2.3.Muzeylarni
tashkil
etilishida
ilmiy
jamiyatlar
va
kolleksionerlarning roli.
Muzey ishida 1885-yili tuzilgan arxeologiya
13
Содиқова Н. Маданий ёдгорликлар хазинаси. –Тошкент: Фан, 1981. –Б.47.
14
Shukitob. –B.47.
29
havaskorlari toʻgaragining faoliyati muhim ahamiyat kasb etdi. Toʻgarak tashkil
etgan arxeologik ekspeditsiyalarning dastlabki arxeologiya va numizmatika
materiallari 1899-yildan muzeyga topshirila boshlanadi.
Muzey
moddiy
holatining
ogʻirligi
kolleksiyalarning
yoʻqolishi,
boʻlimlarning qisqarishiga olib keldi. 1900-yilga kelganda faqat etnografiya,
arxeologiya va numizmatika boʻlimlarigina faoliyat koʻrsatar edi. Oʻsha yili
roʻyxatga olingan kolleksiyalar holatiga qarab ekspozitsiyalar haqida fikr yuritish
qiyin emas. Roʻyxat besh qismdan: gravyura va fotosuratlar; dafn etish va
qabrtoshlar bilan bogʻliq ashyolar; uy-roʻzgʻor buyumlari; kichik arxeologik
ashyolar; numizmatika kolleksiyalaridan iborat boʻlgan.
Muzeyga keladigan tomoshabinlar soni yildanyilga ortib borgan. Xususan
,1900-yili tomoshabinlar soni 5400 kishi boʻlsa, 1908-yilga kelib – 10000, 1913-
yili esa 37000 kishiga etdi. Bu borada eng muhimi muzeyga keluvchilarning
aksariyat qismi mahalliy aholi vakillari ekanligidir. “Oʻrta Osiyo hayoti”
gazetasidagi xabarda “garchi muzey eksponatlari mahalliy tilda izohga muhtoj
boʻlsa ham, ularni zoʻr qiziqish bilan tomosha qilayotgan mahalliy aholi orasida
ruslar umuman kam koʻrinardi”
15
.
Turkiston muzeylarini boyitish, oʻtmish obidalarini saqlashda mahalliy
yodgorliklar havasmandlarining xizmati katta. Rus olimlari Turkiston oʻlkasini
oʻrganish, Oʻrta Osiyo xalqlari hayoti bilan tanishish mobaynida mahalliy
aholining turli vakillari bilan yaqin aloqada boʻldilar. N.I.Veselovskiy,
V.V.Bartold,
E.F.Kal,
A.N.Samoylovich
va
ruslarning
boshqa
taniqli
namoyandalari oʻzlarining Turkistonda olib borgan ilmiy ishlarida mahalliy
yodgorlik muxlislariga tayandilar. Shu tufayli ularning ilmiy axborotlari, xabar va
maktublarida mahalliy oʻlkashunoslar faoliyati tasvirlangan. Rus olimlari bilan
tanishuv ayni paytda mahalliy kolleksionerlar faoliyatiga ham samarali ta’sir
koʻrsatdi.
Samarqandlik usta Mirza Qosimov shahardagi me’moriy yodgorliklarning
sirli lavhalarini toʻplovchi kolleksioner sifatida tanilgan edi. Jizzax yaqinidagi
15
Содиқова Н. Маданий ёдгорликлар хазинаси. –Тошкент: Фан, 1981. –Б.45.
30
“Temur darvoza” qoyatosh lavhalari ham shu ajoyib rassom va xattot tomonidan
qogʻozga koʻchirilgan. M.Qosimov Ulugʻbek madrasasining qoʻlyozma chizmasini
ham tayyorlagan. Uning rasmlar toʻplami 1886-yili Toshkentdagi Turkiston
hunarmandchilik sanoati koʻrgazmasida namoyish etilib, munosib taqdirlanadi.
Turkistonda N.I.Veselovskiy rahbarligida oʻtkazilgan ilmiy tadqiqotlarda
qatnashgan toshkentlik savdogar Akrom Asqarov yirik kolleksionerga aylandi. Rus
imperatori arxeologiya jamiyati 1887-yili Akram Asqarovni “Arxeologiyada
erishilgan yutuqlarga yordam qilganligi uchun” kichik kumush medali bilan
taqdirlaydi. Uni Parijdagi ilmiy arxeologiya jamiyati ham a’zolikka saylagan.
A.Asqarov arab, rus tillarini bilgan oʻz zamonasining etuk ziyolisi boʻlgan
16
.
1890-yili ochilgan Turkiston qishloq xoʻjaligi va sanoati koʻrgazmasiga
A.Askarov ham qatnashadi. Unga ajratilgan pavilyonni N.A.Mayev shunday
tasvirlaydi: “Temir yoʻl va Oʻrta Osiyo boʻyicha ilmiy ishlar pavilyonlari orasida
Akram Asqarovning uncha katta boʻlmagan pavilyoni joylashdi. ... Pavilyon
ichkarisida rus Turkistonida kamdan kam uchraydigan ilgʻor kishilar orasida obroʻ
qozongan Akram Asqarovning hunarmandchilik mahsulotlaridan namunalar oʻrin
olgan edi. Bu yerda amerika paxtasi, pilla va shoyi namunalari, ipak qurti uchun
eng yaxshi deb tan olingan tut daraxti namunalari namoyish etildi. Shuningdek, bu
yerda boy numizmatik va arxeologik kolleksiyani ham koʻrish mumkin. Akram
Asqarov Oʻrta Osiyo qadimgi yodgorliklari va eski tangalarini koʻpdan beri
ishtiyoq bilan toʻplab keladi. Uning kolleksiyalari bu oʻlkaning bir paytlari juda
joʻshqin kechgan hayoti bilan qiziquvchilarning hammasiga ma’lumdir”
17
.
A.Asqarov oʻz vasiyatnomasida toʻplagan kolleksiyasini hukumatga
topshirilishini iltimos qilgan. Ammo uning oʻlimidan keyin yiqqan osori-atiqalari
alohida-alohida
sotilib,
turli
odamlar
qoʻliga
oʻtib
ketdi.
A.Asqarov
kolleksiyasining katta qismi – 14 mingta tanga va 200 ta buyum Turkiston general-
gubernatori A.B.Vrevskiy farmoyishi bilan Peterburgga, Imperator arxeologiya
komissiyasi ixtiyoriga joʻnatiladi.
16
Лунин Б.В. Самаркандский любитель старины Мирза Бухары //Общественные науки в Узбекистане. 1963.
– № 6. – С. 39.
17
Содиқова Н. Маданий ёдгорликлар хазинаси. –Тошкент: Фан, 1981. –Б.50.
31
Mahalliy yodgorlik toʻplovchilari orasida oʻtkir qobiliyatli, rus shaharlari
boʻylab bir necha bor sayohat qilgan, faol va yirik kolleksioner samarqandlik
Mirza Abdulla Buxoriy ham bor edi. Mirza Abdulla Buxoriy savdogar va mahalliy
ipak, jun va ip gazlama buyumlari fabrikasining xoʻjayini ham edi. Mirza Abdulla
1878-yili Toshkentda koʻrgazma tashkil etib, unda xonatlas, ayollar bosh kiyimlari
kabilardan iborat kolleksiyasini namoyish etgan.
Mirza Abdulla savdogar Muhammad Shokir bilan birga “Ipak buyumlari
ishlab chiqarishni ancha takomillashtirgani va kengaytirgani” uchun oltin medaliga
sazovor boʻladi. 1886-yili Turkiston koʻrgazmasida, 1887-yili Xarkov qishloq
xoʻjalik koʻrgazmasida qatnashdi. U keltirgan ipak mahsulotlar tezda sotilib
ketgan, ana shu gazmollari uchun u medal olgan edi. Mirza Abdulla
N.I.Veselovskiy bilan ham aloqada boʻlgan. N.I.Veselovskiy Mirza Abdulla
kolleksiyalarini koʻrib chiqib, undan 1202 buyum, shu jumladan, 11 tilla va 77
kumush tanga, 951 dona chaqa, 18 ta muhr, odamlar, hayvonlar hamda boshqa
narsalar tasviri tushirilgan 6 ta tosh sotib olgan.
Mirza Abdullaning kolleksiyasi Imperator arxeologiya komissiyasi
a’zolarida qiziqish uygʻotdi. Ular Turkiston general-gubernatori N.O.Rozenbax
orqali unga murojaat etib, kolleksiyalari bilan tanishtirishni iltimos qildilar. 1888-
yilning 21-oktabrida Mirza Abdulla roziligi bilan Peterburgga 6 yashik qadimgi
tanga va boshqa narsalar yuborildi. Mirza Abdulla ularga hech qanday narx
qoʻymadi. Hammasi boʻlib 6300 ta osori atiqalarning koʻpchiligi kommisiya
tomonidan qabul qilindi
18
.
Shayboniyxon madrasasida mudarrislik qilgan Abu Said Mahsum ham
mahalliy oʻlkashunos, qadimgi buyumlar ishqibozi va toʻplovchisi boʻlgan. U
mohir hattot boʻlib, Goʻri Amir, Shohi Zinda dahmalari va boshqa me’moriy
inshootlardagi oʻqilishi qiyin boʻlgan yozuvlardan nusxa koʻchirgan. Toʻplangan
qadimgi buyum, tanga-chaqalarni saqlaydigan maxsus stol va vitrinalarni
ta’mirlash, zarur jihozlar tayyorlash uchun viloyat ma’muriyati ma’lum miqdorda
mablagʻ ajratadi. Toʻplangan tangalari 1875-yilning iyulida 700 dona boʻlsa,
18
Oʻshajoyda. –B.53.
32
kutubxonadagi qoʻlyozma va kitoblar esa 30 taga yetadi. 1883-yili Zarafshon
okrugi mahkamasida saqlanayotgan kolleksiyaning bir qismini Toshkent muzeyiga
topshiradi.
Abu Said Mahsumdan sharqshunos olim V.V.Bartold Osiyo muzeyi uchun
Sulton Shohruh davridan tortib to Shayboniyxon sulolasining soʻnggi davrigacha
boʻlgan turli yorliq va hujjatlarni sotib olgan. Uning nomi Ulugʻbek rasadxonasi
xarobalarining topilishi bilan ham aloqador. 1908-1909-yillari Obirahmat arigʻi
yaqinidagi Poyirasat tepaligida qazuv ishlarini olib borgan V.L.Vyatkinga qazilma
joyini aniqlash va Ulugʻbek rasadxonasi qoldiqlarini topishda mahalliy
keksalarning koʻrsatmalari yordam beradi.
Yana bir oʻlkashunos, qadimgi buyumlar muxlisi, etnograf Shohimardon
Ibrohimov esa yuksak ma’rifatli va madaniyatli kishi sifatida ajralib turgan. U
Oʻrta Osiyo etnografiyasiga oid koʻpgina asarlar muallifi. Sh.Ibrohimov
xalqimizning tarixi, turmush tarzini yaxshi bilgan. Qozogʻistonlik elshunos
E.Masanov uning asarlarini “rus boʻlmagan xalqlarga vatanparvarlik munosabatini
qaror toptirishga yordam beradi, u rus ilgʻor gʻoyalari ta’sirida boʻlgan oz sonli
savodxon etnograflardan biri edi” deb baholaydi
19
. Oʻrta Osiyoda oʻzbek tilida
nashr etilgan kitob – “1871-yil kalendari”ning tuzuvchisi ham Sh.Ibrohimovdir.
Xulosa qilib aytganda, oʻlkamizda muzeylarning ochilishi Rossiya
imperiyasi tomonidan oʻlkaning moddiy va madaniy boyliklarini talon-toroj etish
siyosatini oldini olish kerak edi va xalq ommasiga oʻz tarixini, oʻtmishi haqida
ma’lumot berishi lozim edi. Ammo bu davrda kolleksiyalarni birlashtirish va
muzey tashkil etish masalasi juda murakkab kechdi. Chunki Rossiya imperiyasi
Turkiston xalqi orasida tarix va madaniyatga oid bilimlarni keng tashviqot qilish
hamda ular e’tiborini qadimgi yodgorliklarga jalb etishni xohlamas edi. Shu tariqa
Oʻrta Osiyoning moddiy va madaniy yodgorliklari, qimmatbaho buyumlari, nodir
qoʻlyozmalari Rossiya va boshqa chet mamlakatlarga olib ketildi. Keyinchalik
oʻlkamizda muzeylarning ochilishi bu ishlarning qisman oldini oldi. Muzeylarni
19
Лунин В.Б. Среднеазиатский этнограф Шахимардан Ибрагимов //Общественные науки в Узбекистане,
1966. – № 7. – С. 39-48.
33
ochishda ilmiy jamiyatlar va toʻgarakalarning xizmati alohida tahsinga loyiq.
Muzey fondlarini boyitishda kolleksionerlarning roli ham katta boʻldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |