyotli aks
ettirishning murakkabroq va yuqoriroq shakli idrok qilish - ob’ektning yaxlit
hissiy tasviridan iborat. Endi bu holatda ishga idrok etiladigan ob’ektni
belgilovchi g’oya kirishadi. Nihoyat, hissiy aks ettirishning yuksak shakli
tasavvur - xotirada qayta tiklanadigan, bevosita idrok etilmaydigan ob’ektlar
haqidagi
obrazli
bilimlardan
iborat.
Tasavvur qilishda
ongimizning
mavhumlashtimvchi qobiliyati ishga tushadi.
Lekin hissiy tasvirlarda
hodisalaming faqat tashqi tomoni qayd etiladi, faqat ayrimliklar aniqlanadi.
Ikkinchi - yuqori darajali - muvofiq holda bilishda - umumiylik,
ahamiyatlilikni namoyon qilish amalga oshiriladi. Bunda asosiy vosita sifatida
tafakkur va ong xizmat qiladi. His-tuyg’u organlaridan qabul qilingan
ma’lumotlar inson tomonidan fikr yuritish, xulosa
chiqarish va tushunchalar
hosil qilish yordamida atrof-olam qonuniyatlarini bilishda qo’llaniladi.
Bilish jarayonlariga, psixik jarayonlaming bir turi sifatida psixologiya
sezgi, idrok, tasavvur, xayol, tafakkur va ong, ijod, diqqat, mnemik jarayonlami
kiritadi.
Sezgi - bu inson ichki olamining sensor tizim orqali tashqi olam bilan
dastlabki yaqinlashuvi. Sezgi orqali atrof-muhit va ichki dunyomizdagi
ko’pchilik
narsalar, shuningdek, rang, ta’m, hid, harakat, fazodagi holat haqida
bilib olamiz.
Sezgilar tashqi dunyo va o’z tanamiz haqidagi bilimlarimizning asosiy
manbai bo’lib hisoblanadi. Ular psixik hodisalaming eng soddasi bo’lib,
anglangan, inson miyasida sub’ektiv holatga ega bo’lgan yoki anglanmagan,
lekin uning hulq-atvoriga ta’sir ko’rsatuvchi, markaziy
asab tizimi tomonidan
tashqi yoki ichki muhitda hosil bo’ladigan o’rinli seskantiruvchilaming qayta
ishlanishi mahsulidir. Sezgilar bizning faqat olam haqidagi bilimlarimizning
emas, balki, his-tuyg’ularimizning ham manbai bo’lib hisoblanadi.
Sezgi -
bu sodda tuzilgan psixik jarayon bo’lib, u moddiy dunyo jismlari
va
hodisalarining
alohida
xossalarini
aks
ettirishdan,
shuningdek,
seskantiruvchilaming mos bo’lgan retseptorlarga bevosita ta’siri ostidagi
organizmning ichki holatlaridan iborat.
Avval boshdan, sezgilar o’zining kelib chiqishiga ko’ra, organizmning
biologik ehtiyojlarini qondirish faoliyati bilan bog’liq bo’lganlar.
Sezgilar asliy
sifatlari va xilma-xilligi bilan inson uchun ahamiyatli bo’lgan atrof-muhit
187
xossalarining turli-tumanligini aks ettiradi. Bundan tashqari, ular insonning
hayotiy o’zgaruvchan sharoitlarga moslashishi uchun zarurdir. Sezgilar boshqa,
murakkabroq
tuzilgan - idrok, tafakkur, xayol kabi psixik jarayonlar uchun
ma’lumot yetkazib beradilar.
Sezgilar faqat insonga emas, balki, hayvonlarga ham xosdir, ba’zi
hayvonlar esa, hatto, insondan ko’ra o’tkirroq ko’rish (burgutlar), hamda, nozik
hid bilish va eshitish (it) qobiliyatlariga egadirlar.
Lekin insonning sezgilari
tafakkuri bilan boyitilishi sababli, uning bumi va ko’zi, burgutning ko’zi va
itning burniga qaraganda jismlarda ko’proq narsalami ilg’aydilar.
Sezgilar tanlab o’tkazish va, shu bilan birga, faol xususiyatlarga ega.
Tanlab o’tkazish real dunyo jismlari va hodisalarining u yoki bu belgilarini aks
ettira oladigan retseptomi qo’llashdan iborat. Sezgilar faolligi his-tuyg’u
organlari harakati orqali joriy etiladi. Masalan, ko’rish sezgilari jarayonida ko’z
uzluksiz harakatami amalga oshiradi, go’yoki, jismni ushlab chiqadi. Harakatsiz
ko’z ko’rish qobiliyatidan umuman malirum bo’ladi.
Shunday qilib, sezgilar jarayoni - bu u yoki bu
xossaning bir aktli passiv
aksi bo’lmasdan, ma’lum tuzilishga ega bo’lgan, analizatorlaming murakkab
faoliyatidan iborat faol jarayon.
Sezgi refleksli asosga ega bo’lib, asab
Do'stlaringiz bilan baham: