Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti Buxoro tarixi kafedrasi oybek klichev



Download 6,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/86
Sana28.06.2022
Hajmi6,16 Mb.
#714910
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   86
Bog'liq
fayl 1867 20210920 (1)

diagramma №1
). 
Muzeyda maktab oʻlkashunosligi yoʻnalishida ikkita toʻgarak tashkil 
etilgan boʻlib, unga maktab oʻqituvchilaridan 25 tasi qatnashadi va ularga 21 ta 
mashgʻulot darsi tashkil etiladi. 1962-yil boshida toʻgarakni 10 nafar yosh 


60 
oʻlkashunos bitiradi. Shu yillarda viloyat boʻyicha birinchi havaskor muzeyni 
Buxoro ipakchilik fabrikasida ochish ishlari boshlanadi. 
1962-yil oʻlkashunoslik muzeyida ikkita toʻgarak faoliyat yuritgan boʻlsa, 
1963-yilga kelib toʻgarak ishtirokchilari sonining ortgani bois, toʻgarak 
mashgʻulotlari har hafta olib boriladi va ularda 20 ta maktab oʻlkashunoslik 
toʻgaragi a’zolari ishtirok etadi. Mashgʻulotlarda tabiat, sovet jamiyati va inqilob 
tarixi bilan bogʻliq masalalar oʻrtaga tashlangan va shu mavzular doirasida 
toʻgarak a’zolari attestatsiyadan oʻtqazilgan. Shu davrda maktab toʻgaraklari 
tomonidan muzeyga 300 ga yaqin eksponat topshiriladi. 
Muzey rahbariyati ommaviy targʻibot ishlariga katta e’tibor qaratgan. 
Muzey xodimlari siyosat, ilmiy-tarixiy va ilmiy ateizm masalalariga doir viloyat 
tashkilotlarida 58 ta ma’ruza oʻqishadi. Shu yillarda muzey xodimlari tomonidan 
gazeta va jurnallarda ham maqolalar e’lon qilib borilganki, bu narsa madaniy 
meros targʻiboti masalasining yaxshi yoʻlga qo’yilganidan dalolat beradi.
1965-1967-yillarda maktab bilan muzey oʻrtasidagi hamkorlik faoliyati 
yana jonlanadi. Shu yillarda maktab oʻquvchilariga bir necha ekskursiyalar amalga 
oshiriladi va unda toʻrt mingdan ziyod oʻquvchi qatnashadi. Muzey xodimlari 
tarafidan maktablarda “Oʻlkangiz tarixini bilasizmi?”, “Oʻz oʻlkangni gullatib 
yashnat”, “Amirlik davridagi ogʻir hayot” mavzularida ma’ruza va davra suhbatlari 
tashkil etiladi.
1967-yilda 31-martda Madaniyat vazirligi tomonidan muzey xodimlarining 
ish faoliyati toʻgʻrisida hujjat imzolanadi. Unga binoan muzey ilmiy xodimlari 
besh kunlik ish haftasiga oʻtadi.
1968-yil muzey bilan maktab hamkorligi doirasida 20 ta shahar maktabida 
10 ta ma’ruza oʻqilgan va oʻqituvchilar uchun 19 ta tarix, biologiya va estetika 
fanlaridan ochiq darslar tashkil etilgan. 
1967-1969-yillari Buxoro oʻlkashunoslik muzeyida olti boʻlim faoliyat 
yuritgan boʻlib, bular tabiat boʻlimi, tarix va arxeologiya boʻlimi, sovet davri 
boʻlimi (1917-1970-yillar), tasviriy san’atboʻlimi, koʻrgazmalar zali va ommaviy 


61 
boʻlimlardir. Bulardan tashqari fond, ilmiy laboratoriya, muzeyning boshqaruv 
apparati joylashgan. 
Arkda joylashgan tabiat boʻlimi 4 ta xonadan iborat boʻlib, unda oʻlkaning 
umumiy geografiyasi, geologiyasi, suv, tuproq landshafti va iqlim fenologi kabi 
koʻrgazmalar joy olgan edi. 
Tarix va arxeologiya boʻlimi 7 ta xonadan iborat boʻlib, unda Buxoro 
hududida ibtidoiy jamoa tuzumi, quldorlik tuzumi, feodal jamiyat, Buxoro chor 
Rossiyasining yarim mustamlakaga aylanishi bilan bogʻliq ashyolar namoyishga 
qoʻ-yildi. 
Sovet davri boʻlimi 13 ta xonadan iborat boʻlgan va ular quyidagicha 
nomlangan: a) oktabr inqilobi (1917-1920-yillar); b) BXSR; d) Oʻrta Osiyoda 
milliy hududiy chegaralanish va OʻzSSR 1925-yil; e) qishloq xoʻjaligini 
rivojlantirish, sanoat, transport, ta’lim (1920-1928-yillar); f) qishloq xoʻjaligini, 
sanoat, transport, qurilish, madaniyat, xalq ta’limi (1928-1940-yillar); g) Buxoro 
ikkinchi jahon urushi davrida (1940-1945-yillar); h) Buxoro xalq xoʻjaligining 
koʻtarilishi va hukmron gʻoyani qurish yillari (1945-1958-yillar); i)Buxoro 
viloyatida yetakchi mafkura qurilishi davri (1958-1968-yillar).
Tasviriy san’at boʻlimi 6 ta xonadan va ommaviy boʻlim 4 ta xonadan 
iborat boʻlgan. 
Muzey rahbariyati 1969-yilda Toshkentdagi Rassom tashkiloti bilan 
shartnoma imzolab, tarix va sovet davri boʻlimlari ekspozitsiyasini qayta qurish 
uchun eskizlar buyurtma qilishadi. 1970-yilda shu eskizlar asosida yuqorida 
nomlari tilga olingan boʻlimlarning koʻrgazmasi qayta quriladi. 
Buxoro oʻlkashunoslik muzeyiga qiziqish yildan yilga oshib bordi. 
Mamlakatimizdagi sayyohlardan tashqari, xorijiy turistlar kelishi ham yildanyilga 
orta bordi. 1968-yilda muzeyga 29602 turist kelgan boʻlsa, 1969-yilda ular soni 
42937 kishiga etdi. 
Ommaviy-oqartuv ishlarining eng asosiysi shahar va tuman maktablari, 
oʻrta va oliy oʻquv yurtlari bilan mustahkam aloqada boʻlish hisoblanib, har yili 


62 
muzeyda oʻsha davr hukmron gʻoyalarini targʻib qiluvchi tadbirlar, marosimlar, 
uchrashuvlar tashkil etiladi.
1967-1969-yillarda “Buxoroning oʻtmishi va hozirgi kuni”, “Sovet 
hokimiyatining 50 yilligi”, “Shoir va buyuk muttafakkir Alisher Navoiy tugʻilgan 
kunining 525 yilligi”, “Komsomolning 50 yilligi”, “Oʻzbekistonda tojik adabiyoti 
va san`ati dekadasi” kabi koʻrgazmalar tashkil etiladi. 
1969-1974 -yillarda Buxoro tarixiy oʻlkashunoslik muzeyida tabiat boʻlimi, 
inqilobgacha boʻlgan tarix boʻlimi, sovet davri boʻlimi, tasviriy san’atboʻlimi, 
saqlov fondi, ilmiy-ma’rifiy boʻlim va ikkita filial faoliyat yuritgan. 
1974 -yil butun Oʻzbekistonga 39 ta “Doʻstlik” turistik poyezdi keladi va 
53825 turistga ekskursiya tashkil etiladi. Joriy yilda “Buxoro siyosatchilar va 
xorijiy davlat turistlari nigohida” mavzuida koʻrgazma tashkil etiladi. 
R.T.Tipayeva va X.I.Dosayevlar koʻrgazmaga javobgar edilar. Koʻrgazmadan 
suratlar, suvenirlar, albomlar, kitoblar va boshqa eksponatlar oʻrin olgan edi. 
Koʻrgazmani tomosha qilish uchun mashhur siyosatchilar tashrif buyurgan, bular: 
BMT bosh kotibi Kurt Valt Xaym, bolgar-sovet doʻstlik komiteti rahbari Sola 
Dragoicheva, chililik shoir va yozuvchi Pavlo Neruda va boshqalardir. Amerikalik 
kommunist Lui Tomson Peterson muzey faxriy mehmonlari kitobiga oʻz fikrlarini 
yozib qoldiradi. Fransiyalik advokat va jurnalist Robert Jan Longe va Fransiya-
SSSR doʻstlik jamiyati prezidenti janob Blyumellar ham oʻz fikrlarini yozib 
qoldirishadi. 
1974-yil ilmiy xodimlar tomonidan 6737 kishiga 49 ta ma’ruza oʻqiladi 
hamda maktab va texnikumlarda 27 ta tadbir va uchrashuvlar tashkil qilinadi.
1975-yil muzeyga 450632 kishi tashrif buyuradi, uning 31495 nafari 
xorijiy sayyohlar edi. Muzey xodimlari “Doʻstlik” poyezdida Buxoroga tashrif 
buyurgan 53104 kishiga 2317 ta ekskursiya tashkil etadi. Oʻquvchi-yoshlar va 
texnikum talabalari uchun esa 58 ta tadbir oʻtkaziladi. 
1978-yil 1-yanvarda oʻlkashunoslik muzeyida 88 ta xodim ishlagan boʻlib, 
shundan 34 tasi muzey xodimi, uning 22 tasi oliy ma’lumotli va bittasi fan 
nomzodi edi. 


63 
XX asr 70-yillarida Buxoro oʻlkashunoslik muzeyi Oʻz SSR Fanlar 
akademiyasining Tarix va Arxeologiya instituti, Buxoro pedagogika instituti va 
sanoat korxonalari bilan mustahkam aloqalar oʻtnatgan.
Buxoro oʻlkashunoslik muzeyining 1976-1980-yillardagi ma’lumotnomasi 
va 1981-1982-yillardagi hisobotiga koʻra, muzeyda quyidagi ishlar amalga 
oshiriladi. Buxoro oʻlkashunoslik muzeyi oʻtgan asrning toʻrtinchi choragida 
barcha sohalar boʻyicha yuqori koʻrsatgichlarga erishdi. Ilmiy-ma’rifiy ishlar, 
ma’ruza oʻqish, koʻchma koʻrgazma, turli tadbirlar va hokazolar rejadan ortigʻi 
bilan bajarildi. 
Muzey ilmiy xodimlari tomonidan besh yil(1976-1980)da 164 ta tadbir 
tashkil etilgan boʻlsa, keyingi ikki yilda(1980-1981) 80 ta tashkil etildi.
Muzey xodimlari tomonidan jamiyatdagi ustuvor gʻoyalarni qishloq aholisi 
orasida mustahkamlash maqsadida koʻchma koʻrgazmalar tashkil qilindi. Bu 
ishlarga ilmiy xodimlar rahbarlik qiladilar. Besh yillikda viloyat kolxoz va 
sovxozlarida 199 ta koʻchma koʻrgazmalar tashkil etilgan boʻlsa, keyingi ikki yilda 
83 ta shunday koʻrgazmalar tashkil etildi. Bu koʻrgazmalarni yuz mingdan ziyod 
aholi tomosha qilishga keldi. 
1981-yil bahorida arxeologiya boʻlimi ekspozitsiyasi yangilanadi. 
Ekspozitsiyaning xronologik chegarasi musye (oʻrta paleolit) va temuriylar davrini 
oʻz ichiga oladi. Oktabr oyida muzeyning sovet davri boʻlimida ham yangi 
ekspozitsiya tashkil etiladi. Ekspozitsiyadan 600 dan ortiq eksponatlar oʻrin olgan 
edi. 
Markaziy komitetning 1982-yil muzeylarning gʻoyaviy-tarbiya sohadagi 
faoliyatini yanada yaxshilash toʻgʻrisidagi qarorida ilgari surilgan vazifalardan 
kelib chiqib, Buxoro oʻlkashunoslik muzeyi jamoasi jamiyatdagi bunyodkor 
gʻoyalar targʻibotini yanada kuchaytirdi.
XX asr 70-80-yillar oraligʻida muzey ilmiy xodimlari shahar korxonalari, 
maktab, kolxoz va sovxozlarda oʻlkashunoslik mavzusida ma’ruza oʻqishgan. 
Ma’ruzalar asosan oʻlka tarixi, tarixiy yodgorliklar, hukmron mafkura dohiylari 
haqida, oktabr inqilobi haqida, jamiyatdagi ilgʻor gʻoyalarni mustahkamlash 


64 
haqida boʻlib, ilmiy xodimlar tomonidan aholiga yetkazildi. Quyidagi 
diagrammada yillar davomida qilingan ma’ruzalar koʻrsatkichini koʻrishimiz 
mumkin.
 
diagramma №1 

Download 6,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish