Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti Buxoro tarixi kafedrasi oybek klichev


Muzey ashyolari va kolleksiyalarini hisobga olish hamda saqlash



Download 6,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/86
Sana28.06.2022
Hajmi6,16 Mb.
#714910
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
Bog'liq
fayl 1867 20210920 (1)

1.3. Muzey ashyolari va kolleksiyalarini hisobga olish hamda saqlash 
tartibi.
Muzey ashyolari va koleksiyalarini hisobga olish quyidagi tartibda amalga 
oshiriladi. Muzey ashyolari va kolleksiyalarini hisobga olish deganda Oʻzbekiston 
Respublikasining umumxalq mulki boʻlgan muzey ashyolar va kolleksiyalarini 
aniqlash hamda tegishli tartibda qayd etish tushuniladi. Hisobga olish muzey 
ashyolari va kolleksiyalarini oʻrganish, namoyish etish, saqlash uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratadi hamda ularning huquqiy himoyalanishini ta’minlaydi. 
Muzey ashyolarini hisobga olish ikki bosqichda, ya’ni: muzeyga olingan 
ashyolar va kolleksiyalarning dastlabki himoya hujjatlarini tuzish (dalolatnomalar 
yozish, ularning qisqacha tavsifini qayd etish);
ularni inventar daftarlarida hisobga olish, ya’ni ilmiy roʻyxatdan oʻtkazish 
(muzey ashyolari va kolleksiyalarini xillari va ma’lum bir san’atturiga 
mansubligiga qarab turkumlashtirish, tegishli daftarlarda kengaytirilgan hamda 
aniq tavsiflarini aks ettirish) tarzida amalga oshiriladi. 
Muzeylarda saqlanayotgan ashyolar va kolleksiyalarning narxlari 
buxgalteriya hisoboti hujjatlarida aks ettirilmaydi. 
Muzeyning asosiy va ilmiy-koʻmakchi fondlari tarkibiga kiritilgan muzey 
ashyolari va kolleksiyalari majmuyi muzey fondini tashkil etadi. Fond ishlarini 
yuritish, muzey ashyolari va kolleksiyalarini sotib olish bilan bogʻliq faoliyatni 
amalga oshirish masalalarini kollegial hal etish maqsadida muzeylarda fond ishlari 
va sotib olish komissiyalari tashkil etiladi. 
Muzeyga olingan ashyolar va kolleksiyalar qat`iy tartibda hisobga olinib, 
hujjatlashtiriladi. 
Muzey 
ashyolari 
va 
kolleksiyalarini 
rasmiylashtirish 
hujjatlarining shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan 
belgilanadi. 


15 
Muzeyga doimiy saqlash uchun olingan muzey ashyolari va kolleksiyalari 
ilmiy roʻyxatga olinadi. Ushbu Nizomda belgilangan tartibda hisobga olinmagan 
muzey ashyolari va kolleksiyalarini muzeylarda saqlash qat’iyan man etiladi. 
Muzey ashyolari va kolleksiyalarini hisobga olishning asosiy hujjatlari 
quyidagilar hisoblanadi: Kirim daftari va Inventar daftarlari; muzey ashyolari va 
kolleksiyalarini doimiy (vaqtincha) saqlashga oid qabul dalolatnomalari; muzey 
ashyolari va kolleksiyalarini ta’mirlash va hisobdan chiqarish dalolatnomalari (ular 
muzey fondi tarkibidan chiqarilgan hollarda). 
Muzey ashyolari va kolleksiyalarini saqlash tartiblari quyidagicha: 
muzey 
ashyolari va kolleksiyalarining saqlanishini ta’minlash, ularni shikastlanish, 
kasallanish, yemirilishdan va oʻgʻirlanishdan himoya qilish, shuningdek, ularni 
oʻrganish, namoyish etish va ommalashtirish uchun qulay sharoit yaratish 
muzeylarning asosiy vazifasidir. 
Muzey ashyolari va kolleksiyalarini vaqtinchalik yoki doimiy foydalanish 
maqsadida boshqa yuridik shaxsga berish muzey boʻysunuvchi yuqori boshqaruv 
organi (nodavlat muzeylarda – mulkdor)ning buyrugʻiga asosan amalga oshiriladi. 
Belgilangan tartibda hisobga olinib, shifr va tartib raqamlari qoʻyilmagan muzey 
ashyolari va kolleksiyalarini foydalanish uchun boshqa yuridik shaxsga berish 
mumkin emas. 
Muzey ashyolari va kolleksiyalarini vaqtinchalik foydalanishga oladigan 
muassasa ularni oʻz muddatida qaytarish toʻgʻrisida kafolat xati taqdim etishi 
lozim. 
Muzeyda vaqtinchalik saqlanayotgan eksponatlarni ularning egasidan 
roʻxsat olmay boshqa shaxslar yoki tashkilotlarga berish qat’iyan taqiqlanadi. 
Muzey ashyolari va kolleksiyalarini muzey ichida qisqa muddatga bir 
boʻlimdan boshqa boʻlimga yoki tahlil etish maqsadida ilmiy xodimga berish bosh 
muhofiz ruxsati bilan amalga oshiriladi. 
Muzeyga olingan muzey kolleksiyalari butunligicha hisobga olinadi va 
saqlanadi. Ularning boshqa muzey ashyolari va kolleksiyalari bilan aralashtirib 
yuborilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. 


16 
Muzey ashyolari va kolleksiyalarining oʻgʻirlanishi, nobud boʻlishi, 
shikastlanishi aniqlangan har bir holatda muzey direktori ushbu hodisani batafsil 
tavsiflab, bu haqda muzey bevosita boʻysunuvchi yuqori boshqaruv organi 
(nodavlat muzeylarda mulkdor)ga yozma ravishda xabar qilishi shart. 
Muzey ashyolari va kolleksiyalari oʻgʻirlangan taqdirda ularni topish 
choralarini koʻrish maqsadida muzey direktori yoki bosh muhofizi tezlik bilan 
huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berishi lozim.
Muzey ashyolari va kolleksiyalari nobud boʻlgan yoki jiddiy shikastlangan 
hollarda ularga yetkazilgan zarar toʻgʻrisidagi dalolatnoma rasmiylashtirilishi va 
unga muzey ashyosining fotosurati ilova qilinishi lozim. 
Muzey rahbariyati muzey ashyolari va kolleksiyalarini belgilangan vaqtda 
muntazam xatlovdan oʻtkazishi, ya’ni muzey bu ashyolarning fondlarda mavjudligi 
va saqlanishi holatini kirim daftarlari, ilmiy roʻyxatdan oʻtkazish daftarlari, 
dalolatnomalar hamda boshqa hisob hujjatlari bilan solishtirib turish ishlarini 
tashkil etishi shart. 
Oʻz tarkibida uch mingtagacha muzey ashyolari va kolleksiyalari boʻlgan 
kichik muzeylar fondidagi barcha ashyolar har yili xatlovdan oʻtkaziladi. Uch 
mingdan koʻp ashyolari va kolleksiyalariga ega boʻlgan muzeylarda xatlov ishlari 
muzeyning boʻlimlari yoki muzey ashyolari turlari boʻyicha har ikki yilda bir 
marta oʻtkaziladi. 
Muzey ashyolari va kolleksiyalarini xatlovdan oʻtkazish ishlari muzey 
direktorining buyrugʻiga binoan tashkil etiladigan komissiya tomonidan amalga 
oshiriladi. Komissiya ishida shu kolleksiya uchun mas’ul boʻlgan shaxs ishtirok 
etishi lozim. Muzeyga arxeologik ekspeditsiyalar materiallari vaqtinchalik saqlab 
turish uchun qabul qilinmaydi. 

Download 6,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish