Shaxsning psixologik
shaxsiyatiga tegishli asosdir. U jonli tabiat va
*
jamiyat tomonidan o’tkaziladigan o’ta kuchli
bosimdan himoya qilinishi zarur. Himoya anglanmagan tarzda sodir etiladi.
Shaxs asosini yemirilishdan muhofaza qiluvchi ruhiy mexanizm himoyalovchi
mexanizm deb ataladi. U biologik evolyutsiyadan ko’ra ko’proq madaniy
evolyutsiyaning natijasi bo’lib hisoblanadi.
Psixologik himoya -
shaxs yaxlitligiga tahdid soluvchi, nizolilar bilan
bog’liq bo’lgan salbiy kechinmalami kamaytirishga yo’naltirilgan mexanizmlar
tizimi. Psixologik himoya shaxs tomonidan psixologik noqulaylik, «Men-
obrazi»ga tahdid soluvchi kechinmalami bartaraf etish va ushbu vaziyatlarga
tegishli bo’lgan darajada saqlash uchun qo’llaniladigan boshqarish tizimini
tashkil qiladi.
«Himoya mexanizmlari» tushunchasi Z. Freyd tomonidan asabiy holatlarga
olib kelishi mumkin bo’lgan nizolilarda «Ego» qo’llaydigan usulni umumiy
holda belgilash uchun kiritilgan edi. Klinika amaliyotida u o’zi va olam bilan
kelisha olmagan odamlarga juda ko’p marotaba duch kelgan. Ular irratsional
harakatlami amalga oshirib, nomutanosib fikrlami ifoda etgan holda, idrok
qilish illyuziyalarini namoyish qilganlar, bulaming barchasi aniqlik kiritishni
talab etardi. Shularga o’xshash reaktsiyalar tashhislarda rasmiylashtirilgan edi.
Bunday tashhislar sog’lom insonlarda ham aniqlangan edi. Bunday holatni
tushuntirib berish uchun Z. Freyd 1884 yilda «psixologik himoya» tushunchasini
kiritdi, bu tushunchani anglanmagan intilishlar va ijtimoiy talablar (cheklovlar)
o’rtasidagi nizolilami hal etishning shakli sifatida talqin etdi. Uning qizi Anna
Freyd o’zining «Men va himoya mexanizmlari» nomli ilmiy ishida, otasining
nazariyasini rivojlantirib, Ego-himoya mexanizmlari anglanmagan bo’lishini va
ular «ichki sezgining talablarini inkor etishini» ta’kidlagan edi.
160
Hozirda psixologik himoya shaxs nazariyalarining barchasida, insonga
nisbatan turli yondoshuvlarda tan olinadi va ta’riflanadi. Himoya mexanizmlari
yoki psixologik himoya, - bu insonning o’zini noxush kechinmalar, qalb
arohatlari va xavotirlardan himoya qilishda qo’llaydigan, unga xos bo’lgan va
umvman anglanmaydigan tizimli harakatlar.
Tadqiqotlarga ko’ra, odamlar shaxsiy sifatlari baholanishlari orasidan
o zlarining baho berishlari bilan mos tushadiganlarini yodda saqlab qoladilar.
Shu tarzda ular o’zlariga bo’lgan hurmatlarini yo’qotmagan, ko’z oldimizda
obro’imizni tushirmagan xolda xatoliklar va omadsizliklaming sababini
tushuntirishga harakat qiladilar. Xuddi mana shuning uchun ham inson ruhiyati
himoya mexanizmlari bilan qurollandi. Ular tashqaridan kelayotgan axborotlami
saralab, faqatgina insonning ichki olami - «Men-kontseptsiyasi»ning
yaxlitliligini saqlashga xizmat qiladiganlarini o’tkazadilar.
Shunday qilib, himoya mexanizmlari insonlar uchun juda muhim bo’lgan
ikki xususiyatga egadirlar:
- voqelikni inkor etadilar, buzib ko’rsatadilar yoki parchalaydilar,
- anglanmagan holda, ya’ni, avtomatik tarzda va tez ta’sir ko’rsatadilar.
Psixologik himoyalami tasniflashga nisbatan bir necha xil yondoshuvlar
mavjud. Ulami у
etuk
va
sodda
guruhlarga ajratish eng oddiy tasniflashdir.
Birinchi guruhga maqsadga muvofiqlik, intellektuallashtirish, mutoyiba,
sublimatsiya va boshqalar, ikkinchisiga esa - dissotsiatsiya, kuchli nazorat,
qadrsizlanish, inkor etish, yakkalanish, tahdid soluvchi bilan tenglashtirish va
boshqalar kiradi. Psixologik himoyani boshqa tamoyil asosida ham tasniflash
mumkin, unga ko’ra, bir xillari idrok darajasida ta’sir qilsa, masalan, siqib
chiqarish, boshqalari esa - transformatsiya darajasida, ma’lumotni qayta ishlash
jarayonida ta’sir ko’rsatadi, masalan, maqsadga muvofiqlik.
Psixologik himoya mexanizmlari nihoyatda xilma xildlr. Ular Z. Freyd, A.
Freyd, A. Adler va ko’pgina boshqa olimiar tomonidan oYganilgan. A. Freyd
quyidagi «psixodinamik» mexanizmlafni himoyalovchi sifatida qabul qilishni
taklif etdi, bular: siqib chiqarish, ustunlik, regressiya, reaktsiyaning hosil
bo’lishi, yakkalanish, amalga oshirilgan faoliyatoi inkor etish (bekor qilish),
sodir bo’layotgan voqea, proektsiya, introektsiya, o’z shaxsiga murojaat, o’ziga
qarama-qarshi tomonga aylanish, sublimatsiyadir. Keyinchalik bu ro’yxat tashqi
frustratorlar: vaziyatdan qochish, inkor etish, tenglashtirish, «Men»ni
cheklashga qarshi yo’naltirilgan yangi mexanizmlar bilan to’ldirildi. Boshqa
ruhshimoslaming fikriga ko’ra, ro’yxatni quyidagi muhim himoya-moslashuv
mexanizmlari: maqsadga muvofiqlashtirish, xayol, konversiya, ramziy belgilash,
ko’chirish bilan to’ldirish zarur.
Psixologik himoyaning asosiy mexanizmlari o’rtasida quyidagilami ajratib
ko’rsatish mumkin: ustunlik, reaktiv o’qitish, inkor etish va rad qilish, siqib
chiqarish, sublimatsiya, proektsiya, maqsadga muvoflqlik va boshqalar. Hozirda
ruhshunoslaming fikriga ko’ra, o’zining saraaradorligi, yetukligi va ulami
yuzaga keltirgan nizoli,- intilishlar, ahloqiy mayllar yoki tashqi voqelik sohasiga
kiritilishi bo’yicha tafovutlanadigan hiraoya raexanizmlarining yigirmadan ortiq
turi mavjud.
Psixologik himoyaning asosiy mexanizmlarini ko’rib chiqamiz.
1.
Do'stlaringiz bilan baham: |