9
1-modul. Buxoro muzeyshunosligi
1- Mavzu: Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari
Reja:
1.1.
“Muzey” atamasi va muzey haqida tushuncha. Buxoro muzeyshunoslik
fanining obyekti va predmeti.
1.2.
Muzey tashkil etishning tartibi.
1.3.
Muzey ashyolari va kolleksiyalarini hisobga olish hamda saqlash
tartibi.
1.4.
Davlat muzeylari toifalari, ularni belgilash koʻrsatkichlari.
Tayanch soʻz va iboralar:
Muzey, muzeyshunoslik, muza, IKOM,
ekspozitsiya, eksponat, ekskursiya, kategoriya, toifa, kolleksiya, ashyo, fond, kirim
daftari, muassasa, maktab.
1.1. “Muzey” atamasi va muzey haqida tushuncha.Buxoro
muzeyshunoslik fanining obyekti va predmeti.
Muzey “musion” soʻzi inson
madaniyatiga ikki yarim ming yil ilgari, ya’ni antik davrda kirib keldi. Biroq uning
ma’nosi hozirgi muzey tushunchasidan ancha farq qiladi. Qadimgi Yunonistonda
“musion” deb ma’budalar sha’niga e’zozlanadigan maskanlarni aytganlar. Bu
maskanlar tabiatning goʻzal joylarida, togʻ etaklarida, daryo va koʻl boʻylarida,
bogʻ-u rogʻlarda qurilgan. Shuningdek, muzeylar ibodatxona vazifasini ham
oʻtagan. Yunon panteoniga toʻqqizta muza kirgan. Shulardan ikkitasi, ya’ni Klio-
tarix, Uraniya-astronomiya ma’budalari boʻlib, qolganlari insonlarga san’attaqdim
etgan, bular: Melpomena-tragediya, Taliya-komediya, Terpsixora-raqs, Erato-
muhabbat qoʻshiqlari, Kalliopa-epik she’riyat, Poligimiya-diniy qoʻshiqlar,
Evterpa-lirik she’riyat ma’budalari hisoblangan edi. Qadimgi Yunonistonda
koʻpxudolik dini hukm surgani uchun hamma narsaning oʻz ma’budasi boʻlgan.
Oldinlari ma’budalar xudoning vakillari hisoblangan boʻlib, keyinchalik ilm-fan va
san`atga homiy xudolar degan tushuncha paydo boʻlgan.
10
Shuningdek, yana bir ta’rifda muzey (yunoncha “musion” - muzalarga
bagʻishlangan joy)- tarixiy, moddiy va ma’naviy yodgorliklarni toʻplash, saqlash,
oʻrganish va targʻib qilish ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy hamda ilmiy-ma’rifiy
muassasadir, deb qayd qilinadi. Muzey xazinasida, asosan, moddiy va tasviriy
ashyolar, shuningdek, san’atasarlari jamlanadi. Shu bilan birga yozma manbalar
(qadimdan hozirgi davrgacha boʻlgan tarixiy qimmatga ega qoʻlyozmalar, bosma
hujjatlar, kitoblar) saqlanadi. Zamonaviy muzeyning koʻplariga tadqiqot va ta’lim
tarbiyaviy vazifalarning bir butunligi xos. Muzeyning oʻziga xos ilmiy ommaviy
va tarbiyaviy shakllari – ekspozitsiya
7
va koʻrgazmalardir.
Zamonaviy ilmiy tasnifda muzey tur va sohalar boʻyicha boʻlinadi. Turlar
boʻyicha ijtimoiy vazifasiga koʻra ma’rifat (muzeylarning asosiy qismini tashkil
etadi, ba’zan ular xalq muzeylari, ommaviy muzeylar deb ham ataladi), tadqiqot
(ilmiy tadqiqot institutlari qoshida oʻziga xos laboratoriya vazifasini oʻtovchi) va
oʻquv muzeylariga boʻlinadi. Shuningdek, muzeyning memorial, oʻlkashunoslik
kabi turlari ham bor.
Sohalar boʻyicha tarix, qishloq xoʻjaligi, tabiatshunoslik, san`atshunoslik,
adabiyot, texnikaga oid va boshqa muzeylarga boʻlinadi.
Muzey katta ilmiy tadqiqot va tarbiyaviy ishlarni olib boradi; toʻplangan
ashyolarni restavratsiya qiladi va oʻrganadi; ilmiy hujjatlarni tayyorlaydi, muzey
ashyolarini saqlash va ta’mirlash tartibini yaratadi; monografiya, katalog va
yoʻlkoʻrsatkichlar nashr etadi; zamonaviy muzeyshunoslik ishlab chiqqan ilmiy
usul va metodologiya asosida ekspozitsiyalarda ilmiy tashviqotlar olib boradi;
maktab bilan hamkorlikda tadbirlar va sayohatlar tashkil etib, yoshlarni oʻz tarixini
bilishga koʻmakalashadi. Tomoshabinlar bilan ishlashning eng muhim shakli
ekskursiya boʻlib, muzeyda ekskursavodlar tayyorlanadi.
Mashhur fransuz muzeyshunosi J.Bazenni ta’kidlashicha, muzeylar tarixini
yozish uchun ikkita narsani tushuntira olish kerak: birinchisi-muzeylar
konsepsiyasi, ikkinchisi-zamon konsepsiyasi. Muzeylar oʻzlarining ilk paydo
7
Ekspozitsiya (lotinchi-ko`rsatish, bayon etish)-badiiy asar, moddiy-madaniy yodgorliklar, tarixiy hujjat va
boshqalarni ko`rgazma va muzey zallarida yoki ochiq joylarda ma`lum tizimda joylashtirilishi hisoblanadi.
11
boʻlgan kunidan boshlab oʻz zamonasini aks ettirgan, oʻz zamonasining talab
ehtiyojlarini ifoda qilgan, qisqa qilib aytsak, zamon koʻzgusi boʻlgan
8
.
Muzeylarning Xalqaro kengashi (IKOM) tomonidan ishlab chiqilgan 1974-
yildagi Nizomda va oʻzgarishlar kiritilgan 1995-yildagi variantida muzeyga
quyidagicha ta’rif beriladi: Muzey - bu doimiy, tijorat va savdo-sotiq bilan
shugʻullanmaydigan muassasadir, u jamiyat uchun xizmat qiladi hamda odamlar
uchun ochiqdir. Muzey eksponatlarni toʻplaydi, saqlaydi, oʻrganadi, targʻib qiladi
va ekspozitsiyaga qoʻyadi.
Muzeyning asosiy belgisi - ilmiy asosda tashkil etilgan, hisobga olish lozim
boʻlgan muzey ashyolarini toʻplash, saqlash, konservatsiyalash, muzeyshunoslik va
sohaviy fanlarning ilmiy metodlari bazasida tadqiq qilish va ilmiy, ta’limiy-
tarbiyaviy maqsadlarda foydalanishlardan iborat. Umumlashgan formada
muzeyning zamonaviy tushunchasini quydagicha ta’riflash mumkin. Muzey – bu
madaniy-tarixiy, tabiiy-ilmiy qadriyatlarni aniqlash, muzey predmetlari vositasida
axborotni toʻplash va tarqatish uchun moʻljallangan koʻpqirrali ijtimoiy axborot
muassasadir.
Ma’lum tarixiy sharoitda muzeylar faoliyati ijtimoiy faoliyatning alohida
qatlami sifatida – muzey ishining mavjud boʻlishi bilan belgilanadi.
Buxoro muzeyshunosligi fanining obyekti – bu muzey ijtimoiy hodisa
sifatidagi Buxoro muzeyidir. Bu obyekt Buxoro tarixi, xususan, madaniyat tarixi,
san`atshunoslik, sotsiologiya va boshqa fanlar tomonidan oʻrganilmoqda.
Buxoro muzeyshunosligi fanining predmeti – bu muzey sohasida qabul
qilingan qonunlar, ekspozitsiya va koʻrgazma tashkil qilish qoidalari, ashyolarni
toʻplash va saqlash tartibi, muzey ishi sohasi, filiallar faoliyatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |