Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti Buxoro tarixi kafedrasi oybek klichev


Buxoro oʻlkashunoslik muzeyining ashyolar bilan toʻldirilishi va



Download 6,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/86
Sana28.06.2022
Hajmi6,16 Mb.
#714910
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   86
Bog'liq
fayl 1867 20210920 (1)

4.2. Buxoro oʻlkashunoslik muzeyining ashyolar bilan toʻldirilishi va 
muzeyda ilmiy tadqiqot hamda respublikadagi muzeylar bilan hamkorlik 
ishlari. 
Buxoro amirligi tugatilgandan keyin hukumat oʻtmishdan meros boʻlib 
qolgan osori-atiqalarga egalik qilish maqsadida ularni bir joyga yigʻish vazifasini 
maorif nozirligiga yuklaydi. Chunki yarim mustamlaka davrida koʻplab bebaho 
osori-atiqalar ayrim rus kolleksionerlari tomonidan xalqdan yigʻib olib ketildi.
 
XX asr 30-yillaridan keyin Buxoro oʻlkashunoslik muzeyi faoliyatida 
ijobiy oʻzgarishlar boshlandi. Muzey fondi tashkilotlardan olingan, shuningdek, 
ekspeditsiya natijasida toʻplangan va sotib olingan ashyolar bilan boyitila 
boshlandi. Fond asosan arxeologiya, etnografiya, zoologiya (tabiat) va 
numizmatika materiallari bilan boyitildi. Bu ishlar P.E.Kornilovning rahbarligi 
ostida amalga oshiriladi.
P.E.Kornilov rahbarligi va tashabbusi bilan Buxoro atrofidagi tumanlarda 
ilmiy espeditsiyalar amalga oshiriladi. Gʻijduvon, Vobkent, Vardonze va 
Gajdumak tumanidagi ilmiy tadqiqot ekspeditsiyalaridan maqsad kulolchilik va gul 


65 
bosish san`atini oʻrganish edi
40
. Ilmiy tadqiqot natijasida ular aholi qoʻlida 
saqlanayotgan osori-atiqalarni yigʻib, muzey fondini toʻldiradilar
41

Buxoro oʻlkashunoslik muzeyi rahbarligida 1937-yil Nurota va Karmana 
tumanlariga ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etilgan boʻlsa, 1938-yil Termiz muzey 
bilan hamkorlikda Sherobod tumanida ilmiy ekspeditsiya uyushtiriladi. 1938-yilga 
kelib Buxoro oʻlkashunoslik muzeyining ilmiy aloqalari va oʻzaro hamkorlik 
koʻlami yanada kengaydi. Shu yillari muzey Uzkomstaris, SSSR Xalqlari muzeyi, 
Tojikiston markaziy davlat muzeyi, Sharqshunoslik instituti hamda Samarqand 
muzeyi bilan yaqin ilmiy aloqalar oʻrnatdi. Bunday hamkorliklar doirasida muzey 
kutubxonasini yangi nashrlar bilan boyitish ishlariga ham e’tibor qaratilganligini 
koʻrish mumkin (
birinchi jadvalda
). 
Arxiv ma’lumotlariga koʻra, 1936-yilda muzey direktori Sh.Kamolov, 
ilmiy xodim I.Sadri va OʻzSSR Davlat kutubxonasi direktori oʻrtoq Sergeevlar 
tomonidan dalolatnoma tuziladi. Unga koʻra Sharifjon Mahsumning shaxsiy 
kolleksiyasi roʻyxatdan oʻtkaziladi va muzeyning asosiy fondiga qabul qilinadi. 
Kolleksiyada asosan kitoblar oʻrin olgan boʻlib, roʻyxatda ularning soni 293 ta
deb qayd qilingan edi. Keyinchalik bu kolleksiya Oʻzbekiston Respublikasi FA 
qoshidagi Sharqshunoslik institutiga olib ketiladi.
Urush 
yillarida 
oʻlkamizdagi 
barcha 
muzeylar 
singari 
Buxoro 
oʻlkashunoslik muzeyining ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va hamkorlik faoliyatidagi 
ishlarida susayishlar kuzatildi. 
Buxoro oʻlkashunoslik muzeyining 1946-yildagi hisobotida qayd 
etilishicha, muzey fondiga bir qancha eksponatlar qabul qilinadi hamda fond 
ashyolari soni sakkiz mingdan ortadi
(birinchi jadval)
. Muzey kutubxonasi uchun 
bir qator jurnal va gazetalar sotib olinadi (
birinchi jadval
). Birgina shu yilning 
oʻzida 12 ta ilmiy kengash chaqirilgan va unda Gelax, Ivanov, Iransova va 
boshqalar ilmiy ma’ruza bilan ishtirok etganlar. 
40
Альмеев Р.В. Бухара город-музей. –Ташкент: Фан, 1999. –С.21.
41
Курбанов Г.Н. Бухарскому краеведческому музею-60 лет //Общественные науки в Узбекистане. – 
Ташкент: 1983. –№ 1. – С.64-65. 


66 
1949-yil 16-yanvardagi yigʻilish bayonnomasida respublika hududida 11 ta 
oʻlkashunoslik muzeyi faoliyat olib borayotgani haqida ma’lumot mavjud. Bundan 
tashqari, Surxondaryo muzeyi va Buxoro oʻlkashunoslik muzeyi oʻrtasida 
aloqalarni bogʻlash va bir-biriga koʻmak berish toʻgʻrisidagi mulohazalar ham 
oʻrin olgan. 
Oʻsha yili muzey fondida saqlanayotgan nodir qimmatbaho metallar 
inventarizatsiyadan oʻtkaziladi. Unga koʻra: 1.Oltin tangalar umumiy ogʻirligi – 
260 gr 450 mgr; 2. Kumush tangalar umumiy ogʻirigi – 8388gr 740mgr; kumush 
ashyolar jami 71 ta(kumush qashiqlar, rumkalar, uzuklar va h.) ogʻirligi 11026 gr 
950 mgr; oltin ashyolar jami 5 ta (uzuk, sirgʻa, ayollar bosh kiyimi va h.) ogʻirligi 
431 gr; tarkibida qimmatbaho tosh boʻlmagan boshqa ashyolar 630 ta. 
1950-yillardan keyin muzey ilmiy xodimlariga ilmiy tadqiqot sohasida 
asosiy e’tiborni kolxoz, sovxoz, MTSlar, qishloq xoʻjaligida pillachilik sohalari 
bilan bogʻlab olib borish vazifasi yuklatiladi. 1951-yil ma’lumotlariga koʻra, 
Buxoro oʻlkashunoslik muzeyida 41 kishi ishlagan boʻlsa, uning 16 tasi ilmiy 
xodim edi. 
1962-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan 
O.Obelchenko rahbarligidagi arxeologik ekspeditsiyada muzey ilmiy xodimi Duke 
Xuan ishtirok etadi. 1963-yil yanvarda N.N.Mikluxo-Maklay nomidagi 
Arxeologiya instituti va etnografiya institutidan xat keladi. Unda konferensiya 
uchun tezis va maqola yuborish haqida fikr bildirilgan edi. 
Arxiv hujjatlarida, 60-yillarda muzeyda ilmiy-tadqiqotlar ishlari ancha 
oqsaganligi haqidagi ma’lumotlar uchraydi
42
. Buni inobatga olgan muzey 
rahbariyati 1964-yil Oʻzbekiston SSR tashkil topganligining 40 yilligi munosabati 
bilan ilmiy maqolalar toʻplamini chop etishni rejalashtirdi
43
. Toʻplam 1965-yilda 
“Ilmiy maqolalar toʻplami” nomi ostida nashr etiladi va undan 8 ta ilmiy maqola 
oʻrin oladi. Ushbu toʻplam muzeyning birinchi ilmiy nashri hisoblanadi.
42
Arxiv hujjatlarini tekshirish natijasida shunday xulosaga kelindiki, muzeyda ilmiy tadqiqotning susayishiga sabab 
markaz tomonidan moliyaviy mablagʻ ajratilmaganligidadir. Chunki arxiv hujjatlaridagi ma`lumotlarga qaraganda, 
1962-yil ilmiy tadqiqot ishlari uchun 5 ming rubl ajratilgan, 1963-yilda pul ajratilmagan, bu holat tadqiqotlarga 
ta`sir etgan bo`lishi mumkin.
43
1964-yildagi ilmiy kengash №3 bayonnomasida.


67 
Muzey boʻlimlari va fondida Buxoro tarixi va tabiatiga doir eksponatlar 
koʻp boʻlib, bu eksponatlar oʻlkamizning neolit davridan boshlanardi. 1967-1969-
yillarda muzey ilmiy xodimlari oʻlkani oʻrganish ishlarini faol olib borib, oʻlka 
tarixi va tabiatiga doir koʻplab hujjat va buyumlar toʻplashga muvaffaq boʻlishdi. 
Bular sovet jamiyati ilgʻor vakillarining orden, medal va hujjatlari, zardoʻzlik 
buyumlari, kaltacha, bilaguzuk, sirgʻa va boshqalar.
1967-1969-yillar davomida muzey eksponatlarini saqlash sharoitini yanada 
yaxshilash borasida ham sezilarli natijalarga erishildi. Jumladan, eksponatlarni 
tartibli joylashtirish yaxshilandi, ashyolar va hujjatlar tartibga keltirildi, fonddagi 
eksponatlarni aniqlash maqsadida xatlov oʻtkazildi, fond materiallari asosida 
koʻpgina oʻquvchi-talabalar, olimlar, rassomlarga konsultatsiyalar berildi, 
ekskursiyalar tashkil etildi. 
Shu davrda muzey fondida 27 mingdan ortiq eksponat saqlangan. Eng 
qimmatbaho ashyolar guruhiga (VII-VIII asr Abbosiylar, IX-X asr Somoniylar va 
XII asr Qoraxoniylar davriga oid) oltin tangalar, Baqtriya hukmdorlariga tegishli 
miloddan avvalgi IV asrga oid kumush tangalar, XVI-XX asrga oid mis chaqalar, 
XIX-XX asrga xos zardoʻzlik namunalari va XIV-XX asrga taalluqli katta 
miqdordagi qoʻlyozma asarlar kirgan. Muzey fondi har yili qimmatbaho ashyolar 
bilan boyib borgan.
1966-yilda Oʻzbekiston SSR Madaniyat vazirligining qarori bilan bir qator 
ilmiy xodimlarni mahorat va malaka oshirish maqsadida Moskva, Leningrad, 
Boltiqboʻyi, Toshkent, Samarqand muzeylariga yuborish rejalashtiriladi. 
1967-1969-yillar davomida muzey ilmiy xodimlari viloyat, respublika va 
ittifoq gazetalarida, maqola va tezislar e’lon qildilar. Muzey ilmiy xodimlarining 
malakasini oshirish uchun har yili muzeyda seminar mashgʻulotlari oʻtkaziladi, 
ilmiy xodimlar esa respublika va ittifoq muzeylariga ilmiy safarlarga yuboriladi. 
Buxoro oʻlkashunoslik muzeyida xodimlarni ilmiy safarlarga yuborish 
ishlariga ham muayyan e’tibor qaratildi. Muzeyning 1973-yilgi safar rejasiga 
muvofiq ilmiy xodimlar tajriba almashish uchun Riga shahar muzeyiga 
(M.Poʻlatova), eksponat yigʻish ishlarini oʻrganish uchun Qozon shahriga 


68 
(Sh.Avezova), san’atva galereya fondiga eksponat yigʻishni oʻrganish uchun 
Toshkent shahriga (E.Axmedova), tajriba orttirish maqsadida Vladimer-Suzdal 
muzeyiga (K.Husenova) borishlari rejalashtirilgan. 
Arxiv hujjatlarining ma’lumotiga koʻra, 1967-1969-yillar oraligʻida Buxoro 
oʻlkashunoslik muzeyda 40 ga yaqin ilmiy xodim ishlar edi. Ularning koʻplari 
ilmiy tadqiqot ishlari bilan shugʻullangan. Bular ichida fan nomzodlari Duke Xuan, 
Yuldosheva, Sharipov boʻlib, ilmiy xodimlardan M.Poʻlatova, X.Ostonova, 
Z.Ibragimovalar esa dissertatsiya ustida ilmiy faoliyat olib borayotganligi qayd 
qilinadi. Muzey ilmiy xodimlari bir vaqtning oʻzida Qarshi muzeyi xodimlariga 
ilmiy-metodik yordam berishgan va ekspozitsiya rejasini tuzish hamda 
eksponatlarni tayyorlash boʻyicha Chorjoʻy shahar muzeyi xodimlariga yordam 
berishgan.
1971-yil 1-choragida muzey xodimlari N.X.Tipava va fond mudiri 
I.Ya.Idrisov buxorolik tabib Qori Muhammad Amir
44
kolleksiyasini muzeyga 
qabul qiladilar. Uning qarindoshlaridan quyidagi ashyolar sotib olingan: tibbiyot 
anjomlari 57 dona; farmakologiyaga oid 10 ta ashyo va qadimiy musiqa asboblari 
shular jumlasidandir. Bundan tashqari 4 dona qoʻlyozma, 7 ta arab yozuvidagi 
kitob va tibbiyotga oid 8 ta rus tilida inqilobdan oldingi yozuvda yozilgan kitoblar 
muzey fondiga qabul qilinadi. 
1973-yil Buxoro oʻlkashunoslik muzeyi fondiga eksponat qabul qilish 
oʻtgan yillarga nisbatan rekord darajasiga yetdi. Oʻsha yili 3904 ta eksponat qabul 
qilinadi. Shundan 397 tasi 2888 rublga sotib olingan, 774 tasi esa sovgʻa qilingan 
va 229 eksponat oʻtgan yildan qolgan boʻlib, bular 1973-yil inventar kitobga 
kiritilgan. Bulardan tashqari 1973-yil muzeyga tarix fanlari nomzodi 
T.F.Gelaxning katta kutubxonasi va S.N.Yurenyevning
45
boy kolleksiyasi va 
arxeologik tadqiqot hisobotlari topshiriladi. Bular: 
44
Qori Muhammad Amin tabiblik sohasida katta tajriba egasi bo`lib, u farmakologiya va retsepturaga oid ishlarini 
fors va lotin tilida yozgan. Qori Muhammad Amin tabiblik faoliyatini inqilobdan oldin boshlab, sovet 
hukmronligining 30-yillariga qadar davom etadi. 
45
S.N.Yurenyev o`z kolleksiyasini Buxoro o`lkashunoslik muzeyiga topshirishni vasiyat qilgan.


69 
- Oʻrta Osiyo xalqlarining tarixi, arxeologiyasi, san`ati va etnografiyasiga 
doir 131 dona kitob;
- Buxoro viloyat ustalarining 24 dona kulolchilik mahsulotlari, sovgʻa 
yozuvi bilan; 
- 30 dan ortiq arxeologik kundaliklar va hisobotlar; 
- mingdan ortiq arxeologiya, arxitektura va san’atsohasiga tegishli 
fotosuratlar; 
- Buxoro shahridagi arxeologik yodgorliklarda qazuv va restavratsiya ishlari 
ketayotgan paytda topilgan sopol boʻlakchalari. 
Ushbu materiallar muzey xarid komissiyasining protokol va aktlari bilan 
qabul qilingan.
XX asrning 70-yillaridan boshlab muzey fondiga qabul qilingan ashyolarga 
kartoteka yopishtirish va qaydlar kitobiga kiritish ishlari amalga oshiriladi. Shu 
vaqtdan boshlab muzey fondiga ashyolarni sotib olish uchun maxsus komissiya 
tuzildi va mahalliy aholidan noyob ashyolar sotib olindi. Bu jarayon to 90-
yillargacha davom etdi. 
1975-yilda muzey fondidagi qoʻlyozma hujjatlar va boshqa eksponatlarni 
tekshirish uchun 8 ta ilmiy xodim ajratildi. Ular joriy yilda 500 dan ortiq hujjatni 
oʻrganishgan.
1977-yil 
1-dekabrda 
muzey 
fondidagi 
qimmatbaho 
metallar 
inventarizatsiyadan oʻtkaziladi. Unga koʻra: oltin-1162,85 gr, kumush-249522,5 
gr, olmos-359 dona, briliant-272 karat, zumrad-40 dona, marjon-35 dona mavjud 
edi. 
1978-yilda bir qator muzey ilmiy xodimlari mahorat kurslarida 
malakalarini oshiradilar. Bular: R.K.Tipoeva, M.Poʻlatova, I.Ya.Idrisova, 
B.Qazoqovlar Toshkent va Samarqandga borishgan. B.Qazaqov noyabr oyida 
Moskva shahridagi SSSR davlat tarixi muzeyida stajirovka oʻtab qaytdi.
1980 -yilda muzey ilmiy xodimlari eksponat yigʻish uchun maxsus ilmiy 
safarlar uyushtirishgan. Ular Romitan, Peshkoʻ, Shofirkon, Qiziltepa, Vobkent, 


70 
Gʻijduvon va Buxoro tumanlariga borib aholidan nodir osori-atiqa namunalarini 
sotib olishadi
46
.
Ma’lumotlarga koʻra, 1982-1984-yillar mobaynida, sobiq shoʻrolar davrida 
musodara qilinib, talon-toroj qilingan minglab qimmatbaho yodgorliklardan 
tashqari, 2264 dona nodir ashyo va buyumlar Moskva, Sankt-Peterburg, Ivanova 
va boshqa shahar muzeylari hamda tashkilotlarga va ba’zi bir shaxslarga sovgʻa 
qilib yuborilgan. 1986-yildan boshlab olib ketilgan eksponatlarni muzey xazinasiga 
qaytarish ishlari boshlangan, ammo shu davr ichida ularning 540 tasigina qaytarildi 
xolos
47

XX asr 80-yillaridan boshlab oʻlkashunoslik muzeyida ashyolarga ilmiy 
pasport yozish ishlari ham yoʻlga qoʻyildi. 1980-yil 112 ta ashyoga parsport 
yozilgan boʻlsa, 1981-yil 212 ta va 1982-yil 277ta ilmiy pasport yozildi. 
Buxoro oʻlkashunoslik muzeyi ilmiy markazida XX asr 90-yillariga qadar 
bir qator ilmiy xodimlar oʻz ilmiy ishlarini yakunlashga muvaffaq boʻldilar
48


Download 6,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish