SIMSIZTARMOQLARDAAUTENTIFIKATSIYALASH
Nazorat savollari
1. Oddiy xavfsizlikka ega IEEE802.11 standartini tushuntiring
2. 802.11 autentifikatsiyalash mexanizmlarining zaifliklarini tushuntiring
3. WPA spesifikatsiyasini tushuntiring
4. Umumiy kalitli autentifikatsiyalashning zaifligini tushuntiring
1.IEEE802.11 standartida abonentni autentifikatsiyalash aniq bir abonentni tarmoq resurslarining foydalanuvchisi emas, radioulanish abonent qurilmasini autentifikatsiyalashga mo‘ljallangan. IEEE802.11 simsiz lokal tarmoq abonentini autentifikatsiyalash jarayoni quyidagi bosqichlardan tashkil topgan (4.20rasm) [13]:
Abonent (Client) Rrobe Request freymni barcha radiokanallarga yuboradi.
Har bir radioulanish nuqtasi (Access Point-AP) abonent joylashgan radio ko‘rinish zonasida Rrobe Responce javob freymini yuboradi.
Abonent o‘zi uchun afzal bo‘lgan radioulanish nuqtasini tanlaydi va unga xizmat ko‘rsatadigan radiokanalga autentifikatsiyalashga (Authentication Request) so‘rovni yuboradi.
Radioulanish nuqtasi autentifikatsiyalashning tasdiqlanishini (Authentication Rerlu) yuboradi.
Muvvafaqiyatli autentifikatsiya holatida abonent radioulanish nuqtasiga assotsiatsiya freymini (Association Request) yuboradi.
Radioulanish nuqtasi javobga assotsiatsiyani tasdiqlash freymini (Association Responce) yuboradi.
Abonent endi radioulanish nuqtasi va simli tarmoq bilan foydalanish trafiklarini almashtirishni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.
4.20 rasm. 802 standart bo‘yicha autentifikatsiyalash
Aktivlashtirishda simsiz abonent o‘z radio ko‘rinish zonasida Rrobe Request boshqarish freymlari yordamida radioulanish nuqtalarini qidira boshlaydi. Rrobe Request freymlari mijozga zarur bo‘lgan SSID identifikatorili barcha radioulanish nuqtalarini topish uchun abonent radiointerfeysini ishlata oladigan va radio almashtirish tezliklari bilan ishlay oladigan radiokanallardan har biriga yuboriladi. Abonent radio ko‘rinish zonasida bo‘lgan Rrobe Request freymida so‘ralgan parametrlarni qoniqtiradigan radioulanish nuqtalaridan har biri sinxronlashtiruvchi axborotlar va radioulanish nuqtasining joriy yuklanishi haqida ma’lumotlardan iborat Rrobe Responce freymi bilan javob beradi. Abonent qaysi radioulanish nuqtasi bilan ishlashini ular ishlay oladigan radio almashtirish tezliklari va yuklanishlarini taqqoslash yo‘li bilan aniqlaydi. Avzalroq radioulanish nuqtasi aniqlanganidan keyin abonent autentifikatsiyalash fazasiga o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |