N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

8.5. Diqqatning rivojlanishi
bosqichlariga ega. Bola hayotining birinchi
oylarida faqat ixtiyorsiz diqqatning mavjudligi 
kuzatiladi. 
Bola dastlab 
kuchli 
yoki keskin farq qiladigan tashqi 
qo’zg’atuvchilarni sezadi. Uch oylik bo’lishi bilan bola, hayoti bilan uzviy 
bog’liq bo’lgan ob’ektlar bilan ko’proq qiziqa boshlaydi. 5-7 oyligida bola 
yetarlicha uzoq vaqt davomida qandaydir jismni kuzatishi, ushlab ko’rishi, 
og’ziga olishi mumkin. Ayniqsa, yorqin va yaltiroq jismlarga bo’lgan qiziqishi 
yaqqolroq ko’rinadi. Bu ixtiyorsiz diqqatning to’la rivojlanganligidan dalolat 
beradi.
Ixtiyoriy diqqatning nishonalari, odatda, birinchi yilning oxiri ikkinchi 
yilning boshlariga kelib, namoyon bo’la boshlaydi. Bolada ixtiyoriy diqqatning 
shakllanishi va rivojlanishi uni tarbiyalash jarayoni bilan bog’liq. Bolaning 
atrofidagi odamlar asta-sekin bolani o’zi istaganini emas, balki, uning qilishi 
zarur bo’lganlami bajarishga o’rgatib boradilar.
Ixtiyoriy diqqatning rivojlanishida o’yin katta ahamiyatga ega. O’yin 
jarayonida bola o’z harakatlarini o’yin talablariga muvofiqlashtirishni va ularni 
qoidalarga mos ravishda yo’naltirishni o’rganadi. Ko’pchilik jismlar va 
hodisalar bilan tanishib borish, oddiy munosabatlami farqlash malakasining 
asta-sekin shakllanishi, ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlashish, ular 
bilan sayr qilish va o’yinlar o’ynash, boshqa jismlar va o’yinchoqlami o’ynatish 
- bularning barchasi bolaning shaxsiy tajribasini boyitadi, shu bilan birga, uning 
qiziqishlari va diqqatini rivojlantiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning asosiy xususiyati ixtiyoriy diqqatining 
yetarlicha barqaror emasligidan iborat. Bola yot seskantiruvchilarga oson 
chalg’iydi, uning diqqati o’ta hissiyotlidir. Asta-sekin bolada mashqlar va iroda 
kuchi yordamida o’z diqqatini boshqara olish layoqati shakllanadi
Ixtiyoriy diqqatning rivojlanishida maktab alohida ahamiyat kasb etadi. 
Maktab mashg’ulotlari jarayonida bola intizomga o’rganadi, unda qunt qilish, 
hulq-atvorini nazorat qilish layoqati shakllanadi. SHuni aytib o’tish lozimki, 
maktab yoshida ixtiyoriy diqqatning rivojlanishi ham ma’lum bosqichlardan 
o’tadi. Boshlang’ich sinflarda bola mashg’ulotlarda o’z hulq-atvorini to’liq 
nazorat qila olmaydi, unda ixtiyorsiz diqqat ustunlik qifadi.
183


Yuqori sinflarda o’smiming ixtiyoriy diqqati yuqori taraqqiyot darajasiga 
ko’tariladi. O’quvchi yetarlicha uzoq vaqt davomida ma’lum faoliyat turi bilan 
shug’ullana oladi, o’z hulq-atvorini nazorat qiladi. Lekin, shuni ko’zda tutish 
lozimki, diqqat sifatiga tarbiyalash sharoitlarining o’zi emas, balki, yosh 
xususiyatlari ham ta’sir ko’rsatadi. 13-15 yoshlarda sodir bo’ladigan fiziologik 
o’zgarishlar yuqori darajadagi toliqish va ta’sirchanlik bilan birgalikda kechadi
va ba’zi holatlarda diqqatning pasayishiga olib keladi.
SHunday qilib, diqqatning rivojlanishida ikki asosiy bosqichni ajratish 
mumkin: asosiy xususiyati tashqi tomondan belgilangan diqqatning ustunligidan 
iborat bo’lgan maktabgacha rivojlanish bosqichi va ichki diqqatning jadal 
rivojlanishi xususiyatiga ega bo’lgan maktab davri rivojlanishi bosqichlaridir.
TA’LIM OLUVCHINING MAVZU BO’YICHA O’Z - O’ZINI 
TFKSHIRISHGA OID SAVOLLAR:
1. Diqqat nima, uning belgilari nimalardan iborat?
2. Diqqat asosida qanday fiziologiya asoslari yotadi?
3. Diqqatning asosiy psixologik nazariyalari xususiyatlarini gapirib bering.
4. Diqqatning qanday vazifalari va turlarini bilasiz?
5. Diqqatning asosiy xossalari xususiyatlarini gapirib bering.
6. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan nimasi bilan farq qiladi?
7. Bolada diqqatning rivojlanishi haqida gapirib bering.
1. 
What is the attention and its signs.
2. 
What physiologic bases lie on the attention basis?
3. 
Tell about the peculiarities of the main psychological theories of the atten­
tion.
4. 
What tasks and kinds of the attention do you know?
5. 
Tell about the peculiarities of the main qualities of the attention.
6. 
What is the difference between the random and automatic attentions?
7. 
Tell about the development of the child’s attention.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1. Davletshin M.G. Umumiy psixologiya. - Toshkent, 2003.
2. Psixologiya vnimaniya: Xrestomatiya/ Pod red. Yu.B.Gippenreyter, 
V.Ya.Romanova. - M., 2005.
3. Rubinshteyn S.L. Osnovbi оЬгцеу psixologii. - SPb., 2005.
184


4. Tumasova S.A. Psixologiya: Uchebnoe posobie. - M., 2006.
5. G’oziev E.G. Psixologiya. -Toshkent, 1994.
MAVZU BO’YICHA TEST TOPSHIRIQLARI
1. Diqqat deb:
a) ob’ektning his-tuyg’u organlariga ta’sir ko’rsatishida yuzaga keladigan 
psixik faoliyatning shakli;
b) ob’ektning tanlab idrok qilishi;
v) odam ongining ma’lum ob’ektlarga yo’nalganligi va jamlanganligi; 
g) organizmning ishchi holati, analizatoming qo’zg’alishga bo’lgan mayli.
2. Diqqatning umumiy xususiyati bo’lib, uning ... ko’rsatkichi hisoblanadi:
a) tezligi;
b) aniqligi;
v) muvaffaqiyatliligi 
g) hajmi.
3. Ongning seskantiruvchi sifatidagi alohida xususiyatiga muvofiq holda 
ob’ektda jamlanganligi:
a) ixtiyorsiz diqqat;
b) ixtiyoriy diqqat;
v) ixtiyoriydan keyingi diqqat; 
g) ko’rishga oid diqqat.
4. Istalgan sub’ektga bo’lgan ixtiyoriy diqqatning yuzaga kelish sababi:
a) faoliyat maqsadining mavjud emasligi;
b) seskantiruvchining yangilanishi; 
v) faoliyat maqsadini belgilash;
g) ob’ektning hissiyotli ahamiyatliligi.
5. Diqqatning bo’linish tezligi nimaga bog’liq?
a) rag’bat materialiga;
b) uning sub’ekt bilan faoliyati xususiyatiga; 
v) shaxs motivatsiyasi darajasiga;
g) sub’ektning gender xususiyatlariga.
185


I X M A V Z U . S E Z G I
REJA:
9.1. Sezgi haqida tushuncha.
9.2. Sezgilarning fiziologik mexanizmlari.
9.3. Sezgilarning tasnifi.
9.4. Sezgilarning umumiy xossalari.
9.5. Sezuvchanlik va uning o’zgarishi.
9.6. Sensor moslashish va sezgilarning o’zaro ta’siri.
9.7. Sezgilarning rivojlanishi.
9.8. Tasavvur turlari.
Mavzu o’quv m aqsadi:
Ta’limiy: talabalar tomonidan sezgi haqida tushuncha, sezgilarning fiziologik 
mexanizmlari, sezgilarning klassifikatsiyasi, umumiy xossalari, sezuvchanlik va 
uning o’zgarishi, sezgilarning rivojlanishi haqidagi bilimlami o’zlashtirilishini 
tashkil etish.
Tarbiyaviy: bo’lajak pedagoglar tomonidan sezgi haqida tushuncha, 
sezgilarning fiziologik mexanizmlari, sezgilarning klassifikatsiyasi, umumiy 
xossalari, sezuvchanlik va uning o’zgarishi, sezgilarning rivojlanishi haqidagi 
bilim, ko’nikma va malakalari asosida dunyoqarashini kengaytirish. 
Rivojlantiruvchi: mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o’quv maqsadlari asosida 
talaba shaxsini rivojlantirish.
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Sezgi
- atrofimizdagi narsa va hodisalaming sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir 
etishi natijasida ulaming ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishi. 
Sense is a perception or feeling produced by a stimulus where the things and 
events directly effect on our organs of senses and some of their signs and quali­
ties reflect in our mind.

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish