3.3. XX asr 30-40-yillarida Buxoro oʻlkashunoslik muzeyining yangi
bosqichga oʻtishi, P.E.Kornilovning muzey sohasidagi faoliyati va ilmiy
ekspeditsiyalar.
1930-yildan Buxoro oʻlkashunoslik muzeyi faoliyatida yangi davr
boshlandi. Muzey fondi tashkilotlardan olingan, shuningdek, ekspeditsiya
natijasida toʻplangan va sotib olingan ashyolar bilan boyitila boshlandi. Fond
26
Корнилов П.Е. Государственный Бухарский музей //“Советский музей”. –Москва: 1931. – №4. –С. 92-96.
44
asosan arxeologiya, etnografiya, zoologiya (tabiat) va numizmatika materiallari
bilan boyitildi. Bu ishlar P.E.Kornilovning
27
rahbarligi ostida amalga oshirildi.
P.E.Kornilovning tashabbusi bilan 1930-yil Oktabr toʻntarishining 13
yilligi va Buxoroda 1920-yil 2-sentabr voqealarining 10 yilligi munosabati bilan
yangi koʻrgazma tashkil qilindi. Yangi ekspozitsiya “Ulugʻ Oktabr toʻntarishi va
Buxoro xalq inqilobi” deb nomlangan va oʻzida oʻsha davr mafkurasini aks
ettirgan.
1931-yildan muzey xodimlarining malakasi, soni va tarkibiga e’tibor
berildi. Uning tarkibida uchta ilmiy xodim va toʻrtta texnik xodim boʻlib, ularga
fevral oyida yana bitta ilmiy xodim qoʻshilgan. Arxiv hujjatlari ma’lumotlariga
koʻra, muzeyning yarim yillik hisobotida direktor oʻrinbosari, uchta ilmiy xodim
va toʻrtta texnik xodim faoliyat yuritgan. Muzey Koʻkaldosh madrasasining
birinchi qavatidagi oltita hujrada joylashadi. Birinchi xonada davriy (vaqti-vaqti
bilan oʻzgarib turadigan) koʻrgazma, ikkinchi xonada sopol, tosh va metall
buyumlar, uchinchi xonada yogʻoch va diniy marosimlarni aks ettiruvchi ashyolar,
toʻrtinchi xonada Buxoro zardoʻzlik san`ati namunalari, beshinchi xonada ov va
jang qurollari namoyish etilgan. Oltinchi xona muzey ma’muriyatiga ajratiladi. Bu
koʻrgazma boshida direktor oʻrinbosari P.E.Kornilov turgan va u birinchilardan
boʻlib Buxoroda professional (ixtisoslashgan) muzey faoliyatini yoʻlga qoʻygan.
Oʻsha vaqtlarda Buxoro muzeyi Sobiq Ittifoqning Leningraddagi ermitaj,
Tretyakov galereyasi, Sovet inqilobi muzeylari bilan aloqa oʻrnatdi
28
.
Shu yillarda muzeyga kiruvchilarning soni ham ortadi va 1930-yilda 25011
kishiga etadi. Mahalliy aholi vakillaridan 13348 kishi va yevropaliklardan 11 050
kishi muzeyga tashrif buyuradi. Ularga 613 ekskursavod xizmat qilgan.
P.E.Kornilov rahbarligi va tashabbusi bilan Gʻijduvon, Vobkent, Vardonze
va Gajdumak tumanlarida ilmiy-tadqiqot ekspeditsiyalari amalga oshiriladi. Yuqori
tashkilotlar tomonidan muzey faoliyatiga yetarli mablagʻ ajratilmaganligi,
27
Petr Yevgenevich Kornilov (1896-1981) tarixchi-san`atshunos olim 1927-1928-yillarda Termiz arxeologik
ekspeditsiyasi ishtirokchisi. U 1930-yilda Buxoroga keladi va 1932-yilgacha Buxoro o`lkashunoslik muzeyida
direktor o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritadi.
28
Альмеев Р.В. Бухара город-музей. –Ташкент: Фан, 1999. –С.20; Курбанов Г.Н. Бухарскому краеведческому
музею-60 лет //Общественные науки в Узбекистане. – Ташкент: 1983. № 1. – С.64-65; Корнилов П.Е.
Государственный Бухарский музей //“Советский музей”. –Москва: 1931. №4. -С. 92-96.
45
koʻrgazma uchun binoning yetishmasligi ilmiy va texnik xodimlarning yangi
koʻrgazma tashkil etishiga imkon bermagan. XX asr 30-yillarida davlat
qurilishining besh yillik rejasi asosida muzey ishiga ham e’tibor berilgan. Buning
natijasida muzey huzurida ilmiy kengash, muzey xodimlarining yigʻilishlari va
turli sovet jamiyatlari bilan hamkorlik kengashlari tuziladi.
Koʻrilgan chora tadbirlar natijasida muzey xodimlari 8-mart nomi ostida
yangi koʻrgazma tashkil etishgan. Koʻrgazma uchun eksponat yetishmasligi
oqibatida tashkilotlardan material yigʻishga kirishiladi. 8-mart koʻrgazmasida
diagrammalar, fotosuratlar
29
qoʻyilib, u orqali zamonaviy hayotda Buxoro
ayollarining oʻrni va rolini koʻrsatmoqchi boʻlishgan. Koʻrgazma tashkil etilgan
xonaning yarmida Oʻrta Osiyo va Sharq tarixida islom dini va madaniyatiga oid
ashyolar qoʻyilgan. Bundan koʻzlangan maqsad birinchidan, islom dini va
madaniyatiga qarshi qaratilgan targʻibot, ikkinchidan ayollarni paranji tashlashga
undash va uchinchidan muzeyda qishloq xoʻjaligi boʻlimini tashkil etib aholini
paxta va qorakoʻl teri ishlab chiqarishga yoʻnaltirishdan iborat edi. Shu orqali
aholiga sovet mafkurasi va gʻoyasi singdirilgan. Muzey ishida sovet mafkurasining
ta’siri 1930-yillardagi oʻzgarishlar dinga qarshi, ateistik muzeylarni tashkil etishda
ham oʻzining ifodasini topdi
30
.
Muzey ilmiy xodimlariga 1931-yildan boshlab oʻlkashunoslik sohasida
ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish vazifasi yuklatilgan. P.E.Kornilovning
ma’lumotiga qaraganda, oʻsha vaqtlarda Buxoro oʻlkasini ilmiy oʻrganish borasida
na pedagogika instituti va na oʻlkashunoslik jamiyatlari faoliyat yuritgan. Shuning
uchun oʻlkani oʻrganish ishlari oz sonli muzey ilmiy xodimlari zimmasiga
tushgan
31
.
Muzey ilmiy xodimlari muzeydagi faoliyat bilan birga oʻlkashunoslik va
oʻlka tarixiga oid ashyolarni toʻplash va ilmiy oʻrganish bilan shugʻullanishgan.
Muzey xodimlarining yetishmasligi oʻlkashunoslik sohasidagi tadqiqotlarga salbiy
29
Fotosuratlarda zavod va qishloq xo`jaligi sohasida mehnat qilayotgan ayollar aks etgan.
30
Музейное дело в России. 3-е изд./ Под редакцией М.Е. Каулен, И.М. Коссовой, А.А. Сундиевой. –Москва:
Издательство “БК”, 2010. – С.150.
31
Корнилов П.Е. Из новых работ государственного Бухарского музея //“Советский музей”. –Москва: 1932.
№4. –С. 94.
46
ta’sir qilgan boʻlishiga qaramay, muzey ilmiy xodimlari oʻlkashunoslik ishini ham
oʻz zimmalariga olishgan. Besh nafar a’zodan iborat ilmiy jamoa oʻlkashunoslik
sohasi bilan jiddiy shugʻullana boshlaydi. Yil oxiriga borib doimiy faoliyat olib
boradigan Buxoro inqilobi tarixi va bunyodkorlik mavzuida koʻrgazma tashkil
etiladi. 1931-yil 7-noyabrda oʻz faoliyatini boshlagan koʻrgazma beshta boʻlimdan
iborat edi.
1. Buxoro amirligi (to 1920-yilgacha); 2. Yosh buxoroliklar va jadidlar
harakati (1905-1920-yillar); 3.Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (1920-1924-yillar);
4. Sovet qurilishi (yer-suv islohoti yillari): 5. Lenin burchagi. Har bir boʻlimda oʻz
davriga tegishli eksponatlar qoʻyilgan.
Buxoro oʻlkashunoslik muzeyi oʻsha davrda ilmiy-tadqiqot muassasasiga
aylangan edi. Muzey xodimlari ilmiy-tadqiqot ishlariga faol kirishib ketib,
natijalarni maxsus nashrlarda e’lon qila boshladilar. Jumladan, P.E.Kornilovning
ikki-uch yillik ilmiy faoliyati natijasida uch risola va ikki ilmiy maqola “Sovetskiy
muzey” jurnalida nashr etiladi
32
.
Buxoroda oʻlkashunoslik sohasini rivojlantirish uchun 1931-yilda Rossiya
oʻlkashunoslik byurosi rahbari M.P.Potyomkin Buxoro muzeyiga oʻlkashunoslikka
doir 33 ta kitob joʻnatadi. 1933-yilda Buxoro muzeyiga tumanlararo oʻlkashunoslik
muzeyi maqomi beriladi va ekspozitsiya qayta tashkil etiladi
33
.
1934-yil 23-mayda Koʻkaldosh madrasasida texnik tekshirish ishlari
oʻtkaziladi. Bunda binoning holati, devorlarning ta’mirtalabligi va kelajakda yangi
ekspozitsiya tashkil etilsa, bino bunga javob bera olishi tekshiriladi. Tekshirish
komissiyasi a’zolari tarkibida muhandis F.V.Yeselev, Buxkomstaris raisi, arxeolog
V.A.Shishkin, arxitektor N.M.Bachinskiy va muzey direktori A.S.Amitrov bor edi.
Shu yildan boshlab muzey ilmiy komissiyasining xulosasi bilan muzey fondiga
ashyolar va kutubxona uchun kitoblar qabul qilingan.
32
Корнилов П.Е. Чеканное производство Бухары. 1932. –37с; Шу муаллиф. Изучение искусство Средней
Азии. – Бухара. –10 с; Shu muallif. Бытовое искусство Средней Азии. –Бухара. 1932. –24 с; Shu muallif.
Государственный Бухарский музей //“Советский музей”. –Москва: 1931. №4. –С. 92-96; Shu muallif. Из
новых работ государственного Бухарского музея //“Советский музей”. –Москва: 1932. -№4. –С. 94.
33
Жумаев Қ. Ситораи Моҳи Хоса халқ амалий санъати музейи //Мозийдан садо. –Тошкент: 2003.- №1.-Б.26.
47
1934-yil 2-dekabrda muzey bilan mashhur rassom P.P.Benkov oʻrtasida
shartnoma imzolanadi. Shartnomaga koʻra, rassom muzey uchun uchta: Buxoro
ipakchilik korxonasi, paxta yigʻimi hamda mehnatkash-bunyodkor mavzularida
suratlar chizib berishni oʻz zimmasiga oladi. Surat 1935-yil 1-fevralgacha
tayyorlanishi shart boʻlgan va shartnomada har bir surat narxi belgilangan. Unga
binoan mehnatkash-bunyodkor surati uchun 2000 rubl, paxta yigʻimi surati uchun
3000 rubl, ipakchilik korxonasi surati uchun 3000 rubl toʻlanishi kerak edi. Bundan
shu narsa oydinlashadiki, oʻsha davrda muzey tarixiy ashyolarni toʻplash bilan
birga sovet mafkurasini targʻibot qilishga xizmat qiladigan suratlarga ham
buyurtmalar bergan. Rassom P.P.Benkov bilan muzeyning hamkorligi ancha
oldinroq boshlangan edi
34
.
1935-yilda Devonbegi masjidida “Buxoroda qishloq xoʻjaligi sohasi” nomli
koʻrgazma tashkil qilinadi
35
. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad aholini qishloq
xoʻjaligiga jalb qilish edi.
Buxoro shahar sovetining 1935-yildagi yigʻilish bayonnomasida shahar
soveti rahbari N.Qurbonov shahardagi barcha korxona va tashkilotlarni Buxoro
oʻlkashunoslik muzeyiga yordam berishga chaqiradi. Korxona va zavodlar oʻz
tashkilotlari modelini, umumiy koʻrinishini aks ettirgan ashyolarni muzeyga
taqdim etishi yoki ularni tayyorlash uchun muzeyga mablagʻ ajratishi kerak edi.
Bundan koʻzlangan asosiy maqsad sovet davlatini mustahkamlash va sotsialistik
qurilishni targʻib qilish boʻlgan.
1930-yillarning oʻrtalarida butun Rossiyada oʻlkashunoslik muzeylarining
umumiy tizimi yaratilib, oʻlkashunoslik muzeylarida uchta ekspozitsiya-tarix,
tabiat va sotsialistik qurilish boʻlimlarini tuzish rejalashtirildi. Shu davrdan boshlab
avvalgi saroy, zodagonlar qoʻrgʻonlarida joylashgan tarixiy-maishiy va tarixiy
badiiy muzeylar soni kamayib bordi
36
.
34
1927 -yil Buxoro muzeyi rassom P.P.Benkovdan Buxoro tasviri tushirilgan 12 ta suratni sotib olgan.
Qarang.Садыкова Н.С. Музейное дело в Узбекистане. –Ташкент: Фан, 1975. –С.90
35
Альмеев Р.В. Музей Узбекистана и социально-культурные перспективы их развития. –Ташкент:
Издательско-полиграфический творческий дом имени Г.Гуляма, 2007. –С.49.
36
Музейное дело в России. 3-е изд. /Под редакцией М.Е. Каулен, И.М. Коссовой, А.А. Сундиевой. –Москва:
Издательство “БК”, 2010. – С.149.
48
1936-yilning birinchi choragida Buxoro oʻlkashunoslik muzeyida tarix,
sotsialistik qurilish va tabiat boʻlimlari faoliyat yuritadi va joriy yilda tashkil
etilgan ekspozitsiya besh boʻlimdan iborat edi. 1.Qadimgi Buxoro tarixi. 2. Buxoro
oʻrta asrlarda. 3. Buxoro xonligi XVIII asrdan 1920-yilgacha. 4. Buxoroda
sotsialistik toʻntarish davri. 5. Buxoro sotsialistik Oʻzbekiston tarkibida.
Ekspozitsiya 1936-1937-yillar mobaynida namoyish qilingan va shu davrda
muzeyga 6330 nafar kishi tashrif buyurgan. Shularning 2004 nafari mahalliy aholi,
830 kishi boshqa millat vakillari va 1737 kishi turli tashkilotlardan edi.
Bu davrda Buxoro muzeyining respublikadagi boshqa muzey va ilmiy
muassasalar bilan aloqalari kengaya bordi. Arxeologik tadqiqotlar natijasida
topilgan moddiy madaniyat yodgorliklarining bir qismi bevosita muzeyga kelib
tushardi. Ayniqsa, Samarqand muzeyi bilan eksponat almashuv borasida ijobiy
natijalarga erishildi. Buxkomstaris tomonidan Magʻoki Attori yodgorligida olib
borilgan qazish ishlari natijasida topilgan sopol buyumlar muzey fondidan joy
oladi.
XX asrning 30-yillari Buxoro oʻlkashunoslik muzeyida olib borilgan ilmiy-
tadqiqot ishlarini SSSR Fanlar Akademiyasi toʻplamida va “Sovetskiy muzey”
jurnalida chop etish uchun ushbu muassasalardan 1936-yil Buxoro muzeyiga
axborot xatlari joʻnatilgan.
Shuningdek, bu davrda siyosiy-ma’rifiy ishlarga, xususan, muzeydan
tashqari ishlar, ma’ruzalar, ekskursiyalar va koʻchma koʻrgazmalarga e’tibor
kuchaydi. Muzeylarga kiruvchilarning soni koʻpaydi. Bunday natijaga
koʻrgazmalarda maktab oʻquvchilarining tartibli jalb qilinishi orqali erishildi.
ekspozitsiya ishining koʻp yillar davom etgan uslubi siyosiy mazmundagi mavzuli
koʻrgazmalar boʻlib qoldi. Muzeylarga sotsialistik qurilish va hayot tarzidagi
ustunliklarni namoyish etish tavsiya qilindi.
1936-yil Buxoro oʻlkashunoslik muzeyiga maktab bolalari uchun maxsus
ekskursiyalar tashkil qilinadi. Arxiv xujjatlaridagi ma’lumotlarga qaraganda, 1935-
1936-yillar oraligʻida muzey direktoriga turli tashkilot va oʻquv muassasalaridan
49
muzeyni tomosha qilish uchun ruxsat soʻralgan xatlar kelgan. Guruh boʻlib
muzeyni tomosha qilish uchun muzey direktorining ruxsati kerak edi.
Muzey eksponatlari sonining ortib borishi hamda tomoshabinlar oqimining
koʻpayishini inobatga olgan shahar rahbariyati muzey binosi bilan bogʻliq masalani
oʻrganadi. Jumladan, Buxoro shahar sovetining 1940-yil 4-iyuldagi yigʻilishida
muzeyni Koʻkaldosh madrasasidan Arkka koʻchirish, arkda joylashgan
tashkilotlarni esa ikki oy ichida Koʻkaldosh madrasasiga koʻchirish masalasi
koʻrilib, tegishli qaror qabul qilindi. Viloyat ijroiya komiteti Xalq ta’limiga 1-
avgustgacha arkni remont qilib berish va muzeyni koʻchirish uchun zarur boʻlgan
transport vositalari bilan ta’minlash vazifasini yuklaydi. Ark atrofini qisman
ta’mirlash Uzkomstarisga, ashyolarni koʻchirish paytida va tungi vaqtlarda ark
binosida nazoratni kuchaytirish viloyat ichki ishlar boʻlimiga topshiriladi.
Ikkinchi jahon urushi davom etayotgan bir paytda Toshkentda Alisher
Navoiy yubileyiga atab koʻrgazma tashkil qilinadi. Shu munosabat bilan ushbu
koʻrgazma uchun Buxoro tarixiy oʻlkashunoslik muzeyidan “Burqu”
Do'stlaringiz bilan baham: |